Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Oqmirzayev Qodirbek/YAQIN SHARQ HARORATI

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

YAQIN SHARQ HARORATI

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  So'nggi vaqtlarda YAQIN Sharq mintaqasida kuzatilayotgan hodisalarni nafaqat inqirozga yuz tutgan mamlakatlardagi ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlar misolida, balki katta mamlakatlarning mintaqada o'z taʻsirini kuchaytirishga urinishi natijasida geosiyosiy qarama-qarshiliklarning kuchayib ketgani bilan ham o'rganish kerak bo'ladi.Juda muhim bo'lgan mintaqadagi mamlakatlarning liderlik uchun shiddatli kurashlari baʻzan muvoffaqiyatli, baʻzan mag'lubiyatli bo'ldi. Bu esa mintaqa mamlakatlari o'rtasidagi (alyans) birlashmalariga ham o'z taʻsirini o'tkazdi. Ittifokchilik asosida qurilgan birlashmalarning baʻzilari zaiflashib qoldi, baʻzilari esa umuman kasodga uchrab, yo'q bo'lib ketdi. "Arab baxori" nafaqat rejimlarning ag'darilishi, balki mintaka geosiyosiy o'yinlarida asosiy rollarni o'ynayotgan Misr, Suriya va Liviya kabi mamlakatlarning juda zaiflashib ketishiga sabab bo'ldi (baʻzi mamlakatlar umuman "o'yindan" chiqarilib tashlandi).

HAMMASI IROQDAN BOSHLANGAN...

 Yaqin Sharqdagi "yangi davr" kichik Jorj Bushning tashabbusi bilan boshlandi, desak aslo mubolag'a qilmagan bo'lamiz. AQShning "Yaqin katta sharqni demokratlashtirish" deb nomlangan ulkan rejasi  mintaqa hamda Kaspiy dengizidan to Hind okeanigacha bo'lgan hududda to'la ustunlikka erishish va o'ziga qaram bo'lgan rejimlarni paydo qilishga qaratilgandi. Buning uchun Oq uy "sovuq urush qoldiqlari hisoblangan Iroq, Liviya, Suriya va Erondan qutilib olishi kerak edi. Iroqdagi urush Yaqin Sharq tizimiga berilgan birinchi zarba bo'ldi (Ammo, eng avvalgi zarba sifatida Afg'onistonni ko'rsatsak ham bo'laveradi. Bu mamlakat nisbatan mintaqadan uzoqda joylashgan bo'lsa ham u ko'p jihatlari bilan shu mintaqaga bog'liq. Masalan, Eron bilan umumiy chegaraning mavjudligi). Mazkur mintaqada AQSh hali mavjud rejimni almashtirish bo'yicha harbiy bosqinda ishtirok etmagan edi. Bush otasi kabi bir vaqtlar Saddam Husaynni Quvaytdan quvish uchun tuzilgan koalitsiyaga bosh bo'lgan vaqtdagi muvaffaqiyatni takrorlamoqchi bo'ldi. Biroq, o'shanda harbiy harakatlar keng qamrovli bo'lmagani sabab Bag'doddagi rejim ag'darib tashlanmagandi. O'shanda Iroq Eron oldidagi bufer mamlakat sifatida saqlanib qolingan edi.Iroqqa berilgan yangi zarba va mamlakatning bo'linib ketishi, Bjezinskiyning fikri bilan aytadigan bo'lsak, "qora teshik"ning paydo bo'lishiga olib keldi. Biroq Eron o'z chegarasi oldidagi beqarorlik omilini o'ziga foyda keltira oladigan narsaga aylantira oldi. Bir qarashda ajablanarlidek tuyulsa ham, AQSh Eron uchun katta xizmat qildi. Zaif bo'lishiga qaramay hali ham katta xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan Saddamni yo'q qilishga yordam berdi.
  Eron-Iroq o'rtasidagi (1980-1988) urushda Eronga katta zarar ko'rgan edi. Xususan, o'ta zaiflashgani natijasida davlat o'zining islomiy inqilob eksportini davom ettira olmadi. Amerikaliklarning Iroqqa bostirib kirishi orqali mazkur mamlakat o'zining geosiyosiy mustaqilligini tamoman boy berdi. Mamlakat bir necha bo'laklarga bo'linib ketdi. Shiʻalarga mansub bo'lgan aholi qatlami Eronga umid ko'zlari bilan qaray boshladi. Vashingtondan urushni davom etishga chaqiriqlar uzoq vaqtgacha yangrab turdi, yaʻni Eronga hujum qilib, undagi mavjud rejim ag'darilmasdan turib, Iroqning mag'lub etilishi mumkin emasligi aytilardi. Biroq keng miqyosli urush uchun AQShda na kuch, na g'ayrat topildi. AQShning Iroqda botib qolganini ko'rgan Eron esa mintaqa liderligi uchun dadil qadamlar qo'ya boshladi.
  ERONNING YUKSALISHI VA ZAIFLASHISHI
  
  Yaqin Sharqdagi aksar mamlakatlar o'zininG taʻsirini yanada kuchaytirish uchun mintaqaning turli xil siyosiy partiyalari, tashkilot muvaffaqiyat qozongan va harakatlarini qullab-quvvatlab turadigan bo'ldi. Bu ishda eng katta davlat Eron edi. Uning o'z vaqtida, xususan, arab dunyosidagi siyosiy kuchlarni qo'llab-quvvatlab turishi, kerak paytda, o'z samarasini bera boshladi.
  Masalan, 1979 yilning o'zidayoq eronliklar tomonidan Livanda shiʻa guruhlaridan iborat "Hizbulloh" partiyasi tashkil qilindi. 2006-yilga kelib, Isroilga qarshi turish timsoliga aylangan ushbu partiya juda kup arablarning hurmatiga sazavor bo'lib ulgurgandi. Avvallari Livandan tashqaridagilarga deyarli tanish bo'lmagan shiʻalarning ushbu partiyasi vaqt o'tishi bilan juda mashhur bo'lib ketdi (ahli sunna val jamoaga qarshi bo'lgan OAV ham bunga o'z hissasini qo'shdi). Eron o'zining g'alabasini yanada quvvatliroq qilish maqsadida Falastin maydonida HAMAS harakatini ham qo'llab-quvvatlay boshladi. Ularning 2006-yilda o'tkazilgan saylovlari- dagi g'alabasiga Tehronning ham g'alabasi deb qaraldi. Eronning sobiq prezidenti Ahmadinajot barcha minbarlarda Isroilni qattiq tanqid qilib, arab ko'chalarida eng mashhur siyosatchiga aylandi. Mintaqada Eronning taʻsiri oshib keta boshladi. Tarixda hali bunga o'xshash hodisa bo'lmagan edi. O'tgan asrning 80-yillarida Eronning islomiy inkilobi «eksporti>> Iroq tarafidan to'xtatib qolingan bo'lsa, endi Eron uchun hech qanday to'siq qolmagandi.
  Yevropa va AQSh tomonidan bo'layotgan bosimlarga qaramay mazkur mamlakat boshqa geosiyosiy o'yinchilar bilan aloqalar o'rnatdi, o'zining texnologiyalari va imkoniyatlarini ishga sola boshladi. Taʻsir ko'lami ham oshib bordi. Bu orada Fors ko'rfazining mamlakatlari Eron quroli hamda o'z mamlakatlarida ozchilik hisoblangan shi'alarning narozilik namoyishlaridan cho'chib, AQSh va Yevropadan qurol-yarog' sotib olishga majbur bo'ldilar (Eron bilan qo'rqitilgan Fors ko'rfazi mamlakatlari o'zini Gʻarb quchog'iga otishga hamda ulardan juda katta pul evaziga qurol-yarog' sotib olinishiga majbur qilindi). Gʻarb tahlilchilari va Yaqin Sharq bo'yicha mutaxassilar Eron bilan bo'ladigan yangi urush haqida bashoratlar berib, ko'pchilikni cho'chitib qo'ydi. Ular hatto AQSh va Isroilning Eronga hujum qiladigan sanasini topishga ham rosa urindilar. Biroq Yaqin Sharqning geosiyosiy rekonfiguratsiyasi umuman kutilmagan, boshqa - Tunis ko'chalarida Buazizi degan shaxsning musulmon dunyosida g'ayriodatiy hisoblangan o'ziga o'zi o't kuyish amaliyotini amalga oshirishi bilan boshlandi. So'ng esa, arab dunyosiga xam o't ketdi...                                
    "Arab bahori" Eronni g'alati holatga bir tarafdan qaraganda g'arbparast tuzumlar Eronga qarshi (yoki Eron bilan sovuq munosabatlarda bo'lgan) mamlakatlar vayron bo'la boshladi. Bu alanga Eronga ham utishi mumkin edi. Boshqa arab mamlakatlari (avvalambor Suriya)dagi rejimlari agdarilishi mintaqadagi kuchlar muvozanatiga jiddiy tahlikaga soldi. Eron shuncha yillar davomida o'z manfaatlariga to'g'rilab, moslab kelgan narsalar ketma-ket buzila boshlandi. Tunis, Misr va Liviyadagi hodisalar Tehronga bevosita taʻsir qilmagan bulsa-da, Suriya urushi unga rosmana taʻsir qila boshladi. Eron Suriyani yo'qotishga aslo rozi bo'lmadi. Asad rejimini qullab-quvvatlagani esa "Arab uyg'onishi"ning eng katta dushmaniga aylandi. Arablar 2006 yilda Livan-Isroil o'rtasidagi urushda "Hizbulloh"ning qozongan g'alabasini madh qilganliklarini ham tezda unutib ko'ydilar. Isroilning eng katta dushmani sifatida ko'rilayotgan Eron mavqeyi tushib ketdi. Endi yangi inkilobiy masala hukmron edi. Yaqindagina olqishlar olib turgan Eron va "Hizbulloh" Bashar Asadni qo'llab-quvvatlashi bilan nafratga loyiq reaksion kuchga aylandi.
    Asad rejimi yiqilishi xavfidan Eron-Suriya-Hizbulloh strategik koalisiyasi xavf ostida qoldi, Bahrayndagi shiʻalarning norozilik namoyishlari qattiq ko'rinishda bostirildi. Bundan tashqari, endi Eron falastinliklarning asosiy himoyachisi sifatida ko'rilmaydigan bo'ldi - Suriyadagi urush natijasida Eron va HAMAS o'rtasida nizo chikdi. Uzoq vaqt Damashqda qo'nim topgan HAMAS harakatining baʻzi peshvolari, ichki ixtiloflar va ikkilanishlar ortidan, oxiri Suriya muxolifati tarafdorlariga aylandi. Bu holda Eronning ularga ko'rsatayotgan moliyaviy ko'magining to'xtatib qo'yilishi ham tabiiy hol edi. Falastinliklar esa yangi bosh homiy bo'lmish Qatar quchog'iga o'zini otdi. Qatar amirining 2012-yilda Gʻazoga qilgan safari HAMASNI Qatarning panohiga o'tganiga ishora edi. Turkiyaning Suriya muxolif kuchlarini qo'llab-quvvatlashi natijasida Eron bilan munosabatlari sovib ketdi.
  FOYDALANILGAN MANBALAR:
  ABU MUSLIM; YANGI DUNYO-QAQNUS MEDIA.2012
  INTERNET SAYTLARI