Foydalanuvchi:Usmonip
Qiyofa
| ||
|
Bu foydalanuvchi WikiStipendiya marafoni ishtirokchisidir. |
Bu foydalanuvchi WikiStipendiya marafoni doirasida oʻtkazilgan IbratWiki oromgohida ishtirok etgan. |
Maʼlumot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shoxrux Usmonov | |
---|---|
Usmonip WikiOromgohda koordinatorlik qilib yurgan payti tushgan rasmi | |
Tavalludi |
11.08.2001 |
Vafoti | Hali nomaʼlum |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Taʼlimi | A. Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti |
Kasbi | Tarjimon |
Millati | Oʻzbek/tojik |
Dini | Islom |
Boʻyi | 180 sm chiqsa kerak |
Turmush oʻrtogʻi | Hali boʻydoqman |
Bolalari | Xudo xohlasa, ismlarini yozaman |
Otasi | Usmonov Roziq |
Onasi | Hamidova Shahlo |
Shoxrux Usmonov — 2001-yil 11-avgustda Qashqadaryo viloyati Koson tumanida tugʻilgan. Tumandagi 7-umumiy oʻrta taʼlim maktabini tamomlagan. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetida toʻrtinchi bosqich talabasi. Adabiyot va sanʼatga qiziqadi. Badiiy tarjima bilan shugʻullanadi. Biroz erinchoq kitobxon.
Erishgan binnimalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yosh ijodkorlar kengashi tomonidan oʻtkazilgan „Toshkent ilhomlari“ festivali ishtirokchisi (2018)
- „Duel“ ijodiy tanlovining Badiiy tarjima yoʻnalishida respublika bosqichi finalchisi (2021)
- Astrid Lindgrenning dunyoga mashhur „Uzunpaypoq Peppi“ asarini oʻzbek tiliga oʻgirgan (2021)
- „Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob“ tanlovida Eng yaxshi tarjima nominatsiyasi gʻolibi (2022)
- Ibrat Tillar Oromgohi loyihasi ishtirokchisi (2022)
- „WikiOromgoh“ va „WikiOromgoh II“ loyihalari koordinatori (2022)
- „Yosh ijodkor –2022“ respublika seminari ishtirokchisi (2022)
- Markaziy Osiyo yosh ijodkorlari forumi ishtirokchisi (2022)
Ordenlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tabassum ordeni | |
Hurmatli Usmonip, "WikiStipendiya" loyihasi doirasida mashhur oʻzbek adiblari, tarjimonlari, ularning asarlari haqida mustaqil izlanishlar asosida maqolalar yaratayotganingiz, mavjud maqolalarni boyitayotganingiz uchun sizni „Tabassum“ ordeni bilan taqdirlayman. Oʻzbekcha Vikipediyaga qoʻshayotgan salmoqli hissangiz uchun tashakkur. Foydali tahrir qilishda davom etasiz, deb umid qilamiz. Umarjon Rahimov (munozara) 12:22, 16-Dekabr 2022 (UTC). |