Foydalanuvchi:Muhammadjon Raxmataliyev/Kitob al-Ag'oniy
“Kitob al-Ag‘oniy” (“Qo‘shiqlar kitobi”)dan olingan rasm, 1216 – 1220 yy, Abu al-Faraj al-Isfahoniy.
“Kitob al-Agʻoniy” (arab. كتاب الأغاني - Qo‘shiqlar kitobi) — ensiklopedik sheʼrlar va qoʻshiqlar toʻplami. Zamonaviy nashrlari 20 jilddan ortiq boʻlgan ushbu asar X asrda yashagan arab yozuvchisi Abu al-Faraj al-Isfahoniyga nisbat beriladi [1][2]. Abu al-Farajning taʼkidlashicha, 10 ming sahifadan ko‘proq va 16 ming dan ortiq arab sheʼriyatini o'z ichiga olgan asarni yozish uchun 50 yil vaqt ketgan. Uni uchta alohida bo‘limdan iborat deb ko‘rish mumkin: birinchisi xalifa Horun ar-Rashid uchun tanlangan "100 ta eng yaxshi qo‘shiq"lar, ikkinchisi shoh bastakorlari va uchinchisi muallifning o‘zi tanlagan qo‘shiqlar bo‘limidir[3]. Asar islomgacha boʻlgan davrdan milodiy IX asr oxirigacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Abu al-Faraj "Kitob al-Ag‘oniy"dagi ko'plab qo‘shiqlar uchun ijro yo‘nalishlarini kiritgan. Shaxslar haqidagi tarjimai hol izohlari tufayli asar muhim tarixiy manba hisoblanadi. Shuningdek, asar arab adabiyoti sotsiologiyasi bilan qiziquvchilar uchun ham foydalidir[4].
E’tirof
[tahrir | manbasini tahrirlash]XIV asrning taniqli tarixchisi Ibn Xaldun “Qoʻshiqlar kitobi”ni arablarning arxivi deb atagan: “Kitobda arablarning oʻtmishda sheʼriyat, tarix, musiqa va boshqa sohalarda erishgan barcha yuksak yutuqlari jamlangan. Mening bilishimcha, bu borada boshqa hech qanday kitobni u bilan tenglashtirib bo‘lmaydi”[5].
Nashrlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- al-Isbahoniy, Abu al-Faraj Ali ibn al-Husayn (1900). Kitob al-Ag'oniy (arab tilida). 1–7 jildlar.
- al-Isbahoniy, Abu al-Faraj Ali ibn al-Husayn (1900). Kitob al-Ag‘oniy (arab tilida). 8–14 jildlar.
- al-Isbahoniy, Abu al-Faraj Ali ibn al-Husayn (1900). Kitob al-Ag‘oniy (arab tilida). 15–21 jildlar.
- al-Isbahoniy, Abu al-Faraj Ali ibn al-Husayn (1900). Kitob al-Ag‘oniy (arab tilida). 22-jild.
- al-Isbahoniy, Abu al-Faraj Ali ibn al-Husayn (1868). Kitob al-Ag‘oniy. 21 jild. Leyden: Brill. al-Isbahoniy, Abu al-Faraj Ali ibn al-Husayn (1900). Kitob al-Ag‘oniy. Leyden: Brill.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Abu al-Faraj al-Isfahani, Kitab al-Aghani, 25 vols., Beirut, Dar Sader Publishers: 2004..
- ↑ Thatcher, Griffithes Wheeler (1911). "Abulfaraj" . In Chisholm, Hugh (ed.). Encyclopædia Britannica. Vol. 1 (11th ed.). Cambridge University Press. p. 79..
- ↑ Kilpatrick, Hilary (2010). Making the great Book of songs: Compilation and the Author's Craft in Abû I-Faraj al-Isbahânî's Kitâb al-aghânî. London: Routledge. ISBN 9780415595841..
- ↑ Kilpatrick, Hilary (1997). "Abū l-Faraǧ's Profiles of Poets: A 4th/10th Century Essay at the History and Sociology of Arabic Literature". Arabica. 44 (1): 94–128. doi:10.1163/1570058972582641. JSTOR 4057271..
- ↑ Sawa, George Dimitri (2016). Erotica, Love and Humor in Arabia : Spicy Stories from The Book of Songs by al-Isfahani. McFarland & Company. p. 2. ISBN 9781476663654..