Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi munozarasi:FarhodShaymanov

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, FarhodShaymanov!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy

--Amir.Temur (munozara) 17:49, 8 iyul 2013 (UTC)

Salom! Yordam sahifalarida Example.com misol qatorida berilgan. Misol.com deb mavzuga aloqasi bor saytlarni oʻquvchilar eʼtiboriga havola qilish mumkinligi nazarda tutilgan. Masalan, elektrogitara haqidagi maqolada „Elektrogitaraning rivojlanishi“ degan sayt havola qilingan. Maqolalarga misol.com deb yozishdan nima foyda? Shayx Xalifa xalqaro stadioni haqidagi maqolaga shu stadionning rasmiy saytini havola qilish mumkin. Nataev munozara 09:00, 23 oktabr 2013 (UTC)

FIFA 2013 U-17 Jahon chempionati

[manbasini tahrirlash]

Assalomu alaykum hurmatli FarhodShaymanov! Qoʻlingiz dard koʻrmasin, qoʻshayotgan hissangiz hurmatga loyiq. Lekin siz U-17 oʻsmirlari oʻrtasidagi Jahon chempionati 2013 degan maqola nomini FIFA 2013 U-17 Jahon chempionati deb qayta nomlabsiz, shuning sababini aytasizmi? -- Amir.Temur (munozara) 20:31, 9 noyabr 2013 (UTC)

uff.uz saytlarida shunday yozilgandi, men shuning uchun qayta nomlagandim --Amir.Temur (munozara) 22:09, 9 noyabr 2013 (UTC)

RE:German Rorshax? yoki Hermann Rorschach?

[manbasini tahrirlash]

Vikipediya:Maqolalarni nomlash sahifasiga qarang. Yozuvi lotin grafikasiga asoslangan tillarning koʻpida lotin yozuvida yozilgan ismlar tarjima qilinmaydi (masalan, Hermann Rorschach), chunki a) atoqli otlar tarjima qilinmaydi; b) bir yozuvdan yana shu yozuvga transliteratsiya qilinmaydi. Turklar "Hermann Rorşah", inglizlar "Herman Rorshack" deb yozishmaydi. Oʻzbekcha Mirjalol Qosimov ismining boshqa tillarda yozilishiga qarang (bu yerda); eʼtibor qiling, inglizlar "Meerdzhalyal Kasymov", olmonlar "Mirdschalal Kasymoff" deb yozishmaydi, balki asli qanday boʻlsa, shundayligicha yozishmoqda. Atoqli ot asli boshqa yozuvda (kirill, arab, xitoy) boʻlsa, unda lotinchaga oʻgirish kerak, albatta. Abdulla munozara 08:34, 2 dekabr 2013 (UTC)

Braziliya shaharlari

[manbasini tahrirlash]

Salom! Sizdan bir iltimos oʻzingiz qoʻshgan Braziliya shaharlarini Portu-Alegri kabi tahrirlab chiqsangiz nur ustiga aʼlo nur boʻlardi. Hurmat bilan -- Amir.Temur (munozara) 12:43, 15 dekabr 2013 (UTC)

Salom! Munozara yozib boʻlganingizdan keyin imzo sifatida ~~~~ bunday belgini qoʻyasiz, shunda avtomatik ravishda loginingiz yoziladi.-- Amir.Temur (munozara) 09:55, 16 dekabr 2013 (UTC)

Salom! Sizdan bir iltimos, qoʻshayotgan maqolangizga manbani ham keltirsangiz yaxshi boʻlardi --Amir.Temur (munozara) 12:40, 28 dekabr 2013 (UTC)

Ozodlik radiolsi bilan intervyu

[manbasini tahrirlash]

Salom FarhodShaymanov! Vikipediyamizning faol foydalanuvchilaridan birisiz. Bu albatta tahsinga sazovor. Shunday davom etasiz degan umiddamiz.

Ozodlik radiosi muxbirlari fevral oyidan beri faol Vikipediyachilardan intervyu olib kelyapti. Shu kungacha olingan intervyular bilan mana bu yerda (yoki mana bu yerda) tanishishingiz mumkin. Siz ham intervyu berishni xohlamaysizmi? Istasangiz suhbat davomida asl ismingizni oshkor qilmaysiz, faqat Vikipediyadagi loginingizni aytasiz. Bunday intervyular Vikipediyamizga koʻproq faol jalb qilishda yordam beradi. Javobingizni kutaman.

Yana bir masala. Bizda Vikipediyachilar uchun yaxshi bir aloqa vositasi bor. Bu Skype konferensiyadir. Istasangiz shu konferensiyaga qoʻshiling. Nataev munozara 05:53, 13 mart 2014 (UTC)

Salom FarhodShaymanov ! UzWikiga qo'shayotgan hissangiz uchun rahmat. Sportga oid maqola va tahrirlar ko'pligi sabab, sizga murojat qilmoqdaman. UzWikida Loyiha:Sport Loyihasi mavjud. Ushbu Loyihada ishtrok etishni taklif qilmoqchiman. Loyihani yangilash, qizil ranglardagi maqolalarni "ko'kartirish" lozim))).

Keyin, maqolalar yozayotganizda

qo'shishni ham unutmang. Bu siz yozgan maqolani o'quvchilar qidirib o'qishida foydali.

Rahmat, kelgusi ishlarizda rivoj! MrErgashev (munozara) 05:37, 1-Aprel 2014 (UTC).

Salom! Maqolalarda havola sifatida maqola mavzusida koʻproq maʼlumot olsa boʻladigan onlayn resurslarga link qoldiriladi. Masalan, maqola biror kompaniya haqida boʻlsa oʻsha kompaniyaning rasmiy saytiga boʻlgan linkni havola sifatida qoʻshish mumkin. Siz qoʻshgan www.example.com ning umuman foydasi yoʻq. Bu shunchaki misol. www.misol.com degani. Unaqa sayt yoʻq! Bor boʻlganida ham har qanaqa maqoladan unga link qoldirish ahmoqlik boʻlardi. Iltimos, maqola yaratganda shu maqolaning boshqa tillardagi versiyalarida berilgan havolalarni qoʻshing. Yoki umuman havola qoʻshmang. Hamma yoqni bosib ketdi www.misol.com. Nataev munozara 08:32, 30-may 2014 (UTC)

Haliyam tushunmadingizmi? Bu uchinchi marta yozishim bu mavzuda. Bilmadim sizga qanday qilib tushuntirish kerak. Nataev munozara 05:21, 8-iyun 2014 (UTC)
Xizmatlaringiz uchun
Hurmatli FarhodShaymanov! Oʻzbekcha Vikipediyaga qoʻshayotgan hissangiz, xususan futbolga oid maqolalar yaratayotganingiz uchun sizni shu yulduz bilan taqdirlashga ijozat bergaysiz. Xayrli va foydali ishingizni davom ettirasiz, deb umid qilaman. Abdulla munozara 10:32, 2-iyun 2014 (UTC)

Oʻzbekiston Ordeni

[manbasini tahrirlash]
Futbol haqida tahrirlaringiz va xizmatlaringiz uchun
Hurmatli Farhod Shaymanov! Oʻzbekcha Vikipediyada Futbol haqida maqolalarni yaratayotganingiz, tahrirlaganingiz va Futbol haqidagi maqolalarni mukammallashtirishga harakat qilayotganingiz uchun sizni shu orden bilan taqdirlashga qaror qildim. Shu zaylda davom eting! Ishlaringizga omad! StatisksExpert (munozara) 17:51, 3-iyun 2014 (UTC)

Skype konferensiya

[manbasini tahrirlash]

Salom, FarhodShaymanov! Oʻzbekcha Vikipediyaga qoʻshayotgan salmoqli hissangiz uchun katta rahmat! Bizda vikipediyachilar uchun yaxshi bir aloqa vositasi bor. Bu Skype konferensiyadir. U yerda har qanaqa savolga tez javob olishingiz mumkin. Istasangiz shu konferensiyaga qoʻshiling. Nataev munozara 07:20, 28-Fevral 2015 (UTC)

Birlashtirish

[manbasini tahrirlash]

Salom! Birinchi Liga 2015 maqolasi mavjud ekan. Nomi toʻgʻrimi? Siz yaratgan Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Oliy ligasi 2015 maqolasi ham aynan shu mavzudami? Shunday boʻlsa ikkala maqolani birlashtirish kerak. Nataev munozara 04:03, 16-Mart 2015 (UTC)

Mehnatlaringiz uchun
Hurmatli FarhodShaymanov! Oʻzbekcha Vikipediyaga qoʻshayotgan hissangiz bebaho! Futbolga oid yaratayotgan va mukammallashtirayotgan maqolalaringiz tahsinga loyiq. Rus tilidagi «кропотливая работа» soʻzi aynan sizning ishlaringizga tegishli. Hormay-tolmay yuring! Ishlaringizga omad yor boʻlsin! Hurmat bilan — Farsizabon (munozara) 08:49, 18-May 2015 (UTC)

Fikr bildiring

[manbasini tahrirlash]

Salom hurmatli FarhodShaymanov! Ushbu sahifada yaxshi maqolaga yangi nomzod paydo boʻldi. Iltimos, ushbu sahifada oʻz fikringizni bildirsangiz. Oldindan rahmat! Hurmat bilan --Farsizabon (munozara) 11:51, 29-May 2015 (UTC)

Можете проверить и исправить ошибки?--Kaiyr (munozara) 12:57, 1-Iyun 2015 (UTC)

Hi! Could you please translate this into Uzbek? It is for the welcome page at the Ido Wikipedia.

Добро пожаловать в раздел Википедии на языке идо! Идо известен как развившийся из эсперанто международный плановый язык. Он был принят в 1907 г. в результате работы специального комитета учёных и лингвистов.

Даже если вы только обучаетесь идо, мы приветствуем ваши статьи, написанные для этого раздела. Не тревожьтесь об ошибках! Если вы не уверены в своей грамматике, то поместите в вашу статью следующий шаблон: {{revizo}} — ваши ошибки обязательно кто-нибудь исправит!

Официальный сайт идо расположен здесь. Словарь здесь. О Википедии можно узнать больше здесь. А здесь вы узнаете об идо больше на русском языке.

Thanks for your help and if you want to get any text translated into Spanish, Catalan, Galician, Portuguese or Ido, do not hesitate to ask me. --Katxis (munozara) 07:38, 4-Oktabr 2015 (UTC)

Salom hurmatli FarhodShaymanov! Administratorlikka yangi nomzod paydo boʻldi. Iltimos, mana bu yerda oʻz fikringizni bildirsangiz. Ovozingiz loyiha uchun muhim. Hurmat bilan --Farsizabon (munozara) 07:33, 28-Mart 2016 (UTC)

Salom. Mana bu yerda administratorlikka yangi soʻrov boʻlmoqda. Iltimos, fikringizni bildiring. --Farsizabon (munozara) 14:31, 26-Aprel 2016 (UTC)