Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Xush kelibsiz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bu maqola Vikipediya inshosidir. U erkin uslubda boʻlib, Vikipediya qonun-qoidalariga mos ravishda yozilmagan boʻlishi mumkin.


Vikipediya oʻz oʻquvchilari tomonidan yoziladigan, tahrirlanadigan ensiklopediyadir. Bu Siz ham uni tahrirlashingiz va unda yangi ensiklopedik maqolalar yozishingiz mumkin, deganidir.

Lekin Vikipediyani yaratishdan maqsad avvalo uni oʻqib, koʻp narsalar bilib olishdir.

Vikipediya yuzlab tillarda yozilgan millionlab maqolalarga ega. Va eng katta boʻlimlardan (ingliz, nemis, fransuz va hk.) ulardan kerakli maʼlumotni topish oson. Til bilsangiz, albatta.

Deylik, siz oʻquvchi yoki talabasiz. Va siz biror predmet boʻyicha kitob topa olmayapsiz (har narsa boʻlishi mumkin — kutubxonada kitob qolmagan yoki unday kitoblar bizda chop etilmaydi/sotilmaydi va hk.). Internetda qidirasiz. Lekin internet shunday bir uyumki, unga shoʻngʻib, kerakli matn topguningizgacha rosa xunob boʻlasiz. Balki umuman topa olmassiz ham. Lekin! Endi Vikipediya degan ajoyib xazina bor. Unda butun insoniyat bilimlari yigʻilmoqda va ancha-muncha yigʻilib ham qoldi. Vikipediyada siz kerakli ilmiy matn topa olishingiz ehtimoli esa juda baland. Har holda, ingliz yoki nemis vikipediyalarida.

Shu qatorda oʻzbek tilida ham Vikipediya yozilmoqda. Lekin bunda bizga yordam kerak. Bu yordam yangi maqolalarni yozish va tahrirlashdir.

Agar biror maqolada xato koʻrib qolsangiz, qoʻrqmasdan uni tahrirlashingiz mumkin. Siz gravitatsiya haqidagi maqolada yaqqol yanglishlikni topsangiz, uni toʻgʻrilab qoʻya olasiz va buning uchun siz fizika fanlari doktori yoki professori boʻlishingiz shart emas. Soha boʻyicha oʻzingizni yetarlicha bilimga egaman, deb oʻylasangiz, bemalol tahrirlayvering. Hamma moʻjiza shunda. Agarda maqola yuzasidan shubhalaringiz bor boʻlsa-yu, lekin ularni maqolaga qoʻshishga jurʼat etolmasangiz, marhamat, bemalol munozara sahifasiga yozib, oʻz shubhalaringizni boshqa foydalanuvchilar bilan baham koʻring.

Biroq tahrirlash mumkin ekan, deb istagan narsalarini yozib tashlayvermang. Qoidalarga amal qiling.

Ha, Vikipediyaning ham qoidalari bor. Va ular bizga yordam beradi.

Betaraflik. Betaraf matn yozing.
Manbalar kerak. Manbasiz matnga hech kim ishonmaydi.
Imlo. Xatolaringiz uchun hech kim „ikki“ baho qoʻymaydi, biroq imlosi buzuq matnni har kim ham tushunavermaydi.

Mana, Vikipediya haqida ham bilib oldingiz. Yana bir bora, Xush kelibsiz!