Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Mrshaxas/Ozarbayjonda gender tengligi

Vikipediya, erkin ensiklopediya


Mrshaxas/Ozarbayjonda gender tengligi

Nushaba Mahammadali bintu Mammadli (1953-yil 6-yanvar sanasida tavallud topgan) — ozarbayjonlik yyozuvchi ayol, publitsist, Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi hamda Ozarbayjon Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi, „Ozarbayjon yozuvchi ayollar jamiyati“ jamoat birlashmasi (NNT) raisi, asoschisi va muharriri. Shu bilan birga, „Yozuvchi ayollar“ jurnalining bosh mudiri[1].

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nushaba Mahammadali qizi Mammadli (Mammadova) 1953-yil 6-yanvar kuni Ozarbayjon Respublikasining Agʻdam shahrida dunyoga kelgan. Oʻrta maktabni tugatganidan soʻng, Ozarbayjon davlat chet tillar institutiga oʻqishga qabul qilinadi va u yerni pedagog yaʼni ingliz tili oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha muvaffaqiyatli tamomlagan. Ilk mehnat faoliyatini umumtaʼlim maktabida ingliz tili oʻqituvchisi sifatida boshlagan[2].

Nushaba Mammadli „Ədalət“, „İnterfaks“, „Reportar“, „Karvan“ gazetalarida muxbir, bosh muharrir oʻrinbosari, bosh muharrir boʻlib ishlagan. Nushaba Mammadli yoshligidan ijod bilan shugʻullana boshlagan. Shu bilan birga, koʻplab ocherklar, nasriy sheʼrlar, latifalar, satirik hikoyalar, masallar, afsonalar, shuningdek, allegorik hikoyalar va katta hajmli romanlar muallifi hamdir. Nushaba Qorabogʻ voqealarida halok boʻlgan shahidlar va asirga olingan ayollarga bagʻishlab koʻplab asarlar bagʻishlagan. Nushaba Mammadlining asirga olingan ayollar taqdirini hikoya qiluvchi „Roulades yoki choʻldagi yigʻi ovozi“ („Zengulə“) romani Ozarbayjonda ham, dunyoning boshqa mamlakatlarida turli nominatsiyalar boʻyicha mukofotlarga sazovor boʻlgan. 2005-yilda ushbu roman Ozarbayjonda „Yil kitobi“ deb eʼlon qilingan. Nushaba Mammadlining „Osmonlarda kechgan umr“ („Göylərdə keçən ömür“) hujjatli romani, „Bu bir oyundur“ (Bu bir oyundir) nomli hikoyalar kitobi, „Zengulə“ romani, „Vicdan dustağı“ („Vijdon nihoyasida“), „Sevgi xiyabanı“ („Muhabbat xiyoboni“) kitobxonlar koʻplab tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi[2].

Yozuvchi „Zengulə“ asari va milliy adabiyotga qoʻshgan salmoqli hissasi uchun Rossiya Federatsiyasi Yozuvchilar uyushmasi tomonidan G. R. Derjavin mukofoti bilan taqdirlangan. Shuningdek, Nushaba Mammadli 1000 ga yaqin publitsistik maqolalar muallifi. Rossiya Federatsiyasining Irkutsk viloyati Ust-Ilimsk shahrida istiqomat qilib, Qorabogʻdagi voqealar haqidagi haqiqatni ommaga yetkazish maqsadida „Komsomolskaya pravda“(ruscha: Комсомольская правда), „Argumenty i fakty“ (ruscha: Аргументы и факты), „Ust-Ilimskaya pravda“ (ruscha: Усть-Илимская правда) gazetalarida maqolalar chop etib borgan. Nushaba Mammadli 2023-yilda qardosh Turkiyada sodir boʻlgan kuchli zilzila haqida 10 dan ortiq hikoyalar yozgan. 2014-yilda Yevroosiyo turkiy dunyosining bolalar adabiyotini nashr etish boʻyicha birinchi simpoziumida qatnashgani uchun Yevroosiyo kutubxonachilari uyushmasi toʻgaragidan sertifikat qoʻlga kiritgan[3].

Nushaba Mammadli 2023-yilda Turkiyada yuz bergan zilzila haqida 10 dan ortiq hikoyalar yozgan. Uning asarlari rus, turk, ingliz, oʻzbek va ukrain tillariga tarjima qilingan. Mammadlining kitoblari Angliya, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Chexiya, Germaniya, Serbiya, Sloveniya, Ukraina, O‘zbekiston, Turkmaniston kutubxonalari fondlarida saqlanib kelinadi. Nushaba Mammadli koʻplab mukofotlar va sertifikatlarni qoʻlgan kiritgan[3].

Nushaba turmushga chiqqan va uning bir nafar oʻgil zarzandi bor.

1979-yilda „1978-yildagi sotsialistik musobaqa gʻolibi“ sovrini qoʻlga kiritgan. 2005-yilda „Yaddaş“ milliy mukofotiga sazovor boʻlgan. Bunda ikki yil oʻtib 2007-yilda „Sarvat va Saxavat“ („Boylik va saxovat“) mukofoti sovrindoriga aylanadi. Shuningdek, 2011-yilda „Səməd Vurğun mükafatı“ hamda „İlin ən çox oxunan və sevilən yazıçısı“ Diplomu mukofotlariga ham sazovor boʻladi.

  1. 2018-ci il üçün əlamətdar və tarixi günlər təqvimi (az), Bakı, 2018 — 14-bet. 
  2. 2,0 2,1 Əhmədov Teymur. XX əsr Azərbaycan yazıçıları. Ensiklopedik məlumat kitabı (az), Bakı, 2004 — 691-bet. 
  3. 3,0 3,1 Əhmədov Teymur. Azərbaycan yazıçıları (XX–XXI yüzilliklərdə) (az), Bakı, 2011 — 730-bet.