Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Sitora Oblakulova/Gulara Gadirbeyova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sitora Oblakulova/Gulara Gadirbeyova
Tavalludi 1903
Vafoti 1942
Sibir, USSR
Kasbi jurnalist, pedagog, siyosatchi

Gulara Ibrohimxalil qizi Gadirbeyova (qizlik familiyasi: Afandiyeva[1]; 1903-yilda tug'ilgan – 1942-yilda vafot etgan) — ozarbayjonlik ayollar huquqlari faoli va siyosatchisi (kommunist), pedagogik va jurnalistik faoliyat bilan shug'ullangan, turli nashrlarda bir nechta maqolalari chop etilgan. Ozarbayjondagi birinchi ayollar jurnali "Azərbaycan qadını" (1923–1937) bosh muharriri boʻlgan. Gadirbeyova 1930–1937-yillarda Ozarbayjon ayollar harakati tashkiloti Ali Bayramov klubining raisi lavozimida ham faoliyat yuritgan.

Gadirbeyova Stalin qatag'onlari davrida inqilobiy tashkilotga a'zolikda ayblanib qamoqqa olingan, keyinchalik Sibirga surgun qilingan. Uning keyingi hayoti va o'limi haqida aniq ma'lumotlar mavjud emas.

Yoshlik yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gulara Gadirbeyova 1903-yilda Nuxa tumani (hozirgi Shaki tumani) Baş Göynük qishlog‘ida tug‘ilgan[1][2]. Manbalarda uning oilasi tumandagi badavlat va obro‘li oilalardan biri bo‘lganligi, otasi esa o‘tmishda katta yer egasi bo‘lib ishlagani qayd etilgan. Keyinchalik, uning otasi Göynükning mahalliy zodagonlari tomonidan o'ldirilgani haqida ma'lumot mavjud[3]. 1920-yilda Gulara Shakida ochilgan pedagogika kurslariga o‘qishga kirib, o'sha yerda o‘qishini tamomlagan. Shundan keyin o‘qituvchilik qilish imkoniyatiga ega bo'lgan[2]. U qishloqda qizlarga dars bera boshlagan, shuningdek, jamoat ishlariga ham o'zining hissasini qo'shib kelgan[1].

Gulara Gadirbeyova Shamkir (o‘sha paytda Shamxor deb ataladigan) va Qubo shaharlarida ayollar bo‘limiga rahbarlik qilgan. 1927-yilda Ozarbayjon Markaziy Ijroiya Qo'mitasining Xotin-qizlar bo'limi mudiri etib tayinlangan[3][4]. Bir muddat Ozarbayjon Xalq Maorif Komissarligida Ommaviy madaniy-ma’rifiy ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ham xizmat qilgan[4]. 1936-yil 7-yanvarda SSSRning yetakchi gazetasi bo‘lmish “Pravda”da Gulara Gadibeyova haqidagi maqola e’lon qilingan[5].

Gadirbeyova jamiyatda ayollar ozodligi g‘oyasini ilgari surish uchun matbuotda tez-tez chiqish qilib turdi. Tumanlarda ishlagan yillarida “Yeni fikir" (Yangi fikr), “Kandli qazeti" (Qishloq gazetasi) va boshqa nashrlar faoliyatiga o‘z hissasini qo‘shdi[1]. 1923-yilda “Azerbaijan gadini” jurnali nashr etila boshlaganida, 20 yoshli Gulara o‘z maqolalari bilan shuhrat qozonib, gazetaning birinchi ayol muxbirlaridan biriga aylandi[1]. 1931-yilning may oyida Gadirbeyova “Azerbaijan gadini” jurnaliga muharrir etib tayinlandi. U o‘z maqolalarini “Koylu gizi” taxallusi bilan yozgan. 1932-yildan 1937-yilga qadar Ali Bayramov nomidagi ayollar klubi direktori bo'lib ishlagan[4].

Gulara Gadirbeyova 20 yoshida tumandagi Xotin-qizlar bo‘limiga mudir etib tayinlangan[4]. Shu davrdan boshlab Ozarbayjonda xotin-qizlar ozodlik harakatining kashshoflaridan biriga aylangan[1]. 1923-yilda Gadirbeyova Ozarbayjon Kommunistik partiyasiga a’zo bo‘lib, Shaki tuman partiya qo‘mitasida faoliyat yuritgan[3].

Hibsga olinishi va surgun qilinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stalin repressiyasi davrida Gadirbeyova faoliyati millatchilik va antisovet tashviqoti sifatida talqin qilingan[3]. Buning dastlabki sabablaridan biri 1936-yilda Ali Bayramov klubining 15 yilligi munosabati bilan Gadirbeyova muharrirligida “The History of a Palace" (Bir saroy tarixi) kitobining nashr etilishi edi. Kitob millatchilik nuqtai nazaridan yozilgan asar sifatida qattiq tanqidga uchradi va tezda yuqori idoralar e’tiborini tortdi. Bundan tashqari, Gadirbeyovaning Husayn Jovid, Ahmad Javod va Seyid Husayn kabi ozarbayjon millatchilari bilan doʻstligi ham uning millatchilikda ayblanishiga sabab qilib koʻrsatilib, “qoʻporuvchi tashkilotning faol aʼzosi” bo'lganlikda ayblangan[5].

1937-yilda Hamid Sultonov va Mirza Mammad Gasimovlar ushbu qo'poruvchi tashkilot aʼzolari sifatida guvohlik berishdi. Jumladan, Gulara Gadirbeyova ham oʻz koʻrsatmalarida shu tashkilot aʼzosi ekanligini eslatib oʻtgan. Mirza Mammad Gasimov oʻz koʻrsatmasida Gadirbeyovaning oʻzi qoʻporuvchilik tashkiloti aʼzosi ekanligini va ushbu tashkilotga Ibrohim Tagiyev tomonidan jalb qilinganligini aytgan. Hamid Sultonov esa Gadirbeyovaning tashkilot a’zosi bo‘lganini va unga Mirza Mammad Gasimov tomonidan jalb qilinganligini aytib o‘tgan[6]. Gadirbeyovaning javobgarlikka tortilishining yana bir sababi Bilgeis Hoshimzodaning 1937-yil 25-fevral va 17-iyulda Mir Jafar Bagirovaga yozgan arizalaridir. Bu hujjatlarda u Gadirbeyovaning o‘sha paytda hibsda bo‘lgan millatchi yozuvchilar Ahmad Javod va Husayn Jovid, shuningdek, Tamara Solikova, Senuber Ayubova, Xaver Karayeva va Xadicha Huseynovalar bilan aloqalari borligini qayd etgan[6].

1938-yil 23-iyulda Gulara Garibeyovani hibsga olish to‘g‘risida L-956-sonli buyruq chiqarildi. 26-iyul kuni Ismoilliy tumani Basqal qishlog‘ida onasining dafn marosimida qatnashayotgan vaqtida hibsga olindi. Rasmiy order 27-iyul kuni chiqarilgan bo'lsa-da, Gadirbeyova allaqachon hibsga olingan edi[6].

1938-yilning noyabr oyida Bilgeis Hoshimzoda Gadirbeyova bilan bog‘liq ish bo‘yicha guvoh sifatida so‘roq qilindi. U o‘z ko‘rsatmasida mahkum haqida batafsil ma’lumot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Gularaning ukasi Karim Gaziyev “Musovot” partiyasining faol a’zosi sifatidagi inqilobiy faoliyati uchun qamoqqa tashlangan va surgun qilingan. Shuningdek, u Gadirbeyova muharrirligida chop etilgan “The History of A Palace” (Bir saroy tarixi) kitobi musovotchilik g‘oyasi ruhida yozilganini ta’kidladi[6].

1938-yilda Gadirbeyova to‘rt marta — 15-avgust, 31-oktyabr, 15-noyabr va 21-noyabrda so‘roqqa tutilgan va har bir so‘roq paytida o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni inkor etgan[6]. 1939-yil 20-yanvarda Gadirbeyova ishi bo‘yicha tergovni yakunlash to‘g‘risida bayonnoma tuzildi. U Ozarbayjon SSR Jinoyat kodeksining 72 va 73-moddalari bilan ayblangan. Unga qo'yilgan ayblovlar o'sha yilning fevral oyida SSSR Ichki ishlar komissari huzuridagi Maxsus maslahat kengashi tomonidan ma'qullangan. 9-iyun kuni Gulara Gadirbeyovani 5 yil muddatga hibsxonaga jo‘natish to‘g‘risida qaror qabul qilingan[6].

Keyingi hayoti va o'limi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gadirbeyovaning keyingi hayoti haqida hech qanday ma'lumot mavjud emas. Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, u 1942-yilda surgun paytida muvaffaqiyatsiz operatsiya paytida vafot etgan. Gulara Gadirbeyova bilan bir lagerda bo‘lganini iddao qilgan Tehron Shamseddinskayaning so'zlariga ko‘ra, Gadirbeyova appenditsitdan aziyat chekkan, deb taxmin qilingan va ikki marta jarrohlik operatsiyasini o‘tkazgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Gadirbeyova 1942-yil 29-dekabrda Tomskaya vokzalidagi kasalxonada uchinchi jarrohlik operatsiyasidan so‘ng professional shifokorlar va hamshiralar nazoratiga ega bo'lmagan va tegishli tibbiy jihozlanmagan kasalxonada vafot etgan[3].

1950-yilning oktyabr oyida vazir oʻrinbosari polkovnik Karimovga yozgan hisobotida mahkum Gadirbeyova 1942-yil may oyida gʻoyib boʻlganligi hamda DTK va SSR prokuraturasining 1948-yil 28-oktyabrdagi qarori asosida uni qayta qamoqqa olish kerakligi aytilgan. Karimov, shuningdek, Gadirbeyovaning qamoq muddati tugaganidan keyin g‘oyib bo‘lgani va uni qidirib, qaytadan qamoqqa olish kerakligini ham bildirgan[6].

1957-yil 13-sentyabrda Ozarbayjon SSR vakili Ismoilov Gadirbeyova ishi boʻyicha apellyatsiya arizasi bilan murojaat qilib, 1939-yilgi Maxsus Kengash qarorini jinoiy dalillar yoʻqligi sababli bekor qilishni talab qildi. Keyinchalik, 10-oktyabr kuni Ozarbayjon SSR Oliy sudining jinoyat ishlari bo'yicha kollegiyasi so'rovni qanoatlantirdi va natijada Gadirbeyova unga qo'yilgan ayblovlardan to'laqonli oqlandi[6].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gulara Gadirbeyova Ahmad Gadirbeyov ismli kishiga turmushga chiqqan. Keyinchalik eri bilan ajrashgan bo'lsa-da, erlik familiyasini saqlab qolgan. Uning ikkinchi turmush o‘rtog‘i Osef Rahmonov uzoq vaqt xavfsizlik xizmatida ishlagan va qatag‘on davrida qamoqqa olingan. Rahmonovning o'zi 1938-yil 3-yanvarda otib tashlangan[5]. Gadirbeyovaning ukasi Karim Gaziyev “Musovot” partiyasining faol a’zosi bo'lganligi sababli surgun qilingan[5].

Baş Göynük qishlogʻidagi maktab[6][7] va Bokuning Narimanov tumanidagi koʻcha[8][9] Gulara Gadirbeyova nomi bilan ataladi.

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Shayman. „Güllələnən xanım jurnalist: Gülarə Köylüqızı "37"-nin qurbanı oldu“ (az). "Sharg" newspaper (2018-yil 29-avgust).
  2. 2,0 2,1 Ganjali, Sabir. Woman, beauty and sanctity (az). Baku: Azərbaycan, 2001 — 153–154-bet. 
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Aliyeva, Irada. „Onun maarifçilik fəaliyyəti antisovet təbliğatı kimi qələmə verildi“ (az). "Azerbaijan" newspaper (2012-yil 25-noyabr), s. 7.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 Ibrahimova, Gulzar (2009), „Qadın klubları (1920-1930-cu illər)“ [Women Clubs (1920-1930s)], Baku University News. Humanities series (ozarbayjon), Baku, 102–103-bet
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 Hamida, Nizamigizi. „Göylü qızının acı sonu“ (az). Mədəniyyət (2012-yil 1-iyun).
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 6,5 6,6 6,7 6,8 Bunyadov, Ziya. Qırmızı terror (az-cyrl). Baku: Azernashr, 1993 — 67–72-bet.  Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name ":3" defined multiple times with different content
  7. Abdullayeva, Sevinc. „Azərbaycanın dövlətçilik və mədəniyyət tarixində Şəkinin yeri və rolu“ (az). 525-ci qəzet (2015-yil 3-aprel).
  8. „Mənim küçəm | Azərbaycan Respublikası Bakı Şəhəri Nərimanov Rayon İcra Hakimiyyəti“. narimanov-ih.gov.az. Qaraldi: 2024-yil 6-mart.
  9. „Küçənin adı başqadır – şəxsiyyət vəsiqəsində qeydiyyatda isə bir başqa yazılır – VİDEO“ (az). Milli.Az (2017-yil 15-fevral). Qaraldi: 2024-yil 6-mart.

[[Turkum:Ozarbayjon jurnalistlari]] [[Turkum:1942-yilda vafot etganlar]] [[Turkum:1903-yilda tugʻilganlar]]