Kontent qismiga oʻtish

Doʻha

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Dohadan yoʻnaltirildi)
Doʻha
الدوحة
Doha skyline
West Bay skyline
The Emir's Palace
Souq Waqif
National Museum of Qatar
Msheireb
Katara Village
Tepadan soat miliga teskari yoʻnalishda: tungi Doha silueti; West Bay tumanidagi zamonaviy binolar; Amiri Divon, Qatar Amiri idorasi sifatida xizmat qiladi; Souq Voqif; Qatar Milliy muzeyi; Musheireb Doha shahar markazi; va Katara madaniyat qishlog'i
Davlat Qatar
Munitsipalitet Doʻha
Asos solingan 1825-yil
Hudud
 • Umumiy 132 km2 (50 sq mi)
Aholisi
 (2020)
 • Umumiy 1 186 023
 • Zichligi 00 090/km2 (0 023/sq mi)
Vaqt mintaqasi UTC+3 (AST)
Veb-sayt visitqatar.com/doha

Doʻha, Ad-Doʻha – Qatar davlatining poytaxti. Arabiston yarim orolida, Fors qoʻltigʻi sohilida joylashgan. Qatar yarim orolning sharqiy qirgʻogʻidagi yirik port. Aholisi 410 ming kishi (2000, shahar atrofi bilan). Muhim savdo markazi. Metallsozlik, sement, mebel, qurilish materiallari, gilam, oziq-ovqat mahsulotlari, oʻgʻit ishlab chiqaruvchi mayda korxonalar, issiqlik elektr stansiyasi, xalqaro ahamiyatga ega aeroport, koʻplab masjid va maktablar, universitet bor. Dengizdan baliq ovlanadi, marvarid olinadi.

Shaharda Qatar universiteti va HEC Paris maktabi kampusi joylashgan.

Shahar nomi arabcha Ad-Dawha soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, „katta daraxt“ degan maʼnoni anglatadi[1].

Doha Qatar yarim orolining markaziy-sharqiy qismida, sharqda esa Fors koʻrfazi joylashgan[2]. U janubda Al-Vakra, gʻarbda Ar Rayyan, shimoli-gʻarbda Umm Salal va shimolda Ad Dayyan munitsipalitetlari bilan chegaradosh.

Shahardagi oʻrtacha balandlik dengiz sathidan atigi 3 metrni tashkil qiladi. Mutlaq balandlik 15 metrdan oshadi.

Shaharning maydoni-158,72 km². Sohil yaqinidagi melioratsiya shahar hududiga 400 gektarga yaqin yer va 30 kilometr qirgʻoq chizigʻini qoʻshdi. Hamad xalqaro aeroporti shaharga biriktirilgan meliorativ yerda joylashgan.

Shahar koʻrfazning markazida sunʼiy Pearl oroli joylashgan. Bundan tashqari, shahar qirgʻoqlarida Palma, Shrao, El Safiya, Banana va boshqalar orollar ham bor[3].

Doha iqlimi, butun Arabiston yarim oroli kabi, juda issiq va tropik choʻl hisoblanadi. Yoz oylarida issiq maksimal +40 ° C dan oshadi va soyada harorat koʻpincha +45 ° C yoki undan yuqorini tashkil etadi. Eng yuqori harorat +50,4 °C 2010-yil 14-iyulda qayd etilgan. Yozda yogʻingarchilik kuzatilmaydi[4] .

Qish oylarida havo harorati pastroq, yogʻingarchilik kam uchraydi (yiliga oʻrtacha 76 mm yogʻin tushadi, biroq baʼzi yillarda yogʻingarchilik umuman boʻlmaydi). Eng past harorat +5 °C 1992-yil 24-25-yanvarda (ikki marta ketma-ket) kuzatilga[5]n.

Doha 1850-yilda tashkil etilgan va dastlab Al Bida deb nomlangan[6] . 1883-yilda Dohada Shayx Qosim qoʻshinlarining turk qoʻshinlariga qarshi jangi boʻlib oʻtgan va Usmonli qoʻshinlari magʻlubiyatga uchragan[7][8].

1916-yilda Doha Buyuk Britaniyaning Qatar protektoratining poytaxti boʻlgan. 1971-yilda Doha esa mustaqil Qatar davlatning poytaxti boʻlgan.

1973-yilda Dohada Qatar universiteti, 1975-yilda Qatar milliy muzeyi ochilgan. 1996-yilda esa arabcha sunʼiy yoʻldosh telekanali Al-Jazira Dohadan efirga uzata boshlangan.

Shahar neft va baliqchilik sanoatining markazi hisoblanadi. Dohada Qatar Petroleum, Qatargas va RasGas kabi mamlakatning eng yirik kompaniyalari shtab-kvartirasi joylashgan. Hozirda Qatar hukumati neft va gaz qazib olishga qaratilgan iqtisodiyotdan uzoqlashmoqda. Xususan, Doha yirik aviatsiya markazi sifatida koʻrilmoqda.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  1. Arabian time machine: self-portrait of an oil state. Andoza:Нп3. ISBN 978-0434303502. . – „The word Doha itself is said to mean 'the place of the big treeʼ, as eloquent a comment as any on the sparsity of the vegetation in Qatar, indeed throughout the Persian Gulf generally, in former times.“.
  2. Ron Gluckman. „Artificial Islands: In Dubai, a world, and universe of new real estate“. Gluckman (2008-yil may). 2015-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-iyun.
  3. „Qatar islands“. Online Qatar. 2015-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-iyun.
  4. „Doha weather information“. Wunderground.com (2010-yil 10-iyun). 2011-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-iyun.
  5. Masters, Jeff „Bolivia ties its all-time heat record“. Weather Underground. Dr. Jeff Masters' WunderBlog. 2010-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 23-noyabr.
  6. „Historical references to Doha and Bidda before 1850“. The Origins of Doha Project. 2020-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-may.
  7. „Historical references to Doha and Bidda before 1850“. The Origins of Doha Project. 2020-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-may.
  8. Billecocq, Xavier Beguin. Le Qatar et les Français: cinq siècles de récits de voyage et de textes d'érudition. Collection Relations Internationales & Culture, 2003. ISBN 978-2-915273-00-7. 
  9. „About Katara“ (en-US). Katara.net. 2019-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 14-may.