Foydalanuvchi:Navruzbek1202/Baqtirya yozuvi
Qiyofa
Baqtirya yozuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Baqtriya yozuvlari – Kushonlar davrida shakllangan boxtar yozuvi ijtimoiy va madaniy hayotning hamma sohalarida keng qo‘llangan.
Baqtar yozuvi orqali bizgacha ko‘plab noyob hujjatlar yetib kelgan. Kushonlar saltanati davriga qadar davlat mahkamachiligida yunon alifbosidan
foydalanilgan bo‘lsa, Kanishka davrida islohot ro‘y berib, yunon alifbosi boxtar tiliga moslashtirilgan. Kanishka davri tangalaridagi
yozuvlar boxtar tilida yozila boshlangan. Monumental yodgorliklarda ham boxtar yozuvi na’munalari uchraydi, jumladan, Ayritomdan topilgan
buddaviy haykallar guruhi tag kursisidagi hamda Surx Ko‘tal ibodatxonasidagi toshga o‘yilgan xotirot bitigi ham shu tilda yozilgan