Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Usmonov Gayrat/Gulbuddin Hekmatyar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gulbeddin Hekmatyar

Hekmatyar (2019)
Afg'oniston Bosh vaziri
Mansab davri
26-iyun 1996-yil – 20-avgust 1997-yil
Prezident Burhanuddin Rabbani
Oʻtmishdoshi Ahmad Shah Ahmadzai
Vorisi Abdul Rahim Ghafoorzai
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-avgust 1949-yil
Imom Sohib tumani, Afg'oniston Qiroligi
Fuqaroligi Afgʻoniston
Siyosiy partiyasi Hezb-e Islami Gulbuddin
Taʼlim
Kasbi
  • Muhandis

Gulbuddin Hekmatyar (1949-yil 1-avgust)[1] — afgʻonistonlik siyosatchi, sobiq mujohidlar rahbari va narkobiznesmen. Hekmatyar 1979-yilda Hizb-i-Islami Xalidan tugatilgandan keyin Muhammad Yunus Xolis nomli siyosiy partiyaga asos soladi[2]. U 1990-yillarda ikki marta bosh vazir lavozimini egallagan.

Hekmatyar 1970-yillarning boshida talaba sifatida Musulmon yoshlar tashkilotiga qoʻshildi va tashkilotning aksariyat aʼzolari tomonidan islomiy radikalizm gʻoyalari tashkilotchisi sifatida tanilgan. U 1979-yilda Sovet-Afgʻon urushi boshlanganida Pokistonda edi. Oʻsha paytda Markaziy tekshiruv boshqarmasi (CIA) Hekmatyarning tez rivojlanib borayotgan „Hizb-e Islomiy“ tashkiloti, afgʻon mujohidlarining eng yiriklaridan biri boʻlgan ISI orqali moliyalashtira boshlagan[3][4].

1980-yillarning oxirida Hekmatyar va uning tashkiloti CIA tomonidan ularga taqdim etilgan mablagʻ va qurol-aslahalardan afyun savdosini boshlash uchun foydalanadilar. Keyinchalik esa geroin ishlab chiqarishga oʻtadi. U guruhi bilan Yaqin Sharqda geroin yetkazib beruvchi tashkilotlar orasida yetakchiga aylanadi. Hekmatyarning CIA bilan aloqasi AQSh tashqi diplomatiyasi uchun muammolar keltirib chiqaradi[5]. 1992-yilda sovetlar qoʻllab-quvvatlagan Afgʻoniston prezidenti Muhammad Najibulloh hokimiyatdan agʻdarilganidan soʻng, Hekmatyar shakllangan yangi hukumat tarkibiga qo'shilishdan bosh tortdi va boshqa harbiy qoʻmondonlar bilan Afgʻonistondagi fuqarolar urushida qatnashdi. Natijada, birgina Kobulda 50 mingga yaqin tinch aholi halok boʻldi. Hekmatyar esa Kobulga raketa hujumlarini amalga oshirganlikda ayblandi[6]. Ahmadshoh Mas’ud boshchiligidagi hokimiyatni taqsimlash saʼy-harakatlari doirasida Hekmatyar 1993-1994-yillarda Afgʻoniston bosh vaziri boʻldi. Shuningdek, u 1996-yilda qayta qisqa muddatga Afgʻonistonning bosh vaziri boʻldi[7].

2001-yilda Tolibon harakatlari qulaganidan bir necha kun oʻtgach, u Pokistonga borib, oʻzining harbiylashtirilgan kuchlarini Afgʻonistonda Hamid Karzay hukumati va xalqaro koalitsiyaga qarshi qaratilgan harakatlari muvaffaqiyatsizlikka yuz tutadi[8]. 2016-yilda u Afgʻoniston hukumati bilan tinchlik bitimini imzolaydi va deyarli 20 yillik surgundan keyin Afgʻonistonga qaytishga muvaffaq boʻladi[9]. Afgʻoniston Islom Respublikasi parchalanganidan soʻng, 2021-yil 17-avgust kuni Hekmatyar Dohada Afgʻonistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay va Milliy yarashuv boʻyicha Oliy Kengashning sobiq raisi va ijroiya raisi Abdulla Abdulla bilan yangi hokimiyat shakllantirish maqsadida uchrashadilar[10][11]. Biroq, 2021-yil sentabrida Tolibon inklyuziv boʻlmagan hukumat tuzgani sababli ular boʻysundiriladi. Natijada, Hekmatyar Kobulda qoladi[12][13].

Gulbuddin Hekmatyar Ghilji pushtunlarining Xaroti qabilasidan boʻlgan. U 1949-yilda Afgʻoniston shimolidagi Qunduz viloyatida joylashgan Imom Sohib shahrida tugʻilgan[14]. Oʻzi asli G'azna viloyatidan boʻlgan uning otasi Gʻulom Qodir Qunduz shahriga hijrat qilgan. Afgʻon tadbirkori va Xaroti qabilasining rahbari G‘ulom Servar Nasher Hekmatyarni zukko yigit deb bilgan va 1968-yilda uni Mahtab Qal’a harbiy akademiyasiga yuboradi. Biroq, ikki yildan soʻng uning siyosiy fikrlari tufayli akademiyadan chetlashtirilgan[15]. 1969-yildan 1972-yilgacha Hekmatyar Kobul universitetining muhandislik kafedrasida oʻqigan. U universitetning birinchi yilida 149 sahifalik „The Priority of Sense Over Matter“ nomli kitob yozdi[16]. U oʻqishni tamomlamagan boʻlsa-da, izdoshlari uni „Muhandis Hikmatyar“ deb atashgan[17].

Universitetda oʻqish yillari davomida Hekmatyar Dovud hukumatidagi XDP orqali Afgʻonistonda sovet taʼsiriga qarshiligi kuchayotgan „Sazman-i Javonan-i Musulmon“ („Musulmon yoshlari tashkiloti“)ga qoʻshildi. U tashkilotning asoschilaridan biriga aylanadi[18][19]. Unga „Musulmon birodarlar“ aʼzosi Sayyid Qutbning mafkuraviy taʼlimoti ham taʼsir qilgan[20][21][22]. Hekmatyarning radikalistik gʻoyalari Kobul universitetining muhandislik fakulteti talabasi Ahmadshoh Masʻudning izdoshlari prinsiplariga zid edi. 1975-yilda Hekmatyar Pokiston yordami bilan oʻsha paytda 22 yoshli Masʻudni oʻldirishga urinadi, biroq muvaffaqiyatsizlikka uchraydi[23]. 1975-yilda „Islom jamiyati“ni boshqargan Masʻud va Burhanuddin Rabboniy tarafdorlari va keyinchalik, Hizb-i Islami tashkilotini tashkil etgan Gulbuddin Hekmatyar oʻrtasida „Islom Jamiyati“ boʻlindi. Akbarzoda va Yasmin Hekmatyarning yondashuvini Rabboniyning „inklyuziv“ va „moʻtadil“ strategiyasidan farqli ravishda „radikal va antagonistik“ deb baholashgan[24].

Pokiston voqealari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Afgʻon muxolifati jangarilarining Peshovarga kelishi Dovudning Pashtuniston masalasini koʻtarishga undaydi. Bu paytda Pokiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi diplomatik ziddiyatlar keskinlashayotgan edi. Pokistonlik general Nasirulloh Babar, oʻsha paytdagi Xaybar Paxtunxva gubernatori va bosh vazir Zulfiqor Ali Bxuttoning marhamati bilan Hikmatyar va Dovudga qarshi islom radikalistlarini tayyorlash uchun qarorgohlar tashkil etgan[25][26]. Islom radikalistlari harakatining ikkita asosiy maqsadi bor edi: Jamiat-e islami („Islom jamiyati“) Burhanuddin Rabbani boshchiligida jamiyat va davlat apparatiga kirib borish orqali hokimiyatga erishish uchun bosqichma-bosqich strategiyalarni amalga oshirish[27]. Hizb-i Islomiy („Islom partiyasi“) deb nomlangan boshqa harakatga Hekmatyar rahbarlik qildi, u zoʻravon qurolli koʻrinishidagi radikal yondashuvni amalga oshirgan. 1975-yil oktyabr oyida Pokistonning qoʻllab-quvatlashi Hekmatyarni hukumatga qarshi qurol koʻtarishga majbur qiladi. Xalq yordamisiz qoʻzgʻolon butunlay muvaffaqiyatsiz yakunlanadi va yuzlab jangarilar hibsga olinadi[28].

Hekmatyarning „Hizb-e-Islomi“ tashkilotida Olivye Roy „Leninchi“ deb taʼriflangan, bir xil tashkilot ichida qatʼiy tartibli islomiy mafkuraga asoslangan elitist avangard sifatida shakllangan va Eron inqilobi ritorikasidan foydalangan holda tashkil etgan[29]. Uning operatsion tizimi Pokistondagi Nosir Bagh, Vorsak va Shamshatu qochqin qarorgohlarida joylashgan edi. Ushbu qarorgohlarda Pokiston hukumati va ularning xizmatlararo tekshiruv (ISI]) koʻmagida ijtimoiy va siyosiy aloqani tashkil qildi. U maktablardan tortib, qamoqxonalargacha hamma sohani o'z qo'liga oldi[30]. 1976-1977-yillari Afgʻoniston prezidenti Dovud Pokistonga murojaat qildi va bu Pokiston rahbari Bhutto bilan qayta shartnoma tuzishga olib keldi[27]. 1977-yildan boshlab, Zianing oʻzi Hekmatyarga yordam berishni davom ettirdi[31].

Afgʻon-Sovet urushi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sovet-Afgʻon urushi davrida Hekmatyar Saudiya Arabistoni, Pokiston va AQShdan katta miqdorda yordam oldi[32][33]. Hekmatyar, shuningdek, Buyuk Britaniya MI6ning qoʻllab-quvvatlanishiga erishdi va hatto, Dauning koʻchasida Margaret Thatcher bilan uchrashdi[34]. ISI maʼlumotlariga koʻra, ularning Hekmatyarga yashirin yordamning eng yuqori foizini ajratish toʻgʻrisidagi qarori Hekmatyarning Afgʻonistondagi sovetlarga qarshi samarali harbiy faoliyatiga sabab boʻldi[35][36]. Amerikaning yuz million dollarlik yordamiga qoʻshimcha ravishda, Hekmatyor Saudiyadan ham yordam oldi[37]. Hekmatyarning barcha mujohid guruhlarga doimiy qarshiligi Pokiston generali va rahbari Muhammad Ziyo-ul-Haqni Hekmatyarni Afgʻoniston rahbariga aylantirgan Pokiston ekanligi va agar u ISIning nazoratiga qarshi tursa, Pokiston uni yoʻq qilishi mumkinligi haqida ogohlantiradi[38].

Narkotik moddalar savdosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sovet-Afgʻon urushi tugashi arafasida, Hekmatyar Markaziy tekshiruv boshqarmasi va ISI tomonidan unga berilgan mablagʻlar va qurollardan foydalanib, oʻz tashkilotini Yaqin Sharqdagi yetakchi geroin ishlab chiqaruvchi tashkilotlardan biriga aylantirdi[5]. Hekmatyar ilk bor giyohvand moddalar savdosi bilan 1988-yilning yozida shugʻullana boshlagan. Dastlab, afyun savdosi bilan shugʻullangan Hekmatyar mujohid guruhlari ichida birinchi boʻlib mintaqada geroin ishlab chiqaruvchi zavodlar ochgan va ularni nazorat qilgan[43][40]. Qoʻshma Shtatlar Tashqi Ishlar xizmati bilan Hekmatyarning noqonuniy giyohvand moddalarni ishlab chiqarish va tarqatishdagi ishtiroki AQShning tashqi savdo diplomatiyasiga jiddiy putur yetkazdi. Oʻsha paytda Afgʻonistondagi tekshiruvlar uchun Markaziy tekshiruv boshqarmasi xodimi Charlz Kogan mas’ul boʻlgan[40]. Hizb-e-Islami oʻzini mujohidlar orasida takfir yoki boshqa musulmonlarga qarshi murtadlik eʼlon qilish bilan ajratib olgan[45]. Shu asosda, u muntazam ravishda boshqa mujohidlar fraksiyalariga va sovet ishlariga hujum qilgan[46]. Hekmatyarning Jamiat-e Islami tashkiloti va ayniqsa, uning boshlig'i Ahmadshoh Masʻud bilan qarama-qarsh munosabatda edi. Masʻud 1976-yilda Hekmatyarning hamkorligi bilan Pakistanda josuslik uchun hibsga olingan[47]. Keyinchalik, Masʻud va Hekmatyar Panjshir vodiysini oʻzlashtirishni kelishib oldilar. Hekmatyar oxirgi daqiqalarda hujumda ishtirok etishdan bosh tortdi. Natijada, Masʻudni ochiq va himoyaga muhtoj qoldirdi. Masʻud qoʻshinlari oʻz hayotlari bilan birma-bir qochib ketishdi[48]. 1989-yil iyul oyida Hizb-e-Islami qoʻmondoni Sayyed Jamal, Masoʻdding Shura-ye-Nazar qoʻmondonining 30 nafarini Takhar viloyati Farxor omon qoʻydi. Hujum Hekmatyarning raqib fraksiyalarini toʻxtatishga urinish strategiyasiga tegishli edi va mujohidlar orasida keng tanqid qilindi[49].

Fuqarolar urushi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻta shavqatsiz qoʻmondon Hekmatyar 1990-yillar boshida Kobulda sodir boʻlgan vayronagarchiliklar va tinch aholi oʻlimi uchun javobgarlikda ayblanib, „Kobul qasbobi“ nomini oldi[50].

1989-1992-yillarda AQShning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Piter Tomsenning soʻzlariga koʻra, Gulbuddin Hekmatyar 1990-yilda Pokiston manfaatlari yoʻlida Afgʻonistonni bosib olish va uni boshqarish uchun Pokiston Xizmatlararo tekshiruv boshqarmasi (ISI) tomonidan yollanadi. Ammo, bu reja 1992-yilgacha AQShning bosimi tufayli kechiktirildi[51].

1992-yil aprel oyida Afgʻoniston Demokratik Respublikasi parchalana boshlaganida, hukumat amaldorlari mujohidlar safiga qoʻshildi va ularning etnik va siyosiy qarashlariga koʻra turli partiyalarni tanlashdi. Aksariyat qismi pastunlar boʻlgan PDPA qalq fraksiyasi aʼzolari Hekmatyar bilan qoʻshildilar[52]. Ularning yordami bilan u 24-aprel kuni Kobulga qoʻshinlarni kiritishni boshladi va shaharni egallab oldi. Agar boshqa rahbarlar Kobulga kirmoqchi boʻlsa, ularning samolyotini urib tushirish bilan ogohlantiradi[53]. „Afgʻoniston Islom muvaqqat hukumati“ning yangi rahbari Sibghatullah Mojaddedi Ahmad Shah Masudni mudofaa vaziri etib tayinladi va uni bu vaziyatga qarshi chora koʻrishga chaqirdi. U 25 -aprel kuni hujumga oʻtdi va ikki kunlik shiddatli janglardan soʻng Hizb-i Islomiy va uning ittifoqchilarini Kobuldan chiqarib yubordi[54]. 1992-yil 25-mayda Masud bilan tinchlik shartnomasi imzolanib, Hikmatyar bosh vazir etib tayinlandi. Biroq, u prezident Mojaddediyning samolyotiga raketa hujumida ayblangach, kelishuv buzildi[2]. Ertasi kuni Burhanuddin Rabbani, Ahmed Shah Massud jamiyati, Abdul Rashid Dostum Jumbich kuchlari va Hekmatyarning Hizb-i Islami kuchlari oʻrtasidagi ziddiyatlar qayta boshlangan.

1992-yildan 1996-yilgacha urushayotgan guruhlar Afgʻonistondagi fuqarolar urushi paytida Kobulning katta qismini vayron qildi va minglab tinch aholini oʻldirdi. Vayronagarchilikda barcha tomonlar ishtirok etdi, ammo Hekmatyar guruhi tinch aholi punktlarini qastdan nishonga olishda ayblandi[55]. Hekmatyar Kobul aholisining sovetlar bilan hamkorligi va diniy eʼtiqodi sabab bombardimon qilganlikda taxmin qilindi. Bir kuni u New York Times jurnalistiga „Afgʻoniston allaqachon bir yarim million shahidga ega. Biz haqiqiy Islom Respublikasini barpo etish uchun undan ham koʻp narsani qurbon qilishga tayyormiz“, dedi[56]. Uning hujumlarida siyosiy maqsad ham bor edi: Rabboniy va Mas’ud aholini himoya qila olmaganliklariga sabab - Rabboniy hukumatiga putur yetkazish[57] va 1994-yilda Hekmatyar ittifoqlarni oʻzgartirib, Doʻstum hamda Hazoriy shia partiyasi Hizb-e-Vahdat bilan Shoʻro-i Hamahangiy („Muvofiqlashtiruvchi kengash“)ni tuzadi. Ular birgalikda Kobulni qamal qildilar, koʻp sonli artilleriya va raketalarni ishga tushirdilar, bu esa BMT xodimlarining Kobuldan evakuatsiya qilinishiga va bir necha hukumat aʼzolari oʻz lavozimlarini tark etishga majbur qildi. Biroq, yangi ittifoq Hekmatyarga gʻalaba keltirmadi va 1994-yilning iyunida Masud Doʻstum qoʻshinlarini poytaxtdan haydab chiqardi[58].

Tolibon bilan munosabatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pokiston harbiylari shu paytgacha Hekmatyarni Kobulda ularning manfaatlariga toʻgʻri keladigan pushtunlar hukmronlik qiladigan hukumat oʻrnatish umidida qoʻllab-quvvatlagan edi. 1994-yilga kelib, Hekmatyar hech qachon bunga erisha olmasligi va uning ekstremizmi, asosan, pushtunlarga qarshi boʻlganligi maʼlum boʻldi va shundan soʻng, pokistonliklar, asosan, pushtunlardan iborat Tolibonga murojaat qila boshladilar[59]. 1994-yil noyabrida Qandahorni qoʻlga kiritgandan soʻng, Tolibon Kobul tomon tez olgʻa siljib, Hizb-e Islomiy yashayotgan joylariga kirib bordi. Ular 1995-yil 2-fevralda Vardakni egallab, 10-fevralda Maidan Shahrga, ertasi kuni Muhammad ogʻaga hijrat qildilar. Koʻp oʻtmay, Hekmatyar oldinga siljigan Tolibon va hukumat kuchlari oʻrtasida qolib ketdi va bu uning odamlarining ruhiyati tushishiga olib keldi[60]. 14-fevralda u Kobuldan raketalar otilgan Charasiyabdagi shtab-kvartirasini tashlab, Surobiga qochishga majbur boʻldi[61].

Shunga qaramay, 1996-yil may oyida Rabboniy va Hekmatyar hokimiyatni taqsimlovchi hukumat tuzdilar va Hekmatyar bosh vazir etib tayinlandi. Rabboniy pashtun rahbarlarining yordamini olish orqali oʻz hukumatining kuchini oshirishga intilgan. Hekmatyar 26-iyunda lavozimga kirishdi va shu zahotiyoq ayollar libosi boʻyicha qattiq farmonlar chiqara boshladi, bu esa Mas’udning shu paytgacha olib borgan nisbatan liberal siyosatidan keskin farq qilgan. Tolibon kelishuvga javoban poytaxtga navbatdagi raketa hujumlari bilan javob qaytardi[62]. Rabboniy va Hekmatyar rejimi 1996-yil sentyabr oyida Tolibon Kobulni nazoratga olgunga qadar atigi bir necha oy davom etdi. „Hizb-e“ islamichilar partiyasining koʻpchiligi „fikran hamdardlik va qabilaviy hamjihatlik“ sababli Tolibonga qoʻshildilar[63]. Pokistonda Hizb-e Islomiy mashgʻulot qarorgohlari „Tolibon“ tomonidan bosib olindi va Sipah-e-Sahaba Pokiston (SSP) kabi Jamiyat Ulema-e-Islom (JUI) guruhlariga topshirildi[64]. Shundan soʻng, Hekmatyar Mas’udning Panjshirdagi qoʻrgʻoniga qochib ketdi, u Hekmatyarning oʻziga nisbatan adovati boʻlishiga qaramay, unga 1997-yilda Eronga qochib ketishiga yordam bergan va u yerda deyarli olti yil yashagan[65][66][67].

Islom Respublikasidagi harakatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻshma Shtatlardagi 11-sentyabr voqealaridan soʻng, 1990-yillar boshida bin Lodin bilan „yaqindan hamkorlik qilgan“ Hekmatyar AQShning Afgʻonistondagi kampaniyasiga qarshi ekanligini eʼlon qildi va Pokistonni Qoʻshma Shtatlarga yordam berayotganlikda aybladi[68]. AQSh Tolibonga qarshi ittifoqqa kirishi va Tolibon qulashi ortidan Hekmatyar BMT vositachiligida 2001-yil 5-dekabrda Germaniyada muzokara qilingan Afgʻonistondagi Tolibondan keyingi muvaqqat hukumat kelishuvni rad etdi. AQSh va Karzay maʼmuriyatining bosimi natijasida, 2002-yil 10-fevralda Hizb-i Islomiyning Erondagi barcha idoralari yopildi va Hekmatyar eronliklar tomonidan quvib yuborildi[69]. Qoʻshma Shtatlar Hekmatyarni Tolibon jangarilarini Afgʻonistondagi koalitsiya qoʻshinlarini qayta tuzish va ularga qarshi kurashishga undaganlikda aybdor deb topgan. Shuningdek, u AQSh qoʻshinlarini oʻldirganlar uchun pul taklif qilishda ayblangan. AQShning yordamiga suyangan prezident Hamid Karzay hukumati Hekmatyarni harbiy jinoyatchi deb bilgan. ISAF 2002-yilda Hekmatyarni Tolibon yoki Al-Qoidani tashkilotchisi deb hisoblashgan[70]. U 2002-yil 5-sentabrda Qandahorda Karzayga uyushtirilgan suiqast va shu kuni Kobulda oʻndan ortiq odamning oʻlimiga sabab boʻlgan bomba uyushtirishda gumon qilingan[71][72]. Oʻsha oyda u AQShga qarshi jihodga chaqiruvchi axborot byulletenlari va lenta xabarlarini chiqardi[73]. 2002-yil 25-dekabrda Amerika josuslik tashkilotlari Hekmatyarni Al-Qoidaga qoʻshilishga urinayotganini aniqladi. Biroq, Hekmatyar tomonidan 2003-yil 1-sentyabrda eʼlon qilingan videoda, u Tolibon yoki Al-Qoida bilan ittifoq tuzishni rad etdi. Ammo, AQSh va xalqaro kuchlarga qarshi hujumlarni qoʻllab-quvvatladi.

2003-yil 10-fevralda Afgʻoniston hukumati Hekmatyar Tolibon va Al-Qoida guruhlari bilan ittifoq tuzishni rejalashtirayotgani haqida xabar berdi. Uning guruhi Spin Boldak yaqinida AQSh armiyasi bilan to'qnashgan[74]. 2003-yil 19-fevralda AQSh Davlat departamenti va AQSh Moliya vazirligi birgalikda Hekmatyarni „global terrorchi“ deb tan olishdi. Bu aybov, oʻz navbatida, Hekmatyarning AQShda joylashgan kompaniyalar orqali saqlangan har qanday aktivlari muzlashiga olib kelgan[75].  AQSh, shuningdek, BMTning Terrorizm boʻyicha qoʻmitasiga ham shunday yoʻl tutishni va Hekmatyarni Usama Bin Ladinning hamkori ekanligini eʼlon qilishini talab qildi. 2003-yil oktyabr oyida u Jalolobod, Kunar, Logar va Surobidagi mahalliy qoʻmondonlar oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha sulh tuzadi va ular bundan keyin faqat xorijliklarga qarshi kurashish kerakligini takidlashadi. Hekmatyar 2005-yilda Kanadada terror tashkilotchisi sifatida tanilgan[76].

2006-yil may oyida u Al-Jazira telekanaliga video murojaat eʼlon qildi. Unda u Eronni afgʻon mojarosida AQShni qoʻllab-quvvatlayotganlikda ayblandi va Usama bin Lodin bilan birga kurashishga tayyorligini aytdi. Shuningdek, Hekmatyar Falastin, Iroq va Afgʻonistondagi mojarolar AQShning aralashuvi sabab davom etayotganlikda ayblandi[77]. Oʻsha oyda eʼlon qilingan video murojaatda, u AQSh kuchlari va Karzayning „qoʻgʻirchoq hukumati“ga qarshi isyon koʻtarishga chaqirgan va general-leytenant Karl Eykenberrini bevosita oʻldirish bilan tahdid qilgan[78]. 2006-yil dekabr oyida Pokistonda Gulbiddin Hekmatyar „Amerikani ham Sovet Ittifoqining taqdiri kutmoqda“ deb taʼkidlagan videoni e'lon qildi. 2007-yilning yanvarida CNN xabar qilishicha, Hekmatyar „uning jangchilari Usama bin Lodinga besh yil avval Tora Bora togʻlaridan qochishga yordam bergan“ deb daʼvo qilgan[79].

2008-yilgi qayta tiklanish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yil may oyida Jeymstaun jamgʼarmasi xabar berishicha, 1990-yillarning oʻrtalaridan boshlab, afgʻon siyosatidan chetlashtirilgan Gulbuddinning HIG guruhi yaqinda yana tajovuzkor jangari guruh sifatida paydo boʻlgan va oʻsha paytda Koalitsiya kuchlariga qarshi koʻplab qonli hujumlar uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olgan[80]. HIG 2008-yil 27-aprelda Kobulda prezident Karzayning va uch nafar parlament aʼzosining hayotiga suiqasd qilishda ayblagan.

2008-yilda Hekmatyar Afgʻonistonning janubi-sharqida, Pokiston chegarasiga yaqinidagi joyda yashayotgani taxmin qilingan[81]. 2008-yilda u na Tolibon bilan, na al-Qoida bilan aloqalari borligini aytdi. Hekmatyar o'sha yili bosh vazirlikka tayinlandi[82].

2010-yil yanvar oyida u hali ham afgʻon isyonchilarining uchta asosiy rahbarlaridan biri hisoblanardi. Oʻsha paytda, u prezident Karzay bilan muzokaralar oʻtkazgan va siyosiy murosa uchun yoʻl xaritasini belgilagan. Bu Tolibon rahbari Mulla Umar va ittifoqchi isyonchilar boshligʻi Sirajuddin Haqqoniyning qarashlariga zid edi. Hekmatyar Kobul bilan har qanday muzokaradan bosh tortgan[83].

2014-yilning 10-fevralida Gulbiddinning HIG guruhi hujum amalga oshirdi, natijada, ikki amerikalik tinch aholi vakillari Pol Goins va Maykl Xyuz halok boʻldi. Bu hujumda, shuningdek, yana ikki amerikalik va yetti nafar Afgʻoniston fuqarosi yaralandi. HIG 2013-yil 16-may kuni Kobulda VBIED hujumini amalga oshirdi. Hujumda amerikalik zirhli yoʻltanlamas mashinasi, ikki amerikalik askar, toʻrtta amerikalik pudratchi, sakkiz nafar afgʻon, shu jumladan, ikki bolani oʻldirgan. Bu hujum 2013-yilda Kobulda AQSh xodimlariga qarshi eng qonli voqea boʻldi.

2016-yilgi tinchlik shartnomasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yil 22-sentabrda Hekmatyar Afgʻoniston hukumati tomonidan Hizb-i-Islomiy va hukumat oʻrtasidagi tinchlik bitimi doirasida avf etilgan. Kelishuv, shuningdek, Hizb-i-Islomiy asirlarini ozod qilish va Hekmatyarni jamiyatga qaytarish imkonini berdi. Bitim bir guruh yosh faollarni imzolash marosimida avf etishga qarshi norozilik namoyishini uyushtirishga olib keldi. Human Rights Watch tashkiloti kelishuvni „ogʻir zoʻravonlik qurbonlariga nisbatan haqorat“ deb atadi[84]. Hizb-i-Islomiy jangovar harakatlarni toʻxtatishga, ekstremistik guruhlar bilan aloqalarni uzishga va Afgʻoniston Konstitutsiyasiga hurmat koʻrsatishga rozi boʻldi, buning evaziga uning guruhi hukumat tomonidan tan olinishi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Amerikaning Hekmatyarga qarshi sanksiyalari olib tashlanishini qoʻllab-quvvatlashi evaziga unga faxriy lavozim vaʼda qilingan edi[85][86]. Bitim 2016-yil 29-sentabrda Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani prezident saroyida Hekmatyar bilan videomurojaat orqali kelishuv imzolagan[87]. Unga nisbatan BMT sanksiyalari 2017-yil 3-fevralda rasman bekor qilingan edi[88]. 2017-yil 4-may kuni, yigirma yil yashirinib yurganidan soʻng, prezident Gʻani bilan uchrashish uchun jangchilari bilan Kobulga qaytdi[89]. Shundan soʻng, u Tolibonni qoʻzgʻolonni toʻxtatishga va qurollarini tashlashga chaqirdi[90]. Hekmatyar 2019-yilda Afgʻonistonda boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarida qatnashgan va uchinchi oʻrinni olgan[91].

AQSh bilan munosabatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gulbuddin Hekmatyar va uning guruhi Tolibon tomonidan tuzilgan Murosa Kengashiga qoʻshilgani xabar qilinadi[92]. U 2021-yil sentabrida oʻzi va uning partiyasi hokimiyatga qoʻshilmasa ham, Tolibonni qoʻllab-quvvatlashini bildirdi. 2022-yil oktabr oyida Hekmatyar Kobuldagi xutbada Bonn (2001) va Doha (2019-2020) muzokaralari „chet elliklar“ taʼsiri tufayli Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatolmaganini ta'kidlaydi. U hozirgi muvaqqat Tolibon hukumati oʻrniga inklyuziv hukumat tuzish uchun afgʻonlarga muzokaralar oʻtkazishni taklif qilgan[93].

Qarindoshlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gulbuddinning baʼzi qarindoshlari uning oʻrinbosarlari boʻlganligi yoki u bilan birgalikda ishlaganlikda gumon qilinadi.

Gulbuddinning qarindoshlari
F.ISh Aloqadorligi Mansabi Izohlar
Shahabuddin Hekmatyar akasi Gulbuddin bilan akasi bo'lganligi sababli 2008-yil avgust oyida hibsga olingan[94][95]. 2009-yil yanvar oyida ozod etilgan[96].
Abdulla Shabab jiyani Gulbuddin Hekmatyarning ukasi Shahabuddinning oʻgʻli; 2007-yilda qoʻlga olingan[96].
Salahuddin Hekmatyar jiyani Islom universiteti direktori Gulbuddin Hekmatyarning ukasi Shahabuddinning oʻgʻli.
Habiburahman Hekmatyar oʻgʻli Matbuot vakili 2010-yilda Gʻulbuddinning tinchlik tarafdorligi toʻgʻrisida intervyular berdi[97].
Ghairat Baheer kuyovi CIA tomonidan toʻrt yil davomida hibsda saqlangan[98][99][100][101][102].
Jamal Jamaluddin Hikmatyar oʻgʻli Yoshlar islohotchilik tashkilotini tashkil etdi[103].
Firoz Firoz Hekmatyar oʻgʻli Diplomat 2010-yilda Maldivlar konferensiyasida Oliy Kengashda vakilik qilgan[104].
Ahktar Muhammed ukasi Gulbuddinning ukasi[105].
Houmayoun Jarir Jareer kuyovi Gulbuddinning kuyovi yoki Gulbuddin oʻgʻli Ahktar Muhamedning ukasi[105].
Habibulloh Shahab jiyani 1995-yilda tugʻilgan, u 2011- yil 21-aprel kuni AQShning havo hujumida oʻldirilgan[106].
  1. „Security Council ISIL (Da'esh) and Al-Qaida Sanctions Committee Removes One Entry from Its Sanctions List Meetings Coverage and Press Releases“. www.un.org. Qaraldi: 2021-yil 24-avgust.
  2. 2,0 2,1 „Afghanistan's Civil Wars: Violations by United Front Factions“. Human Rights Watch. Qaraldi: 2007-yil 17-mart.
  3. „Gulbuddin Hekmatyar“ (1998-yil 1-may). 1998-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  4. Crowley, Michael (2010-03-09). „Our Man in Kabul?“. The New Republic. ISSN 0028-6583. Qaraldi: 2021-08-24.
  5. 5,0 5,1 [39][40][41][42][43][44]
  6. „Terry Glavin: The rehabilitation of Gulbuddin Hekmatyar, the Butcher of Kabul“ (en-CA). nationalpost. Qaraldi: 2021-yil 24-avgust.
  7. „Hekmatyar Leaves Iran“. Tehran Times (2002-yil 26-fevral). 2016-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-oktyabr.
  8. „Gulbuddin Hekmatyar: Ruthless Warlord, New Karzai Ally or Both?“ (2010-yil 23-mart). 2016-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-oktyabr.
  9. „Afghanistan signs peace deal with infamous, reclusive warlord Hekmatyar“. 2016-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-oktyabr.
  10. „Afghanistan's Hekmatyar says heading for Doha with Karzai, Abdullah Abdullah to meet Taliban - Al Jazeera“ (en). Reuters (2021-yil 16-avgust). Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
  11. AFP. „Taliban met ex-Afghan leader Karzai, Abdullah Abdullah“ (en). Brecorder (2021-yil 18-avgust). Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
  12. „Who Will Run the Taliban Government?“ (en). www.crisisgroup.org (2021-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 18-oktyabr.
  13. „Hezb-e-Islami party to support Taliban government“. www.aa.com.tr. Qaraldi: 2022-yil 18-oktyabr.
  14. „Wanted – Gulbuddin Hekmatyar“ (2006-yil oktyabr). 2021-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  15. Borovik, Artyom, The Hidden War, 1990.
  16. Chris Sands, Fazelminallah Qazizai, Night Letters: Gulbuddin Hekmatyar and the Afghan Islamists Who Changed the World, Oxford University Press, 2019, pp. 43-44
  17. Chavis, Melody Ermachild. Meena, heroine of Afghanistan: the martyr who founded RAWA, the Revolutionary Association of the Women of Afghanistan. New York: St. Martin's Press, 2003 — 208-bet. ISBN 978-0-312-30689-2. 
  18. Coll, Steve.
  19. Neamatollah Nojumi. The Rise of the Taliban in Afghanistan: Mass Mobilization, Civil War, and the Future of the Region, 2002 1st, Palgrave, New York — 38–42-bet. 
  20. John Calvert, Sayyid Qutb and the Origins of Radical Islamism, Oxford University Press (2009), pp. 91-92
  21. Gilles Dorronsoro, Revolution Unending: Afghanistan, 1979 to the Present, C. Hurst & Co. Publishers (2005), p. 75
  22. Jones, Seth G.. In the Graveyard of Empires: America's War in Afghanistan. W. W. Norton & Company, 2010 — 32–33-bet. ISBN 9780393071429. 
  23. Roy Gutman. How We Missed the Story: Osama Bin Laden, the Taliban and the Hijacking of Afghanistan, 1st ed., 2008, Endowment of the United States Institute of Peace, Washington DC.. 
  24. Shahram Akbarzadeh, Samina Yasmeen. Islam And the West: Reflections from Australia, 2005, University of New South Wales Press — 81–82-bet. 
  25. Coll, Steve. Ghost Wars: The Secret History of the CIA, Afghanistan, and Bin Laden, from the Soviet Invasion to September 10, 2001. Penguin Group, 2004 — 114-bet. ISBN 9781594200076. 
  26. Kleveman, Lutz. The New Great Game: Blood And Oil In Central Asia. Grove Press, 2003 — 239-bet. ISBN 978-0-8021-4172-9. 
  27. 27,0 27,1 „Afghanistan: Pakistan's Support of Afghan Islamists, 1975–79“. Library of Congress (1997). Qaraldi: 2008-yil 11-iyul.
  28. Roy, Olivier. Islam and resistance in Afghanistan. Cambridge: Cambridge University Press, 1992 — 76-bet. ISBN 978-0-521-39700-1. 
  29. Roy, Islam and Resistance in Afghanistan, p. 78
  30. Marzban. „Shamshatoo Refugee Camp: A Base of Support for Gulbuddin Hekmatyar“. The Jamestown Foundation (2007-yil 24-may). 2007-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 4-iyul.
  31. Hussain, Rizwan. Pakistan and the Emergence of Islamic Militancy in Afghanistan. Ashgate Pub Ltd, 2005 — 105-bet. ISBN 978-0754644347. „Hekmatyar ... had stayed on in Pakistan since 1973 and with Pakistan's incitement, his group started low level operations against the PDPA administration in 1978. Hekmatyar was openly supported by the leaders of the Pakistani Jamaat-i Islami and according to then [Pakistani] Major-General Kamal Matinuddin 'the late President Zia gave him maximum support ...'“ 
  32. Peter Dale Scott, The Road to 9/11: Wealth, Empire and the Future of America (September 2007, ISBN 978-0-520-23773-5), p. 129
  33. „Backgrounder on Afghanistan: History of the War“. Human Rights Watch (2001-yil oktyabr). Qaraldi: 2007-yil 17-mart.
  34. Sengupta, Kim. „Secret Affairs, By Mark Curtis“. The Independent (2010-yil 30-iyul).
  35. Yousaf, Mohammad. Afghanistan, the bear trap: defeat of a superpower. Casemate, 1992 — 104-bet. ISBN 978-0-9711709-2-6. 
  36. Kaplan, Robert, Soldiers of God: With Islamic Warriors in Afghanistan and Pakistan, New York: Vintage Departures, 2001, p. 69
  37. Bergen, Peter L., Holy War, Inc.: Inside the Secret World of Osama bin Laden, New York : Free Press, 2001, p. 69
  38. Henry S. Bradsher, Afghan Communism and Soviet Interventions, Oxford University Press, 1999, p. 185
  39. Johnson, Thomas H. „Financing Afghan Terrorism: Thugs, Drugs & Creative Movements of Money“, . Terrorism Financing and State Responses: A Comparative Perspective. Stanford, CA: Stanford University Press, 2007 — 106–110-bet. ISBN 9780804755665. 
  40. 40,0 40,1 40,2 McCoy, Alfred „The Stimulus of Prohibition: A Critical History of the Global Narcotics Trade“, . Dangerous Harvest: Drug Plants and the Transformation of Indigenous Landscapes Steinberg: . Oxford: Oxford University Press, 2004 — 55-bet. ISBN 9780195143201. 
  41. Haq, Ikramul (1 October 1996). "Pak-Afghan Drug Trade in Historical Perspective". Asian Survey (University of California Press) 36 (10): 945–963. doi:10.2307/2645627. 
  42. Sen, Sankar (July 1992). "Heroin Trafficking in the Golden Crescent". The Police Journal: Theory, Practice and Principles 65 (3): 251–256. doi:10.1177/0032258x9206500310. 
  43. 43,0 43,1 Felbab-Brown, Vanda (June 2006). "Kicking the Opium Habit?: Afghanistan's Drug Economy and Politics since the 1980s: Analysis". Conflict, Security & Development (Taylor & Francis) 6 (2): 127–149. doi:10.1080/14678800600739135. 
  44. Chambliss, William J.. Power, Politics, and Crime. Routledge, 2001 — 108-bet. ISBN 9780367096267. 
  45. Roy, Olivier (1984). "The origins of the Islamist movement in Afghanistan". Central Asian Survey 3 (2): 117. doi:10.1080/02634938408400467. 
  46. Tanner, Stephen.
  47. Hussain, Rizwan. Pakistan and the Emergence of Islamic Militancy in Afghanistan. Farnham: Ashgate, 2005 — 167-bet. ISBN 978-0754644347. 
  48. Edward Girardet, Killing the Cranes, pub by Chelsea Green
  49. Maley, William. The Afghanistan Wars. Palgrave Macmillan, 2002 — 176-bet. ISBN 978-0-333-80291-5. 
  50. Khan, Mohammad Zubair. „Butcher of Kabul's horror return“. News.com.au (2016-yil 29-sentyabr). 2016-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-oktyabr.
  51. Tomsen, Peter. The Wars of Afghanistan: Messianic Terrorism, Tribal Conflicts, and the Failures of Great Powers. PublicAffairs, 2011 — 405–408-bet. ISBN 978-1-58648-763-8. 
  52. Maley, The Afghanistan Wars, p. 189
  53. Maley, The Afghanistan Wars, p. 193
  54. „The Peshawar Accord, 25 April 1992“. Library of Congress (1997). Qaraldi: 2008-yil 3-iyul.
  55. Maley, The Afghanistan Wars, pp. 202-205
  56. Weiner, Tim. „Blowback from the Afghan Battlefield“. The New York Times (1994-yil 13-mart). Qaraldi: 2008-yil 3-iyul.
  57. Maley, The Afghanistan Wars, p. 202
  58. Maley, The Afghanistan Wars, p.203
  59. Rashid, Ahmed. Taliban: Militant islam, Oil and Fundamentalism in Central Asia. New Haven: Yale University Press, 2000 — 26–27-bet. ISBN 978-0-300-08902-8. 
  60. Rashid, Taliban, p. 34
  61. Maley, The Afghanistan Wars, p. 204
  62. Maley, The Afghanistan Wars, pp. 215-216
  63. The Columbia World Dictionary of Islamism, Olivier Roy, Antoine Sfeir, editors, (2007), p. 133
  64. Rashid, Taliban, p. 92
  65. „BBC News | Monitoring | Hekmatyar: 'neither captured nor wounded'“. news.bbc.co.uk. Qaraldi: 2021-yil 24-avgust.
  66. „Profile: Gulbuddin Hekmatyar“. BBC News (2010-yil 23-mart).
  67. Karon, Tony. „Iran, Afghanistan Juggle Hot Potato Hekmatyar“. Time (2002-yil 23-fevral). 2002-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-iyun.
  68. Bergen, Peter L., Holy war, Inc.: Inside the Secret World of Osama bin Laden, New York: Free Press, 2001, pp. 70-71
  69. Tahir, Muhammad. „Gulbuddin Hekmatyar's Return to the Afghan Insurgency“. The Jamestown Foundation (2008-yil 29-iyun). 2008-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 2-iyul.
  70. „WHO'S WHO IN TODAY'S AFGHANISTAN“. users.jyu.fi. Qaraldi: 2021-yil 24-avgust.
  71. „Attack exposes Karzai's weakness“ (2002-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 24-avgust.
  72. „Gunmen try to kill Afghan president“. the Guardian (2002-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 24-avgust.
  73. „Afghan group threatens attacks on US soldiers“. The Irish Times. Qaraldi: 2021-yil 24-avgust.
  74. „Old warlord threatens Afghan peace“. the Guardian (2003-yil 10-fevral). Qaraldi: 2021-yil 24-avgust.
  75. „US designates Hekmatyar as a terrorist“. Dawn Internet Edition (2003-yil 20-fevral). Qaraldi: 2007-yil 18-mart.
  76. „Currently listed entities“. Public Safety Canada. Government of Canada (2018-yil 21-dekabr). 2021-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-avgust.
  77. „Aljazeera airs Hikmatyar video“. Al Jazeera (2006-yil 6-may). 2006-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 17-mart.
  78. „Afghan warlord urges revolt against U.S., Karzai“. NBC News (2006-yil 31-may). Qaraldi: 2021-yil 24-avgust.
  79. „Afghan warlord 'aided Bin Laden'“. BBC (2007-yil 11-yanvar). Qaraldi: 2007-yil 17-mart.
  80. Tahir, Muhammad. „Gulbuddin Hekmatyar's Return to the Afghan Insurgency“. The Jamestown Foundation (2008-yil 29-iyun). 2008-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 2-iyul.
  81. Tahir, Muhammad. „Gulbuddin Hekmatyar's Return to the Afghan Insurgency“. The Jamestown Foundation (2008-yil 29-iyun). 2008-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 2-iyul.
  82. „Dealing with brutal Afghan warlords is a mistake“. Boston Globe (2010-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2014-yil 20-iyun.
  83. Trofimov. „Afghan Insurgent Outlines Peace Plan“. Wall Street Journal (2010-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2014-yil 20-iyun.
  84. Rasmussen, Sune Engel. „'Butcher of Kabul' Pardoned in Afghan Peace Deal“. The Guardian (2016-yil 22-sentyabr).
  85. „Afghanistan Signs Draft Peace Deal With Faction Led by Gulbuddin Hekmatyar“. The New York Times (2016-yil 23-sentyabr).
  86. Bengali, Shashank; Faizy, Sultan. „Afghanistan Takes a Step Toward Peace With Notorious Ex-Warlord“. Los Angeles Times (2016-yil 22-sentyabr).
  87. „Afghanistan: Ghani, Hekmatyar sign peace deal“. Al Jazeera (2016-yil 29-sentyabr).
  88. „UN lifts sanctions against Gulbuddin Hekmatyar“. Al-Jazeera (2017-yil 4-fevral).
  89. „Hekmatyar returns to Kabul after 20 years in hiding“. Al Jazeera (2017-yil 5-may).
  90. „Hekmatyar Urges Taliban 'Brothers' To End War, Offers To Mediate Talks“. RadioFreeEurope/RadioLiberty. Qaraldi: 2021-yil 24-avgust.
  91. „Former Afghan warlord Hekmatyar enters presidential race“. Reuters (2019-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 24-avgust.
  92. The News of Islamabad: August 23, 2021: Hekmatyar tells India slug donʼt poke your nose into our business
  93. „In Friday Sermon, Hizb-i-Islami Leader Gulbuddin Hekmatyar Says Doha Pact Has Failed To Bring Peace To Afghanistan, Presents Five-Point Plan For Intra-Afghan Talks To Replace The 'Acting' Taliban Government In Kabul“ (en). MEMRI. Qaraldi: 2022-yil 18-oktyabr.
  94. „Police arrest Hekmatyar's brother“. Quqnoos News Service (2008-yil 17-avgust). 2009-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  95. „Hekmatyar's brother 'detained'“ (2008-yil 17-avgust). 2008-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  96. 96,0 96,1 „Govt releases brother of Hekmatyar“. The News International (2009-yil 13-yanvar). Qaraldi: 2010-yil 22-may. „His other son, Abdullah Shahab, who was held by the US forces in Kunar province of Afghanistan two years back is still languishing in the heavily guarded Bagram Prison in Afghanistan.“.
  97. „Hekmatyar willing for cease-fire if coalition forces stay within main bases“. Sify (2010-yil 18-noyabr). 2012-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 11-dekabr. „The BBC quoted Habib-ur-Rahman, son of Hezb-e-Islami chief Gulbuddin Hekmatyar, as saying that his father was willing to give up fighting, and added that a ceasefire was also possible while US troops remained in Afghanistan, 'If they remain in their bases, then we will not attack them.'“.
  98. Hildebrandt, Amber. „Detained Canadian a 'casualty of war on terror': Questions raised about delay in consular help“. CBC News (2011-yil 27-sentyabr). 2011-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-sentyabr.
  99. Goldman, Adam; Gannon, Kathy. „Death shed light on CIA 'Salt Pit' near Kabul: Handling of terror suspect led to inquiry by agency's inspector general“. MSN (2010-yil 28-mart). Qaraldi: 2011-yil 27-sentyabr.
  100. Goldman, Adam; Gannon, Kathy. „CIA prisoner said to have once rescued Karzai: Suspected insurgent froze to death while in U.S. custody in 2002“. MSN (2010-yil 6-aprel). Qaraldi: 2011-yil 27-sentyabr. „Rahman was captured about three weeks before his death in a raid in the Pakistani Capital of Islamabad against Hezb-e-Islami, an Afghan insurgent group led by Gulbuddin Hekmatyar, which was believed to have ties to al-Qaida. Rahman was arrested along with Hekmatyar's son-in-law, Dr. Ghairat Baheer.“.
  101. „Gulbuddin Hekmatyar's spokesman and son-in-law freed in Kabul: He was taken for meetings with President Karzai“. RAWA (2008-yil 30-may). 2011-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-sentyabr.
  102. „Bahir, Dr. Ghairat Baheer“. Database - Who is who in Afghanistan? (2011-yil 27-fevral). 2013-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-dekabr.
  103. „Hekmatyar, Jamal Jamaluddin Hikmatyar“. Database - Who is who in Afghanistan? (2011-yil 15-aprel). 2013-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-dekabr.
  104. „Hekmatyar, Firoz Feroz“. Database - Who is who in Afghanistan? (2011-yil 15-aprel). 2013-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-dekabr.
  105. 105,0 105,1 „Jareer, Houmayoun Jarir“. Database - Who is who in Afghanistan? (2010-yil 11-iyul). 2013-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-dekabr.
  106. „Shahab, Habibullah“. Database - Who is who in Afghanistan? (2011-yil 15-aprel). 2013-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-dekabr.