Foydalanuvchi:Progint/sandbox/Ozarbayjon Demokratik Respublikasi
Maqom | Respublika | ||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Parlament raisi | |||||||||||||
• 1918 — 1920 |
Alimardon Topchubashov | ||||||||||||
|
Ozarbayjon Xalq Jumhuriyati (ozar. آذربایجان خلق جمهوریتی) yoki Ozarbayjon Demokratik Respublikasi (Qisqacha nomi: Ozarbayjon Jumhuriyati yoki Ozarbayjon Respublikasi[1]) —Ozarbayjon xalqining Chor Rossiyasiga qarshi Milliy ozodlik kurashi natijasida I jahon urushi davrida Shimoliy Ozarbayjonda tuzilgan mustaqil davlat va Musulmon Sharqida ilk parlament respublika. Poytaxti avval Ganja, keyin Boku shahri bo‘ldi. Ozarbayjon Demokratik Respublikasining paydo bo‘lish davrida Janubiy Kavkazda ozarbayjonlar yashagan hududlar taxminan 150 ming kv.km ga yaqin edi. 1918-yilda Janubiy Kavkazda mustaqil davlatlar paydo bo‘ldi, qadimgi Ozarbayjon tuproqlarining bir qismida Armaniston Respublikasi yaratildi. Ozarbayjon Demokratik Respublikasi hukumati Ozarbayjonning qadimgi madaniyat markazlaridan biri bo‘lgan, sobiq Irevan xonligi poytaxti hisoblangan Irevanni ham armanlarga berib yuborishga va uni yangi tuzilgan Armaniston Respublikasining „Siyosiy markazi“ sifatida tan olishga majbur bo‘ldi. Shunday qilib, Janubiy Kavkaz respublikalari orasida chegara masalalari qisman tartibga solingach, Ozarbayjon Demokratik Respublikasi Janubiy Kavkazdagi tarixiy Ozarbayjon yerlarining 113,9 ming kv. km-ni[2] qamrab olardi. Ozarbayjon Demokratik Respublikasi aholisi 3,3 milliondan ko‘p edi.
Davlat hokimiyati uch qismdan iborat edi: Ozarbayjon Parlamenti, Hukumat, sud hokimiyati. Davlat parlament qabul qilgan qonun va qarorlar asosida boshqarilardi. Parlamentda Ozarbayjon hududida yashagan barcha xalqlar, shu jumladan, miqdor jihatdan oz bo‘lgan xalqlar ham o‘z deputatlari bilan ishtirok eta olardilar. Ijro hokimiyati Hukumatga tegishli edi. Hukumat Parlamentga tobe edi. Ozarbayjon Demokratik Respublikasi hukumati 1918-yil 28-maydan 16-iyungacha Tbilisida, 16-iyundan 17-sentyabrgacha Ganjada, 17-sentyabrdan 1920-yil 28-aprelgacha Bokuda faoliyat ko‘rsatdi. Ozarbayjon Demokratik Respublikasi Parij Bitim Konferensiyasi qaroriga asosan mustaqil davlat sifatida tan olingandi. Dunyoning bir qancha mamlakatlari bilan elchilik va konsullik miqyosida diplomatik munosabatlar o‘rnatgan, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama bitimlar, shartnomalar tuzilgandi. Ozarbayjon Demokratik Respublikasi mustaqil sud tizimining tuzilishida ham muhim chora-tadbirlar amalga oshirilgandi.
Ozarbayjon Demokratik Respublikasi 1920-yil 28-aprelda xalqaro huquq normalarini qo‘pol ravishda buzgan RSFSR ning harbiy harakatlari natijasida yo‘q qilindi. Shimoliy Ozarbayjon rus-bolshevik qo‘shinlari tomonidan bosib olindi va qaytadan Rossiyaga bo‘ysundirildi. 1991-yilda Sovet Sotsialist Respublikalari Ittifoqi parchalanishi natijasida Ozarbayjon xalqi Shimoliy Ozarbayjonda davlat mustaqilligini qayta tikladi. Ozarbayjon Respublikasi Ozarbayjon Demokratik Respublikasining vorisi hisoblanadi.
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]1918-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mustaqil Ozarbayjon davlatining tuzilishi Kavkazorti Demokratik Federativ Respublikasining parchalanishi vaqtida yuz berdi. 1918-yil 27-mayda sobiq Kavkazorti Seymining musulmon fraksiyasi paydo bo‘lgan siyosiy vaziyatni muzokara qilish uchun favqulodda majlis chaqirdi. Uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng Vaqtinchalik Milliy Kengash tuzishga qaror qilindi. Vaqtinchalik Ozarbayjon Demokratik Respublikasi Milliy Kengashi raisi vazifasiga Muhammad Amin Rasulzoda (Musovot Partiyasi raisi), Ijro Qo‘mitasi raisi vazifasiga esa Fatalixon Xoyskiy (partiyasiz) saylandi.
1918-yil 28-mayda Milliy Kengashning birinchi majlisi o‘tkazildi va majlisda Ozarbayjon mustaqil davlat deb eʼlon qilinishi haqidagi tarixiy qaror qabul qilindi. Shu tariqa 100 yillik tanaffusdan so‘ng Ozarbayjonning Sharqiy va Janubiy Kavkazorti hududlarida milliy davlatchilik barpo etildi. O‘sha majlisda yangi demokratik davlat tuzilishi faktini huquqiy jihatdan tasdiqlovchi „Ozarbayjon mustaqilligi to‘g‘risidagi Akt“ qabul qilindi.[3][4]
1918-yilning yoz oylarida Ozarbayjonda siyosiy vaziyat ikki hokimiyatlilik shaklida edi va mustaqillik yo‘lidagi kurash shu sharoitda davom etardi. Ozarbayjonning sharqiy qismida — Boku va Boku gubernatorligida Boku Xalq Komissarlari Soveti faoliyat ko‘rsatardi. Mintaqaning g‘arbiy qismi esa (Ganja va Ganja gubernatorligi) Ozarbayjon Demokratik Respublikasi milliy hukumatining hokimiyatiga qarashli edi. 4-iyunda Ozarbayjon va Usmoniylar Imperiyasi orasida Sulh va Do‘stlik shartnomasi imzolandi va bir kun o‘tgach, Turk qo‘shini Ganjaga kirdi. 1918-yil 16-iyunda Milliy Kengash aʼzolari va Ozarbayjon Respublikasi hukumati Tbilisidan siyosiy vaziyat juda qaltis bo‘lgani sababli Ganjaga ko‘chdi.[5][6][7]
1918-yil 17-iyunda Milliy Kengash o‘z istefosi haqida qaror qabul qildi va ovoz berish yo‘li bilan saylangan Muassislar Majlisining chaqiriq vazifasi ilgari surilgandi. Milliy Kengash tayinlagan muddat 1918-yil 16-dekabrda yakunlanardi. 23-iyunda Fatalixon Xoyskiy Ozarbayjon aholisiga murojaat qildi va milliy hukumatning tasdiqlanishi uchun do‘st Turkiya ko‘magining ahamiyatini taʼkidladi. O‘sha kuni hukumat respublikaning barcha hududlarida harbiy vaziyat eʼlon qildi. Batum shartnomasiga asosan, Ozarbayjon Respublikasiga yordam uchun Turkiya qo‘shinining umumiy soni 15 minggacha bo‘lgan 5 va 15-diviziyalar jo‘natildi.[8][9]
Hukumatning 1918-yil 24-iyundagi qaroriga asosan Ozarbayjon davlat bayrog‘i sifatida qizil fonda oq yarim oy va sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan qizil matodan tayyorlangan bayroq qabul qilindi.[10] 9-noyabrda bu bayroq oq yarim oy va sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan moviy, qizil va yashil rangli bayroq bilan almashtirildi. Ozarbayjon Respublikasi davlat bayrog‘ining uch rangi „turk milliy madaniyatini, zamonaviy Yevropa demokratiyasini va islom sivilizatsiyasini anglatardi“.[11]
27-iyunda Kavkaz Islom Qo‘shini Ko‘ksoy yaqinida Boku Sovet qo‘shinlari ustidan g‘alaba qozondi. O‘sha kuni Ozarbayjon turkchasi Ozarbayjon Respublikasining davlat tili deb eʼlon qilindi. 10-iyulda Kurdemir va Shamaxi Kavkaz Islom Qo‘shini tomonidan ozod qilindi. 25-iyulda Boku Soveti tomonidan inglizlarning Bokuga taklif qilinishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 31-iyulda esa Boku xalq Komissarlari Kengashi parchalandi.
1-avgustda Sentrokaspiy Diktaturasi va Boku ishchi va askar deputatlari Soveti Vaqtinchalik Qo‘mitasi Boshqaruv Hay’ati Hukumatini tuzdi. 1918-yil 4-avgustda Anzalidan kelgan polkovnik S.Stoksun qo‘mondonlik qilgan ilk Britaniya qo‘shini Bokuga kirdi. 11-avgustda Ozarbayjon hukumati umumiy safarbarlik haqida qaror qabul qildi.[12]
26-avgustda Nuri poshsho rahbarligi ostidagi Usmoniylar va Ozarbayjon Demokratik Respublikasi qurolli kuchlaridan iborat Kavkaz Islom Armiyasi bilan Bolshevik Doshnoq-Boku Soveti qurolli kuchlari orasida Boku jangi bo‘lib o‘tdi.[12] Keyinchalik jangga Buyuk Britaniya, Armaniston va Rossiya qurolli kuchlari ham aralashdi va bu jang Kavkaz kampaniyasining so‘nggi jangi bo‘ldi.[12] Lekin Boku jangi bilan ziddiyat yakun topmadi va hodisalar Ozarbayjon va Armaniston urushi bilan davom etdi.[13][14]
Noyabrda Ozarbayjon Milliy Kengashi tuzildi va Goriy seminariyasining Ozarbayjon bo‘linmasi Qazaxga ko‘chdi. 17-noyabrda Ozarbayjonga ittifoqdosh qo‘shinlar kirdi. 7-dekabrda Ozarbayjon parlamentining ochilishi bo‘ldi. Bu oyda Boku Ishchi Konferensiyasi tashkiloti tuzildi va umumiy taʼtil eʼlon qilindi. Britaniya generali Uilliam Montgomeri Tomson F.Xoyskiy yaratgan va 1918-yil 26-dekabrda parlament tasdiqlagan hukumatga ittifoqdoshlar qo‘mondonligining har tomonlama yordam berishi haqida bayonot berdi.[7]
1919-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]1919-yil 15-yanvarda Qorabog‘ general gubernatorligi tashkil topdi va Ozarbayjon Demokratik Respublikasi Qurolli kuchlari Bosh qarorgohi tuzildi. 4-fevralda berilgan so‘rovlarda hukumat aʼzolaridan ichki ishlar vaziri Xalilbey Xasmammadov, qishloq xo‘jaligi vaziri Konstantin Lizgar, tijorat va sanoat vaziri o‘rinbosari T. Safaraliyev chiqish qildilar. Hatto muxolifat talabi bilan hukumat rahbari F.Xoyskiyning o‘zi ham parlament oldida chiqish qildi. Shunga qaramay Qorabey Qorabeyov o‘z fraksiyasi nomidan hukumat bayonini qoniqarsiz deb hisobladi va ularni qayta ko‘rib chiqilishini taklif qildi. „Musovot“ fraksiyasi, xolislar va milliy ozchilik hukumatni yoqlab chiqdi. Musovotchilar muxolifatni barcha mas’uliyatni hukumatga yuklashda aybladilar. Partiya majlisida chiqish qilgan M.A.Rasulzoda bu mavzuda qayta ko‘rib chiqishning imkoni yo‘qligini qayd qildi. Nima bo‘lganda ham hukumatni ag‘darish Ozarbayjon mustaqilligining dushmanlari foydasiga bo‘lishini taʼkidladi.[7]
25-fevralda hukumat rahbari F.Xoyskiy sog‘lig‘idagi muammolar tufayli vakolatlarini topshirish to‘g‘risida bayonot berdi. M.A.Rasulzoda taklifi bilan parlament bu istefoni muzokarasiz qabul qildi. F.Xoyskiy yangi hukumat tashkil qilingungacha ijro hukumatiga rahbarlik qildi. Yangi hukumatning tashkil qilinishi bilan nomzodligi Ittihod Partiyasidan boshqa barcha fraksiyalar tomonidan yoqlab chiqilgan „Musovot“ fraksiyasi aʼzosi Nasibbey Yusufbeyliga topshirildi.[15]
1919-yil 28-mayda Ozarbayjon vakillik hay’ati AQSh prezidenti Vudro Vilson bilan ko‘risha oldi.[16] U ozarbayjonlarga janubiy Kavkaz xalqlari konfederatsiyasi g‘oyasini muzokara qilishni maslahat berdi. Millatlar jamiyatining himoyasiga topshiiluvchi mamlakat sifatida konfederatsiya katta davlatlardan birining mudofaasidan umid qila olardi. 11-iyunda hukumatning Davlat Mudofaa Qo‘mitasi tashkili to‘g‘risida qarori qabul qilindi. [17] 1919-yil 13-iyunda Bokuda Ozarbayjonda ingliz qo‘shinlarini olib qolishiga qarshi ishchilar mitinglari bo‘lib o‘tdi. [18] Bir kun o‘tgach, Davlat Mudofaa Qo‘mitasi tomonidan Ozarbayjon hududida harbiy vaziyat eʼlon qilindi. 27-iyunda „Hudud yaxlitligini birgalikda asrash to‘g‘risida“ Ozarbayjon-Gruziya shartnomasi Parlament tomonidan tasdiqlandi.[7]
Avgustda Ozarbayjon Parlamenti tomonidan Ozarbayjon fuqaroligi to‘g‘risida qonun qabul qilindi. [19] 19-avgustda Angliya-Eron shartnomasiga ko‘ra Eron Ozarbayjonga bo‘lgan hudud daʼvolaridan voz kechganini bayon qildi va inglizlar Bokudan chiqib keta boshladilar. [20] 23-noyabrda Tbilisida Ozarbayjon va Armaniston tomonlari orasida sodir bo‘lgan ziddiyatlarga nuqta qo‘yish va chegara masalalarini sulh yo‘li bilan hal qilishni nazarda tutuvchi shartnoma imzolandi. Dekabrda „Musovot“ partiyasining II qurultoyidan so‘ng, Parlament tomonidan hukumatning yangi tarkibi tasdiqlandi.[21]
1920-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sovet Rossiyasi tomonidan xavf borgan sari ortar edi. Shu sababli ham 1920-yil 2-yanvarda RSFSR xalq tashqi ishlar komissari Georgiy Chicherning oq gvardiyachi Anton Denik armiyasiga qarshi harbiy ittifoq tuzish taklifi bilan tashqi ishlar vaziri F.Xoyskiyga jo‘natgan maktubi Ozarbayjonni Rossiyaning ichki ziddiyatlariga jalb qilish va bu bilan kelajakda Ozarbayjonni bosib olish uchun ko‘zlangan siyosiy manevrdan boshqa hech narsa emas edi. [22] Chicher maktubining asosiy maqsadini anglab yetgan Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri F.Xoyskiy bu taklifni Ozarbayjonning Rossiya ichki ishlariga aralashuv sifatida baholagan holda rad etdi. [23] F.Xoyskiy oing 1920-yil 14-yanvardagi tarixiy javob maktubida Denik masalasi Rossiya davlatining ichki masalasi ekanligini va Ozarbayjon suveren davlat sifatida boshqa suveren mamlakatning ichki ishlariga aralashmasligini alohida taʼkidladi. Bu bilan vazir mustaqil Ozarbayjonning ichki siyosatiga aralashmaslikni ham talab qildi.[24]
11-yanvarda Parij Sulh Konferensiyasida Lord Jorj Kerzon taklifi bilan ittifoqdoshlarning Oliy Kengashi quyidagi mazmunda qaror qabul qildi: „Ittifoqdosh va birlashgan davlatlar Ozarbayjon va Gruziya hukumatlarini de-fakto darajasida birgalikda tan oladilar“.[25] Birozdan so‘ng Yaponiya Oliy Kengashning 11-yanvardagi qaroriga qo‘shildi. 13-yanvarda AQShning Parijdagi elchisi Valles Britaniya va Fransiyaning Ozarbayjon va Gruziyaning mustaqilligini de-fakto tan olishi va ularga yordam berishga tayyorliklari borasida Vashingtonga maʼlumot berdi.[26]
Hukumat siyosatiga qarshi uning baʼzi aʼzolari ham muxolifatchi mavqesida edilar. Asosiy kurash liberal liniya tarafdori ichki ishlar vaziri Mammadxasan Hajinskiy bilan radikal tadbirlar tarafdori tashqi ishlar vaziri F.Xoyskiy orasida sodir bo‘ldi. Radikallar g‘olib bo‘ldilar va 1920-yil 18-fevralda Mammadxasan Hajinskiy ichki ishlar vaziri vazifasidan ketdi, „Musovot“ partiyasi aʼzosi Mustafobey Vakilov ichki ishlar vaziri etib tayinlandi. 1920-yil 23-martda Ahmadbey Pepinov vazir vakolatlaridan bosh tortdi. Bu hodisa vaziyatni murakkablashtirdi. Pepinov ortidan 9-aprelda boshqa sotsialist vazir Jamobey Hajinskiy ham istefoga chiqdi. Sotsialistlar fraksiyasi aʼzolarining va Ittihod vakillarining ketishi hukumat inqirozini keskinlashtirdi. Hukumatda qolgan musovotchilar endi Vazirlar Mahkamasi yo‘q bo‘lishining oldini olishga ojiz bo‘lib qolgandilar.[27] Shunday qilib, mustaqillik mavqeyida bo‘lgan barcha siyosiy quvvatlarning samarali birlashishiga bo‘lgan umid o‘zini oqlamadi. Sovet xavfiga qarshi kurash uchun umumiy platforma tayyorlashning imkoni bo‘lmadi, natijada Sovet armiyasining Ozarbayjon chegaralariga yaqinlashishi haqida olingan ilk xabarlar hukumatning parchalanishiga sabab bo‘ldi.[28]
XI Qo‘shinning old qismlari 27-aprelga o‘tar kechasi Bokudagi kommunistlarning chiqishlari boshlangunigacha Sergo Orjonikidzening faol ishtiroki bilan Mixail Tuxachevskiy va qarorgoh raisi S.A.Pugachov rahbarligi ostida Kavkaz fronti qarorgohi tomonidan rejasi oldindan tuzilgan va tayyorlangan Boku amaliyoti amalga oshirila boshlandi. [29] Kavkaz fronti qo‘mondonligining 1920-yil aprel oyidagi 490-sonli direktiviga asosan XI Qo‘shinning qo‘mondoni Mixail Karlovich Levandovskiy 27-aprelda Ozarbayjon chegarasidan o‘tishi va eng qisqa muddatda Boku gubernatorligi hududini bosib olishi lozim edi.[30]
27-aprelda soat 1:05 da Ozarbayjon parlamentiga ultimatum berilishidan 12 soat avval Anastas Mikoyan, Q.Jabiyev va Gazanfar Musabeyov bo‘lgan „III Baynalmilal“ zirhli poyezdi Samur ko‘prigidan o‘tdi va yo‘l bo‘yi tasodifan uchrab qolgan kam sonli va tarqoq Ozarbayjon armiyasi qismlarining to‘siqlarini yorib kirib Boku tomon yo‘l oldi. Ikki soatlik qonli janglardan so‘ng zirhli poyezdlar Yalama stansiyasini qo‘lga kiritdilar. Stansiyani 4 zambarak va 10 pulemyot bilan Quba polkining 2 qismi, suvoriy divizioni (300 ga yaqin qilich), jandarma bo‘linmasi (200 nafarga yaqin) qo‘riqlar edi. Bu jangda Sovet askarlarining 6 tasi o‘ldirildi va 8 tasi yaralandi.[31]
Suvoriy-tog‘ divizioni (3 qism), kurd batalyonining 2 rotasi (2 qism), qattiq qo‘riqlanuvchi Xudat stansiyasi yaqinida 1 N-li Ozarbayjon zirhli poyezdining oltin zirhli poyezdlarni ilgarilashini to‘xtatish uchun qilgan urinishlari bekor ketdi.[32] Sovet zirhli poyezdlari harakatini kechiktirish maqsadida ortga chekingan askarlar Xachmaz stansiyasi yaqinida ko‘prikni yoqib yubordilar va yo‘l o‘zgartiruvchini ishdan chiqardilar. Lekin yong‘in zudlik bilan o‘chirildi, o‘zgartiruvchi tuzatildi va shundan so‘ng zirhli poyezdlar hech bir to‘siqsiz Bokuga harakat qila boshladilar. [33] Oxirgi qisqa muddatli jang Xirdalan va Bilachari stansiyalari orasida sodir bo‘ldi va shundan keyin Ozarbayjon zirhli poyezdi Keshle, keyin esa Boku stansiyasidan uzoqlashdi. 27-aprel soat 23:00 da Bilachari stansiyasi sovet zirhli poyezdlari tomonidan qo‘lga olindi, soat 4:00 da esa „III Baynalmilal“ zirhli poyezdi Boku stansiyasiga keldi. 30-aprelda XI Qo‘shinning asosiy qismi shaharga kirib bordi. Ularning ilgarilash vaqti Xalil Poshsho boshchiligida mahalliy aholi orasida tashviqot olib borgan va aholini Qizil Armiyaga qarshilik ko‘rsatmaslikka chaqirgan turk zobitlari guruhi Sovet qo‘shinlariga faol yordam berardi. O‘sha kuni 7-suvoriy diviziyasi qismlari Shamaxi va Oqsuvga kirdilar, 1-mayda esa Ozarbayjon qismlarining qarshiliklarini yengib o‘tgan sovet zirhli poyezdlari Ganja stansiyasini qo‘lga kiritdilar.[34]
1-mayda Volga-Kaspiy harbiy floti kemalari Boku portiga kirib bordi. 3-4-mayda Lenkoran va Astaraga harbiy dengiz desantlari chiqarildi.[35] 5-mayda XI Qo‘shinning suvoriy qismlari Qazaxga, 7-mayda Yevlax rayonlariga kirdilar. 1920-yil mayning o‘rtalarida XI Qo‘shin Ozarbayjon Demokratik Respublikasining deyarli barcha hududini o‘z nazoratiga oldi.[36] Shunday qilib, Rossiya aralashuvi natijasida milliy Ozarbayjon hukumati hokimiyati ag‘darildi.
Hukumat va siyosat
[tahrir | manbasini tahrirlash]1918-yil 28-mayda Milliy Kengash Ozarbayjon Demokratik Respublikasining birinchi hukumat mahkamasini tashkil etishni Milliy Kengash aʼzosi, partiyasiz Fatalixon Xoyskiyga topshirdi. Bir soatlik tanaffusdan so‘ng yig‘ilgan Milliy Kengash majlisida Fatalixon Xoyskiy boshchiligi bilan Respublikaning ilk Hukumati tasdiqlandi. Ilk Hukumatda vazifalar quyidagi tarzda taqsimlandi: Fatalixon Xoyskiy — Vazirlar Mahkamasi raisi va ichki ishlar vaziri; Xosrovbey Sultonov — harbiy vazir; Mammadhasan Hajinskiy — tashqi ishlar vaziri; Nasibbey Yusufbeyli — moliya va xalq maorifi vaziri; Xalilbey Xasmammadov — adliya vaziri; Mammad Yusuf Jafarov — tijorat va sanoat vaziri; Akbar og‘a Shayxulislomov — ekinchilik va mehnat vaziri; Xudodotbey Malik-Aslanov — yo‘llar, pochta va telegraf vaziri; Jamobey Hajinskiy — davlat nazorati vaziri.[37]
Ozarbayjon Demokratik Respublikasi Parlamentining ilk taʼsis majlisi 1918-yil 7-dekabrda Bokuda Tagiyev qiz maktabida bo‘ldi. Ozarbayjon parlamentining qonun chiqaruvchi va markaziy davlat organlarini shakllantirish, ularning vakolatlarini aniqlash funksiyasidan boshqa bu yoki boshqa organ hisobotini tinglab, ular haqida muvofiq qaror qabul qilish, ahuningdek, oliy davlat nazoratini amalga oshirish funksiyalari bor edi. Parlament majlislarining kundaligidan bir qanchasi bu masalalarga bag‘ishlangan va bu borada maxsus qarorlar qabul qilingandi.[38]
Ozarbayjon Milliy Kengashi va Hukumatining amalga oshirmoqchi bo‘lgan tadbirlarning „haddan ortiq demokratik“ ekanligidan norozi bo‘lgan Ozarbayjon burjuaziyasi va mulkdorlarining muayyan doiralar taʼsiri bilan Nuri Poshsho Ozarbayjon Milliy Kengashi va Hukumatini shubha bilan qabul qildi. [37] 16-iyunda Ganjaga kelgan Ozarbayjon Milliy Kengashining 17-iyunda Muhammad Amin Rasulzoda raisligi bilan ikki majlisi o‘tkazildi. Ozarbayjon Milliy Kengashi 17-iyunda Fatalixon Xoyskiy rahbarligi bilan Ozarbayjon Demokratik Respublikasining ikkinchi hukumat mahkamasi tarkibini tasdiqladi. Ikkinchi Hukumatga Fatalixon Xoyskiydan tashqari Mammadhasan Hajinskiy, Nasibbey Yusufbeyli, Alimardonbey Topchubashov, Xalilbey Xasmammadov, Xosrovbey Sultonov, Xudodotbey Rafibeyli, Xudodotbey Malik-Aslanov, Og‘a Ashurov, Abdulalibey Amirjonov va Musobey Rafiyev ham kirdi.[37]
Ozarbayjon Demokratik Respublikasi Hukumati Bokuga ko‘chgach, 1918-yil 16-oktyabrda Fatalixon Xoyskiy tashkil qilgan ikkinchi hukumatda o‘zgarishlar sodir bo‘ldi va vazifalar quyidagi tarzda taqsimlandi: Fatalixon Xoyskiy Vazirlar Kengashi raisi; Behbudxon Javanshir — ichki ishlar vaziri hamda tijorat va sanoat vaziri; Alimardonbey Topchubashov — tashqi ishlar vaziri; Mammadhasan Hajinskiy — moliya vaziri; Nasibbey Yusufbeyli — xalq maorifi vaziri; Xudodotbey Malik-Aslanov — yo‘llar vaziri; Xosrovbey Sultonov — ekinchilik va davlat kadastri vaziri; Og‘a Ashurov — pochta va telegraf vaziri; Xudodotbey Rafibeyli — sog‘liqni saqlash vaziri; Musobey Rafiyev — himoya va diniy eʼtiqod vaziri; Ismoilxon Ziyodxonov — harbiy ishlar bo‘yicha vakil; Abdulalibey Amirjonov — davlat mufattishi.[37]
26-dekabrda Fatalixon Xoyskiy uchinchi hukumat mahkamasining programmasi va tarkibi borasida Parlamentda chiqish qildi. [37] Muzokaralardan so‘ng Parlament Fatalixon Xoyskiy Bosh vazir vazifasi bilan birga tashqi ishlar vaziri maqomiga ham ega bo‘ldi. Uchinchi hukumat mahkamasida Xalilbey Xasmammadov — ichki ishlar vaziri; I.Protasov — moliya vaziri; Xudodotbey Malik-Aslanov — yo‘llar vaziri; Nasibbey Yusufbeyli — maorif va diniy eʼtiqod vaziri; Aslanbey Safikurdskiy — pochta-telegraf va mehnat vaziri; Samadbey Mehmondorov — harbiy vazir; Rustamxon Xoyskiy — Himoya vaziri; Yevsey Gindes — sog‘liqni saqlash vaziri; Mirza Asadullayev — tijorat va sanoat vaziri; Mammadhasan Hajinskiy — davlat nazorati vaziri; Konstantin Lizgar — qishloq xo‘jaligi vaziri; Xosrovbey Sultonov — ekinchilik va davlat kadastri vaziri; Teymurbey Makinskiy — adliya vaziri vazifasiga tayinlandilar.[37]
To‘rtinchi hukumat mahkamasining tashkil qilinishi Nasibbey Yusufbeyliga topshirildi. 1919-yil 14-aprelda yangi tuzgan mahkama ro‘yxatini Parlamentga taqdim qildi. Nasibbey Yusufbeyli o‘zi tuzgan Hukumatda Vazirlar Kengashi raisi va ichki ishlar vaziri vazifasida edi. Boshqa vazifalar quyidagi tarzda taqsimlandi: Elog‘a Hasanov — moliya vaziri; Og‘a Aminov — tijorat va sanoat vaziri; Mammadyusuf Jafarov — tashqi ishlar vaziri; Xudodotbey Malik-Aslanov — yo‘llar vaziri; Jamobey Hajinskiy — pochta va telegraf vaziri; Samadbey Mehmondorov — harbiy vazir; Viktor Klevenskiy — himoya vaziri; Abram Dastakov — sog‘liqni saqlash vaziri; Rashidxon Qoplonov — maorif va diniy eʼtiqod vaziri; Aslanbey Qardashov — ekinchilik va davlat kadastri vaziri; Narimonbey Narimonbeyli — davlat nazorati vaziri; Aslanbey Safikurdskiy — adliya va mehnat vaziri; X. Amaspur — portfelsiz vazir. Keyinchalik Mammadhasan Hajinskiy ichki ishlar vaziri vazifasiga tayinlandi[37].
1920-yil 22-dekabrda o‘zining ikkinchi, Respublikaning esa beshinchi hukumat mahkamasini tashkil qilgan Nasibbey Yusufbeyli unga 1920-yil martining oxirigacha rahbarlik qildi. Nasibbey Yusufbeyli tuzgan hukumatda Fatalixon Xoyskiy — tashqi ishlar vaziri; Samadbey Mehmondorov — harbiy vazir; Mammadhasan Hajinskiy — ichki ishlar vaziri; Xalilbey Xasmammadov — adliya vaziri; Rashidxon Qoplonov — moliya vaziri; Hamidbey Shaxtatinskiy — maorif va diniy eʼtiqod vaziri; Ahmadbey Pepinov — ekinchilik va mehnat vaziri; Xudodotbey Malik-Aslanov- yo‘llar vaziri (ayni vaqtda vaqtinchalik tijorat, sanoat va qishloq xo‘jaligi vaziri); Jamobey Hajinskiy — pochta va telegraf vaziri; Musobey Rafiyev — himoya va sog‘liqni saqlash vaziri; Haybatqulibey Mammadbeyov — davlat nazorati vaziri vazifalariga tayinlandilar. 1920-yil 18-fevraldan Mustafobey Vakilov ichki ishlar vaziri, Mammadhasan Hajinskiy — tijorat, sanoat va qishloq xo‘jaligi vaziri, 5-martdan esa Nurmammad Shohsuvorov — maorif va diniy eʼtiqod vaziri vazifasiga tayinlandilar.[37]
Ozarbayjon Demokratik Respublikasi Parlamenti 11 fraksiyadan iborat edi va ularning aʼzolari quyidagilar:
- I. Musovot və Partiyasizlar fraksiyasi
- Muhammad Amin Rasulzoda (ozar.)
- Hasanbey Og‘ayev (ozar.)
- Nasibbey Yusufbeyli (ozar.)
- Xalilbey Xasmammadov (ozar.)
- Mammadhasan Hajinskiy (ozar.)
- Abbosquli Kazimzoda (ozar.)
- Musobey Rafiyev (ozar.)
- Javodbey Malikyagonov (ozar.)
- Mehdibey Hajinskiy (ozar.)
- Mehdibey Hojiboboyev (ozar.)
- Rahimbey Vakilov (ozar.)
- Shafibey Rustambeyli (ozar.)
- Hoji Salim Oxundzoda (ozar.)
- Mustafo Mahmudov (ozar.)
- Asafbey Shixalibeyov (ozar.)
- Abuzerbey Rizayev (ozar.)
- Ahmad Hamdi Qaraag‘azoda (ozar.)
- Oğa Aminov (ozar.)
- Narimonbey Narimonbeyli (ozar.)
- Mirza Sodiq Oxundzoda (ozar.)
- Museyibbey Axijanov (ozar.)
- Mustafo og‘a Vakilov (ozar.)
- Mammadbag‘ir Shayxzamonli (ozar.)
- Mammadali Rasulzoda (ozar.)
- Murtuza Oxundov (ozar.)
- Rizabey Oxundov (ozar.)
- Mammadrizo og‘a Vakilov (ozar.)
- Jalilbey Sultomov (ozar.)
- Ashrafbey Tagiyev (ozar.)
- Mammadyusuf Jafarov (ozar.)
- Mirza Asadullayev (ozar.)
- Yusuf Ahmadzoda (ozar.)
- Baxıshbey Rustamboyev (ozar.)
- Fatalixon Xoyskiy (ozar.)
- Og‘abey Safaraliyev (ozar.)
- Asadulla Ahmadov (ozar.)
- Og‘a Ashurov (ozar.)
- G‘ulomhusaynbey Kazimbeyov (ozar.)
- Mir Hidoyatbey Sayidov (ozar.)
- II. Ittihod fraksiyasi
- Qorabey Qorabeyov (ozar.)
- Mir Yoqub Mehdiyev (ozar.)
- G‘oziy Ahmadbey Mammadov (ozar.)
- Jamil Lanbaranskiy (ozar.)
- Bahrombey Vazirov (ozar.)
- Sulton Majid G‘anizoda (ozar.)
- Hamdulla Afandizoda (ozar.)
- Zeynalbey Vazirov (ozar.)
- Heybatquli Mammadbeyli (ozar.)
- Alibey Zizikski (ozar.)
- Qorabey Aliverdilar (ozar.)
- Asadbey Amirov (ozar.)
- İskandarbey Axundov (ozar.)
- Og‘abey Safaraliyev (ozar.)
- Yusufali Aliyev (ozar.)
- III. Ahror fraksiyasi
- Aslanbey Qardashov (ozar.)
- Hoji Mulla Ahmad Nuruzoda (ozar.)
- Muxtar Afandizoda (ozar.)
- G‘arib Karimo‘g‘li (ozar.)
- Bayram Niyoziy Kichikxonli (ozar.)
- Qosimo‘g‘li Hoji Ali (ozar.)
- Abdulla Qabulov (ozar.)
- Hojiacı Husayn Afandiyev (ozar.)
- IV. Sotsialistlar fraksiyasi
- Samad og‘a Agamalio‘g‘li (ozar.)
- Alihaydar Qarayev (ozar.)
- Qasimbey Jamalbeyov (ozar.)
- Hoji Karim Sanili (ozar.)
- Ahmadbey Pepinov (ozar.)
- Jamobey Hajinski (ozar.)
- Rizabey Qarasharli (ozar.)
- Aslanbey Safikurdski (ozar.)
- İbrahim Abilov (ozar.)
- Bag‘ır Riayev (ozar.)
- Vladislav Bakradze (ozar.)
- Akbar og‘a Shayxulislomov (ozar.)
- İbrahim İsmayilzoda (ozar.)
- Abbasbey Atamalibeyov (ozar.)
- V. Partiyasizlar
- Bahrom Axundov (ozar.)
- Behbudxan Javanshir (ozar.)
- Abdulalibey Amirjonov (ozar.)
- Ahmadbey Og‘ayev (ozar.)
- VI. Mustaqillar
- Samadbey Mehmondorov (ozar.)
- Xudodotbey Malik-Aslanov (ozar.)
- Alimardonbey Topchubashov (ozar.)
- Bababey Qabulzoda (ozar.)
- VII. Chap mustaqil
- Abdullabey Afandizoda (ozar.)
- VIII. Slavyan — Rus Ittifoqi fraksiyasi
- Viktor Klanevskiy (ozar.)
- Vasiliy Kravchenko (ozar.)
- Sergey Remizov (ozar.)
- Fyodor Kotilevskiy (ozar.)
- M.N Vinogradov (ozar.)
- IX. Milliy ozchilik fraksiyasi
- Lorens Kun (ozar.)
- Moisey Guxman (ozar.)
- Stanislav Vonsovich (ozar.)
- Vasil Kujim (ozar.)
- Vladimir Ollongren (ozar.)
- Nikolay Mixaylov (ozar.)
- ?. Dubrovskiy (ozar.)
- X. Arman fraksiyasi
- Arshak Paronyan (ozar.)
- Yervan Tagionosov (ozar.)
- İsak Xo‘jayev (ozar.)
- Stepan Tagionosov (ozar.)
- Georgiy Shahnazarov (ozar.)
- XI. Dashnaksutyun fraksiyasi
- Arshak Malxazyan (ozar.)
- Xoren Amaspur (ozar.)
- Pogos Chubaryan (ozar.)
- Abgar Papyan (ozar.)
- Aleksandr Ter-Azaryan (ozar.)
- Bogdan Balayans (ozar.)
- İ. Papyan (ozar.)
Parlamentda faoliyat ko‘rsatgan fraksiya va guruhlar orasida eng yirik va boshqaruvchi milliy manfaatlar tashuvchisi bo‘lgan Musovot fraksiyasi edi. Bu fraksiya demokratik partiyasizlar guruhi bilan birgalikda Parlament va Hukumat faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini aniqlashtirar, milliy manfaat bilan bog‘liq barcha qonun va qarorlarning qabul qilinishida hal qiluvchi rol o‘ynardi. [37] Parlamentda ikkinchi yirik fraksiya Ittihod fraksiyasiga tegishli edi. Bu fraksiya 1919-yil dekabrigacha milliy-demokratik jarayonga qarshi muxolifatda bo‘lgan va hukumatlarning tashkil qilinishida ishtirok etmagan. Parlamentda alohida mavqedan chiqish qilgan fraksiyalardan biri esa sotsialistlar guruhi edi. Ular Ozarbayjonning RSFSR ga birlashishi kerakligini, faqat Qizil Armiyaning Ozarbayjonga haqiqiy ozodlik keltira olishi, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning faqat sotsializm qurish sharoitida mumkin ekanligini taʼkidlar edilar. Bu guruh Shimoliy Ozarbayjonni qaytadan bosib olishni oldiga maqsad qilib qo‘ygan bolsheviklarning yashirin rolini o‘ynar edilar. Armanlar parlamentda ikki fraksiya bilan vakillik qilsalar ham, aslida bir tomondan chiqish qilar va armanlarning Ozarbayjonga qarshi hudud talablarini yoqlab chiqish uchun barcha imkoniyatdan foydalanar edilar. Sovet ishg‘oli amalga oshganida arman fraksiyalari bolsheviklar tomoniga o‘tib ketdilar.[37]
Parlamentning 17 oylik faoliyati davrida 145 majlis o‘tkazildi. Yetarli son bo‘lmagani uchun majlislardan 15 tasi o‘tkazilmadi. Qolgan 130 majlisdan ikkisi tarixiy (Ozarbayjon mustaqilligi va Bokuning ozod qilinishi yubileyi munosabati bilan 1919-yil 28-may va 15-sentyabrdagi majlislar), 4 tasi tantanali (rus inqilobining 2-3-yubileylari munosabati bilan 1919-1920-yil 12-martda Ozarbayjonning Gruziya bilan harbiy hamkorlik shartnomasiga bag‘ishlangan 1919-yil 27-iyun va Parij sulh konferensiyasi tomonidan Ozarbayjon mustaqilligining de-fakto tan olinishi munosabati bilan 1920-yil 14-yanvar majlislari), 2 tasi favqulodda majlislar (Armanistonning Gruziyaga urush eʼlon qilishi bilan bog‘liq 1918-yil 20-dekabrdagi va Ozarbayjon bilan Gruziya orasidagi iqtisodiy hamkorlik haqida shartnomalarning tasdiqlanishi munosabati bilan 1920-yil 17-martda) bo‘lib o‘tgan. Qolgan majlislarda mamlakatning ichki va tashqi siyosati, iqtisodiyoti va moliyaviy vaziyati, qonun chiqaruvchi aktlar muzokarasi va qabuli, armiya tuzish va boshqa masalalar muzokara qilindi. Muzokaraga chiqarilgan qonun loyihalari, bir qoida sifatida, faqat uchinchi marta o‘qilgach qabul qilinar edi.[37]
Ozarbayjon Demokratik Respublikasi Parlamenti faoliyati davrida muzokaraga 270 dan ortiq qonun loyihasi chiqarilgan, ulardan taxminan 230 tasi qabul qilingandi. Parlament faoliyati uning Nizomnomasi rolini bajaruvchi „Ozarbayjon Parlamenti nakazi (taʼlimoti)“ bilan tartibga solinardi.[37]
Parlamentda 11 komissiya faoliyat ko‘rsatardi: moliya-byudjet komissiyasi, qonun chiqaruvchi takliflari komissiyasi; Muassislar majlisiga saylovlar o‘tkazish bo‘yicha markaziy komissiya, mandat komissiyasi, harbiy komissiya, agrar masalalar komissiyasi, so‘rovlar bo‘yicha komissiya, fermerlik-hujjat beruvchi komissiya, mamlakatning mahsuldor quvvatlaridan foydalanish ustidan nazorat komissiyasi, redaksiya komissiyasi va ishchi masalalari bo‘yicha komissiya.[37]
Tashqi siyosat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ozarbayjon Demokratik Respublikasi Birinchi jahon urushi yakunlanishi bilan kuzatilgan ziddiyatli diplomatik kurash sharoitida paydo bo‘ldi va faoliyat ko‘rsatdi. Siyosiy mazmunda Ozarbayjon g‘oyasini dunyoga taqdim etganlar 1920-yilda diplomatik tomondan bu g‘oyaning Versal Oliy Kengashi tomonidan xalqaro tasdiqlanishiga erishdilar. Aynan mana shunday sharoitda Ozarbayjon mustaqilligining 1920-yilda Versal Oliy Kengashi tomonidan de-fakto tan olinishi 1919-yilning kuzidan boshlab o‘zgargan siyosiy vaziyat bilan bir qatorda, Ozarbayjon diplomatiyasining muhim muvaffaqiyati, uning Parij Sulh Konferensiyasidagi miqdor jihatdan kichik bo‘lgan hay’atining katta g‘alabasi edi. Lekin Birinchi jahon urushidan keyin shakllangan yangi geosiyosiy jarayonlar Ozarbayjon millatining bu tarixiy muvaffaqiyatdan yetarlicha foydalanishiga imkon bermadi. Ozarbayjon Demokratik Respublikasi 1920-yilning aprelida mamlakat ichida ketgan siyosiy jarayonlarning, mahalliy ziddiyatlarning natijasi sifatida emas, dunyo siyosatida sodir bo‘lgan murakkab diplomatik muammolarning natijasi sifatida parchalandi.[39][40]
Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi va suverenligining taʼminlanishi Ozarbayjon Demokratik Respublikasi diplomatiyasining chiqish nuqtasini tashkil etgandi. Bu jihatdan Ozarbayjon Demokratik Respublikasi diplomatiyasining eng muhim xizmatlaridan biri Janubiy Kavkazda ozarbayjonlarning milliy hududlarini aniqlashi bilan bog‘liq edi. Ozarbayjon Demokratik Respublikasi ag‘darilishidan so‘ng xorijiy mamlakatlarga ketib qolgan respublika xodimlari, bir qancha ziyolilarning dunyoning turli o‘lkalarida nashr qilgan asarlari 1918-1920-yillarda amalga oshirilgan Ozarbayjon diplomatiyasining bir qator qorong‘u sahifalarini ochib berishga imkon beradi.[41][42][43]
Xorijiy mamlakatlarning ODR da joylashgan vakolatxonalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Davlat | Vakil nomi | Manzil |
---|---|---|
AQSh | Konsul Randolf |
Krasnovodskaya ko‘chasi, 8 |
Belgiya | Konsul Ayvazov |
|
Buyuk Britaniya | ||
Daniya | ||
Armaniston | ||
Finlandiya | ||
Fransiya | ||
Gruziya | ||
Eron | ||
Shvetsiya | ||
Shvetsariya | ||
Italiya | ||
Litva | ||
Polsha | ||
Ukraina | ||
Yunoniston |
Armiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ozarbayjon Demokratik Respublikasi Ozarbayjon Qurolli kuchlarini Respublika eʼlon qilingan kundan tuzishni boshlagan edi. Yangi tuziladigan armiya asosini Musulmon korpusi tashkil qilardi. Armiya tuzishga rahbarlik qilish uchun ilk hukumat mahkamasi tarkinida Harbiy Vazirlik ham nazarda tutilgan va Xosrovbey Sultonov harbiy vazir etib tayinlangandi. Lekin bu mahkamaning tarqatilishi bilan harbiy vazir vazifasi ham bekor qilinib, Ozarbayjonda armiya tuzish jarayoniga rahbarlik hukumat qarori bilan Kavkaz Islom Armiyasi qo‘mondoni Nuri Poshshoga topshirilgandi. Hukumat tuzilmasida esa Kavkaz Islom Armiyasi qo‘mondonligi bilan aloqalarni tartibga soluvchi harbiy ishlar bo‘yicha bosh vakil vazifasi taʼsis etildi va Ismoilxon Ziyodxonov bu vazifaga tayinlandi. Ozarbayjon Hukumatining 1918-yil 3-iyuldagi qarori bilan 19 yoshga to‘lgan fuqarolar harbiy xizmatga jalb qilinardi. 1918-yil 26-iyunda Hukumat qarori bilan Musulmon korpusi Alohidda Ozarbayjon Korpusi deb nomlandi va uning shtat jadvalida qisman o‘zgarishlar ro‘y berdi. General-leytenant Aliog‘a Shixlinskiy korpus komandiri sifatida vazifasini davom ettirdi.[37][44][45][46]
1920-yil Bolshevik ishg‘oli arafasida Ozarbayjon armiyasining asosiy jang qismlari va birlashmalari quyidagilar edi: 8 polkdan iborat ikki piyoda diviziyasi, 3 polkdan iborat suvoriy diviziyasi va to‘pchi brigadasi. Bulardan boshqa armiyaning bir qator yordamchi qismi, bo‘linma va muassasalari ham bor edi. Har bir piyoda polka 3 tabordan, har bir tabor esa to‘rt piyoda bo‘linmasidan va bir pulemyot bo‘linmasidan tashkil topgandi. Har pulemyot bo‘linmasi tarkibida 8 pulemyot bor edi. Bundan tashqari har polkda bir suvoriy razvedka bo‘limi, bir piyoda razvedka bo‘limi, bir istehkom bo‘limi, bir robita-telefon bo‘limi va bir g‘ayrinizomiy bo‘lim bor edi. Polklarning shtat tarkibi ularning hammasida bir xil emasdi. Suvoriy polklari uch suvoriy bo‘limidan, pulemyot bo‘limidan, taʼlim va robita komandalaridan iborat edi.[37]
Ozarbayjon Demokratik Respublikasi hukumati obyektiv qiyinchiliklar sababli harbiy dengiz kuchlari tashkiliga 1919-yil oxirlarida boshladi. 1918-yil sentyabrida Bokuning Sentrokaspiy diktaturasi va ingliz jangchilaridan tozalanish arafasida bu yerdagi asosiy harbiy kemalari — „Kars“, „Erdeg‘an“ va „Astrabad“ Petrovsk-Porta olib borilgandi. 1918-yil noyabrda Bokuni zabt etgan ingliz harbiy kuchlari nomlari qayd qilingan kemalarni qaytarsalar ham, ularni Ozarbayjon hukumatiga bermasdan, o‘z nazoratida ushlab turdi. Respublika hukumati bir necha marta o‘sha kemalarning Ozarbayjonga qaytarilishi haqida ogohlantirish bergan. Jumladan, tashqi ishlar vaziri Mammadyusuf Jafarov 1919-yil 4-avgustda Bokudagi ittifoqdosh qo‘shinlarning qo‘mondoni, ingliz generali D.Shatelvortga murojaat qilib, poytaxt va dengiz chegaralarining himoyasi, davlat hududi yaxlitligini qo‘riqlash uchun bir necha harbiy kemaning Ozarbayjonga berilishini iltimos qilgandi. Kaspiydagi harbiy-dengiz kuchlarining asosiy qismi Deniki tobeligida bo‘lsa ham, qurollari olingan baʼzi harbiy kemalarni, shu jumladan, „Kars“, „Erdeg‘an“ va „Astrabad“ 1919-yil sentyabr boshlarida Ozarbayjon hukumatining tasarrufiga o‘tdi.[47][48]
1919-yil 1-oktyabrda „Astrabad“ harbiy kemasi hay’ati tasdiqlandi. Kema kapitani lavozimiga ozarbayjonlik mutaxassis Kitobchizoda tayinlandi. „Erdeg‘an“ kemasi komandiri lavozimiga esa kapitan Hasan Chilingirzoda tayinlandi. 5-dekabrda „Kars“ va „Erdeg‘an“ kemalari hay’atlarining vaziyati yaxshilash uchun maxsus komissiya tuzildi. 1920-yil boshlarida harbiy dengiz kuchlari tarkibida 8 adad 75 mm-lik va 100 mm lik to‘plar bilan jihozlangan „Kars“ va „Erdeg‘an“ harbiy kemalari, „Astrabad“, „Ko‘ktepa“, „Araz“, „Nargin“ yordamchi kemalari, „Orion“ transport kemasi, qurollar bilan jihozlangan „Pushkin“ kemasi va bir nechta kater bor edi. 1920-yilda xorijdan soatiga eng kamida 23 dengiz mili tezligi bilan harakatlanuvchi 6 adad katerning, shuningdek, suvosti kemalar bilan jang uchun nazarda tutilgan, ikki zambarak bilan jihozlangan, soatiga 26-36 dengiz mili tezligi bilan harakatlanuvchi kater olish rejalashtirilgandi. Dushman kemalarining dengizdan qilgan hujumlarini oldini olish uchun mina tayyorlagan kemaning, juda katta bo‘lmagan 6 adad suvosti kemaning, mavjud harbiy kemalarning jang imkoniyatlarini oshirish uchun turli hajmdagi 92 adad zambarakning sotib olinishi ham nazarda tutilgandi. Lekin Boku operatsiyasi bu rejalarni amalga oshirilishiga imkon bermadi.[47][48]
Harbiy havo kuchlarining tashkil etilishi zaruriyatini eʼtiborga olib, harbiy vazirlik bu ishga eng avval loyiq kadrlar tayyorlashdan boshladi. Harbiy vazir Samadbey Mehmondorov 1919-yil 22-yanvarda Ozarbayjonning Gruziyadagi vakili Mammadyusuf Jafarovga maktub orqali murojaat qilib, ozarbayjonlarning Tbilisidagi Aviatsiya maktabiga jo‘natish mumkin yoki mumkin emasligini aniqlashni iltimos qildi. Ozarbayjon-Gruziya harbiy hamkorlik shartnomasi (1919) tuzilgandan so‘ng Ozarbayjondan bir guruh askar va zobitlar Gruziyaga jo‘natildi. Ulardan 9 nafari harbiy uchuvchilikka o‘qitilishi kerak edi. Kapitan Firidun Mirza Qachar, praporshiklar Alihusayn Dadashov, Teymur Mustafoyev, Ganjinskiy, Hasanzoda va Qarasharov ham o‘sha zobitlar edi. Milliy armiyaning harbiy havo strukturasi shakllantirilishidan avval uning rahbariyati aniqlashtirildi. Harbiy vazirlik 1919-yil 19-avgustdagi buyrug‘iga asosan podporuchik Teymurxon Afshar Aviatsiya bo‘limining rais muovini etib tayinlandi. Bo‘lim to‘g‘ridan-to‘g‘ri Bosh harbiy qo‘mondonlikka tobe edi. 1919-yil 14-sentyabrda Aviatsiya bo‘limi shtati tasdiqlandi. Shtatda besh zobit, 4 xodim, 54 nizomiy askar va g‘ayrinizomiy askar bor edi.[37]
Milliy kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj to‘ldirilishi uchun harbiy vazirlik 1920-yilda Ozarbayjonda harbiy uchuvchilar maktabi ochishga qaror qildi. Harbiy vazir Samadbey Mehmondorov 1919-yil 27-noyabrda tashqi ishlar vazirligiga maktub yozib, Aviatsiya maktabida taʼlim tashkil qilish uchun Angliyadan va Italiyadan tajribali mutaxassislarning taklif qilinishi imkonlarini topishni iltimos qildi. Lekin 1920-yil boshlarida harbiy sharoitning murakkablashishi va Aprel ishg‘oli (1920) harbiy havo kuchlarini kuchaytirish sohasidagi ishlarni chala qoldirdi.[37]
Maʼmuriy-hududiy bo‘linishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ozarbayjon Demokratik Respublikasi hududi to‘g‘risida ilk bora Istiqlol bayonnomasida aytib o‘tilgan. Ushbu hujjatda ko‘rsatilishicha, janubiy-sharqiy Kavkazortini qamrab olgan Ozarbayjon mutlaq mustaqil davlat edi. Lekin yangi paydo bo‘lgan Janubiy Kavkaz respublikalari hududlari va chegaralarining konkretlashtirilishi jiddiy muammolarga duch keldi. Ozarbayjon va Arman Milliy Kengashlari orasida chegara masalalari bo‘yicha muzokaralar natijasi Ozarbayjon Milliy Kengashining 1918-yil 29-maydagi majlisida muzokara qilindi. Ko‘p ovozlilik bilan Irevan Armaniston Respublikasiga berib yuborildi va uning poytaxti deb tan olindi. Ushbu qaror qabul qilinayotganda har ikki respublikaning kelajakda konfederatsiya shaklida birlashishi, Armanistonning Qorabog‘ning tog‘li hududiga bo‘lgan daʼvosidan voz kechishi va boshqa masalalar ko‘zda tutilgandi. Irevan guberniyasida, Qorayazida bo‘lgan Ozarbayjon harbiy qismlarining 24 soat davomida u yerdan chiqarilishi haqida ultimatum berdilar, ozarbayjonlarga qarshi yangi qatliomlarni amalga oshira boshladilar va bu bilan o‘sha hududlarni zo‘rakilik bilan qo‘lga kirita boshladilar.[37]
Ozarbayjon bilan Gruziya orasida ham chegara ziddiyatlari mavjud edi. Gruziya hukumati sobiq Tbilisi gubernatorligiga kirgan Ozarbayjon yerlarini — Borchali, Qarayazi va Sig‘nax tumanlarini Ozarbayjonga qaytarishdan bosh tortdi. Gruzin qurolli kuchlari nemis harbiy qismlari bilan birlashib, 1918-yil iyun boshlarida Borchaliga kirib bordilar. 14-iyunda Ozarbayjon tashqi ishlar vazirligi ozarbayjonlarning istiqomat qiluvchi Borchaliga va boshqa hududlarga birlashgan gruzin-nemis harbiy kuchlarining joylashtirilishiga qarshi nota berdi, chegara masalasini siyosiy yo‘l bilan hal qilishni taklif qildi. Gruziya hokimiyati bunga rozi bo‘lmadi. Janubiy Kavkaz respublikalari orasidagi hudud uchun kurash yana-da ziddiyatli tus ola boshladi. Shuning uchun bu muammoning xalqaro Istanbul konferensiyasida muzokara etilishiga qaror qilindi. 1918-yil noyabrda Alimardonbey Topchubashovning Antanta davlatlarining Istanbuldagi vakillariga jo‘natgan maxsus memorandumda Ozarbayjon hududi aniqlashtirildi. Bu masala yana-da kengroq tarzda Parij sulh konferensiyadagi Ozarbayjon sulh vakolatxonasining talablarida ham aks etgandi. Ushbu hujjatga asosan, Ozarbayjon Demokratik Respublikasi quyidagi hududlarni qamrab olgandi: Boku gubernatorligi (Boku doirasi bilan birga Boku uyezdi, Javad uyezdi, Shamaxi uyezdi, Guba uyezdi, Lenkoran uyezdi); Yelizavetpol gubernatorligi (Yelizvetpol uyezdi, Javanshir uyezdi, Nuxa uyezdi, Eresh uyezdi, Shusha uyezdi, Qaryagin uyezdi, Zangazur uyezdi, Qazax uyezdi (bu hududning uchdan bir qismini tashkil qilgan tog‘ qismi Ozarbayjon va Armaniston orasida tortishuvli hudud sifatida qolgandi)); Irevan gubernatorligi (Naxchivon uyezdi, Sharur-Daralayaz uyezdi, Surmali uyezdi, shuningdek, Yangi Boyazid uyezdi, Echmiedzin va Aleksandropol uyezdlarining bir qismi); Tbilisi gubernatorligi (Borchali uyezdi, Tbilisi va Sig‘naq uyezdlarining bir qismi); Zagatala tumani; Dog‘iston viloyati (Kur va Samur tumanlarini qamrab olgan hududning bir qismi, shuningdek, Darband shahri va uning atrofi bilan birga, Qaytaq-Tabasaran uyezdining bir qismi). Bundan tashqari Ozarbayjon Respublikasi Tbilisi gubernatorligidagi Axaltsixe uyezdining Batum, xususan, Kars viloyatlarini ham o‘z hududiga kiritishga alohida ahamiyat berar edi.[37]
Lekin hudud masalalarini tinch yo‘l bilan hal qilishning iloji bo‘lmadi. Birinchi jahon urushida mag‘lub bo‘lgan Usmoniylar Imperiyasi harbiy kuchlarini Janubiy Kavkazdan chiqarishi bilan armanlar yana-da faollashdilar, hudud daʼvosi bilan 1918-yil oxirida Gruziya bilan olib borgan kurash natijasida Borchali tumanidagi Loru kichik tumanini va uning atroflarini egallab oldilar. Armaniston Ozarbayjonning tarixiy yerlariga bo‘lgan daʼvolarini amalga oshirish uchun Qorabog‘, Zangazur, Naxchivon va boshqa hududlarda qatliomlarni ko‘paytira boshladilar. Naxchivonda bu siyosatning oldini olish uchun 1918-yil noyabrida Araz Turk Jumhuriyati tashkil topdi va bu Jumhuriyat keyinchalik Janubi-g‘arbiy Kavkaz Turk Jumhuriyati bilan birlashtirildi. Janubiy Kavkaz davlatlari orasidagi hudud ziddiyatlarini muzokara qilish uchun, nihoyat, 1919-yil 25-aprelda Tbilisida konferensiya bo‘lib o‘tdi. Lekin aniq natija bermagan Tbilisi konferensiyasi ham iyunda ishni to‘xtatdi. Juda murakkab xalqaro va ichki vaziyatga qaramay, Ozarbayjon Demokratik Respublikasi hudud va chegara masalalarga qattiq ahamiyat berardi. Respublika hukumati Janubiy Kavkazdagi barcha tarixiy Ozarbayjon yerlarini o‘z nazorati ostida tutib turishga urinardi.[37]
1920-yildagi manzil taqdimida Tashqi ishlar vazirligi taqdim qilgan xarita va maʼlumotlar asosida Ozarbayjon Demokratik Respublikasi hududini aks ettirgan jadval chop etildi:[37]
Hudud nomi | Kv. kilometr | Izoh |
---|---|---|
Boku gubernatorligi | 39075,15 | Ziddiyatsiz hudud |
Ganja gubernatorligi | 44371,29 | |
Zagatala tumani | 3992,54 | |
1 Irevan gubernatorligi | 9858,69 | |
Jami | 97297,67 | |
2 Irevan gubernatorligi | 7913,17 | Tortishuvli hudud |
3 Tbilisi gubernatorligi | 8685,13 | |
Jami | 16598,30 | |
Yakun | 113895,97 |
- 1 Irevan gubernatorligining ziddiyatsiz hududiga kiruvchi joylar: Sharur-Daralayaz uyezdining I va II politsiya hududlari; Naxchivon uyezdining I, II, III va IV politsiya hududlari; Yangi Boyazid uyezdining I va II politsiya hududlari;
- 2 Irevan gubernatorligining ziddiyatli hududlariga kiruvchi yerlar: Irevan uyezdining I, II, III va IV politsiya hududlari, Echmiedzin uyezdining II va III politsiya hududlari; Surmali uyezdining I, II va III politsiya sohalari; Yangi Boyazid uyezdining III politsiya hududining bir qismi;
- 3 Ziddiyatli zona tarkibiga Tbilisi gubernatorligining quyidagi qismlari kiradi: Tbilisi uyezdining II va III politsiya hududlari; Sig‘naq uyezdining politsiya hududi; Borchali uyezdining I, II, III va IV politsiya hududlarining bir qismi.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ozarbayjon Demokratik Respublikasining iqtisodiy platformasida mulkdorlik plyuralizmi- davlat mulkdorligi, xususiy, shaxsiy, aksiyadorlik, hokimiyat mulkdorligi va boshqa mulkdorlik formalarining taraqqiyoti uchun bir xil imkoniyatlarning yaratilishi ko‘zda tutilgandi. Bolshevizmdan farqli ravishda Respublika liderlari fabrika, zavod, yer va boshqa asosiy ishlab chiqarish vositalari bo‘yicha xususiy mulkdorlikni rad qilmasdilar. Aksincha, bu turdagi mulkdorlikni yo‘q qilish hozirgi vaziyatda insonlarning shaxsiy tashabbus kuchlarini zo‘rakilik bilan tortib oladi, deb hisoblardilar.[37]
23 oy davomida Respublika hukumati bir qator joriy xo‘jalik masalalari hal qilinishida muhim muvaffaqiyatlarga erishdi. Ozarbayjonda neft sanoati og‘ir vaziyatdan olib chiqilgan, vayron qilingan Boku-Batum neft quvuri barpo qilingan, Boku-Julfa temir yo‘li inshooti davom ettirilgan, Kur daryosi bo‘ylab ko‘prik qurilgan, Ozarbayjon Davlat Banki tashkil etilgan, milliy pul birliklari chiqarilgan, Kaspiy dengiz kemasozligi rivojlantirilgandi.[37]
Mustaqil davlat atributi sifatida milliy pul birligi ishlab chiqarilishi Respublikaning moliyaviy siyosatidagi muhim muvaffaqiyati edi. 1918-yil boshlarida Bokuda yangi qog‘oz pullar — „Boku bonlari“ ishlab chiqarildi (bu vaqtdaga isteʼmolda „Nikolay“ pullari va „Kerenskiy“ pul birliklari ishlatilardi). Milliy pul birligining mustahkamlanishi, uning isteʼmol qobiliyatini asrab-avaylash ilk vaqtdan hukumatning iqtisodiy siyosatida asosiy masalaga aylandi. Chunki milliy valyuta inflyatsiya sharoitida isteʼmolga chiqarilgandi.[37]
Hukumat ham avvalgi davrdan meros qolgan, ham respublikaning mavjudligi davrida yuz bergan inflyatsiyaga qarshi kurash olib borishlari kerak edi. Bu maqsad bilan mustaqil davlatning moliya, soliq, bank-kredit sistemasi tuzildi. 1919-yil sentyabrda Ozarbayjon Demokratik Respublikasining Davlat banki ochildi. Moliya Vazirligining 1919-yil 20-iyuldagi qarori bilan tovarlarning erkin eksportiga erishish ko‘zda tutilardi; parlament xazinaga muayyan rusum (eksport qilingan tovar qiymatining 25 foizigacha) o‘tkazish sharti bilan xomashyo eksportiga ruhsat berilishi to‘g‘risida qonun qabul qildi. Xorijga yashirin yo‘l bilan kumush, oltin, platina olib borilishi bo‘yicha mas’uliyat masalasi ko‘rib chiqildi. Kuchda bo‘lgan 1914-yil 15-noyabrdagi qonunning 1919-yil 20-oktyabrdagi qonun bilan almashtirilishi bu sohadagi mas’uliyatni oshirdi. Mamlakat chegaralari ichida mol ayirboshlashni tartibga solish maqsadida 1919-yil avgust oyidan Ozarbayjonga xorijdan olib kelingan bir qator ziynat mollariga vaqtinchalik xususiy bojxona tariflari tatbiq qilindi.[37]
Ayni vaqtda ichki bozorni tartibga solish maqsadida Ozarbayjondan chetga jo‘natilgan tovarlar uchun yangi vaqtinchalik bojxona qoidalarining tatbiq qilinishi to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Hukumat moslashuvchan soliq siyosati yurgizar, davlat xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rardi. Bu maqsad bilan xorijdan mamlakatga bojxonasiz olib kelingan mollar ro‘yxati aniqlashtirilgan (bu ro‘yxatga 200-dan ko‘p mahsulot nomi kiritilgandi), xorijiy sarmoyadorlarga Ozarbayjonga sarmoya kiritishni xohlaganlarga kelishilgan shartlar bilan Boku bonlari taklif qilingandi.[37]
Ozarbayjon hukumatining tashqi iqtisodiy faoliyatida amalga oshirishga uringan asosiy vazifalardan biri aholining zaruriy mollarga bo‘lgan ehtiyojini taʼminlashdan va g‘aznaning daromadlarini orttirish uchun ilova manbalar qidirib topishdan iborat edi. Shunday ilova manbalardan biri boj daromadlari edi. Bu yoki boshqa mahsulotning xorijga sotish uchun ruhsat berilishi yoki uni taqiqlash vaqti o‘sha mahsulotning aholi uchun qay darajada kerakli bo‘lishi, hukumatga qanchalik daromad keltirishi holatlari diqqat bilan nazarga olinardi. Hukumat tayyorlagan 1919-yil 20-fevraldagi qonun loyihasi bilan xorijga konyak, uzum va tut spirti eksportiga ruhsat berilardi (Respublika davridan avval xorijga spirtli ichimliklar sotish taqiqlangandi. Bu esa xo‘jalik va hukumat moliyasiga sezilarli darajada zarar bergan edi). Hukumat xorijga spirt sotishda nafaqat davlat g‘aznasi va aroq chiqarish bilan shug‘ullangan odamlar, balki butun aholi uchun qiziq deb hisoblardilar. O‘z xo‘jalik mahsulotlari bo‘lgan uzum va tutni sharob zavodlariga sotish ularga foyda keltirardi. Bu qonun loyihasini ishlab chiqar ekan hukumat shuni ham nazarda tutardiki, aholi uchun spirt faqat texnik va tibbiy maqsadlar uchun zaruriydir. Xorijga sotish uchun ruhsat berilgan 85 gradusli konyak spirti va 40-45 gradusgacha bo‘lgan uzum va tut spirti esa bu maqsad uchun tayyorlanadi.[37]
Respublikaning xorijiy iqtisodiy aloqalarining shakllanishi jihatdan Gruziya bilan tuzilgan shartnoma muhim ahamiyatga ega edi. 1918-yil 26-dekabrda bir yillik muddatga tuzilgan shartnomaga asosan katta ehtiyoj bo‘lgan mahsulotlarning, bu respublikalarning talablari doirasida boj soliqlari belgilanmasdan olib-sotilishiga, shuningdek, Gruziya aholisi va temir yo‘li ehtiyojlari uchun muayyan hajmda neft, mazut, kerosin va yog‘larning rusumsiz eksportiga ruhsat berilardi. Shartnomada Gruziya aholisi uchun kerosin berilishi 1 million puddan, neft va neft mahsulotlarining umumiy sotishi esa 20 million pul ko‘p bo‘lmasligi kerakligi ko‘rsatib o‘tilgandi. Gruziyaning baʼzi mahsulotlarining (toshko‘mir, o‘rmon materiallari va b.) neft qiymatining 1/10 qismi miqdorida Ozarbayjonga bojsiz sotilishi nazarda tutilardi. Shartnomaga ko‘ra nemis mahsulotlarining boshqa mamlakatlarga sotishga ruhsat berilmasdi. Ozarbayjon Demokratik Respublikasi Rossiya bilan iqtisodiy hamkorlikka ham katta ahamiyat berar, neft, paxta va boshqa eksport mahsulotlari uchun Rossiya bozorining ahamiyatini eʼtiborga olardi. 1920-yil 30-martda Sovet Rossiyasi va Ozarbayjon hamkorlik komissiyasi majlisida tijorat shartnomasi imzolandi. Lekin Rossiya Ozarbayjonni qoniqtiruvchi bir qator shartlar vaʼda qilsa ham ularga amal qilmadi.[37]
Ozarbayjon Demokratik Respublikasi davrida ham neft sanoati iqtisodiyotning asosiy sohasi sanalardi, chunki bu vaqtda neft dunyoning eng muhim harakatlantiruvchi kuchi edi. Shu sababli Parlament va Hukumat neft ishlab chiqarish va foydalanish vaziyatini uzoq muddat tahlil qilar, dunyo neft bozorini o‘rganardi. Tabiiy boylik iqtisodiy rivojlanish uchun moddiy baza bo‘lsa ham, iqtisodiy qudrat va kuchning tabiiy boylikka bog‘liqligi doimiy bo‘lmasligi va kelajakda o‘zgarishi Ozarbayjon Demokratik Respublikasi keltirib o‘tgan iqtisodiy muddaolardan biri edi.[37]
Boshqa tomondan ishchi va davlat xizmatchilarining ish haqining hajmini necha martalab oshirish to‘g‘risida hukumat qabul qilgan qarorlar byudjetda katta yetishmovchilik keltirib chiqarardi va bu yetishmovchilikni to‘ldirish tarif normalarining orttirilishi va ilova qog‘oz pullarning ishlab chiqilishi hisobiga amalga oshirilardi. Bularning barchasi qimmatchilik va inflyatsiyaga, mehnatkashlarning sotsial vaziyatining yomonlashishiga sabab bo‘lardi. Ijtimoiy-iqtisodiy sohada bir qator ishlar ko‘rilgan bo‘lsa ham, ishchi masalasining, shuningdek, Ozarbayjon Demokratik Respublikasi uchun eng muhim masalalardan bo‘lgan Agrar masalaning hal qilinmaganligi aholining vaziyatini og‘irlashtirdi. Bundan foydalangan sotsialistlar fraksiyasi va Ozarbayjon Kommunist Partiyasi aholi orasida norozilikni orttirish uchun o‘zining buzg‘unchilik faoliyatlarini yana-da kengaytirib, Boku amaliyoti arafasida Ozarbayjon Demokratik Respublikasining to‘ntarilishi uchun qulay zamin yarata oldilar.[37]
Transport
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ozarbayjon Demokratik Respublikasi paydo bo‘lish arafasida mamlakatda yerusti va suv yo‘llari, xususan, temir yo‘li va quduq quvurlari transport aloqalarida muhim rol o‘ynardi. Bu davrda temir yo‘llarining umumiy uzunligi 954,2 km edi. Uning 498,2 km-i Boku-Katta Keshik, 87,8 km-i Bilachari-Yalama, 189,2 km-i Uluxanli-Julfa, 51,2 km-i Alat-Zubovka, 27,1 km-i Boku-Balaxani, Sabunchi-Suraxani liniyalariga to‘g‘ri kelardi. O‘sha davrda iqtisodiy va tijorat ahamiyatiga ega shosse va yerusti yo‘llarininng zich tarmoqlari ham mavjud edi. Bu turdagi yo‘llarning umumiy uzunligi 4169,1 km, shu jumladan, shosselashtirilgan yo‘llar uzunligi 1507,3 km edi.[37]
Yo‘llar vazirligi temir yo‘li transportini amalga oshirish uchun parovoz va vagon parkining taʼmiri, yangi transport vositalarining olinishi, temir yo‘li xizmatchilar maoshlarining orttirilishi, ularga imtiyozli shartlar bilan yer berilishi, parovoz mashinistlariga va ularning yordamchilariga haqiqiy harbiy xizmatdan muhlat berilishi, temir yo‘li stansiyalarining qoidaga solinishi, xavfsizligi ta;minlanishi va shu kabi boshqa chora-tadbirlar ko‘rdi. Bu chora-tadbirlarning barchasi tez orada o‘z samarasini berdi. 1919-yil 15-iyuldan Boku-Port-Petrovsk (Mahachqal’a) yo‘nalishida ham jiddiy grafika bo‘yicha kuniga 4 juft poyezd harakatlana boshladi.[37]
1918-yil 30-oktyabrda Boku Xalqaro Dengiz Tijorat Porti idorasi ish boshladi. Tijorat kemalari bilan Boku va Port-Petrovsk, Salyan, Lenkoran portlari orasida yo‘lovchi va yuk tashish tashkil qilindi. Hukumatning saʼy-harakatlari natijasida 1919-yilda Boku-Batum neft quvuri ham barpo qilinib, foydalanishga topshirildi. 1919-yil avgust oyida ingliz qo‘shinlari Ozarbayjonni tark etgach, Boku porti va tijorat floti ham Respublika hukumatining tarkibiga o‘tdi, mamlakatning tijorat kemalari Ozarbayjon Demokratik Respublikasi bayrog‘i ostida ishlay boshladilar.[37]
Ozarbayjon hukumati shosse yo‘llarining barpo etilishi uchun 1919-yil 17-fevralda Yo‘llar vazirligining ishlari uchun 1 million manat kredit ajratdi. Shu yil 24-aprelda esa bilvosita Yevlax-Sheki shosse yo‘lining taʼmiri va seldan himoyalash uchun 70 to‘siqning qurilishiga 210 manat ajratildi. Hukumat transport vositalari taʼmiri va amortizatsiya masalalarini doimo diqqat markazida tutardi. 1919-yil 28-aprelda Bokuda avtomobillarning dastlabki taʼmiri va avtomobil zavodining faoliyati uchun 175 ming manat ajratildi. Shuningdek, Yo‘llar vazirligiga avtomobil zavodi daromadi va xarajatlari haqida asosli maʼruza tayyorlash topshirildi. Ozarbayjon Demokratik Respublikasi haddan ortiq qiyin va murakkab sharoitda amalga oshirgan ishlar bilan mamlakatda transport ishini, tartibga sola oldi. Temir yo‘li va suv transporti, neft quvuridan olingan mahsulotlar davlat g‘aznasiga daromad olib kela boshladi.[37]
Demografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Guliston va Turkmanchoy shartnomalaridan Ozarbayjon Demokratik Respublikasi tashkil topgungacha bo‘lgan davrda Rossiya imperiyasining Janubiy Kavkaz turk-musulmon aholisiga qarshi olib borgan g‘arazli siyosati, deportatsiyalar va qatliomlari natijasida Shimoliy Ozarbayjon aholisining etnik tarkibi, soni va joylashuvi sunʼiy shaklda o‘zgartirildi, bu yerda yashagan ozarbayjonlarning soni sezilarli darajada kamaydi. Rossiya mustamlakasidan so‘ng armanlarning turli mamlakatlardan ommaviy tarzda Shimoliy Ozarbayjon yerlariga ko‘chirilishi etnik-siyosiy vaziyatga jiddiy taʼsir ko‘rsatgan, ozarbayjonlarning ajdodlar yerlaridan deportatsiyasi amalga oshirilgandi. Alimardonbey Topchubashov Antanta davlatlarining Istanbuldagi vakillariga taqdim etgan maxsus memorandumda Janubiy Kavkazning 237055 kv.km lik hududida 7667370 kishining yashagani qayd qilingandi, ularning etnik tarkibi esa mana bunday edi: 3306000 (43,1 %) ozarbayjon, 1786000 (23,3 %) arman, 1641000 (21,4 %) gruzin.[37]Ushbu yilda asosan Ozarbayjon Demokratik Respublikasi hududida 2353000 nafar yashardi, bu esa Janubiy Kavkaz aholisining 30,7 % ga teng edi.[37]
Ozarbayjon Demokratik Respublikasi hukumatining Parij Sulh konferensiyasiga taqdim qilgan hujjatlarga ko‘ra esa 60,7 % ni tashkil qilardi. Ko‘rsatilgan hujjatlarda aynan o‘sha hudud muvofiq ravishda Janubiy Kavkaz aholisi hisoblanardi. Konferensiyaga taqdim etilgan hujjatlarga asosan, Janubiy Kavkaz aholisi jami 8081668 nafardan iborat edi. Ularning 4617671 nafari (57,1 %) Ozarbayjonda yashardi. Ozarbayjon aholisining 75,4 %-ni (3481889 nafar) ozarbayjonlar, 17,2 %-ni (795312 nafar) armanlar, 0,6 %-ni (26585 nafar) gruzinlar, 6,7 %-ni (310885 nafar) boshqa xalq vakillari tashkil qilardi. Ozarbayjon Demokratik Respublikasi hukumati mamlakat aholisining soni va etnik tarkibini aniqlashga alohida eʼtibor qaratardi. Aholi haqida yana bir maʼlumot Ozarbayjon Demokratik Respublikasining manzil-taqvimida maxsus jadval shaklida ko‘rsatilgan.[37]
Ko‘rsatilgan jadvaldan foydalanayotganda shuni eʼtiborga olish kerakki, ushbu jadval 1917-yil uchun Kavkaz taqvimi asosida tuzilgani hisobga olinsa, fakt sifatida 1916-yilga tegishli vaziyatni aks ettiradi. Boshqa tomondan bu jadvalning o‘zida ham turk-musulmon aholi soni noto‘g‘ri edi. Shu bilan birga, jadvalda berilgan raqamlar Janubiy Kavkazda ozarbayjonlar yashagan barcha hududlarga emas, balki qo‘shni davlatlar daʼvo qilmagan tinch hududlarga tegishli edi. Jadvalda Tbilisi gubernatorligiga tegishli tortishuvli hudud va u yerda yashagan ozarbayjon aholisining soni ham o‘z aksini topmagandi. Quyidagi jadvalda ham 1916-yillda Ozarbayjon Demokratik Respublikasining tinch hududida yashagan aholining, shu jumladan, ozarbayjonlarning soni aks etgan:[37]
Hudud | Ozarbayjonlar | Armanlar | Gruzinlar | Ruslar | Boshqalar | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mutlaq soni | % | Mutlaq soni | % | Mutlaq soni | % | Mutlaq soni | % | Mutlaq soni | % | |||
Boku gubernatorligi (shahar aholisi) | ||||||||||||
Boku gubernatorligi (qishloq aholisi) | ||||||||||||
Barcha Boku gubernatorligi (shahar raisligisiz) | ||||||||||||
Boku shahar raisligi | ||||||||||||
Barcha Boku gubernatorligi (shahar raisligi bilan) | ||||||||||||
Barcha Ganja gubernatorligi | ||||||||||||
Barcha Zagatala tumani | ||||||||||||
Irevan gubernatorligining bir qismi | ||||||||||||
Barcha Ozarbayjon Demokratik Respublikasi, jami |
Til
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mustaqil davlatning muhim atributlaridan biri bo‘lgan davlat tili masalasi yangi paydo bo‘lgan Ozarbayjon Demokratik Respublikasi hukumatining diqqat markazida edi. Respublika hukumati 1918-yil 27-iyundagi qarori bilan o‘sha paytda turk tili deb nomlangan ozarbayjon tilini davlat tili deb eʼlon qildi. Bu qaror Guliston va Turkmanchoy shartnomalari bilan Ozarbayjon ikkiga bo‘lingandan keyingi ona tilining davlat tili sifatida ishlatilishiga tegishli ilk hujjatdir. Qayd etib o‘tish joizki, davlat tili to‘g‘risidagi qaror hukumatning Ganjaga ko‘chganidan keyingi ilk qarorlaridan biridir.[37]
Ozarbayjon tilining davlat tili sifatida muomalaga kirish tajribasi keng tarzda ilk Ozarbayjon Parlamenti tilida o‘z aksini topgan. Davlat idoralarida muayyan muddat davomida rus tilidan foydalanishga ruhsat berilishi Parlamentga tegishli emas edi. Shu sababli ham Parlamentda tillardan foydalanish masalasi, tabiiy holda, qonun chiqaruvchi hokimiyatga, Parlament aʼzolariga topshirilgandi. Parlament foydalangan til davlat tili statusiga ega Ozarbayjon turkchasi edi. G‘ayrimahalliy Parlament vakillari maʼruzalarining rus tilida bo‘lishini taklif qilganda, Parlament majlislaridan birida bu masala alohida muzokara qilingan va bu xususda qaror qabul qilingandi. Qarorga asosan, Parlamentning rasmiy tili Ozarbayjon turkchasi eʼlon qilingan, boshqa millatlar vakilligining rus tilida maʼruza qilishlari maqbul deb hisoblangandi. Shundan so‘ng rasmiy hujjatlarning hammasi davlat tilida tuzilardi.[37]
Taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalq taʼlimi va maorif bo‘yicha ilk vazirlik Ozarbayjonda Xalq taʼlimi vazirligi 1918-yil 28-mayda Ozarbayjon Demokratik Respublikasi hukumati tomonidan taʼsis etildi. Vazirlar kengashi qarori bilan 30-iyun 1918- yilda uch sho‘badan (umumiy o‘rta taʼlim, oliy va o‘rta ixtisoslashgan taʼlim, kasb-hunar maktablari) iborat struktura tasdiqlandi. Taʼlim vaziri keyinchalik Ozarbayjon Demokratik Respublikasi hukumat rahbari bo‘lgan Nasibbey Usubbayov edi. Xalq taʼlimi sohasida ilk muhim tadbir maktablarning milliylashtirilishi bo‘ldi, bu taʼlimning mahalliy Ozarbayjon turkchasiga o‘tishi edi. Bu bilan ilk bora ozarbayjon bolalarining o‘z ona tilida taʼlim olish huquqini qonuniylashtirildi.[49]
Xalq taʼlimi vazirligi 1919-20-yil o‘quv yili boshlaridan Oliy boshlang‘ich maktablarining barcha sinflari va o‘rta taʼlim maktablarining uchinchi sinfi milliylashtirish qarori qabul qilindi.[49] 1918-yil 7-sentyabr farmoni bilan barcha Oliy boshlang‘ich maktablarda g‘ayri-musulmon talabalar uchun diniy va ularning ona tili darsi tatbiq qilindi. Bu taʼlimlarning o‘qitilishi bo‘yicha xarajatlarni davlat o‘z zimmasiga oldi. Boku shahri milliy maktablarning inspeksiyasida va Boku gubernatorligida 1918-1919-o‘quv yilida 76 rus — bulardan Bokuda 30, viloyatlarda esa 46 maktab bor edi. Ulardan 51-i davlat, qolgan 25-i esa shahar, neft-sanoatchilari qurultoyiga maxsus edi va xususiy hisoblanardi.[49]
Xalq taʼlimi vaziri yahudiy maktablari direktori Y. Baysband va F. Shapiroyan tashkil qilgan yahudiy tili, yahudiy xalqi tarixi va yahudiy adabiyoti tarixi kurslariga tinglovchilarni yozilishiga ruhsat berdi. Darslar 20 oktyabr 1918-yilda boshlandi. 1918-yil oktyabr oyida Yahudiy Milliy Kengashi nazdida faoliyat ko‘rsatgan maktablarda 700 nafari taʼlim olar, 24 o‘qituvchi ishlardi. Bu maktablar har oy 10 ming rubl mablag‘ida davlat tomonidan subsidiyalashtirildi. Ozarbayjon davlati tomonidan nemis koloniyalarida faoliyat ko‘rsatgan maktablar ham qo‘llab-quvvatlanardi. Nemis koloniyalarida dars bergan o‘qituvchilarning har biriga 1918-19-yilda inspeksiya tomonidan har oy 90 rubl to‘lanilardi.[49]
1918-yilda Sog‘liqni saqlash vazirligi tashkil topdi, bu vazirlikka esa Musobey Rafiyev vazir etib tayinlanadi. Bu yillarda Boku va Ganja kabi shaharlarda o‘nga yaqin yangi dorixona va kasalxona ochildi. 1919-yilda tibbiyot fakulteti ham bo‘lgan Boku Davlat Universiteti tamali qo‘yildi, kafedra mudiri mashhur jarroh, professor Vasiliy Razumovskiy (1920-yilgacha) bo‘ldi. Bu yerda tibbiyot tarixi ham o‘qitilardi. Qisqa muddat davomida Razmuovskiy rahbarligi ostida Maxsus Tayyorlov Komissiyasituzildi. Bu yilning avgust oyida qabul imtihonlari tashkil qilinadi va ilk talabalar — bo‘lajak shifokorlar guruhi yig‘iladi. 1922-yil 2-avgustda tibbiyot fakultetining ilk 29 bitiruvchisi orasida faqatgina uch ozarbayjon — A. Alakbarov, Jayron Sultonova va keyinchalik fan doktori va professor bo‘lgan Odila Shaxtaxtinskaya bo‘lgan.[49]
Xalq taʼlimi masalalari bilan mashhur bo‘lgan o‘qituvchi Alijabbor Orujaliyev rahbarlik qilgan Boku Shahar Dumasining taʼlim sho‘basi bilan ham shug‘ullanardi. 1919-yil 15-iyuldagi majlisda Shahar Dumasining shahar maktablari o‘qituvchilari uchun 1600 rubl stipendiya belgilandi. Bu sohada Boku neft-sanoatchilari ham muayyan qadamlar tashlardi: ularning ham maktablarida o‘qituvchilarning maoshlari orttirilgandi. Bokuda maktab binolari xarob holatga kelib qolgandi. Ularning ko‘pi yoki hammasi buzib tashlangan yoki yetarlicha taʼmir talab qiladigan darajada barbod edi. Hukumat Boku shahar boshlang‘ich maktablarida maktab-sanitar nazoratining tashkil qilinishi uchun 827600 rubl mablag‘ ajratildi. Maktabdagilarga turli ijtimoiy tashkilotlar ham yordam berardi. Boku shahar maktablariga yordam ijtimoiy idorasi maktablarda issiq nonushtalar tashkil qilinardi. Mablag‘ yig‘ilishi uchun idora lotoreya va o‘tgan yillardan qolgan ashyolarning sotish yarmarkasini o‘tkazardi.[49]
Maktabdagilarga fuqarolar, xayriya qiluvchilar va Hoji Zaynalabdin Tagiyev, Og‘a Muso Nag‘iyev, Hamida Mammadqulizoda, Murtuza Muxtorov, Shamsi Asadullayev kabi boylar ham yordam berardi.[49]
Sog‘liqni saqlash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ozarbayjon Demokratik Respublikasi hukumati tashkil topgan kundan aholi sog‘lig‘i haqida qayg‘urgan va sog‘liq bo‘yicha jiddiy tadbirlar ko‘rishgan. Bu sohada eng katta muvaffaqiyatlardan biri mamlakatning sog‘liq sistemasining yaratilishi va tashkiliy ishlariga bilvosita rahbarlik qilgan davlat ijro organining — Sog‘liqni saqlash vazirligining tashkil topishi edi. 1918-yil 7-iyunda Fatalixon Xoyskiy tomonidan tashkil qilingan 2-hukumat kabineti Ganjada faoliyat ko‘rsatar ekan, Musulmonlar Milliy Kengashi qoshidagi qochqinlar sho‘basi asosida Ozarbayjon Demokratik Respublikasi Xalq salomatligi va himoyalash vazirligi tuzildi. Ozarbayjonning ilk oliy toifali jarrohlardan bo‘lgan Xudodotbey Rafibeyli Ozarbayjon Demokratik Respublikasining xalq salomatligi va himoyalash vaziri etib tayinlandi.[37]
Ozarbayjon Demokratik Respublikasi davrida Parlament va Hukumat, xususan, Xalq salomatligi vazirligi aholining sog‘lig‘iga manfiy taʼsir ko‘rsatgan antisanitariya bilan jiddiy kurash olib borishga, tashqi muhit va maishiy hayot bilan bog‘liq manfiy omillarni bartaraf qilish bilan yuqumli kasalliklarga, og‘ir epidemiyalarga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshira boshladi. Oz muddat ichida Ganja yaqinidagi Zayam va Zurnabad qishloqlariga taunga qarshi stansiya tashkil etildi. Sog‘liq tarmog‘i kengaytirila boshlandi. Qishloq joylarida kasalxonalar, ambulatriyalar, feldsher stansiyalari va boshqa muolaja muassasalari ochildi, yangi tibbiy maskanlarning tamali qo‘yildi. Davlat tibbiy muassasalarini dori-darmon bilan, kerakli ashyolar bilan taʼminlash uchun kerakli choralar ko‘rildi. Buning uchun davlat dorixona ombori, laboratoriyasi va boshqalar tashkil etildi. Ozarbayjon Demokratik Respublikasi parlamenti va hukumati sog‘liqni saqlashga doir vazifalar va choralar borasida bir qator qonun va qarorlar qabul qildi. Respublika hukumati tibbiy xizmat hay’atini kengaytirish maqsadida sog‘liq tizimida qisqa muddatli tibbiy ishchilar kurslari ochdi. Buning natijasida Ozarbayjon Demokratik Respublikasi davrida qishloq joylarida Sog‘liqni saqlash vazirligiga tobe bo‘lgan 33 qishloq kasalxonalari faoliyat ko‘rsata boshladi. Ularning har birida 1 doktor, 2 feldsher va xizmatchi hamshiralar ishlardi. Bu tiibiy personallar 6 ta yotoqxonali qishloq kasalxonalaridagi bemorlarga xizmat qilar, ambulator muolajaga ehtiyoji bo‘lganlarga esa bepul tibbiy yordam ko‘rsatardi.[37]
Bu davrda nodavlat tibbiy jamiyat, uyushma va tashkilotlarining ham faoliyati keng tarqalgan edi. Boku shahar shifokorlar jamiyatining asosiy faoliyat yo‘nalishi sanoat gigienasi, terlama (tif) epidemiyasini bartaraf qilish edi. Jamiyat Boku Davlat Universiteti tibbiyot fakultetining asbob-uskunalar bilan jihozlanishiga yordam ko‘rsatish uchun Yevropaning yetakchi klinikalari bilan aloqa qildi. Bokuning mashhur shikoforlari tabobatning turli sohalarida ilmiy tajriba almashish maqsadida jamiyatda anjumanlar o‘tkazardilar. Uning qoshida bo‘sh ish o‘rinlarini ro‘yxatga olish, ishsizlarni u yerga joylashtirish, ularga vaqti-vaqti bilan yordam ko‘rsatish maqsadida Shifokorlarga yordam byurosi tashkil qilindi. 1919-yilda Bokuda taʼsis etilgan nodavlat tibbiy jamiyatlaridan biri esa Bolalar shifokorlari jamiyati edi. Jamiyat bolalar va o‘smirlar orasida tarqalgan yuqumli kasalliklarning profilaktikasi va muolajasi sohasida tajriba almashuvi olib borar, zamonaviy muolaja usullari tatbiqiga intilar, tashviqot ishlari bilan shug‘ullanardi. 1920-yilgacha Ozarbayjonda 353 shifokor, 450 o‘rta tibbiyot ishchisi, 1123 mahalliy kasalxona mavjud edi.[37]
Madaniyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tasviriy sanʼat va meʼmorlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ozarbayjon Demokratik Respublikasi eʼlon qilingan kundan boshlab davlat ramzlarini yaratishga alohida ahamiyat berardi. Eng muhim davlat atributlaridan biri sifatida Davlat bayrog‘ining qabul qilinishi amalga oshirildi. Alibey Husaynzodaning mashhur „turklashish, islomlashish va zamonaviylashish“ shiori bu ishda asos qilib olingandi. Respublika hukumati 1918-yil 9-noyabrda „yashil, qizil va moviy ranglardan, oq yarim oy va sakkiz qirrali yulduzdan iborat“ bayroqning milliy bayroq sifatida tasdiqlanishi to‘g‘risida qaror qabul qildi.[37]
Ozarbayjon Demokratik Respublikasi hukumati 1919-yil 23-martda davlat gerbi va rasmiy hujjatlarda ustida davlat nomi hamda gerbi tasvirlangan davlat muhrining loyihalarini tayyorlash maqsadida musobaqa eʼlon qilish borasida qaror qabul qilgandi. Biroq musobaqaga jo‘natilgan loyihalarning hech qaysisi qoniqarli bo‘lmagani sababli qabul qilinmadi. Shu sababli ham Ozarbayjon Demokratik Respublikasi hukumati harbiy ordenlar, milliy gimn, davlat gerbi va muhri uchun loyiha tayyorlanishi bo‘yicha yangi musobaqa eʼlon qilinishi to‘g‘risida qaror chiqardi. Davlat gerbining, orden va medallarning tayyorlanishida ilk professional haykaltarosh Zeynal Alizoda ishtirok etardi. Uning loyihasiga asosan chiqarilgan ko‘krak va xotira medallarida Parlament binosi, bayroqlar, yarim oy, sakkiz qirrali yulduz, quyosh chiqishi, gulchambarlar surati tushirilgandi.[37]
Milliy rassomlik sanʼati taraqqiyotiga alohida eʼtibor qaratilardi. 1919-yilda nashr etilgan „Zanbur“ jurnalida Ozarbaujon satirik grafika banisi Azim Azimzodaning o‘sha davr ijtimoiy-siyosiy muammolarini aks ettirgan karikaturalari chop etilardi. Karikaturalrdan birida qurolli Denikin, Kolchak va Andronikni cho‘ntaklarida olib yurgan ingliz muhojirlari tasvirlangandi. Uning rasmlarida jaholat, nodonlik, qonxo‘r arman-doshnoq bosqinchilarining vahshiy va jirkanch amallari fosh bo‘lgandi. Bu mavzu rassom Behruz Kengerli ijodida ham muhim o‘rin egallagandi. Uning arman-ozarbayjon nizolarini aks ettirgan mashhur „Qochqinlar“ saylanmasi realist Ozarbayjon rassomlik sanʼatining muvaffaqiyati edi. Azim Azimzoda „Otello“, „Oshiq G‘arib“, „Temirchi Gave“ spektakllarining badiiy dizayni uchun dekoratsiya va kiyim eskizlari tayyorlagandi. Behruz Kengerli Naxchivon teatrida „Hoji Qora“, „O‘liklar“, „Tarqalib ketgan ittifoq“, „Parijodu“ va boshqa spektakllarga dizaynerlik qilgan. Milliy madaniyat taraqqiyoti va rivojlanishi yo‘lida ilk muhim qadam tashlangandi. Alibey Husaynzodaning „Shayxulislom portreti“ va „Bibihaybat masjidi“ kartinalarini alohida qayd etib o‘tish kerak. Bu davrda rassomlar plakat sohasida ham diqqatga sazovor asarlar yaratgan.[37][50][51][52]
Meʼmorlik va haykaltaroshlik sanʼati sohasida ham muayyan tadbirlar amalga oshirilgandi. Boku Politexnika Maktabi qoshida haykaltaroshlik sinfining ochilishi ko‘zda tutilgandi. 1918-yilda Bokuning arman-doshnoq bosqinchilari tomonidan yoqib yuborilgan go‘zal binolar — Hoji Zeynalabdin Tagiyev qizlar maktabi, Ismoiliyya Saroyi Ozarbayjon Demokratik Respublikasi davrida shaharning bosh arxitektori vazifasida ishlagan taniqli meʼmor Zivarbey Ahmadboyev loyihalari asosida barpo etilgan. Arman millatchilari bosqini natijasida xarobaga aylangan Shamaxi shahrini qayta tiklash uchun Ziverbeyning tashabbusi bilan Yangi Shirvon jamiyati taʼsis etildi. U muhandis Umarbey Avuyev bilan birga „Islom sanʼatini sevuvchilar va himoyachilar jamiyati“ni yaratgandi. Ziverbey Ahmadboyev, meʼmor Nabio‘g‘li Qachar, muhandis Mammadhasan Hajinskiy va Hojibey Axundov Shirvonshohlar saroyi kompleksining tadqiqi sohasida faoliyat ko‘rsatganlar. Sanʼatshunoslardan Muhammad Og‘ao‘g‘li, Husaynbey Mirzajamolov, meʼmor Nabio‘g‘li Qachar islom madaniyati, muzeyshunoslik qadimiy moddiy madaniyat namunalarini saqlash sohasida faol ishlaganlar.[53][54][55][56]
Teatr
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ozarbayjon Demokratik Respublikasining yaralishi milliy teatr faoliyatida ham jonlanishga sabab bo‘ldi. Davlatning faol ko‘magi harakatlari natijasida Ozarbayjon teatri taraqqiyotida muhim sifat o‘zgarishlari yuz berdi. Teatr repertuariga Ozarbayjon tarixi va milliy ozodlik kurashi bilan bog‘liq yangi asarlar keldi. Ijtimoiy hayotda teatr roli ortdi. Respublika davrida Bokuda faoliyatini boshlagan ilk truppa „Hojibeyli aka-ukalari“ bo‘lgan. Truppa taniqli sanʼatkorlardan Hojiog‘a Abbosov, Mirzaog‘a Aliyev, Ahmad Ag‘damskiy, Jalil Bag‘dodboyev, Husayn Arablinskiy, Husaynquli Sarabskiy, Muxtor Mammadzoda, Riza Darabli, Sidqi Ruhulla, Alakbar Husaynzoda, Mammadtagi Bag‘irzoda, Bag‘ir Jabborzoda, Abulhasan Anapli, Ahmad Anatolli, Mirmahmud Kazimovskiy, Mag‘fura xonim, Yeva (Yevgeniya) Olenskaya, Semnurxonim, Mina xonim va boshqalarini bir yerga yig‘ib, haftada uch kun navbat bilan drama, komediya, opera va operetta spektakllari ko‘rsatar, repertuarini boyitish niyatida edi.[37]
Ozarbayjon davlat teatri ochilishi va faoliyati Ozarbayjon Demokratik Respublikasi davrida madaniy hayotning eng porloq sahifalaridan biri edi. Ozarbayjon Demokratik Respublikasi davrida Davlat teatri binosida opera, musiqali teatr spektakllari, xalq musiqasidan iborat konsertlar bilan birga, muhim davlat tadbirlari ham o‘tkazilardi. Davlat teatri pardalari ilk bora 1918-yil 4-noyabrda Narimon Narimonovning „Nodirshoh“ fojiasi spektakli bilan ochildi.[37]
Ozarbayjon Demokratik Respublikasining madaniyati taraqqiyotiga ko‘rsatgan jonbozligi natijasida milliy teatr taraqqiyotida ko‘zga tashlanadigan muvaffaqiyatlarga erishildi. „Temirchi Gave“, „Nodirshoh“, „O‘liklar“, „Yomg‘irdan qochib, do‘lga tutildik“, „Baxtsiz yigit“, „Ellik yoshli o‘spirin“, „Shamdanbey“, „U bo‘lmasin, bu bo‘lsin“, „Og‘a Muhammad shoh Qachar“, „Shoh Ismoil“, „Pari-jodu“, „Otello“, „Qochoqlar“, „Tarqalib ketgan ittifoq“, „Almansur“, „Hoji Qora“, „Badbaxt millionchi“, „Vatan yoxud Silistra“, „Uy tarbiyasining bir ko‘rinishi“, „Uylansa ham bo‘ydoq“, „Arshin mol oluvchi“ asarlari milliy teatr repertuaridagi eng yaxshi tomoshalar edi.[37]
Xayriya tomoshalarining tashkil topishi teatr faoliyatida, bir tur, anʼanaga aylanar, „Ozarbayjon“ gazetasida halok bo‘lgan askarlar oilalari xayriyasi uchun tashkil etilgan teatr spektakllari to‘g‘risida tez-tez eʼlon berilardi. Bu ishda Uzeyir va Zulfiqor Hojibeyov aka-ukalari truppasi alohida faoliyat ko‘rsatardi. Davlat teatri direktori Zulfiqor Hojibeyov tomonidan tashkil etilgan xayriya spektaklidan Ozarbayjon armiyasi bo‘linmasiga 22292 manat 80 kopeyka pul mablag‘i o‘tkazildi. Ag‘dashda mahalliy ziyolilar tashkil qilgan xayriya spektaklidan yig‘ilgan mablag‘ Dog‘istonning „Qizil yarim oy jamiyati“ga jo‘natilgandi.[37]
Ozarbayjon teatri repertuarida mustaqillik yo‘lida kurashga bag‘ishlangan drama asarlari muhim o‘rin egallardi. Mirzabola Mammadzodaning „Boku yo‘lidagi kurash“, Isobey Ashurboyevning „Ozarbayjon“, Jafar Jabborlining „Boku urushi“, „Edirne fathi“ kabi vatanparvarlik ruhidagi asarlari o‘ynalardi. Teatrda sahnaga qo‘yilgan asarlar saviyasiga, jamiyatning badiiy didining to‘g‘ri shakllanishiga juda katta ahamiyat berilardi. Sahna asarlarining tanlanishi va ularning adabiy va badiiy sifatlariga kerakli eʼtibor qaratilishi uchun maxsus adabiy komissiya tuzilgandi.[37]
Respublika davrida Ozarbayjonning boshqa madaniyat markazlarida ham teatr sanʼati rivojlangandi. Naxchivon teatri bularning orasida alohida ajralib turardi. Naxchivon teatri tashkil qilinishida o‘sha davrning ijtimoiy-siyosiy va falsafiy fikr taraqqiyoti sharoitida yetishib chiqqan maʼrifatparvar ziyolilardan Jalil Mammadqulizoda, Buyukxon Naxchivoniy, Aliquli Gamkusar, Riza Tahmasb, Riza Isfandiyorli, Mir Hasan Mirishli va boshqalarining katta xizmatlari bo‘lgan. „O‘liklar“, „Uylansa ham bo‘ydoq“, „Arshin mol oluvchi“, „Tarqalib ketgan ittifoq“, „Hoji Qora“, „Baxtsiz yigit“ va boshqa asarlar sahnaga qo‘yildi. Aktyorlar Mirza Alakbar Sobirning va uning adabiy maktabi davomchilari bo‘lgan shoirlarning satiralari asosida kichik sahnalar tayyorlanishiga ham alohida ahamiyat berardilar.[37]
Musiqa
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ozarbayjon teatri milliy opera sanʼatining yaralishida alohida rol o‘ynagan va ilk Ozarbayjon operalari aynan mana shu teatr sahnasida namoyish etilgandi. „Layli va Majnun“ operasi namoyish etilgan vaqt — 1908-yil 12-yanvar Ozarbayjon musiqasi tarixida milliy Ozarbayjon operasining paydo bo‘lgan kun bo‘ldi. Uzeyir Hojibeyov ilk „Layli va Majnun“ operasidan keyin „Shayx Senon“, „Asli va Karim“, „Rustam va Suhrob“, Shoh Abbos va Xurshidbonu kabi boshqa maqom operalarini ham yaratdi. U Ozarbayjonda musiqali komediya janrining ham asoschisidir. Uning „Er va ayol“, „U bo‘lmasin, bu bo‘lsin“ (Mashadi Ibod), „Arshin mol oluvchi“ musiqali komediyalarida Ozarbayjon xalqining odat-anʼanalari, maishiy hayoti o‘z aksini topgan.[37]
Milliy musiqa janrlari paydo bo‘lishida Uzeyir Hojibeyov bilan yelkama-yelka xizmat qilgan buyuk sanʼatkorlardan biri Muslim Magomayevdir. Teatr faoliyatini orkestr skripchachisi sifatida boshlagan Muslim Magomayev tez orada teatr dirijyori bo‘ldi va Ozarbayjon opera sanʼatining yana bir klassik asarini — „Shoh Ismoil“ operasini yaratdi. 1916-yilda yozilgan bu opera faqatgina 1919-yilda, Ozarbayjon Demokratik Respublikasi davrida namoyish etildi va katta muvaffaqiyatga erishdi.[37]
Ozarbayjon musiqa madaniyati taraqqiyotida xalq xonandalari va xalq baxshilari alohida rol o‘ynaganlar. Xalq ichidan chiqqan, o‘zining go‘zal ovozi va sanʼati bilan nafaqat Ozarbayjonda, balki butun Kavkaz va Yaqin Sharqda mashhur bo‘lgan Jabbor Qoryog‘dio‘g‘li, Kechechio‘g‘li Muhammad, Sayid Shushinskiyy, Majid Behbudov va boshqalari mamlakat madaniy hayotida, bayramlarda, xayriya konsertlarda va boshqa xalq bayramlarida yaqindan ishtirok etganlar. Bu yillarda ayni vaqtda, ustoz baxshilardan Abbosquli, Najafquli va Oshiq Alaskar ishtirokida „Sharq konsertlari“ berilardi. Ozarbayjonda xonandalik sanʼatining yuksalishi bilan aloqador bo‘lgan cholg‘u musiqasi ham rivojlangan, Mashadi Jamil Amirov, Qurbon Pirimov va boshqa ustoz sozandalar yetishib chiqqan.[37]
Bu davrda Ozarbayjon musiqa hayotida „Baynalmilal“, „Marselyoza“ kabi inqilobiy qo‘shiqlarning, Go‘ro‘g‘li, Qochoq Nabiy, Sattorxon haqida tarixiy qo‘shiqlarning xalq orasida tarqalishi tasodifiy emas edi. Davrning umumiy ahvoli, ruhiyati, xalqning inqilobiy faolligi, demokratik mayllar ham qo‘shiqlarning o‘ziga xos melodiyalarida o‘z ifodasini topardi. Uzeyir Hojibeyov „Ozarbayjon marshi“ni aynan o‘sha qo‘shiqlar taʼsiri ostida yozgan. Bu asarda bastakor Respublika davrida xalqi qalbida uyg‘ongan vatanparvarlik hislarini, taraqqiyot g‘oyalari, milliy g‘ururini ifoda etgandi.[37]
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ozarbayjon Demokratik Respublikasi Ozarbayjon xalqi tarixiy, siyosiy va maʼnaviy-psixologik hayotida, shu jumladan, o‘sha davrning adabiy-badiiy fikr namunalarida o‘chmas izlar qoldirgan. Respublika davrining buyuk poeziyasi, nasri, dramaturgiyasi va publitistikasi bo‘lgan.[37]
Respublika davri adabiyotini ilk bora tadqiq qilgan va qiymat berganlar ham Respublikani va uning madaniyatini yaratganlarning o‘zi bo‘lgan. Adabiy jarayonni tartib qilganlar va yaratganlar — Muhammad Amin Rasulzoda, Mirzabola Mammadzoda, parlament raisi Alimardonbey Topchubashov, rais muovini Hasanbey Og‘ayev, Respublika hukumati raisi Fatalixon Xoyskiy, shuningdek, Alibey Husaynzoda, Ahmadbey Og‘ao‘g‘li, Uzeyir va Jayhun Hojibeyov aka-ukalari, Husayn Jovid, Jalil Mammadqulizoda, Muhammad Hodi, Ahmad Javod, Abdulla Shaiq, Salman Mumtoz, Aliabbos Muznib va boshqalari edilar. Xususan, „Respublika shoiri“ Ahmad Javodning, Ali Yusuf, Ummugulsum, Amin Obid Mutallibzoda, Jafar Jabborli, Badri Sayidzoda, Davud Og‘amirzoda, Ali Shavqiy Shayxzamonov kabi yoshlarning sheʼrlari xalq orasida sur’at bilan yoyilar, marshga, gimnga, qo‘shiqqa aylanardi.[37]
Respublika bergan qalam ozodligidan bahra olardilar. Najafbey Vazirov, Sulaymon Soniy Axundov, Yusuf Vazir Chamanzaminli, Sayid Husayn, Abdullabey Devonbeyo‘g‘li va boshqalar pedagogik ishda, publitistika sohasida, davlat ishlarida ishlar, siyosiy hayotga aralashardilar. Firidunbey Ko‘charlini, Yusuf Vazir Chamanzaminlini, Sayid Husaynni va Salmon Mumtozni ko‘proq adabiyot tarixi masalalari qiziqtirardi. Yusuf Vazir „Litva tatarlarining tarixi“, „Ozarbayjon adabiyoti tarixiga bir nazar“ kitoblarini yozar, Salmon Mumtoz Ozarbayjon klassik shoirlarining asarlarini yig‘ardilar. Abdurahimbey Haqberdiyev, Aliquli G‘amgusar, Umar Faiq Nemonzoda, Aynalibey Sultonov, Husayn Minasazov va boshqalari Tbilisida ishlardilar.[37]
1918-20-yillarda Ozarbayjonda ideologik kurashning barcha og‘irligi davriy matbuotning asosiy quroli bo‘lgan publitistika zimmasiga tushardi. Ozarbayjon publitistikasi g‘oya-mavzu jihatdan juda rangbarang va boy edi: chorizm asoratidan endigina qutulgan Shimoliy Ozarbayjonning milliy mustaqilligining asrab-avaylanishi, milliy armiya tuzilishi, mamlakatda demokratik parlament saylovlari va islohotlarning o‘tkazilishi, bolshevik va Denik xavfining daf etilishi, Qorabog‘da arman millatchilari uyushtirgan urush yong‘inining o‘chirilishi, mamlakat ichidagi kelishmovchilik, Boku nefti yo‘lida xorijiy imperialistlarning tortishuvi va boshqalar publitistika murojaat etgan asosiy masalalardan edi. Milliy publitistika asosida xalq kelajagi bilan bog‘liq katta siyosiy-ijtimoiy konsepsiya turardi. Bu konsepsiya XX asr boshlarida Ozarbayjonda qizg‘inlashgan „turklashish, islomlashish, zamonaviylashish“ g‘oyalarida harakatlanardi.[37]
Matbuot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ozarbayjon matbuoti tarixida 1918-20-yillar, bundan avvalgi davrlarga nisbatan eng yuksak taraqqiyot bosqichi bo‘lgan. 1918-20-yillar matbuotini g‘oya yo‘nalishi jihatidan quyidagicha guruhga ajratish mumkin: Ozarbayjon Demokratik Respublikasi g‘oyalarini tashviq qilgan matbuot, Respublika hukumatiga muxolifatda bo‘lgan bolshevik matbuoti, bolshevik matbuoti bilan muxolifatda bo‘lgan eser-menshevik matbuoti, armanlarning Ozarbayjonga qarshi hudud daʼvolarini yoqlab chiquvchi arman-doshnoq matbuoti, o‘zini xolis deb nomlagan va hech qaysi siyosiy partiyaga aʼzo bo‘lmagan informatsion matbuot, gazeta-jurnallar. Lekin ularning ichida ko‘proq real hayotga yaqin va keng o‘quvchi auditoriyasiga ega bo‘lgan Ozarbayjon Demokratik Respublikasi g‘oyalarini tatbiq qiluvchi va qo‘llab-quvvatlovchi matbuot edi.[37]
Respublika hukumati davrida Boku, Ganja, Shusha, Tbilisi, Irevan va boshqa madaniy-maʼmuriy markazlarda chiqqan matbuot namunalari faqat Ozarbayjon-turk tilida emas, rus, gruzin, arman, polyak, fors, nemis va boshqa chet tillarda ham nashr qilinardi. Ozarbayjon Demokratik Respublikasi davrida „Istiqlol“ (1918-20), „Ozarbayjon“ (1918-20), „Nafis varaqlar“ (1919), „Musulmonlik“ (1917-19), „Qurtulish“ (1920), „Madaniyat“ (1920), „Yoshlar yurti“ (1918), „Sheypur“ (1918-19), „Zanbur“ (1919) kabi milliy istiqlol g‘oyali matbuot organlari nashr etilgan. Respublikaga kelgan yo‘lda Ozarbayjon matbuoti taraqqiyotida „Mulla Nasriddin“ tashviqot qilgan chuqur demokratizm va ozodlik g‘oyalari imperializmning mustamlakachilik siyosatiga, qoloqlik, mavhumlikka, jaholatga, xurofotga qarshi kurashda, maorif va madaniyat taraqqiyotida muhim rol o‘ynadi. Shunday qilib, XIX asr oxiri — XX asr boshlarining barcha davriy matbuot namunalari Ozarbayjonda milliy-ijtimoiy fikrning, ozodlik g‘oyalar uyg‘onishida alohida ahamiyat kasb etgan.[37]
Ozarbayjonning 1918-20-yillardagi davriy matbuoti aholining turli qatlamlari qiziqishlarini aks ettirardi. Yoshlarga tegishli „Yoshlar yurti“, talaba va o‘qituvchilarga tegishli „Afkori mutaalimin“, fan va sanʼat xodimlarining „Madaniyat“ kabi gazeta va jurnallari nashr qilinardi. Ularning sahifalarida milliy uyg‘onish nomiga taʼlim, fan, maorif va madaniyat taraqqiyotiga, milliy ruhdagi yangi nasl yetishishiga, ayni vaqtda mamlakatda sodir bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy voqealarga oid maqolalar chop etilardi.[37]
Xarici keçidlər
[tahrir | manbasini tahrirlash]- axc.preslib.az (Ozarbayjoncha) (Inglizcha) {{Country data {{{1}}}
| flaglink/core | variant = | size = | name = | altlink = milliy regbi ittifoqi jamoasi | altvar = regbi ittifoqi}}
- Gasimov, Zaur: The Caucasus, in: Europäische Geschichte Online (EGO), hg. vom Institut für Europäische Geschichte (IEG), Mainz European History Online (EGO), published by the Institute of European History (IEG), Mainz 2011-11-17 (ozar.)
- Azərbaycan Xalq Cumhuriyyəti hökümətləri (ozar.)
- Azərbaycan Xalq Cümhuriyyəti dövrünün daxili işlər nazirləri (ozar.)
- Azerbaydjanskaya Narodnaya Respublika — Azerbaijan.az (ozar.)
- Azərbaycan Respublikası-20 (ozar.)
- Yaqub Mahmudov.. „İRƏVAN VƏ ƏTRAFINDAKI TORPAQLAR ERMƏNİLƏRƏ HANSI ŞƏRTLƏRLƏ VERİLMİŞDİ“ ((Ozarbayjoncha)). azerbaijan-news.az (2014-yil 14-oktyabr). 2015-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 29-iyul.
- „Azərbaycana İrəvanı güzəştə getmək şərti qoyuldu“ — 1918-ci ilin gizlinləri „BRİFİNQ“DƏ (ozar.)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 “Azərbaycan Xalq Cümhuriyyəti” ifadəsi yanlışdır - Əslində, necə olmalıdır? - Tarixçilərdən AÇIQLAMA
- ↑ 2,0 2,1 „Ərazi“. axc.preslib.az.
- ↑ 3,0 3,1 „Qrandükün sarayı“. jurnal.meclis.gov.az. meclis.gov.az. Qaraldi: 2016-yil 3-yanvar.
- ↑ 4,0 4,1 „Cümhuriyyət: Tiflisdən Bakıya gedən yol“. metbuat.az. metbuat.az. Qaraldi: 2016-yil 3-yanvar.
- ↑ 5,0 5,1 Rəfiyev В. Aysberqin sualtı hissəsi (1920-ci illər). B., 1995, 53 s.
- ↑ 6,0 6,1 Şeyxzamanlı N. Azərbaycan istiqlal mücadiləsi xatirələri. B., 1998, 158 s
- ↑ 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 Azərbaycan Cümhuriyyəti 1918-1920. Bakı: Elm, 1998. Qaraldi: 18 fevral 2017.
- ↑ 8,0 8,1 Çəmənzəminli Y.V. Müstəqilliyimizi istəyiriksə. B., 1994, 72 s
- ↑ 9,0 9,1 Çəmənzəminli Y.V. Biz kimik və nə istəyirik? B., 1919.
- ↑ 10,0 10,1 „Azərbaycan Xalq Cümhuriyyəti - Bayraq“ (azərbaycanca). Preslib. — „Azərbaycan Xalq Cümhuriyyəti Nazirlər Şurası 1918-ci il noyabrın 9-da Azərbaycanın yeni üçrəngli - mavi, qırmızı, yaşıl zolaqlardan ibarət və üzərində ağ rəngli aypara və səkkizguşəli ulduz təsviri olan milli bayrağının təsdiq edilməsi haqqında qərar qəbul etmişdir.“. Qaraldi: 10 iyul 2016.
- ↑ 11,0 11,1 „ÜÇRƏNGLİ BAYRAĞIMIZIN MƏNASI“. musavat.com. Qaraldi: 2015-yil 13-noyabr.
- ↑ 12,0 12,1 12,2 12,3 „World War I: Battle for Baku“. www.historynet.com. www.historynet.com. 18 fevral 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18 fevral 2017.
- ↑ 13,0 13,1 Yale, William (1968) Near East: A Modern History p. 247
- ↑ 14,0 14,1 Dadyan, Khatchatur(2006) Armenians and Baku, p. 118
- ↑ 15,0 15,1 Milman A. İnqilabdan əvvəlki Azərbaycanda özünüidarə orqanları necə seçilirdi. B., 1961, 64 s
- ↑ 16,0 16,1 Qafarov, Vasif „THE AZERBAIJANI DELEGATION TO THE PARIS PEACE CONFERENCE“. www.visions.az. www.visions.az. 18 fevral 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18 fevral 2017.
- ↑ 17,0 17,1 Ratqauzer Y.A. Şura Azərbaycanı uğrunda mübarizə. B., 1929, 116 s
- ↑ 18,0 18,1 Rüstəmbəyli M. Çarpışan qüvvələr. B., 1991, 184 s.
- ↑ 19,0 19,1 Nəsibzadə N. ADR (məqalə və sənədlər). B., 1990, 94 s
- ↑ 20,0 20,1 Nəsibzadə N. Azərbaycanın xarici siyasəti (1918- 1920). B„ 1996.
- ↑ 21,0 21,1 Yaqublu N. Müsavat Partiyasının tarixi. В., 1997, 327 s
- ↑ 22,0 22,1 Nəzirli Ş. Arxivlərin sirri açılır. B., 1999, 411 s.
- ↑ 23,0 23,1 Nəzirli Ş. Qacarlar. B., 1995.
- ↑ 24,0 24,1 Məhərrəmov N. Daşnaksityun və Azərbaycanın taleyi. B., 1995, 95 s.
- ↑ 25,0 25,1 Məmmədov X. Azərbaycan milli hərəkatı (1875- 1918). B„ 1996, 174 s
- ↑ 26,0 26,1 Məmmədzadə M.B. "Milli Azərbaycan hərəkatı". Bakı, 1992, səh. 246
- ↑ 27,0 27,1 İstiqlal qurbanları. B., 1993, 35 s.
- ↑ 28,0 28,1 Milman A.Ş. Bakı Soveti Azərbaycanda proletar diktaturası orqanıdır (oktyabar 1917-iyul 1918). B., 1957.
- ↑ 29,0 29,1 Karlinski V. Sosializm uğrunda mübarizə. В., 1934, 262 s
- ↑ 30,0 30,1 Yefremov M.Q. Baki yollarinda. Bax:Sovet hakimiyyəti uğrunda xatirələr. В., 1967, s.92-97.
- ↑ 31,0 31,1 Zeynaloğlu C. Müxtəsər Azərbaycan tarixi. B., 1992, 142 s.
- ↑ 32,0 32,1 Miralıyev T. Gəncə və Qazax qəzalarında kəndlilərin inqilabi hərəkatında bolşeviklərin rəhbərliyi (1917- 1920). B., 1963, 88 s.
- ↑ 33,0 33,1 Mirhadıyev M. Kapitalizmdən sosializmə keçid dövründə Azərbaycanda proletariat diktaturası dövlətinin təşkili və inkişafı (1917-1937). B., 1975, 106 s.
- ↑ 34,0 34,1 Miralıyev T. Azərbaycanda qızıl qvardiyaçılar və qırmızı partizanlar. B., 1970, 130 s.
- ↑ 35,0 35,1 Quliyev С.В. Lenin və Azərbaycanda Sovet hakimiyyətinin qələbəsi və möhkəmləndirilməsi uğrunda mübarizə. B., 1957, 74 s
- ↑ 36,0 36,1 Atakişiyev A. Oktyabr inqilabı Azərbaycan fəhlə sinfinə nə verdi? B., 1957, 90 s
- ↑ 37,00 37,01 37,02 37,03 37,04 37,05 37,06 37,07 37,08 37,09 37,10 37,11 37,12 37,13 37,14 37,15 37,16 37,17 37,18 37,19 37,20 37,21 37,22 37,23 37,24 37,25 37,26 37,27 37,28 37,29 37,30 37,31 37,32 37,33 37,34 37,35 37,36 37,37 37,38 37,39 37,40 37,41 37,42 37,43 37,44 37,45 37,46 37,47 37,48 37,49 37,50 37,51 37,52 37,53 37,54 37,55 37,56 37,57 37,58 37,59 37,60 37,61 37,62 37,63 Azərbaycan Demokratik Respublikası: Azərbaycan höküməti (1918- 1920). Gənclik, 1990. Qaraldi: 19 fevral 2017.
- ↑ 38,0 38,1 M.Məmmədzadə. Milli Azərbaycan hərəkatı. Berlin, 1938
- ↑ 39,0 39,1 Mir - Yacoub. Le probleme du Caucase. Paris, 1933
- ↑ 40,0 40,1 М.Э.Расул-заде. О пантуранизме (В связи с Кавказской проблемой). Париж, 1930
- ↑ 41,0 41,1 M.Ə.Rəsulzadə. Azərbaycan Cümhuriyyəti. İstanbul, 1923
- ↑ 42,0 42,1 Mir Yaqub. Dünya siyasətində petrol. İstanbul, 1928
- ↑ 43,0 43,1 Azərbaycan Xalq Cümhuriyyəti Ensiklopediyası, II cild, Bakı, 2005, səh 107
- ↑ 44,0 44,1 Yüceer Nasir, Birinci dünya savaşında Osmanlı ordusunun Azerbaycan və Dağıstan hareəkatı, Ankara, 1996
- ↑ 45,0 45,1 Aзepбaйджанская Демократиская Pecnублика (1918-1920), Законодательные акты (сборник документов), Б., 1998;
- ↑ 46,0 46,1 Həsənov C, Azərbaycan beynəlxalq münasibətlər sistemində (1918-1920 illər), B., 1993
- ↑ 47,0 47,1 47,2 Aзepбaйджанская Демократическая Pecnублика (1918-1920), Армия (документы и материалы), Б., 1998
- ↑ 48,0 48,1 48,2 Azərbaycan Xalq Cümhuriyyəti Ensiklopediyası. Lider nəşriyyat, 2004 — 440-bet. Qaraldi: 19 fevral 2017.
- ↑ 49,0 49,1 49,2 49,3 49,4 49,5 49,6 49,7 „Azərbaycan Xalq Cümhuriyyəti. Təhsil və maarif.“. oxu.az. oxu.az. 18 fevral 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18 fevral 2017.
- ↑ 50,0 50,1 Дипломатические беседы А.А. Т о п ч и б а ш е в а в Стамбуле (Записи чрезвычайного посланника и полномочного министра Aзepбaйджанской Pecnублики (1918 -1919 гг.), Б., 1994
- ↑ 51,0 51,1 Гаджибейли Дж., Избранное, Б., 1993
- ↑ 52,0 52,1 Агамалиева Н., Худиев Р., Aзepбaйджанская Pecnублика. Страницы политической истории 1918 – 1920 гг., Б., 1994
- ↑ 53,0 53,1 Багирова И.С., Политические партии и организации Азербайджана в начале XX века , Б., 1997
- ↑ 54,0 54,1 Балаев А., Азербайджанское национально – демократическое движение 1917 – 1920 гг., Б., 1990
- ↑ 55,0 55,1 Дарабади П.Г., Военные проблемы политической истории Азербайджана в начале в XX века, Б., 1991
- ↑ 56,0 56,1 Исторические факты о деяниях армян на азербайджанской земле (редакторы – согставители Тамилла Мусаева и Адиль Мамедов), Б., 2003.
- ↑ Yaqublu N. Azərbaycan milli mücadiləsi və M.Ə.Rəsulzadə. B., 2001, 154 s.