Foydalanuvchi:Usmonov Gayrat/Happy Nation
„Happy Nation“ | |
---|---|
Ace of Base qoʻshigʻi | |
„Happy Nation/The Sign“ albomidan | |
Chiqarilgan sanasi | 7-dekabr 1992-yil |
Studiya | Tuff Studios |
Janr | |
Davomiyligi | 4:16 |
Leybl | Mega |
Matn muallif(lar)i | |
Prodyuser(lar) |
|
Treklist | |
Klipi | |
"Happy Nation" YouTubeda "Happy Nation (Moody Gold Remix)" YouTubeda |
"Happy Nation" (oʻzbekcha — „Baxtli xalq“) Shvetsiyaning Ace of Base guruhining Happy Nation nomli debyut albomidagi qo'shiq. Birinchi marta bu qoʻshiq 1992-yilda Skandinaviyada, keyin esa Buyuk Britaniyada ikki marta chiqarilgan. Birinchi qoʻshiq premyerasi 1993-yil oktabr oyida boʻlib oʻtdi, oʻshanda qoʻshiq reytingda 42-oʻrini egallagan va oʻn ikki oydan soʻng 40-oʻringa koʻtarilgan. Qoʻshiq 1993 va 1994-yillarda Daniya, Finlyandiya, Fransiya va Isroilda singl chartlarida 1-oʻrinni egalladi. Uning klipiga Mett Brodli rejissyorlik qilgan. 2008-yilda qoʻshiq Ace of Base tomonidan remiks toʻplami uchun qayta yaratilgan.
„Happy Nation“ — bu reggae fusion va yevro xausning kuchli taʼsiriga ega oʻrta templi raqs-pop qoʻshiq. Bu qoʻshiq guruh aʼzolari Jonas Berggren va Ulf Ekberg tomonidan yozilgan boʻlib, ingliz va lotin tilidagi soʻzlarni oʻz ichiga oladi. Birinchi misra lotin tilida Joker tomonidan kuylangan, qolgan qismini esa bosh qoʻshiqchi Linn Berggren kuylagan. Guruh Ekbergning neo-natsist skinxedlar bilan tarixdagi aloqalari haqidagi xabarlarga javob sifatida yozilgan qoʻshiqni „antifashistik qoʻshiq va hayotga madhiya“ deb taʼriflagan.
Reyting
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Happy Nation" qoʻshigʻi Yevropa va boshqa mamlakatlarda reytinglarda juda yaxshi muvaffaqiyat qozongan. Qoʻshiq Daniya (1 hafta ichida), Finlyandiya, Fransiya (4 hafta ichida) va Isroil davlatlarida (3 hafta ichida) birinchi oʻringa chiqgan[2][3] . Shuningdek qoʻshiq Litvada (3), Gollandiyada (5) va guruhning vatani Shvetsiyada ham top-5 lik choʻqqisiga chiqgan[4][5]. Bundan tashqari, qoʻshiq Avstriya (6), Belgiya (8), Germaniya (7) va Norvegiyada (6) top-10 hit reytingni qayt etgan. Islandiyada „Happy Nation“ qoʻshigʻi eng yuqori 20 talik reytingga kirgan[6][7]. Italiya va Shveytsariyada esa eng yaxshi 30 ta hitdan biri boʻlgan. 1994-yil 9-oktabrda Buyuk Britaniyaning Singles Chart-dagi ikkinchi bosqichida 40-oʻringa koʻtarilgan[8]. Yevropaning 17 mamlakatidagi milliy singl sotuvlari reytinglariga asoslangan Eurochart Hot 100 reytingida „Happy Nation“ qoʻshigʻi 19-oʻrinni egallagan. Qoʻshiq Yangi Zelandiyada 22-oʻrin va Avstraliyada 80-oʻrinlarni egallagan[9].
„Happy Nation“ qoʻshigʻi 125 000 dona sotilgandan. Germaniyada esa 250 000 ta sotilgan qoʻshiq oltin rekord va Fransiyada kumush rekord bilan taqdirlangan.
Tanqid
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tanqidchilar qoʻshiqni maqtashgan. AllMusic muharriri Xose Promise oʻz sharhida qoʻshiqni „yulduz“ deb atagan[10]. People jurnalining yozishicha, qoʻshiq Ace of Base ABBA guruhidan koʻra yaxshiroq guruh ekanligini isbotlagan[11]. USA Todayning hodimi Edna Gundersen uni quvnoq qoʻshiq deb taʼriflagan[12]. "Vindicator" gazetasining yozishicha, qoʻshiqning ohang va ritm aralashmasi shunchaki chidab boʻlmas darajada kuylangan[13].
Qoʻshiq klipi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klip 1993-yil yanvar oyida Gothenburgda suratga olingan. „All That She Wants“ qoʻshigʻi kilpiga rejissyorlik qilgan rejissyor Mett Brodli edi[14]. Qoʻshiq klipi yonib turgan sham bilan boshlanadi, uning alangasi yon tomonga puflanadi. Klipda tinchlik timsollari, runik yozuvlar, Misr ierogliflari, slavyan naqshlari, mahalliy avstraliyaliklar sanʼati, Budda, burjlar, yin-yan ramzi, Isoning xochga mixlanishi, Al-Fotiha va Charlz Darvinning „Turlarning kelib chiqishi“ asarlari tasvirlangan. U 2010-yil oktabr oyida YouTubeʼga yuklangan va 2020-yil avgust oyida 52,6 milliondan ortiq koʻrilgan (jonli efir versiyasida 82 milliondan ortiq)[15]. 2024-yil mart oyi holatiga koʻra klip 121 milliondan ortiq koʻrish yigʻilgan.
Trek roʻyxati
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 7" single
- „Happy Nation“ (Radio Edit) — 3:32
- „Happy Nation“ (Album Version) — 4:11
- CD single — UK
- „Happy Nation“ (Radio Edit) — 3:32
- „Happy Nation“ (12 inch Version) — 6:39
- „Happy Nation“ (Album Version) — 4:11
- CD maxi
- „Happy Nation“ (Gold Zone Club Mix)
- „Happy Nation“ (Gold Zone 7" Edit)
- „Happy Nation“ (Gold Dub Edit)
- „Happy Nation“ (Moody Gold Mix)
Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Haftalik reytinglar[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
Yil yakuni reytingi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sertifikatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
Ijodkorlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Linn Berggren tomonidan vokallashtirilagan.
- Jonas Berggren tomonidan Lotin xori kuylangan.
- John Ballard backing-vokallarini ishlab chiqan.
- Jonas Berggren va Ulf Ekberg tomonidan qoʻshiq yozilgan.
- Jonas Berggren va Ulf Ekberglar produsserlik qilgan.
- Tuff Studiosda qoʻshiq yozib olingan.
Chiqarish tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mintaqa | Sana | Albom |
---|---|---|
Daniya | 7-dekabr 1992-yil | Mega |
Buyuk Britaniya | 1-noyabr 1993-yil | London Records 90 |
Buyuk Britaniya (qayta nashr) | 3-oktyabr 1994-yil | London Records 90 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Masterton, James „Week Ending October 15th 1994“. Chart Watch UK (1994-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 15-sentyabr.
- ↑ 2,0 2,1 „Top 10 Sales in Europe“ (PDF). Music & Media. 10-jild, № 3. 16 January 1993. 16-bet. Qaraldi: 23 February 2018.
- ↑ 3,0 3,1 Pennanen, Timo. Sisältää hitin - levyt ja esittäjät Suomen musiikkilistoilla vuodesta 1972, 1st (fi), Helsinki: Tammi, 2006. ISBN 978-951-1-21053-5.
- ↑ 4,0 4,1 „M-1 Top 40“. M-1.fm (1993-yil 19-sentyabr). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-mart. See LW column.
- ↑ 5,0 5,1 „Íslenski Listinn Topp 40 (14.10.1993 - 20.10.1993)“ (is). Dagblaðið Vísir - Tónlist. Qaraldi: 2018-yil 4-fevral.[sayt ishlamaydi]
- ↑ 6,0 6,1 „Classifiche“ (it). Musica e Dischi. Qaraldi: 2022-yil 29-may. Set „Tipo“ on „Singoli“. Then, in the „Artista“ field, search „Ace Of Base“.
- ↑ „Official Singles Chart Top 100 09 October 1994 - 15 October 1994“. Official Charts Company. Qaraldi: 2020-yil 15-sentyabr.
- ↑ 8,0 8,1 „Eurochart Hot 100“ (PDF). Music & Media. 10-jild, № 39. 25 September 1993. 21-bet. Qaraldi: 24 March 2024.
- ↑ „Eurochart Hot 100“ (PDF). Music & Media. 10-jild, № 2. 9 January 1993. 11-bet. Qaraldi: 24 March 2024.
- ↑ „Ace of Base - Singles of the 90s“. AllMusic. 2021-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-mart.
- ↑ „Picks and Pans Review: The Sign“. People. February 28, 1994. Qaraldi: 2020-11-15.
- ↑ Gundersen, Edna. (April 6, 1994). „Ace of Base: `The Signʼ spells success“. USA Today. Retrieved March 24, 2020.
- ↑ „ON THE RECORD/What's hot in tapes & discs“. The Vindicator. February 13, 1994. Qaraldi: 2020-03-22.
- ↑ „Credits - Matt Broadley“. mattbroadley.com. 2021-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-yanvar.
- ↑ „Ace of Base - Happy Nation (Official Music Video)“. YouTube. 2021-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-avgust.
- ↑ „The ARIA Australian Top 100 Singles – Week Ending 20 Mar 1994“. ARIA. Qaraldi: 2016-yil 27-fevral.
- ↑ Ryan, Gavin. Australia's Music Charts 1988-2010. Mt. Martha, VIC, Australia: Moonlight Publishing, 2011.
- ↑ "Ace of Base – Happy Nation" (olmoncha). Ö3 Austria Top 40.
- ↑ "Ace of Base – Happy Nation" (niderlandcha). Ultratop 50.
- ↑ "Ace of Base – Happy Nation" (fransuzcha). Les classement single.
- ↑ "Ace of Base – Happy Nation" (olmoncha). GfK Entertainment Charts.
- ↑ "Nederlandse Top 40 – Ace of Base" (niderlandcha). Dutch Top 40.
- ↑ "Ace of Base – Happy Nation" (niderlandcha). Single Top 100.
- ↑ "Ace of Base – Happy Nation". VG-lista.
- ↑ "Ace of Base – Happy Nation". Top 40 Singles.
- ↑ "Official Scottish Singles Sales Chart Top 100". Official Charts Company.
- ↑ "Ace of Base – Happy Nation". Singles Top 100.
- ↑ "Ace of Base – Happy Nation". Swiss Singles Chart.
- ↑ „Oops, there was an error! | Haven“.
- ↑ „The RM Club Chart“ (PDF). Music Week, in Record Mirror (Dance Update Supplemental Insert). 6 November 1993. 4-bet. Qaraldi: 13 May 2023.
- ↑ „Jaaroverzichten 1993“ (Dutch). Ultratop. Qaraldi: 2019-yil 28-noyabr.
- ↑ „1993 Year-End Sales Charts“ (PDF). Music & Media. 10-jild, № 51/52. 18 December 1993. 15-bet. Qaraldi: 23 February 2018.
- ↑ „Top 100 Singles – Jahrescharts 1993“ (German). GfK Entertainment. Qaraldi: 2019-yil 27-noyabr.
- ↑ „Single top 100 over 1993“ (Dutch). Top40. Qaraldi: 2010-yil 15-aprel.
- ↑ „Jaaroverzichten - Single 1993“. dutchcharts.nl. Qaraldi: 2019-yil 28-noyabr.
- ↑ 1994 French Singles Chart Disqueenfrance.com (Wayback Machine saytida 20 August 2011 sanasida arxivlangan) (Retrieved 30 January 2009)
- ↑ QOʻLLAB-QUVVATLANMAYDIGAN YOKI BOʻSH HUDUD: Fransiya.
- ↑ QOʻLLAB-QUVVATLANMAYDIGAN YOKI BOʻSH HUDUD: Germaniya.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- "Happy Nation" YouTubeda
- Qoʻshiq MetroLyrics saytida