Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Matchonova/qumloq

Vikipediya, erkin ensiklopediya

O‘zbek xalqining moddiy va nomoddiy merosi

KIRISH. Madaniy meros - bu guruh yoki jamiyatning ajdodlaridan meros bo'lib qolgan moddiy va nomoddiy merosidir. O‘tgan ajdodlar merosining hammasi ham “madaniy meros” emas; aksincha, madaniy meros jamiyat tomonidan tanlab olingan mahsulotdir.

Madaniy meros oz ichiga moddiy madaniyatlar (binolar, yodgorliklar, landshaftlar, arxiv materiallari, kitoblar, san’at asarlari va artefaktlar kabi), nomoddiy madaniyatlar (masalan, folklor, an’analar, til va bilimlar kabi) va biologik jihatdan xilma-xillikdan iborat tabiiy meros singari (shu jumladan madaniy ahamiyatga ega landshaftlar) qamrab oladi.  Bu atamalar kop hollarda mahalliy intellektual mulkni himoya qilish bilan bog'liq masalalarda qo'llaniladi. 

Madaniy boyliklarni huquqiy muhofaza qilish bir qator xalqaro shartnomalar, mahalliy qonunlar va xalqaro kelishuvlar bilan himoyalangan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, YUNESKO va Blue Shield International madaniy merosni muhofaza qilish bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar shular jumlasidandir. Bu, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikparvarlik integratsiyasiga ham tegishli.

Nomoddiy madaniy meros

“Nomoddiy madaniy meros” ma’lum bir madaniyatning moddiy bolmagan, ko'pincha tarixning ma’lum bir davrida ijtimoiy urf-odatlar tufayli vujudga kelgan mulkidir. Kontseptsiyada jamiyatdagi xatti-harakatlarning usullari va vositalari, shuningdek, ma’lum bir madaniy iqlimda ishlashning rasmiy qoidalarini belgilab beriladi. Bularga ijtimoiy qadriyatlar va an’analar, urf-odatlar, estetik va ma’naviy e’tiqodlar, badiiy ifoda, til va inson faoliyatining boshqa jihatlari kiradi. Moddiy predmetlar ahamiyatini ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, etnik, diniy va falsafiy qadriyatlari fonida sodir bo'lgan harakat sifatida talqin qilish mumkin. Tabiiyki, nomoddiy madaniy merosni saqlash moddiy ob’yektlarga qaraganda ancha qiyin.

Madaniy nomoddiy boyliklarni saqlash va saqlash aspektlariga quyidagilar kiradi:

·        folklor

·        Og’zaki tarix

·        tilni saqlash[1]

 

O`zbekistonning moddiy merosi va uni muhofazaga ostiga olish

O‘zbekiston o‘zining boy va betakror tarixi bilan qadim-qadimdan insoniyat

beshiklaridan biri bo’lib kelgan. Bu hududda azaldan turli madaniyatlar to’qnashuvi sodir bo’lib, turli din vakillari o‘zaro tinch-totuvlikda istiqomat qilgan. Shuningdek, mamlakatimiz islom dini rivojiga bebaho hissa qo’shgan buyuk alloma va mutafakkirlar yurti, islom arxitekturasining noyob durdonalari joylashgan makondir. Shu nuqtai nazardan ajdodlarimiz mangu qo’nim topgan muqaddas qadamjolarni  asrab-avaylash, ularni muhofaza qilish, obod qilish, noyob yodgorliklarni ta’mirlash  masalasi bugungi kunda dolzarb ahamiyatga ega bo’lgan masalalardan  biridir.Shundan   kelib chiqib, 1993-yil O‘zbekiston 120 dan ortiq davlatni birlashtirgan  Jahon turistik tashkiloti (WTO)ga a’zo bo‘ldi.  1994-yil BMT va YUNESKO ko‘magida Jahon turizm tashkilotining Ipak yo‘li, deb nomlangan xalqaro seminar o‘tkazildi. Mustaqillik yillarida, muqaddas qadamjolarda yotgan avliyo vallomalarning faoliyatiga bag‘ishlab, YUNESKO rahbarligida xalqaro ahamiyatgaega bo‘lgan sanalar tashkil etilishi bilan bir qatorda, ilmiy tadqiqotlar olib borishasosiy vazifa sifatida belgilandi. Buning natijasida, Termizning   2500 yillik, Shahrisabz shahrining  2700 yillik, Qarshining 2700 yillik yubileylari nishonlandi.O‘zbekiston Respublikasi YUNESKO tashkilotining teng huquqli a’zosi sifatidaXivadagi Ichanqal’a qo‘riqxonasida (1990) hamda Buxoroning tarixiy markazida (1993) joylashgan yodgorliklar, Shahrisabz shahridagi Temur va Temuriylar davri  me’moriy yodgorliklari (2001) va Samarqand shahri markazidagi tarixiy yodgorliklar(2002) Xalqaro Jahon Madaniy Merosi Qo‘mitasiga 13 ta mashhur yodgorliklar  sifatida ro‘yxatga olindi. Surxondaryodagi Oq ostona bobo, Hakim Termiziy  me’moriy majmualari, Qirqqiz saroyi hamda respublikadagi Arab ota, Ishratxona,  Mirsaid Bahrom maqbaralari, Bahouddin, Chor Bakr, Shayx Muxtor Valiy  majmualari, shuningdek, Raboti Malik, Jarqo‘rg‘on va Vobkent minoralari, jahon moddiy yodgorliklari ro’yxatiga kiritilishi uchun arizalar taqdim etildi.[2]


O‘zbekistonda 7-8 mingdan ortiq tarixiy obidalar mavjud bo‘lib, 200 dan ortig‘i

YUNESKO ro‘yxatida, islom madaniyati obidalarini asrab-avaylash va tarixiy

obidalarga boy davlat sifatida O‘zbekiston 9-o‘rinni egallab turibdi. Madaniy tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlardan 545 tasi arxitektura, 575 tasi tarixiy, 1457 tasi san’at va 5500 dan ortig‘ini arxeologik obyektlar tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti faoliyatini tashkil etish hamda moddiy-madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 265-sonli Qarorining 33-bandida “YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarning shaharsozlik normalari va qoidalari talablari maxsus vakolatli organ bilan kelishishi belgilab qo‘yildi. Shu jihatdan, “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniy meros departamenti faoliyatini tashkil etish hamda moddiy-madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. 2019-yilning 1-fevralidan 76 mamlakat fuqarolari 30 kunlik muddatga O‘zbekistonga vizasiz kirishi mumkin bo‘ldi. Surxondaryo viloyatini YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritish uchun nomzod obyektlar (Xakim Termiziy, Zurmala, Sulton Sodot, Qirqqiz saroyi, Kokildor ota honaqosi, Fayoztepa va Qoratepa buddizm inshooti, Zarautsoy qoyatosh rasmlari, Jarqo‘rg‘on minora, Oq ostona bobo) ro‘yxati shakllantirilib, Madaniyat vazirligiga yuborildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “Turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PK-4095 sonli Qaroriga ko‘ra, viloyatdagi 8 ta turistik obyektlar- Jarqo‘rg‘on minorasi, Sheroboddagi Xo‘jaikon tuz g‘ori, Uzun tumanidagi Oq ostona bobo maqbarasi, Oltinsoy tumanidagi So‘fi Olloyor, Mavlono Muhammad Zohid va Xo‘jaipok ziyoratgohlariga olib boruvchi 59 km yo‘llar ta’mirlandi. 2020-yilda mazkur sohada koronavirus pandemiyasi bo‘lishiga qaramay, vohadagi Madaniy meros va turizmni rivojlantirish bo‘limlari tomonidan muhim tadbirlar amalga oshirildi. Qashqadaryoda 2020-yil 8 oy davomida 7100 nafar xorijiy sayyohlar, 48 000 nafardan ortiq mahalliy sayyohlar tashrif buyurdi. Bu 2019-yilning shu davriga nisbatan anchayin past ko‘rsatkichdir. Qashqadaryo viloyati tarixida ilk bor ingliz tilidagi “Inside Kashkadarya” jurnali Amazon.com orqali AQSH va dunyoning boshqa davlatlarida sotuvga qo‘yildi. Viloyatning turistik, siyosiy, ijtimoiy-madaniy hayotini yoritishga mo‘ljallangan jurnalning ilk soni Qashqadaryoning turizm salohiyatiga bag‘ishlandi. Bunda vohaning ziyorat, eko, etno va ekstremal turizm yo‘nalishlari keng ochib berildi. [3]

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-martda “Moddiy-madaniy meros obyektlari va YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar muhofazasini kuchaytirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 119-sonli Qarori qabul qilingan. Ushbu qaror bo‘yicha barcha moddiy va arxeologiya merosi yodgorliklari operativ boshqaruvi bilan Madaniyat boshqarmasiga va Muzey qo‘riqxonasiga topshirilgan. O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida katta turistik salohiyatga ega. O‘zbekiston sayyohlik ko‘lami va tarixiy joylar ko‘pligi bo‘yicha dunyodagi yetakchi o‘nta mamlakat qatorida turadi. Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Shahrisabz shaharlarida joylashgan moddiy va nomoddiy material obyektlari dunyo tarixiy va madaniy merosi BMTning YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan. Qayd etish joizki, mamlakatimizda tarixiy, madaniy, me’moriy, arxeologik ahamiyatga ega bo‘lgan turistlarni jalb qilish mumkin bo‘lgan obyektlardan 4000 dan ziyod tarixiy va me’moriy obidalar, turistik obyekt sifatida qamrab olingani 140 ta deb ko‘rsatiladi.[4]   Bugungi kunda mamlakatimizning moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar salmogʻi katta. Ayni paytda YUNESKO Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga Oʻzbekistondagi 4 ta meʼmoriy majmua – Xiva, Buxoro, Samarqand va Shahrisabz shaharlarining tarixiy markazlari kiritilgan. Mamlakatimizning YUNESKOga aʼzo boʻlgan 1993-yildan boshlab sohaga oid barcha asosiy xalqaro hujjatlariga qoʻshilish choralarini koʻrdi, ularning normalari milliy qonunchilikka implementatsiya qilinmoqda. Prezidentimizning 2018-yil 19-dekabrdagi “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori bu borada yangi bosqichni boshlab berdi. Qarorning 10-bandiga asosan YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga tarixiy-madaniy qiymatiga koʻra kiritilgan respublikadagi hududlar alohida muhofaza qilinadigan tarixiymadaniy hududlar hisoblanishi belgilandi. Ularda rejalashtirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining loyihalari Madaniy meros departamenti hamda YUNESKOning Umumjahon merosi markazi bilan majburiy tartibda kelishilgan holda amalga oshirishiga oid tartib oʻrnatildi. Shuningdek, “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining   Qonunida VI bobi alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarga oid qator normalar belgilangan. YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga tarixiy-madaniy qiymatiga koʻra kiritilgan respublikadagi hududlar alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar sifatida belgilab qoʻyilishi ushbu hududlarning huquqiy maqomiga aniqlik kiritildi va ularni muhofaza qilishning qonuniy asoslari yaratildi. Rejalashtirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining loyihalari YUNESKOning Umumjahon merosi markazi bilan kelishib olish yoʻlga qoʻyildi. Masalan, 2020-yilda YUNESKOning Umumjahon merosi markazi bilan kelishib olish uchun 11 ta loyiha Umumjahon merosi markaziga yuborilgan. 2020-yil sentyabr oyida Buxoro tarixiy markazida rejalashtirilgan obyektning loyihasi yuzasidan Umumjahon merosi markazining ijobiy xulosasi olindi. [5]

O`zbekistonning nomoddiy  merosi va uni muhofazaga ostiga olish

Nomoddiy madaniy meros va uning  muhofazasi masalalari YUNESKO ning 1989-yildagi   “An’anaviy madaniyat  va folklorni  muhofaza qilish” bo‘yicha  tavsiyalaridan  boshlangan edi. 1994-yildan   milliy  tizimlar (davlatlar) tomonidan nomoddiy madaniy merosni o‘zida saqlovchi va boshqalarga yetkazuvchilarning rasman tan olishini va ular tomonidan ushbu merosning kelgusi avlodga yetkazilishiga  ko‘magini tashkil  etish   maqsadida “Insoniyatning  yashovchi (tirik) durdonalari”  dasturi boshlandi. 1997-1998 yillarda YUNESKO tomonidan “Insoniyatning  og‘zaki va  nomoddiy  merosi durdonalarini  e’lon  qilish” dasturi ham  ma’qullandi va bu orqali dunyo xalqlari tomonidan saqlab kelinayotgan nomoddiy madaniy meros durdonalarining ro‘yxatini tuzish va e’lon qilish imkoniyati   yaratildi. Ushbu  ro‘yxatga  O‘zbekiston birinchilardan   bo‘lib 2001 yilda “Boysun madaniy  muhiti”va   2003-yilda “Shashmaqom”  kiritilganligini yaxshi  bilamiz. О‘tgan  asring 90-yillarida ekspertlar xulosasi asosida mavjud nomoddiy  madiniy merosni  muhofazasi  bo‘yicha   keskin, qat’iy   choralar ko‘rish   lozimligi   aniqlindi   va   ushbu yo‘nalishdagi   ishlar  yanada jadallashtirildi.   Buning    natijasida YUNSEKO Bosh Konferensiyasining   2001-yilda  bo’lib    o‘tgan 31-sessiyasida yangi xalqaro  normativ mexanizm  vazifasini o‘tovchi    Konvensiya    yaratish   rejalashtirildi. Shunday  qilib, YUNESKO Bosh Konferensiyasining   2003- yil 17 oktyabrdagi   32-sesiyasida “Nomoddiy madaniy merosni   muhofaza  qilish”  Konvensiyasi  qabul  qilindi. 2005- yil   20-oktyabrda esa “Madaniy  ifoda  shakllarining   turfa  xilligini   muhofaza    qilish va   qo‘llab-quvvatlash” to‘g‘risida  Konvensiyaning   qabul   qilinishi ham muhim ahamiyatga   ega   bo‘ldi.[6]  O‘zbekiston  mustaqillikka   erishgandan   so‘ng demokratik   fuqarolik, odil jamiyat qurish maqsad qilib olindi.  Madaniyat komil insonni shakllantirishga xizmat qila boshladi. Bu borada ulkan   tarixiy va jahonshumul  ishlar amalga oshirildi.   Jumladan: qadimiy   tariximizning   haqqoniy, chuqur   va har   tomonlama   o‘rganilishi,   tarixiy    mavzulardagi sovet davrida taqiqlangan   asarlarning  chop etilishi   xalqimiz milliy-tarixiy ongini shakllantirishda   muhim rol o‘ynamoqda;  sovetlar davrida man qilingan yoki cheklangan   madaniy   qadriyatlar: tarixiy xotira, milliy ong, milliy ruh, diniy  e’tiqodlar, xalq  odatlari, davlat  tili, xalq ijodi, milliy o‘yinlar, tarixiy me’morchilik   san’ati, ko‘pgina an’anaviy ijod turlari tiklandi xalq odatlari, marosimlari  va bayramlari (Navro‘z, Ro‘za   hayiti, Qurbon hayiti kabilar)ning tiklanishi va yangi bayramlar (Mustaqillik kuni,  O‘qituvchi va murabbiylar   kuni, Xotira va  qadrlash kuni kabilar)ning   joriy etilishi  xalq  ma’naviy hayotiga yangi ruh  va mazmun bag‘ishladi.   So‘nggi  yillarga kelib ham katta o‘zgarishlar yuz  berdi. 2022-yil iyul  oyida   O‘zbekiston YUNESKO Bosh qarorgohida (Parijda) bo‘lib   o‘tgan  “Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish  to‘g‘risida”gi  Konvensiyaga  a’zo   bo‘lgan   davlatlar  Bosh assambleyasining 9-sessiyasida Nomoddiy  madaniy  merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitaga a’zolikka   saylandi.   Turizm  va    madaniy   meros  agentligi    xabariga    ko‘ra, O‘zbekiston    2022−2026-yillarda  qo‘mitada a’zo  sifatida faoliyat yuritadi. YUNESKOning    ikkinchi   mintaqaviy    saylov    guruhida (SharqiyYevropa va MDHning   ayrim    davlatlari) ikkita      bo‘sh      o‘rin    uchun    beshta   nomzod — O‘zbekiston, Bolgariya, Bosniya    va    Gersegovina, Slovakiya   hamda   Estoniya o‘zaro  kurash olib bordi.   O‘zbekiston uchun  eng ko‘p davlat ovoz    bergan — 105. Boshqa    raqobatchi    davlatlar     quyidagicha     ovoz  olgan: Slovakiya (94 — ikkinchi   bo‘sh    o‘ringa    saylangan), Estoniya (69), Bolgariya (26), Bosniya   va    Gersegovina (9).  O‘zbekiston tomoni o‘z  nutqida ovoz    bergan   davlatlarga    o‘z   minnatdorligini     bildirdi     va  2023-yilgi Konvensiyani     mamlakat, mintaqaviy    va   global miqyosda   ilgari  surishda katta     hissa    qo‘shishga     tayyor     ekanliklarini     ta’kidladi.   “Bu biz uchun ham faxr, ham mas’uliyat. O‘zbekiston, albatta, o‘ziga   bildirilgan   yuksak ishonchni      oqlaydi”, — dedi   turizm   va    madaniy    meros    vaziri Aziz Abduhakimov.  Nomoddiy madaniy   merosni muhofaza  qilish  bo‘yicha hukumatlararo    qo‘mitaning    asosiy   vazifalaridan    biri — Konvensiya  maqsadlarini    ilgari    surish, ilg‘or    tajribalar    bo‘yicha   yo‘l-yo‘riq  ko‘rsatish    va   nomoddiy   madaniy  merosni   muhofaza    qilish   chora-tadbirlari     bo‘yicha     tavsiyalar     berishdan    iborat.  Hozirgi     kunda YUNESKO  insoniyatning nomoddiy   madaniy  merosi reprezentativ ro‘yxatiga O‘zbekiston   tomonidan 10 ta milliy   va   ko‘p    millatli   elementlar, shu jumladan    Shoshmaqom,    palov pishirish    an’analari,  Navro‘z   bayrami, Xorazm    lazgisi   va   baxshichilik   san’ati   kiritilgan.[7]


YUNESKOning xalqaro ro‘yxatlariga taqdim etish uchun nomzodnoma hujjatlari tayyorlanadigan nomoddiy madaniy meros namunalari

RO‘YXATI

I. Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro‘yxati
1. Markaziy Osiyo an’anaviy kashtachiligi
2. O‘zbekiston zardo‘zlik maktablari san’ati
3. O‘zbekiston zargarlik san’ati
4. O‘zbekiston do‘ppido‘zlik maktablari san’ati
5. O‘zbek an’anaviy kandakorlik san’ati
6. O‘zbekiston gilamdo‘zlik an’analari
7. Beshik yasash va u bilan bog‘liq an’analar
8. O‘zbek nonlari
9. Qorabayir otlarini parvarish qilishga oid an’analar
10. “Alpomish” dostoni
11. Ko‘pkari (nomzodnomaga qo‘shilish)
12. O‘tov yasash an’analari (nomzodnomaga qo‘shilish)
13. “Chavgon” o‘yini (nomzodnomaga qo‘shilish)
14. O‘zbekiston pichoqchilik san’ati
15. Choy ichish bilan bog‘liq urf-odatlar (nomzodnomaga qo‘shilish)
16. O‘zbek kurash san’ati
17. Tanovar — O‘zbekiston milliy raqsi
II. Zudlik bilan muhofaza ostiga olinishi lozim bo‘lgan nomoddiy madaniy meros ro‘yxati
18. Jirovchilik san’ati va qo‘biz ijrochiligi
19. Egar-jabduq yasash bilan bog‘liq an’analar
III. Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish borasidagi eng ilg‘or tajribalar reyestri
20. O‘zbekiston doira ijrochiligi an’analarini saqlash tajribasi

Izoh: ushbu ro‘yxatga YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi tomonidan o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Ushbu ro‘yxatga muvofiq nomzodnoma hujjatlari tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlar Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi, mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-405-son qarori bilan tasdiqlangan Nomoddiy madaniy merosning alohida namunalarini ilmiy-amaliy asosda kompleks rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish rejasida belgilangan qo‘llab-quvvatlashga mas’ul tashkilot mablag‘lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-405-son qaroriga

4-ILOVA

2024 — 2026-yillarda nomoddiy madaniy merosni ilmiy o‘rganish bo‘yicha mahalliy va xorijiy etnofolklor ekspeditsiyalarini tashkil etish

REJASI

T/r Ekspeditsiyalar tashkil etiladigan hudud va mamlakatlar nomi Ekspeditsiyalarni tashkil etish muddati
Mahalliy ekspeditsiyalar
1. Toshkent shahri, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari 2024-yil may-iyun
2. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari 2024-yil may-iyun
3. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari 2024-yil iyul-avgust
4. Buxoro va Navoiy viloyatlari 2024-yil oktyabr-noyabr
5. Samarqand va Jizzax viloyatlari 2025-yil fevral — aprel
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati 2025-yil may — iyul
Xorijiy ekspeditsiyalar
7. Qirg‘iz Respublikasi 2024-yil iyul
8. Qozog‘iston Respublikasi 2025-yil may
9. Tojikiston Respublikasi 2025-yil sentyabr
10. Turkiya Respublikasi 2025-yil oktyabr
11. Turkmaniston 2026-yil aprel
12. Ozarbayjon Respublikasi 2026-yil may
13. Rossiya Federatsiyasi 2026-yil iyul
14. Xitoy Xalq Respublikasi 2026-yil sentyabr


Izoh: ushbu rejada belgilangan ekspeditsiyalar Madaniyat vazirligi

tomonidan Tashqi ishlar vazirligi va tegishli xorijiy davlat bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Ushbu rejaga, zarur hollarda, Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri tomonidan o‘zgartirish kiritilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-405-son qaroriga

5-ILOVA

2024 — 2026-yillarda nomoddiy madaniy merosni ilmiy o‘rganish va targ‘ib qilish bo‘yicha fundamental va maqsadli grantlar bo‘yicha davlat buyurtmalari rejasi

T/r Fundamental va maqsadli grantlar nomi Grantlarni taqdim etish muddati
I. O‘zlikni namoyon qilishning og‘zaki shakl va an’analari

(baxshichilik namunalari)

1. “Alpomish” dostoni 2024-2025-yillar
2. “Go‘ro‘g‘li” dostoni 2024-2025-yillar
3. “Go‘ro‘g‘li” turkumidan “Oltin qaboq” dostoni 2025-2026-yillar
4. “Oshiq G‘arib va Shohsanam” dostoni 2025-2026-yillar
II. Ijrochilik san’ati

(musiqa, raqs va xalq tomosha san’ati)

5. Ko‘hna cholg‘ular ijrochiligi hamda uning tarixiy ahamiyati 2024-2025-yillar
6. Katta ashula va Farg‘ona askiyasi ijrosi 2024-2025-yillar
7. O‘zbek va qoraqalpoq xalq raqs san’atining o‘ziga xos xususiyatlari va tarixiy takomili 2024 — 2026-yillar
III. Jamiyatning urf-odat, marosim va bayramlari
8. Mavsumiy marosimlar bilan bog‘liq folklor namunalarini yozib olish va ilmiy tadqiq etish 2024-2025-yillar
9. Oilaviy marosimlarning mahalliy xususiyatlari 2024 — 2026-yillar
IV. Tabiat va koinot bilan bog‘liq bilim va urf-odatlar

(pazandachilik, xalq tabobati, bog‘dorchilik, dehqonchilik va boshqalar)

10. Qoraqalpoq milliy taomlarini ilmiy o‘rganish 2024-2025-yillar
11. O‘zbek taqvimiy marosimlari namunalarini ilmiy o‘rganish 2024 — 2026-yillar
V. An’anaviy hunarmandchilik bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalar
12. O‘zbek milliy cholg‘ulari sozgarligining o‘ziga xos ilmiy-tarixiy evolyutsiyasi 2024-2025-yillar
13. O‘zbek do‘ppido‘zlik san’ati 2024 — 2026-yillar
14. Kandakorlik maktablari san’ati 2024-2025-yillar
15. Temirchilik va pichoqchilik san’ati 2024 — 2026-yillar


Izoh: ushbu rejaning bajarilishiga Madaniyat vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi mas’ul hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-405-son qaroriga

6-ILOVA [8]


Manbalar

1.https://uz.wikipedia.org/wiki/Foydalanuvchi:GuliMohim/Madaniy_meros_turlari

2. Xashimov M. YUNESKO faoliyatida diniy bag‘rikenglik tamoyillari (O‘zbekiston Respublikasi misolida): Tar. fan. nomz. diss. avtoref. – Toshkent: Toshkent islom universiteti, 2009. – B. 11–13.

3. Inside Kashkadarya: Social and Cultural Magazine Kindle Edition, October 20, 2020 by Asror Allayarov (Author https://www.amazon.com/Inside-Kashkadarya-Social-Cultural-Magazine-ebook/dp/B08LMSWZ1P

4. Ruziyeva D.I. Ways of development and promoting of cultural tourism in Uzbekistan // Economics and management: theory and practice: Collection of scientific articles. Vol. 2 - Verlag SWG imex GmbH, Nürnberg, Deutschland, 2014. − Pp. 99-102.

5. O‘ZBEKISTONNING MODDIY-MADANIY MEROSI OBYEKTLARINING YUNESKO UMUMJAHON MADANIY MEROSI. BO’RIYEV Alisher. NTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI ISSN (E) 2181-2993 Vol. 2, Issue 1. Feb. (2023)  –B. 51.

6. Zahriddinbobir  Haydarov. Nomoddiymadaniymeros. (maruzalarmatni).-Namangan; 2014. –B. 194.

7. https://www.gazeta.uz/oz/2022/07/07/unesco/

8. https://lex.uz/uz/docs/-6713096#-6718632v