Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Sitora Oblakulova/Gaisu Yari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sitora Oblakulova/Gaisu Yari
Taʼlimi Virginia universiteti
Columbia universiteti
Kasbi Inson huquqlari boʻyicha advokat,
ayollar huquqlari himoyachisi,
yozuvchi

Gaisu Yari - afgʻon millatiga mansub inson huquqlari, ayollar huquqlari faoli, yozuvchi, blogger va notiq. Afg'onistonda ayollar huquqlarini himoya qiluvchi taniqli faol shaxslardan biri. U, shuningdek, "Tolibon"ga to'g'ridan-to'g'ri qarshi chiqib, ularning siyosatini so'roq ostiga qo'ygani bilan ham mashhur.

Gaisu Yari olti yoshida Afg'onistonning sharqiy qismida "Tolibon" tarafdorlari bo'lgan bir guruh bo'linma qo'mondonining olti yoshli o'g'li bilan bog'lanishga majbur bo'lgan. O'n sakkiz yoshga to'lganidan so'ng, Amerika qo'shinlarining yordami bilan Qo'shma Shtatlarga qochishga muvaffaq bo'lgan[1]. Gaisu Yari dastlab "Tolibon" komandirining o'g'liga nikohlangan va unga turmushga chiqishi kerak bo'lgan, biroq to'ydan atigi ikki oy oldin Yari AQShga ko'chib o'tish uchun viza olishga harakat qila boshlagan[2].

Yari AQShda bo'lgan vaqtida ta'lim va karyerasini rivojlantirishga e'tibor qaratishga qaror qilgan. 2015-yilda o'zi tug'ilgan mamlakat Afg'onistonga qaytib kelgan va davlat xizmati komisari sifatida faoliyat yurita boshlagan[1].

Gaisu Yari Virginia universitetida Yaqin Sharq va gender tadqiqotlari bo'yicha bakalavr darajasini, Columbia universitetining inson huquqlari bo'yicha magistrlik darajasini egallagan[3].

Yari Afg'onistondagi Mustaqil ma'muriy islohotlar va davlat xizmati komissiyasining (IARCSC) komissari sifatida xizmat qilgan[4]. U, shuningdek, IARCSC Apellyatsiya kengashi a'zosi sifatida ham faoliyat yuritgan.

Gaisu Yari Afg'onistonda xotin-qizlar huquqlarini va ularning xavfsizligini himoya qilish uchun ko'ngilli ravishda hissa qo'shgan. "Tolibon" hokimiyatni egallaganidan keyin Yari, ayniqsa, afg'on xotin-qizlarining farovonligi va tinch hayot kechirishi uchun katta ishlarni amalga oshirgan. Shuningdek, u Afg'oniston Davlat xizmatida ko'proq ayollarning ham ishtirok etishiga ko'maklashgan[5].

Gaisu Yarining otasi :"Tolibon" vakillari tomonidan o'ldirilgani haqida bilguniga qadar inson va ayollar huquqlari bo'yicha unchalik katta ishlarni amalga oshirmagan edi. Otasining o'limidan so'ng uning hayotida o'zgarish vaqti keldi. U "Tolibon"ga qarshi bosh ko'tardi va ularning siyosatini qattiq qoraladi. Yari, shuningdek, Ayollar qarashlari harakati vakili hisoblanadi.

2021-yilning avgust oyida "Tolibon" hokimiyatga qaytganidan so‘ng Afg‘onistondan qochib ketgan. U "Tolibon"ning hokimiyat tepasiga qaytishi uning Afg‘oniston davlat xizmatini yuksaltirish borasidagi sa’y-harakatlariga jiddiy zarar yetkazishini ta’kidladi. [6].

2021-yilning oktyabr oyida Yari Afg‘onistondagi “Umid ovozi” guruhiga rahbarlik qilib, "Tolibon"dan qochgan va butun dunyo bo‘ylab surgunda bo‘lgan kishilardan boshdan kechirganlari haqida hikoyalar to'plagan.

  1. 1,0 1,1 Zucchino, David; Faizi, Fatima; Hayeri, Kiana. „Fighting Patriarchy, and Fearing Worse From the Taliban“ (en-US). The New York Times (2020-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 16-iyul.
  2. „The Afghan women risking their lives to take on the Taliban“ (en). SBS News. Qaraldi: 2022-yil 16-iyul.
  3. „Gaisu Yari | Commissioner in The Independent Administrative Reform And Civil Service Commission (IARCSC), Afghanistan“ (en). blogs.worldbank.org. Qaraldi: 2022-yil 16-iyul.
  4. Why Afghan women 'are not ready to give up' - CNN Video, 11 September 2020, qaraldi: 2022-07-16
  5. „Leadership pathways for Afghan women in the civil service“ (en). blogs.worldbank.org. Qaraldi: 2022-yil 16-iyul.
  6. „Activist: Either we let them kill us or keep working“ (en-GB). BBC News. Qaraldi: 2022-yil 16-iyul.

[[Turkum:Yashayotgan insonlar]]