Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Olim termiziy/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Ishga tushgan sanasi 2017-yil 14-fevral
Joylashuvi Surxondaryo viloyati, Termiz shahri,Shimoliy darvoza ko'chasi 3-uy
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Vebsayti termiziy.uz
Til(lar)i Oʻzbek
Hamkor tashkilotlari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2774-sonli qarori asosida tashkil etilgan.[1] Markazda 28 nafar xodim, shu jumladan, 10 nafar ilmiy xodim faoliyat olib boradi.

Markazning maqsad va vazifalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Markazning asosiy maqsadi Islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma, vatandoshimiz Abu Iso Termiziy (Imom Termiziy) va termiziy allomalarning benazir merosini ilmiy asosda chuqur o‘rganish, muqaddas yurtimiz zamini azal-azaldan ulug‘ allomalar, aziz-avliyolar vatani bo‘lib kelganini yurtdoshlarimiz va xalqaro jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ib qilish, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirish, shu asosda yosh avlodni ezgu g‘oyalar ruhida tarbiyalash, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini yanada kuchaytirishdan iborat.

  • Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
    • islom dinining, Qur’oni karim va hadis ilmining asl mohiyatini, hadisshunoslik maktabining ilmiy-ma’naviy asoslarini, Imom Termiziy hamda termiziy allomalar, yurtimizdan yetishib chiqqan mutafakkir zotlar merosini har tomonlama chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etish;
    • yuksak insoniy g‘oyalar va muqaddas qadriyatlarimizni o‘zida ifoda etgan manbalarni tizimli asosda tadqiq etish, ulardan diniy ta’lim, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarida foydalanish maqsadida zarur darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari, ommabop nashrlar, ilmiy-amaliy tavsiyalar tayyorlash yuzasidan doimiy ish olib borish;
    • turli mafkuraviy xurujlar avj olayotgan bugungi kunda ajdodlarimizning ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, ulardagi ezgu g‘oya va ta’limotlarni keng xalq ommasiga yetkazish va shu asosda yoshlarda sog‘lom dunyoqarashni kuchaytirish, ularni azaliy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash;
    • Imom Termiziy va termiziy allomalarning boy merosini o‘rganish va keng targ‘ib etish maqsadida xorijiy ilmiy markazlar, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xalqaro konferensiya, simpozium, ko‘rgazma, ilmiy ma’ruzalar, seminar-treninglar, tanlovlar va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish;
    • mamlakatimizda hamda xorijiy davlatlarning kutubxonalari va qo‘lyozma fondlarida saqlanayotgan termiziy allomalar hamda buyuk mutafakkirlarimizning qo‘lyozma va toshbosma asarlari nusxalarini, ular haqidagi kitoblarni to‘plash va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
    • ma’naviy merosimizni o‘rganishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, ilm-fan yutuqlaridan keng foydalanishga doir tegishli ilmiy ishlanma va tavsiyalarni tayyorlash.

Markaz boʻlimlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Map
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xaritada

Ilmiy tadqiqotlar boʻlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilmiy tadqiqotlar markazi islom dinining, Qur’oni karim va hadis ilmining asl mohiyatini, hadisshunoslik maktabining ilmiy-ma’naviy asoslarini, Imom Termiziy hamda termiziy allomalar, yurtimizdan yetishib chiqqan mutafakkir zotlar merosini har tomonlama chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etish, yuksak insoniy g‘oyalar va muqaddas qadriyatlarimizni o‘zida ifoda etgan manbalarni tizimli asosda tadqiq etish, ulardan diniy ta’lim, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarida foydalanish maqsadida zarur darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari, ommabop nashrlar, ilmiy-amaliy tavsiyalar tayyorlash yuzasidan doimiy ish olib boorish, turli mafkuraviy xurujlar avj olayotgan bugungi kunda ajdodlarimizning ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, ulardagi ezgu g‘oya va ta’limotlarni keng xalq ommasiga yetkazish va shu asosda yoshlarda sog‘lom dunyoqarashni kuchaytirish, ularni azaliy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash kabi vazifalarni amalga oshiradi.

10 nafar ilmiy xodim buyuk allomalarimiz ilmiy merosiga bag‘ishlangan mavzularda, 5 nafari falsafa doktori (PhD), 5 nafari fan doktori (DS's) dissertatsiyasi ishlarini himoyaga tayyorlamoqda. Boʻlimda 6 nafar ilmiy xodim faoliyat olib boradi.

Ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishida: Xalqaro va mahalliy ilmiy jurnallar, xalqaro anjumanlar to‘plamlarida 156 ta, xalqaro va mahalliy gazetalarda 26 ta ilmiy-ommabop maqolalar nashr qilindi. 2017-2022 yillar davomida Markaz ilmiy xodimlari tomonidan 58 ta termiziy va boshqa allomalarning merosiga oid ilmiy va ommabop kitoblar, risolalar, darsliklar, sharhlar va tahqiqlar nashr qilindi. Bundan tashqari 13 ta termiziy va boshqa allomalarning merosiga oid ilmiy va ommabop kitoblar, qo‘lyozma tafsiri tahqiqi va o‘quv qo‘llanmalar nashr qilish uchun tayyor holga keltirildi.

Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot yo‘nalishida: O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi telekanallari bilan hamkorlikda “Buyuk termiziylar”, “Jaholatga qarshi ma’rifat” va boshqa ruknlar ostida 112 ta ko‘rsatuv-videoroliklar va 35 ta radioeshittirishlar tayyorlandi. O’tgan yillar davomida Markazning ilmiy xodimlari “Ekstremistik va terroristik tashkilotlarning g‘arazli niyatlari va muqaddas islom dinining asl mazmun-mohiyati” va “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiorlari ostida Surxondaryo viloyatidagi OTM larida 30780 nafar o‘quvchi va yoshlarni qamrab olgan 200 dan ziyod ma’naviy-ma’rifiy, targ‘ibot tadbirlari, suhbat va uchrashuvlar o‘tkazdilar. Markaz ilmiy xodimlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi 300 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazdi. Markazga tashrif buyurgan 150 ta imom-xatiblarga mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasini amalda ko‘rsatib berish, ularning dunyoqarashini yanada kengaytirish, aholi orasida markazlar faoliyatini keng targ‘ib etish maqsadida darslar tashkil qilindi. Markazning majlislar zalida o‘tkaziladigan “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida 150 ta “Surxondaryo tajribasi” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil qilindi. Xalqimizni tezkor, ishonchli va xolis axborot bilan ta’minlash maqsadida o‘tgan davr mobaynida Matbuot xizmati tomonidan 2 marotaba matbuot anjumani o‘tkazildi.

Xalqaro aloqalar boʻlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro aloqalar va ziyorat boʻlimi Markazning xalqaro aloqalarini muvofiqlashtiruvchi va turizmni rivojlantiruvchi tuzilmasi hisoblanib, u Imom Termiziy va termiziy allomalarning boy merosini o‘rganish va keng targ‘ib etish maqsadida xorijiy ilmiy markazlar, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xalqaro konferensiya, simpozium, ko‘rgazma, ilmiy ma’ruzalar, seminar-treninglar, tanlovlar va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish, turizmni rivojlantirish kabi funksiyalarni bajaradi.

Boʻlimda 2 nafar ilmiy xodim faoliyat olib boradi. Hozirgi vaqtda boʻlim tomonidan Imom Termiziy va termiziy allomalarning benazir merosini yurtdoshlarimiz va xalqaro jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida Markaz tomonidan 9 ta xalqaro konferensiya, 10 ta respublika konferensiya va anjumanlar, 2 ta xalqaro va mahalliy foto ko‘rgazma va anjumanlar tashkil etildi. Xorijdagi nufuzli universitet va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan 10 ta (7 ta xorijiy va 3 ta mahalliy) memorandum imzolangan. Shuningdek, 5 ta xalqaro tashkilotlar bilan memorandum imzolash taklifi berilgan. Markaz ilmiy xodimlari 100 ga yaqin xalqaro onlayn va oflayn konferensiya va seminarlarda o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Markaz tomonidan “Sunani Termiziy” asarining 3 jildli sharhi va “Buyuk termiziylar” risolalari Buyuk Britaniyaning “Al-Furqon” islom merosi fondi, Oksford islom tadqiqotlari markazi, London islom madaniyat markazi va mamlakat oliy o‘quv yurtlari, oliy va o‘rta maxsus islom bilim yurtlarida 4 ta xalqaro, 3 ta mahalliy taqdimotlar o‘tkazildi. Markazning 3 nafar xodimi Buyuk Britaniya, Turkiya, Malayziya, Rossiya kabi davlatlardagi turdosh markazlar va universitetlarda tashkil etilgan 4 ta malaka oshirish va o‘quv kurslarida ishtirok etdi, 1 nafar ilmiy xodim (Sh.Umarov) Buyuk Britaniyadagi Oksford islom tadqiqotlari markazi grantini qo‘lga kiritib, ilmiy stajirovkasini o‘tkazib keldi. Shuningdek, Markazning 1 nafar xodimi (B.Karimov) BMT Taraqqiyot Dasturining yoshlarni bandlikka ko‘maklashish dasturi doirasida “Startap tashabbuslari” yo‘nalishida yoshlar o‘rtasidagi innovatsion g‘oyalar bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘rik tanlovida xalqaro tashkilot grantini qo‘lga kiritdi. O’tgan yillar davomida Markaz dunyoning 10 ta davlatdagi 30 ta ilmiy markazlar va universitetlari bilan xalqaro ilmiy aloqalarni yo‘lga qo‘ydi. Xususan, Buyuk Britaniyaning Oksford islom tadqiqotlari markazi, London islom madaniyati markazi, London al-Furqon fondi, London Imom Moturidiy markazi, AQShning Yunion, Kentukiy universitetlari, Saudiya Arabistonining Riyoz shahridagi “Informatsiya va arab-rus tadqiqotlari” markazi, Germaniyaning ifa (Institut für Auslandsbeziehungen) tashqi aloqalar intituti va “Afghanistan Naween Research and Studies organization”, Turkiya Shehir universiteti, Sakarya universiteti, Marokash Abdumalik Sa’diy universiteti, Islom tarixi, san’ati va madaniyati ilmi-tadqiqot markazi (IRSIKA), Turkiya Ulug‘dog‘ universitetlari, Hindistodagi Jamiya Milliya Islamiya, Xalqaro islom tadqiqotlar akademiyasi, Aligarh islom universiteti, Patna shahridagi Xudobaxsh jamoat kutubxonadi, Dehlidagi Navdatul-ulamo islom talim muassasasi. Rossiyadagi Balgar islom akademyasi, Ufa shahridagi Moskva Islom Instituti, Qozon federal universiteti, Afg‘oniston Imom Rabboniy ta’lim universiteti va Javzjon universitetlari bilan aloqalar bog‘landi va o‘zaro hamkorlik o‘rnatishga kelishib olindi. Markaz direktori Sh. Umarov va Markaz ilmiy xodimi K. Jamahmatovlar 16-20 may kunlari Toshkent va Buxoro shaharlarida o‘tkazilgan “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumida o‘zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Axborot-resurs markazi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Axborot-resurs markazi mamlakatimizda hamda xorijiy davlatlarning kutubxonalari va qo‘lyozma fondlarida saqlanayotgan termiziy allomalar hamda buyuk mutafakkirlarimizning qo‘lyozma va toshbosma asarlari nusxalarini, ular haqidagi kitoblarni to‘plash va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi. Boʻlimda 2 nafar ilmiy xodim faoliyat olib boradi. Markazning qo‘lyozmalar fondida ajdodlarimiz merosiga oid 11 qo‘lyozma va 67 ta toshbosma asarlar mavjud. Bundan tashqari 500 ga yaqin Imom Termiziy va termiziy allomalar merosiga oid qo‘lyozma asarlarning elektron bazalari, 1000 ga yaqin islom merosiga oid qo‘lyozma asarlarning elektron bazalari shakllandi. 1000 ziyod termiziy olimlarning qo‘lyozmalarini o‘z ichiga olgan “Termizlik olimlar asarlarining jahon fondlaridagi qo‘lyozmalari katalogi” nashr qilindi. Turkiyada saqlanayotgan 100 dan ziyod termiziy olimlarning qo‘lyozmalari katalogi tayyorlandi. “Movarounnahr” nashriyoti tomonidan 14 ta, “O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi” tomonidan 480 ta, “O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi” Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti tomonidan 18 ta “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan 22 ta, “Hilol-Nashr” nashriyot-matbaasi tomonidan 33 ta kitob Markazga beg‘araz yordam sifatida taqdim etildi. Markaz O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, “Vaqf” xayriya jamoat fondi va O’zbekiston musulmonlar idorasi tasarrufidagi “Movarounnahr” nashriyoti homiyligi orqali 500 dan ortiq kitob bilan, ta’minlandi. 2022 yil 20 aprel kuni Markazning ARM fondiga O’zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan 273 turdagi 626 dona arab tilidagi kitoblar taqdim qilindi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O’zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi tomonidan Markaz fondiga Hakim Termiziyga oid qalamiga mansub 11 ta qo‘lyozmalar majmuasining elektron nusxasi xorijdan olib kelindi.

Axbobort texnologiyalar va multmedia

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Axbobort texnologiyalar va multmedia boʻlimi ma’naviy merosimizni o‘rganishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, ilm-fan yutuqlaridan keng foydalanishga doir tegishli ilmiy ishlanma va tavsiyalarni tayyorlash kabi vazifalarni amalga oshiradi. Boʻlimda 4 nafar ilmiy xodim faoliyat olib boradi. Internet va ijtimoiy tarmoq saytlarida Markazning ilmiy-tadqiqot faoliyatiga doir 1500 ta ma’lumotlar, videolar, infografiklar va rasmlar joylashtirildi.