Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi munozarasi:Nomozov Lazizbek

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xush kelibsiz!

Salom, Nomozov Lazizbek! Vikipediyaga xush kelibsiz! Qoʻshajak hissangiz uchun oldindan rahmat. Umid qilamizki, sizga Vikipediyachi boʻlish manzur boʻlgay! Sizga yordam tariqasida mana bu maqolalar bilan tanishib chiqishni taklif qilamiz:

Iltimos, munozara sahifalarida oʻz fikringizni bildirganingizdan soʻng imzo chekishni unutmang (bu toʻrtta tilda belgisini yozish bilan amalga oshiriladi: ~~~~; bu belgilar avtomatik ravishda sizning ismingiz va sanaga aylantiriladi). Agarda yordamga muhtoj boʻlsangiz, Vikipediya:Forum/Yordam sahifasiga tashrif buyuring yoki mendan munozara sahifamda sizni qiziqtirgan savolni soʻrang. Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin. Yana bir bor xush kelibsiz! 

Do not speak Uzbek? Click here.

--MalikxanBot aloqa 20:24, 25-Noyabr 2022 (UTC)

Yangi xettlar davrida iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar

[manbasini tahrirlash]

Yangi xettlar davrida iqtisodiy, xo‘jalik va ijtimoiy munosabatlarni o‘rganishdagi asosiy manba – o‘sha davrda qabul qilingan qonunlar to‘plamidir. Undan ma’lum bo‘lishicha, xettlar iqtisodiyoti asosini chorvachilik tashkil etgan. Xo‘jalik ishlarida ishchi qoramollar va yuk tashuvchi ho‘kizlarning ahamiyati katta bo‘lgan. Otlardan, asosan, harbiy maqsadda foydalanilgan. Xettlarda dehqonchilik ikkinchi o‘rinda turar va u ob-havoga bog‘liq edi. Sun’iy sug‘orishdan deyarli foydalanishmagan. Xettlarda yirik sun’iy sug‘orish inshootlari juda oz bo‘lgan. Dehqonchilikda ko‘pincha, arpa yetishtirilgan bo‘lib, ba’zan arpa qiymat me’yori vazifasini o‘tagan. Arpadan tashqari bug‘doy navlari yetishtirilgan. Shuningdek, bog‘dorchilik, uzumchilik ham bir muncha rivoj topgan. Kichik Osiyoda Shumer, Akkad va Misrdan farqli o‘laroq, xurmo daraxtidan faqat manzarali o‘simlik sifatida foydalanilgan. Chunki, tabiiy sharoitda uning mevasi pishib ulgurmasdi. Shoh mamlakatdagi barcha yerlarning egasi hisoblanib, ularning ma’lum qismi hukmdorning xususiy mulki bo‘lgan. Bundan tashqari ibodatxonalar, jamoalarga tegishli hududlar ham bo‘lgan. Jamoa yerlarining bir qismi amalda xususiy mulkka aylangan. Hunarmandchilik ancha rivojlanib, qonunlar va boshqa hujjatlarning guvohlik berishicha, Xett davlatida temirchi, duradgor, konchi, kulol va tikuvchilar bo‘lgan. Qurol-aslaha yasashda, asosan misdan, keyinchalik, bronzadan foydalanilgan. Temir dastlab Kichik Osiyoda topilgan bo‘lishiga qaramay, bu davrda xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lmagan. Temirdan, ko‘pincha (xaykalcha) diniy urflar maqsadida hamda harbiy qurollar tayyorlangan. Hunarmandlar ichida ozod ishchilardan tashqari qullar ham anchagina bo‘lgan. Ko‘p hunarmandlar shaxsiy ehtiyojlari maqsadida yoki davlat xizmati uchun xo‘jalik ishlari bilan ham shug‘ullanganlar. Yangi Xett davlatida tashqi savdo rivoj topgan. Uning ustidan davlat nazorati o‘rnatilgan. Oliy hokimiyat keng miqiyosda iqtisodiyotga aralashgan. Bu yerda diniy-xo‘jalik mahkamalari katta rol o‘ynagan. Nomozov Lazizbek (munozara) 05:07, 30-Noyabr 2022 (UTC)