Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi munozarasi:Kenjayevabarno

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Kenjayevabarno!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy
Programmer (munozara) 05:47, 22-May 2024 (UTC)

Yangi maqolalar yuzasidan

[manbasini tahrirlash]

Salom hormang! Siz yaratayotgan Mushuk go'shti. va Kuban davlat universiteti. maqolalarida yetarlicha kamchiliklar mavjud. Maqoladan keyin nuqta qoʻyilmaydi, toʻgʻri nomlashni oʻrganing Nomlash boʻyicha qoidalar bilan tanishib chiqing, keyin maqolada avtomat tarjima alomatlarini kamaytirishi kerak:

  • Tashqi bogʻlar emas→Havolalar
  • Maʼlumotnomalar emas→Manbalar

Yoqimli tahrirlar — Axadjon1 (munozara) 08:16, 24-May 2024 (UTC)

rahmat Kenjayevabarno (munozara) 09:33, 24-May 2024 (UTC)

„Ilia Topuria“ sahifasi tezda oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi

[manbasini tahrirlash]

Siz tomoningizdan yaratilgan „Ilia Topuria“ sahifasi tezda oʻchirish mezonlariga („M2: Tuzatib boʻlmas mashina tarjimasi“) binoan oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi, chunki sahifa hozirgi holatida oʻzbekcha Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga mos kelmaydi. Tajriba oʻtkazayotgan boʻlsangiz, itlimos, qumloq sahifasidan foydalaning.

Agar sahifani oʻchirish kerak emas, deb oʻylasangiz, oʻz fikringizni sahifa munozara sahifasida qoldiring.

Savollaringiz boʻlsa, tortinmasdan munozara sahifamga yozing. Rahmat! Hasan Xamidovich (munozara) 09:10, 24-May 2024 (UTC)

„APL“ sahifasi tezda oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi

[manbasini tahrirlash]

Siz tomoningizdan yaratilgan „APL“ sahifasi tezda oʻchirish mezonlariga („M2: Butkul oʻzbekcha boʻlmagan maqola, U2: Test sahifa“) binoan oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi, chunki sahifa hozirgi holatida oʻzbekcha Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga mos kelmaydi. Tajriba oʻtkazayotgan boʻlsangiz, itlimos, qumloq sahifasidan foydalaning.

Agar sahifani oʻchirish kerak emas, deb oʻylasangiz, oʻz fikringizni sahifa munozara sahifasida qoldiring.

Savollaringiz boʻlsa, tortinmasdan munozara sahifamga yozing. Rahmat! Hasan Xamidovich (munozara) 11:56, 24-May 2024 (UTC)

Avtomat tarjimon yordamida qilayotgan maqolalarizdagi xatoliklar

[manbasini tahrirlash]

Salom. Siz tomondan avtomat tarjimon orqali chop etilgan va oʻchirishga berilgan Ilia Topuria nomli maqolaning oʻchirishga berilishiga sabab boʻlgan xatolar haqida maʼlumot bermoqchi edim. Keyingi tarjimalaringizda bu xatoliklarni qilmaslikda yordami tegar degan umiddaman.

Maqola kirish qismidagi xatoliklar:

  • Maqola nomidan keyingi qavs ichida berilgan sanada tashlab ketilgan chiziqchalar va qavs ichida faqatgina sana berilishi kerak yaʼni tugʻilgan soʻzi bu joyda keraksizdir. (21 yanvar 1997 yilda tugʻilgan) emas balki (1997-yil 21-yanvar)
  • Bir inson haqida millati yoki fuqoroligi haqida maʼlumot berish mumkin. Masalan Alisher Usmonov rossiyalik (bu uning fuqoroligi) oʻzbek (bu esa uning millati) tadbirkori. Siz qilgan tarjimada esa na sportchining millati haqida na fuqoroligi haqida maʼlumot bergansiz. Enwikidagi maqolasidan kelib chiqsak, ispan-gruzin degan maquldek tuyuldi menga.
  • ...raqobat olib bormoqda!? Menimcha, buning oʻrniga jang olib bormoqda desak yaxshiroq chiqadi.

Agar maqolaning oʻchirilmasligini istasangiz shular va shu kabi tarjima bilan bogʻliq xatoliklar ustida ishlashingiz kerak. ANJANIY#gurung 14:08, 24-May 2024 (UTC)

rahmat kattakon.yangi tarjima maqolalarimda bu kamchiliklarga yo'l qo'ymaslikka harakat qilaman albatta. Kenjayevabarno (munozara) 10:22, 25-May 2024 (UTC)

Siz tomoningizdan yaratilgan „Kuban davlat universiteti“ sahifasi tezda oʻchirish mezonlariga („M2: Tuzatib boʻlmas mashina tarjimasi“) binoan oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi, chunki sahifa hozirgi holatida oʻzbekcha Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga mos kelmaydi. Tajriba oʻtkazayotgan boʻlsangiz, itlimos, qumloq sahifasidan foydalaning.

Agar sahifani oʻchirish kerak emas, deb oʻylasangiz, oʻz fikringizni sahifa munozara sahifasida qoldiring.

Savollaringiz boʻlsa, tortinmasdan munozara sahifamga yozing. Rahmat! Hasan Xamidovich (munozara) 14:34, 25-May 2024 (UTC)

masalan siz menga aniq faktlar bilan yani qaysi joyida xatoligi bilan ayta olaszmi.faqat o'chirish kere menimcha juda yaxshi yoritilgan.
agar nimadir deb fikr bildirsez izohi bilan qoldiring ho'p.albattta inobatga olaman.Ha keyin men maqolachi emasman.Men tanlov uchun va oozgina bo'lsa ham wikipediaga yordamim tegishi uchun yazayapman. Kenjayevabarno (munozara) 06:13, 26-May 2024 (UTC)

Siz tomoningizdan yaratilgan „Kuban davlat universiteti.“ sahifasi tezda oʻchirish mezonlariga („M8: Avvaldan mavjud maqolaning nusxasi boʻlgan maqola“) binoan oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi, chunki sahifa hozirgi holatida oʻzbekcha Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga mos kelmaydi. Tajriba oʻtkazayotgan boʻlsangiz, itlimos, qumloq sahifasidan foydalaning.

Agar sahifani oʻchirish kerak emas, deb oʻylasangiz, oʻz fikringizni sahifa munozara sahifasida qoldiring.

Savollaringiz boʻlsa, tortinmasdan munozara sahifamga yozing. Rahmat! MrShaxas #Munozaracha 20:25, 26-May 2024 (UTC)

BU QANDAY O'CIRILADI. Kenjayevabarno (munozara) 07:37, 27-May 2024 (UTC)