Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi munozarasi:Berdiyorova Farzona

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xush kelibsiz!

Salom, Berdiyorova Farzona! Vikipediyaga xush kelibsiz! Qoʻshajak hissangiz uchun oldindan rahmat. Umid qilamizki, sizga Vikipediyachi boʻlish manzur boʻlgay! Sizga yordam tariqasida mana bu maqolalar bilan tanishib chiqishni taklif qilamiz:

Iltimos, munozara sahifalarida oʻz fikringizni bildirganingizdan soʻng imzo chekishni unutmang (bu toʻrtta tilda belgisini yozish bilan amalga oshiriladi: ~~~~; bu belgilar avtomatik ravishda sizning ismingiz va sanaga aylantiriladi). Agarda yordamga muhtoj boʻlsangiz, Vikipediya:Forum sahifasiga tashrif buyuring yoki mendan munozara sahifamda sizni qiziqtirgan savolni soʻrang. Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin. Yana bir bor xush kelibsiz! 

Do not speak Uzbek? Click here.

--MalikxanBot aloqa 15:38, 17-Noyabr 2022 (UTC)[javob berish]

Koreya Respublikasining hududlari[manbasini tahrirlash]

Qadimda Koreya yarimoroli ichkaridan tarixiy, geografik va til (dialekt) xususiyatlari bo‘yicha qator norasmiy hududlarga bo‘lingan edi. Ularning ba’zilari eskirgan va kesishadigan hududlar hisoblanadi. Hozirgi vaqtda Koreya Respublikasi uchta katta hududga ajratiladi: Yondon, Yonnam va Sudogvon. Koreyaning sakkiz provinsiyasi nomi hududlar sifatida ham qo‘llaniladi. Berdiyorova Farzona (munozara) 15:38, 11-Dekabr 2022 (UTC)[javob berish]

Choson tashkil topishi va Kyonbok-kun saroyining qurilishi[manbasini tahrirlash]

1392 yili yoz oyining oʼrtalarida 475 yil davom etgan Koryo sulolasi hokimiyati oʼz zavoliga yetib, Choson davlati tashkil topdi. Neokonfutsiy gʼoyalarining tarafdorlari boʼlgan yangi ziyoli zodagonlar va I Son-ge harbiy qoʼmondon oʼrtasidagi ittifoq natijasida I (Choson) qirol sulolasi vujudga kelgan. Yangi sulola vujudga kelganidan soʼng, uning asoschisi I Son-gega Kegyon shahri (Koreya xalq demokratik respublikasi territoriyasidagi hozirgi Keson shahri) oʼrniga yangi poytaxt uchun munosib shahar topish masalasi muammolardan biriga aylandi. Biroq poytaxtni boshqa shaharga koʼchirib oʼtkazish koʼplab eʼtirozlarga duch keldi. Hattoki yangi davlatga asos solgan kuchlar ham bunga tashabbussiz qarashdi, shuning uchun bu jarayon ancha ogʼir va sekin siljirdi. Oxir oqibatda, ikki yillik tortishuvlardan keyin Koryo janubiy poytaxti sifatida XII asrning boshida qurilgan va mamlakatning ikkinchi muhim shahari boʼlgan Xanyan shahriga poytaxt koʼchirildi. Qaror qabul qilinganidan soʼng yangi poytaxt infrastrukturasi qurilmasdan turib, I Son-ge zudlik bilan yangi joyga koʼchib oʼtdi. Kyonbok-kun saroyi, Chonmyo xotira cherkovi va Sachjik milliy sajdagohining qurilishi 1395 yilda tamomlangan edi. Qurilish ishlari juda jadal boʼlganligi tufayli yangi poytaxt Xanson (Xanyan shahrining keyingi yilda boʼlgan nomi) bir yildan soʼng Koryoning sobiq poytaxti Kegyonga shahriga oʼxshab qolgandi. Kyonbok-kun saroyi shunday qurilgandiki, uning togʼ-himoyachisi sifatida shimol (yaʼni fen-shuyga koʼra togʼning va suvning quvvati /energiyasi/ uygʼunlashgan joy) da joylashgan Pegak-san togʼi tanlangan edi. Koryo davrida ham bu yerda saroy qurilgan edi, biroq yangi Kyonbok-kun saroyi sobiq saroydan janubroq joyda tekkislikda barpo etildi. Koryo davrida ham, Choson davrida ham yangi poytaxtni barpo etishda koreyslar anʼanaga koʼra atrofdagi joyning relьefini muhim deb bilishgan, xususan, togʼ tizimini shaharga asos solishda asosiy oʼq sifatida koʼrishgan. Bundan tashqari poytaxtni oʼrab turgan togʼlar shahar qalʼa devorlarini qurish uchun tayanch nuqtalari boʼlgan. Shu sababdan koreys shaharlarining aksariyati tuzilma (sxematik koʼrinishi) nuqtai nazaridan toʼrtburchak yoki simmetrik toʼr (setka) shaklida boʼlmagan, masalan, yapon (Kioto atrofidagi qadimgi shahar qalʼa devori) va xitoy shaharlari singori. Yaponiya va Xitoydagi saroylar odatda shahar markazida yoki bir oz shimolga siljigan holda joylashardi. Choson davridagi Kyonbok-kun saroyi esa notoʼgʼri shakldagi shaharning gʼarbiy tarafiga koʼproq siljigan edi, chunki Pegak-san togʼi ham shaharning gʼarb tomonida joylashgandi. Qurilish uchun joy tanlanayotganda fen-shuy xususiyatlari ham eʼtiborga olinardi. Biroq, Kyonbok-kun saroyi boshqa saroylarga qaraganda tekkislikda qurilgan, shuning uchun bu majmuaning binolari yagona markaziy oʼk printsipiga rioya qilgan holda tartibli boʼlib joylangan.

Choson davridagi saroy madaniyati va Kyonbok-kun saroyi[manbasini tahrirlash]

Choson davrida qirol hokimiyatining qonuniyligi qirolning shaxsiy hokimiyati bilan emas, balki boshqaruvdagi rostgoʼylik va himmat bilan belgilanardi. Oʼsha davrdagi saroy qirol qarorgohi mavqeiga mos keladigan buyuklik darajasida boʼlishi kerak degan fikr boʼlsa ham, hajm boʼyicha haddan tashqari katta va bezatilish nuqtai nazaridan oʼta dabdabali boʼlmasligi kerak edi, aks holda bu halqni meʼyoridan ortiq ekspluatatsiya (ishlatish) qilish hisoblanardi. Choson davridagi saroyning oddiyligi (soddaligi) oʼsha vaqtning ruhini va uning oʼziga xosligini ifodalab turardi.

Saroy bizning oddiy tushunchamizda bu qirol yashaydiga joydir. Biroq, Choson davridagi tarixiy manbalar (xronikalar)ga koʼra saroy kontseptsiyasi keng qamrovli boʼlgan. Saroy nafaqat qirol qarorgohi boʼlib, balki taxtga chiqishdan oldin meroshoʼr shahzodaning yashash joyi, mamlakat boʼylab safar qilayotgan qirolning toʼxtash joyi hamda dafn etilishdan oldin monarx (qirol) jasadi turadigan maqbara joyi boʼlardi. “Saroy” tushunchasi shunday keng maʼnoga ega boʼlsa ham, Choson davrida faqat 5ta rasmiy saroy boʼlgan. Bular Kyonbok-kun, Chxandok-kun, Chxangyon-gun, Kyonxi-gun, Kyonun-gun (yoki Toksu-gun) saroylaridir. Qizigʼi shundaki, mazkur saroylar bir vaqtning oʼzida faqatgina 10 yil mobaynida yonma-yon boʼlib kelgan. Imchjin urushigacha (1592-1598) faqat Kyonbok-kun, Chxandok-kun va Chxangyon-gun saroylari qurilib, ulardan foydalanilgan, Imchjin urushidan keyin esa bosh saroylar sifatida Chxandok-kun, Chxangyon-gun va Kyonxi-gun saroylaridan foydalanishgan.

Аytib oʼtish kerakki, Kyonun-gun (Toksu-gun) Choson sulolasining saroyi emas, balki keyinchalik 1897 yilda Koreyani imperiya deb eʼlon qilish uchun barpo etilgan joy boʼlgan. Choson daridagi saroylarning bir nechta boʼlishiga qaramay, Kyonbok-kun saroyi qirol sulolasi saroyi sifatida alohida mavqega ega boʼlib, Choson davlatining doimiy ramzi boʼlgan. Berdiyorova Farzona (munozara) 15:47, 11-Dekabr 2022 (UTC)[javob berish]

Kyonbok-kun saroyining ahamiyati[manbasini tahrirlash]

Choson davlati yetakchi mafkura (ideologiya) sifatida neokonfutsiylik (yoki chjusianlik)ni qabul qilgan. Bu mafkura inson tabiatdan koʼngilchan (mehribon) boʼlishiga va tabiatning etik qonunlariga asoslangan edi. Unda insonning ichki dunyo muammolari alohida ahamiyatga ega boʼlib, uning tashqi koʼrinishiga emas, balki ezgulikligi va yaxshiligiga koʼproq urgʼu berilardi. Shuning uchun ham Choson davridagi boshqaruv qirolning shaxsiy hoqimiyati bilan emas, balki boshqaruvdagi halollik, vijdonlik va ezgulik tushunchalari bilan belgilanib kelgan. Kyonbok-kun saroyining loyihalashtiruvchi va meʼmorchisi (arxitektori) neokonfutsiylik tarafdori va saroy amaldori Chon Do-chjon boʼlgan. U saroy binolariga bergan nomlar qirolning yuksak hokimiyatidan dalolat berib turardi.

Kyonbok-kun saroyida uchta asosiy bino mavjud: qirolning yotoqxonasi – Kannyon-chjon, odatda qirol oʼz vaqtini oʼtkazadigan kabinetga oʼxshash shaxsiy xonalari – Sachjon-chjon va toj zali (katta xona) – Kыnchjon-chjon.

Kannyon-chjon binosi qirol dam oladigan va uxlaydigan joy edi. Chon Do-chjon hisoblardiki, aynan yotoqxonada qirol oʼz xissiyot va tuygʼularini nazorat ostida ushaydi. “Kannyon” soʼzi “tinchlik, rohat” maʼnosini bildirib, beshta “baxt-saodat”dan bittasidir. Chon Do-chjon taʼkidlardiki, qirol yotoqxonada yolgʼiz qolib, aynan oʼsha yerda “fikrlaridan ozod boʼlib”, boʼshashadi va hissiyotlarini idora qila oladi.

“Niyatlarning (fikr va iroda) samimiyligiga erishish” va “qalbni toʼgʼrilash” – qadimiy xitoy “Da syue” (“Yuksak taʼlimot”) devonining “sakkizta asoslari”dan ikkitasidir. Qolgan asoslar bu: “narsalarni aniqlash (tasnifi)”, “bilimlarni yakuniga yetkazish”, “oʼz shaxsini takomillashtirish”, “oilani toʼgʼrilash”, “ davlatni tartibga keltirish” va “samo tagidagi (yaʼni yerdagi) muvozanatni saqlash”. Qirol yotoqxonada “niyatlarning (fikr va iroda) samimiyligiga erishadi” va “qalbni toʼgʼrilaydi”, kabinetda esa “narsalarni aniqlaydi” va “bilimlarni yakuniga yetkazadi”. Bu yerda “narsalarni aniqlash (tasnifi)” va “bilimlarni yakuniga yetkazish” deganda inson narsalar haqida doim fikrlab, ularni oʼrganadi va bilimga erishadi deb tushuniladi. Qirol bilimlarga saroy amaldorlari bilan uchrashuvlar va maxsus maʼruzalarni tinglash orqali erishardi, shuning uchun doimo “chuqur oʼylash, fikrlash” sodir boʼladigan joyni Sachjon-chjon deb nomlashgan (bino nomidagi “sa” negizi “oʼylamoq, fikrlamoq” maʼnosini bildiradi). Faqatgina chuqur fikrlash bilimlar va siyosat asosi boʼladi, shuning uchun Sachjon-chjon – “chuqur fikrli boshqaruv uyi”dir. “Da syue”ga asosan “komil shaxs boʼla turib” qirol “davlatni tartibga keltiradi” va “erdagi muvozanatni saqlaydi”, bularni amalga oshirish uchun esa Kыnchjon-chjon tojxonasi xizmat qiladi. Tojxonaning nomi “Mehnatsevar boshqaruv uyi” maʼnosini anglatib, barcha ishlarda qiroldan alohida qunt, gʼayrat va mehnatni talab qilinardi. Qirolning mehnatsevarligi va qunti barcha narsalarga aralashishda emas, balki qobiliyatli insonlarni aniqlab, ularga toʼgʼri keladigan topshiriqlarni berishda namoyon boʼlardi. Berdiyorova Farzona (munozara) 15:51, 11-Dekabr 2022 (UTC)[javob berish]

Kyonbok-kun saroyi baxtsizliklari[manbasini tahrirlash]

Chon Do-chjon oxirida butun saroy uchun nom topib, uning maʼnosiga qirol munosib hukmdor boʼlishi va qirol sulolasining boshqaruvi uzulmasligi tilagini solgandi. Biroq saroy qurilganidan soʼng hech qancha vaqt oʼtmay, uning mavqei tahdidga uchrab qoldi. Taxt merosxoʼri xususidagi tortishuvlar tufayli boʼlgan qoʼzgʼolonlar vaqtida poytaxt Kegyonga qoʼchirildi, soʼng yana Xansonga qaytarildi va Kyonbok-kun saroyidan sharq tomonda yangi Chxandok-kun saroyi qurildi. Rasman Kyonbok-kun saroyi Choson (I) qirol sulolasining qarorgohi boʼlib qolishiga qaramay, qirol Txechjon (1400 – 1418) davrida bu saroy deyarli boʼsh boʼlardi.

Qirol Sechjon davrida fen-shuy gʼoyalari haqida koʼplab bahslar avj ola boshladi. Xususan taʼkidlanardiki, poytaxt himoyachisi (qoʼriqchisi) Pegak-san togʼi emas, balki Chxandok-kun atrofida joylashgan togʼ tizimi. Poytaxning joylashishi haqida har xil munozaralar va Kyonbok-kun saroyi haqiqatdan ham eng yaxshi joyda qurilganmikin degan shubhalar paydo boʼla boshladi. Qirol Sechjon davrida bunday bahslar taʼqiqlanar edi, lekin 1598 yilda Imchjin urushidan keyin bu shubhalar yanada koʼpayib, jamiyatning barcha qatlamlariga tarqalib ketdi.

Yangi davlatga asos solinganiga 200 yildan keyin boshlangan Imchjin urushi Choson sulolasi boshiga tushgan birinchi katta baxtsizlik edi. Kyonbok-kun saroyi va Xansondagi boshqa saroylar kulga aylandi. Kvanxegun davrida poytaxt saroylari asta-sekin qayta tiqlana boshlandi, ammo Kyonbok-kun saroyi hamon vayron boʼlib turgandi. Kvanxegun Kyonbok-kun saroyini qayta tiklashni rejalashtirgan edi, lekin saroy munosib boʼlmagan joyda qurilganligi haqida mish-mishlar uni qayta tiklanishini orqaga surib boraverardi. Berdiyorova Farzona (munozara) 15:56, 11-Dekabr 2022 (UTC)[javob berish]

Kyonbok-kun saroyi Choson davlatining ramzi[manbasini tahrirlash]

Imchjin urushi paytida yongʼindan ziyon koʼrgan Kyonbok-kun saroyi 1860-yillarda qayta tiklash ishlari boshlanguncha deyarli 200 yil boʼsh boʼlib turdi. XVIII asr davomida baʼzi qirollar Chosonga asos solgan oʼz ajdodlarini ehtirom qilib, saroy hududida tantanali tadbirlarni oʼtkazib turishardi. Qirol Kochjon taxtga chiqqan vaqtdan saroyni qayta tiklashni boshladi, uning otasi shaxzoda-regent Xыnson-tevongun esa XIX asrdagi feodalizm inqirozi tufayli yoʼqotilgan qirol hokimiyatining buyukligini qaytarishga urinib koʼrdi. Biroq Kochjon tashabbusi bilan qayta tiklangan saroy hajmi ham uning buyukligi ham Txechjon davridagi saroydan ancha farq qilardi. Bundan tashqari, Kochjon hukmdor etib eʼlon qilinishidan bir oz avval, yaʼni u voyaga yetgan 1874 yilda, Kyonbok-kun saroyi majmuasining bir qismidan Konchxon-gun deb nomlangan “saroy ichida saroy”ni oʼzi uchun barpo etdi. Konchxon-gunda yashayotgan Kochjonning hayotida 1895 yilda baxtsiz voqea roʼy berdi – uning rafiqasi Myonson-xvanxu (yoki qirolicha Min) yaponlar tomonidan oʼldirildi. Shundan keyin qirol Rossiya diplomatik missiyasidan panoh soʼrab, bir necha shoshilinch siyosiy qarorlar chiqardi, xususan Koreyani imperiya deb eʼlon qilgani va shu bilan boshqa saroyga qaytmadi.

Yaponiyaning kolonial boshqaruvi davridan boshlab saroy tarixida eng mudhish davr boshlandi. 1920-yillarning oʼrtalarida saroy hududida yapon general-gubernatorining binosi qurilganligi yapon mustamlakachiligi gʼalabasi boʼldi. Bu bino saroy majmuasining old qismida tojxona oldida qurilgan boʼlib, Choson davridagi saroyni toʼsib qoʼygandi.

Аytish kerakki, Kyonbok-kun saroyi hech qachon eng sevimli saroy boʼlmagan. Uning boshqa saroylarga qaraganda tuzilishi juda tartibli edi, shu tartiblik odamlarda qandaydir yoqimsizlikni bildirardi, shuning uchun hozirda ziyoratchilar Chxandok-kun saroyini afzal koʼrishadi.

Shunga qaramasdan, Kyonbok-kun saroyi I (Choson) sulolasining moddiy asosi va 500 yil davomidagi Choson davlatining ramzi boʼlib hisoblanadi. Bu nuqtai nazardan saroy hududida yapon general-gubernatori binosining qurilishi shak-shubhasiz vahshiylarcha harakat deb tushunilardi. Biroq, 1990-yillarda saroyni qayta tiklash vaqtida ushbu binoni buzib tashlash ham shubhasiz qaror emasligi aniq. Koreya tarixida mustamlakachilik davri achchiq xotiralaridan xalos boʼlishni istagan jamiyatning talabiga javob dalilini inkor qilib boʼlmaydi. Shuning uchun Kyonbok-kun saroyining sobiq ulugʼvorligini qayta tiklash loyihasi shubhasiz oʼta zarur va ahamiyatli tadbir. Berdiyorova Farzona (munozara) 15:57, 11-Dekabr 2022 (UTC)[javob berish]