Foydalanuvchi munozarasi:Kamolaxon Qodirova
Xush kelibsiz
[manbasini tahrirlash]Salom, Kamolaxon Qodirova! Vikipediyaga xush kelibsiz! Qoʻshajak hissangiz uchun oldindan rahmat. Umid qilamizki, sizga vikipediyachi boʻlish manzur boʻlgay! Sizga yordam tariqasida mana bu maqolalar bilan tanishib chiqishni taklif qilamiz:
- Vikipediyaning besh ustuni
- Qisqa dars
- Maqola qanday yoziladi?
- Yordam sahifasi
- Sinov tahrirlari uchun sahifa
Iltimos, munozara sahifalarida oʻz fikringizni bildirganingizdan soʻng, imzo chekishni unutmang (bu toʻrtta tilda belgisini yozish bilan amalga oshiriladi: ~~~~; bu belgilar avtomatik ravishda sizning foydalanuvchi nomingiz va sanaga aylantiriladi). Agarda yordamga muhtoj boʻlsangiz, munozara sahifangizga {{yordam kerak}}
ni qoʻshing yoki mendan munozara sahifamda sizni qiziqtirgan savolni soʻrang. Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.
Yana bir bor xush kelibsiz! Malikxan munozara 19:00, 11-Iyun 2022 (UTC)
Kishi ismlari
[manbasini tahrirlash]Avvalambor, qoʻshayotgan hissangiz uchun tashakkur! Sizdan iltimos qilardimki, asli lotin yozuvida yoziladigan kishi ismlarini translit qilmang (VP:Maqolalarni nomlash sahifasi bilan tanishib chiqing). Masalan, Albert Eynshteyn emas, Albert Einstein. Yaqinda yaratgan Alexander Vlahos maqolangizni koʻrdim, yaxshi, nomini yuqorida aytib oʻtganlarimga rioya qilgan holda nomlagansiz. Ammo, maqola ichida kelgan barcha asli lotin yozuvida yoziladigan kishi ismlarini aslidek qilib yozishingiz kerak. Bu gaplar Halsey maqolangizga ham tegishli. Keyin, qoʻshiq nomlarini tarjima qilmang, tarjima qilgan taqdiringizda ham qoʻshiqning asl nomidan soʻng, qavs ichida uni keltiring. Msl, „Colors“ („Ranglar“), deb. Xuddi shunday, film nomlari ham rasmiy tarzda oʻzbek tiliga oʻgirilmagan boʻlsa, asl nomini yozing (istasangiz, yuqorida aytganimdek, tarjimasini qavs ichida keltirishingiz mumkin). Imkon boricha shu kabi xatolarni tuzatib chiqing. Savollaringiz boʻlsa, bemalol soʻrang. Yoqimli tahrirlar tilayman! Malikxan munozara 19:00, 11-Iyun 2022 (UTC)
- Katta rahmat Kamolaxon Qodirova (munozara) 10:52, 12-Iyun 2022 (UTC)
Disambig
[manbasini tahrirlash]Salom. Iltimos, maqola yaratganingizda shunday nomli maqola mavjud boʻlmasa, disambig qoʻshmang. Misol uchun, Arcane (teleserial) emas, Arcane deb nomlashning oʻzi kifoya. Malikxan munozara 14:10, 1-Iyul 2022 (UTC)