Foydalanuvchi:SUXROB Eshnazarov/qumloq
Muhammad Ali masjidi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammad Ali Poshoning Katta masjidiyoki Alabaster masjidi — (Arabic: مسجد محمد علي; Turkish: Mehmet Ali Paşa Camii)- Misrning Qohira qal'asida joylashgan masjid boʻlib , Muhammad Ali Posho tomonidan 1830 va1848-yillarda foydalanishga topshirilgan. Qal’aning choʻqqisida joylashgan, 19-asrning birinchi yarmida qurilgan bu Usmonli masjidi, jonlantirilgan silueti va qoʻshaloq minoralari bilan Qohiraning eng koʻzga koʻringan masjididir. Masjid Muhammad Alining 1816-yilda vafot etgan to‘ng‘ich o‘g‘li Tusun posho xotirasiga qurilgan. Ushbu masjid qal’a bilan birga Qohiraning diqqatga sazovor joylari va sayyohlik joylaridan biri boʻlib, shaharga istalgan tomondan yaqinlashganda koʻrinadigan birinchi xususiyatlardan biridir.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid 1830 va 1848-yillar oraligʻida Qohira qal’asidagi eski Mamluklar binolari oʻrnida qurilgan boʻlsa-da, 1857-yilda Said Posho hukmronligigacha qurib bitkazilmagan. Meʼmori Istanbullik Yusuf Boshnak, namunasi esa Sulton Ahmad masjidi edi oʻsha shaharda. Masjid qurilgan zamin qal’aning oldingi binolari qoldiqlari bilan qurilgan. Masjid qurilishi nihoyasiga yetgunga qadar yuqori devorlarining alabaster panellari olib qo‘yilib, Abbos I saroylari uchun foydalanilgan. Yalang‘och devorlar marmarga o‘xshab bo‘yalgan yog‘och bilan qoplangan. 1899-yilda masjidda yorilish belgilari paydo boʻladi va baʼzi notoʻgʻri taʼmirlash ishlari olib borildi. Masjidning ahvoli shu qadar xavfli boʻlib qoldiki, 1931-yilda qirol Fuad tomonidan toʻliq restavratsiya qilishdi, sxemasi 1939-yilda qirol Faruk davrida yakunlandi. Muhammad Ali Posho masjid hovlisida, Karrara marmaridan o‘yilgan qabrga dafn etilgan. Uning jasadi 1857 yilda Xosh al-Bashadan bu erga koʻchirilgan.
Arxitektura
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammad Ali masjidni butunlay oʻzining sobiq uslubida qurishni tanladi yani Usmonila uslubida. Masjid toʻrtta kichik va toʻrtta yarim doira gumbaz bilan oʻralgan markaziy gumbaz bilan qurilgan. Oʻlchami 41x41 metr. Markaziy gumbazning diametri 21 metr, binoning balandligi 52 metr. Masjidning gʻarbiy tomonida ikki balkonli va konussimon qalpoqli turkiy tipdagi ikkita nafis silindrsimon minoralar joylashgan boʻlib, balandligi 82 metrga etadi. Asosiy material Gizaning Buyuk Piramidalaridan olingan ohaktoshdir, lekin pastki qavat va old hovli 11,3 metrgacha alebastr bilan qoplangan. Tashqi jabhalar qattiq va burchakli boʻlib, qoʻrgʻoshin bilan qoplangan gumbazlar darajasiga qadar taxminan toʻrt qavatga koʻtariladi. Janubi-sharqiy devordagi mehrob uch qavatli boʻlib, yarim doira gumbaz bilan qoplangan. Ikkinchi qavatda ustunlar ustida koʻtarilgan va gumbazlar bilan qoplangan ikkita arkada bor. Oldingi hovlining har ikki tomonida uchtadan kirish joyi boʻlsa-da, odatiy kirish shimoli-sharqiy darvoza orqali amalga oshiriladi. Old hovlining oʻlchami 50x50 metr. U ustunlar ustida koʻtarilgan va gumbazlar bilan qoplangan kamar shaklidagi rivaklar bilan oʻralgan. Shimoli-g‘arbiy rivakning o‘rtasida monumental minorali soat bor, u Muhammad Aliga 1836-1840-yillarda Fransiya qiroli Lui Filipp tomonidan sovg‘a qilingan. Soat Parijdagi Konkord maydonida turgan Luksor obeliski bilan oʻzaro ishora qildi.