Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Nomozov Lazizbek

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

XV-XVI asrlarda Usmoniylar imperiyasi

ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzilishi.

XVI asrning birinchi yarmida Sulton Sulaymon hukmronligidagi Usmoniylar

imperiyasi hududi – 6 mln. km² nim tashkil etib, 25 mln aholi yashagan. Shu davrda

Fransiyaning – 16 mln., Italiyaning – 13 mln., Ispaniyaning – 13 mln. aholisi

bo‘lganligi . Hozirgi davrda butun Yevropa hududi - 3450 km², AQSh hududi - 7839

km² ga teng. Bu raqamlar taqqoslanganda Usmoniylar davlatining naqadar ulkan

bo‘lganligi oydinlashadi.

Muvaffaqiyatli yurishlar va qo‘lga kiritilgan g‘alabalar ham tashqarida, ham

davlat ichida Sulton Sulaymon va uning davlati obro‘si oshgan, boyliklari ortgan,

xalq turmushi yuksalgan.

Sulton Sulaymon buyuk hukmdor va mohirsarkarda bo‘lish bilan birga, Sharq

despotizmi xususiyatlarini o‘zida mujassam etgan shaxs ham edi. Joniga kim qasd

qilishda gumon qilinsa, ayamasdan qatl ettirgan. O‘g‘illari Boyazid va Mustafo

hamda avval o‘zi tomonidan cheksiz hokimiyat vakolatlari berilgan, keyin esa o‘ziga

raqib deb bilgan vazir-i a’zam – Ibrohim pashaning o‘ldirilishi yaqqol misol bo‘la

oladi. Sevikli xotini Roksolana qo‘li bilan o‘g‘li Salim II ning hokimiyatga

chiqishiga kim to‘siq bo‘lsa, olib tashlangan.

Uning hukmronligi qanchalik uzoq davom etgani sari, shuncha o‘z

xavfsizligini orttirib borgan. Xavfsizligini ta’minlash uchun «Bo‘stonchilar»dan

iborat saroy qo‘riqchilarini tashkil etgan. Chunki, bu davrga kelib yanicharlarga

ishonch qolmagan.

XV asr oxirida Usmoniylar imperiyasida 61 sanjak bo‘lgan bo‘lsa, Sulton

Sulaymon davrida imperiya 250 sanjakni birlashtirgan 21 eyalet (yoki Beklar

bekligi) ga bo‘lingan edi. Sanjaklar sonining ko‘payishi qo‘shimcha bosib olingan

yoki bo‘lingan hududlar hisobiga amalga oshgan. Ba’zi eyaletlar sulton o‘g‘illari

noibligi uchun ajratilgan. Masalan, Manisa, Kyutaxiya, Trabzon shular

jumlasidandir.

Manisa – poytaxtga yaqin bo‘lgani sababli maxsus taxt vorisi uchun

mo‘ljallangan. Taxtga egalik qiladigan shahzodaning hokimiyatga chiqishiga uning

boshqa aka-ukalari xalaqit bermasligi kerak edi. Bu tartib sulton Mexmet III (1574-

1595 yy) gacha amal qilgan. Uning davrida shaxzodalar saroy ichidagi «qafas» yoki

«shimshirlik» deb atalgan maxsus xonalarda tutqunlikda saqlana boshlagan.