Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi munozarasi:Anjaniy

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
   Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Anjaniy!
Birinchi qadam Vikipediya ishtirokchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Muhokama sahifalarida shunday imzo qoʻyish mumkin
Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda belgisi bilan (~~~~) yoki unsurlar darchasidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda taxallusni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Ishtirokchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi! Batafsil koʻring — Vikipediya:Mualliflik huquqlari.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa ishtirokchilarni xabardor qilish uchun matn boshiga {{subst:L}} soʻzini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{helpme}} soʻzini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi?
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy

HusniddinRasulov(munozara) 17:07, 25-Fevral 2023 (UTC)

Rahmat. Anjaniy (munozara) 09:59, 3-Mart 2023 (UTC)

Maqola mavzusi

[manbasini tahrirlash]

Salom, Vikipediya Konstitutsiya moddalarini yozadigan joy emas. Agar qiziqsangiz shaxsiy blog yuritishni maslahat beraman Laziz Baxtiyorov (munozara) 14:02, 9-Mart 2023 (UTC)

Ok, rahmat! Anjaniy (munozara) 14:11, 9-Mart 2023 (UTC)

Ogohlantirish

[manbasini tahrirlash]

Salom, Vikipediyaga hissa qo‘shayotganingiz uchun tashakkur. Ammo siz maqolalar manbasida ularning sarlavhasini ham tarjima qilgansiz. Bu esa joriy qoidalarga ziddir. Agar manba bo‘yicha qidirishga to‘g‘ri kelsa, siz bergan sarlavhada maqola topilmasligi turgan gap. Yaratgan maqolalaringizdagi ushbu xatoliklarni to‘g‘rilashingiz, yangi tarjimalar hamda maqola yaratish jarayonida shu kabi xatoliklardan saqlanishingiz kerak. Shu tarzda davom etsangiz, tartibga ko‘ra bloklanasiz. Kamol Azzam (munozara) 12:04, 17-Mart 2023 (UTC)

Aha tushunarli. Qaytarilmaydi. Ogohlantirish uchun rahmat. Anjaniy (munozara) 06:07, 24-Mart 2023 (UTC)

Amerikalik film

[manbasini tahrirlash]

Amerikalik film emas, Amerika filmi yoki AQSh filmi bo'lishi kerak. vikichizar💬 05:04, 30-Mart 2023 (UTC)

Rahmat. Tushunarli. Anjaniy (munozara) 05:14, 30-Mart 2023 (UTC)

Oxirgi ogohlantirish

[manbasini tahrirlash]

Maqolani xato nomlashda va avtomat tarjimalarni tuzatmaslikda davom etyapsiz. Bu holat yana takrorlansa, bloklanasiz. Umarjon Rahimov (munozara) 14:05, 16-Aprel 2023 (UTC).

Rahmat. Tushunarli. Anjaniy (munozara) 17:29, 16-Aprel 2023 (UTC)

Soʻrovnomada qatnashing!

[manbasini tahrirlash]

Salom! Mana bu sahifada administratorlik bayrogʻini qabul qilib olish uchun nomzodimni qoʻygan edim. Iltimos, soʻrovnomada oʻz ovozingiz bilan ishtirok etsangiz! Hurmat bilan, Salazarov 18:10, 9-Iyun 2023 (UTC)

Salom. Bu maqolada plagiat juda yuqori. Kamaytirishga urinib ko'ring. Salazarov 20:02, 12-Iyun 2023 (UTC)

Assalomu alaykum, Anjaniy. Sahifa yaratayotganda yoki tahrirlayotganda modifier letter turned comma (‘) ni emas, left single quotation mark (ʻ) ni ishlating. Bu haqda batafsil Vikipediya:Imlo va grammatika#Oʻ va Gʻ harflari hamda tutuq belgisi sahifasidan tanishib chiqishingiz mumkin.
Siz yaratgan Turkum:O‘zbek so‘fiylari turkumini Turkum:Oʻzbek soʻfiylari ga koʻchirib qoʻydim. Muzaffar Murodovichmunozara 06:52, 1-Iyul 2023 (UTC)

Tushunarli. Hoʻp, rahmat. ANJANIY!!#suhbat 11:49, 1-Iyul 2023 (UTC)

Salom! Bu nima yoki nimasi boʻlsa endi? — Kagansky munozara 21:32, 1-Iyul 2023 (UTC)

Salom. Zarafshon loyihasi doirasida yaratilgan maqola. Qandaydir xatolik bormi?ANJANIY!!#suhbat 04:03, 2-Iyul 2023 (UTC)
Bu bino madrasa emas masjid. Hozirda ham faoliyat yuritadi. — Kagansky munozara 06:56, 12-Iyul 2023 (UTC)

Status uchun ovoz bering!

[manbasini tahrirlash]

Assalomu alaykum. „Xushsifat maqola“ statusi uchun nomzodlikka qoʻyilgan Saidjamshid Jafarov maqolasini koʻrib chiqib, mana bu sahifada o'z fikringizni bildirgan holda ovoz berish jarayonida qatnashishingizni so'rayman! Hurmat bilan, Xasanboy off (munozara) 04:01, 3-Iyul 2023 (UTC)

  • Assalomu alaykum. XM statusi uchun nomzodlikka qoʻyilgan Chayon zarbasi maqolasini koʻrib chiqib, mana bu sahifada o'z fikringizni bildirgan holda ovoz berish jarayonida qatnashishingizni so'rayman! Hurmat bilan, Hasan Alimov (munozara) 05:08, 27-Iyul 2023 (UTC)

Xushsifat maqola nomzodi

[manbasini tahrirlash]

Assalomu alaykum. Mana bu yerda xushsifat maqola uchun nomzod koʻrsatilgan. Ovoz berishda faollikka chaqiraman. Hurmat bilan, Mrjavokh1r (munozara) Mrjavokh1r (munozara) 22:34, 29-Iyul 2023 (UTC)

Tanlangan maqola uchun nomzod

[manbasini tahrirlash]

Assalamu alaykum xurmatli faol foydalanuvchi. Men Inson yuragi nomli maqolamni TM uchun nomzod qilib koʻrsatmoqchiman. Bu jarayonda sizning ovozingiz katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Fikr-mulohazalaringizni kutib qolaman. Hurmat bilan Wikisurgery94 (munozara) 09:42, 30-Iyul 2023 (UTC)

Prezident maktabi (Andijon) maqolasi
XM statusi uchun qoʻyilgan ushbu maqola haqida oʻz fikrlaringizni muhokama boʻlimida qoldirishingizni va uni statusga olib chiqishda oʻz maslahatlaringiz bilan oʻrtoqlashishingizni soʻragan boʻlar edim. Eʼtiboringiz uchun TASHAKKUR!!! Ibrohimjon 11:28, 11-Sentabr 2023 (UTC)

Assalomu alaykum. XM statusi uchun nomzodlikka qoʻyilgan Vanadzor maqolasini koʻrib chiqib, mana bu sahifada o'z fikringizni bildirgan holda ovoz berish jarayonida qatnashishingizni so'rayman! Hurmat bilan, Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 15:46, 11-Oktyabr 2023 (UTC)

Salom. Ushbu maqolani Tanlangan ro'yxat statusiga nomzodlikka berganingizga ham 3 oydan oshdi. Nomzodga xulosa chiqarish vaqti chegaralanmagan, ammo keyingi nomzodlar berilguniga qadar, xulosa chiqarish kerak. Nomzod ro'yxat haqida berilayotgan fikrlarga muvofiq xatolari ustida ishlab, mezonlarga mos holga keltirishingizni tavsiya qilaman. Yoqimli tahrirlar! Umarxon III (munozara) 13:24, 27-Dekabr 2023 (UTC).

Assalomu alaykum. Bu haqida ogohlantirganingiz uchun tashakkur. Xatoliklar qoʻldan kelgancha toʻgʻirlandi. Qayta koʻrib chiqib, fikr bildirasiz degan umiddaman. ANJANIY!!#suhbat 08:04, 8-Yanvar 2024 (UTC)

Jamoa aʼzoligi uchun tashakkurnoma

[manbasini tahrirlash]
„Pentagon“ jamoasi
Sizni WikiStipendiya III marafonida Pentagon jamoasiga qoʻshilganingiz bilan tabriklayman. Taklifimni qabul etganingiz uchun tashakkur izhor etaman😇

PanPanChik #yozish 18:02, 25-Aprel 2024 (UTC)

Bunday jamoada boʻlish menda oʻzgacha faxr uygʻotadi. Sizga ham tashakkur. ANJANIY#munozara 19:36, 25-Aprel 2024 (UTC)

Slytherin jamoasi

[manbasini tahrirlash]
Slytherin jamoasi aʼzolariga

Salom hurmatli Anjaniy! Siz bilan WeekieHogwarts II oromgohida Slytherin jamoasida boʻlganligimdan mamnunman. Vikipediya uchun foydali tahrirlar qilishingizdan umidvorman va iltimos oromgoh davomida yaratgan barcha stub maqolalaringizni tahrirlab Vikipediya teranligini oshirish va uni foydali kontent bilangina boyishiga koʻmaklashing. Keyingi oromgohlarda ham uchrashishguncha!
Samimiy tilaklar ila Slytherin fakulteti sardori:
PanPanChik #yozish 16:55, 1-Iyul 2024 (UTC)

Rahmat, nasib, koʻrishguncha.ANJANIY#gurung 17:01, 1-Iyul 2024 (UTC)
„Namunali ustoz“ ordeni
Hurmatli Anjaniy, „Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi“ va Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilgan WikiStipendiya loyihasi davomida OTM talabalariga oflayn va onlayn darslar oʻtganingiz, ulardan „Anjaniy ARMY“ tuzganingiz, shogirdlar borasida bir qancha yutuqlarga erishganingiz uchun sizni ushbu mukofot bilan taqdirlayman. Yutuqlaringiz bardavom boʻlsin! Yoqimli tahrirlar! Jamshid Nurqul (munozara) 09:52, 2024-yil 27-sentyabr (UTC)[javob berish]
Eʼtibor va eʼtirof uchun tashakkur.ANJANIY#gurung 10:08, 2024-yil 27-sentyabr (UTC)[javob berish]

„Cardinal PUBG“ sahifasi tezda oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi

[manbasini tahrirlash]

Siz tomoningizdan yaratilgan „Cardinal PUBG“ sahifasi tezda oʻchirish mezonlariga („M6: Keng ommaga mashhur boʻlmagan kishilar, tashkilotlar, veb-saytlar, hodisalar haqidagi maqola“) binoan oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi, chunki sahifa hozirgi holatida oʻzbekcha Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga mos kelmaydi. Tajriba oʻtkazayotgan boʻlsangiz, itlimos, qumloq sahifasidan foydalaning.

Agar sahifani oʻchirish kerak emas, deb oʻylasangiz, oʻz fikringizni sahifa munozara sahifasida qoldiring.

Assalomu alaykum Admin ogohlantirish uchun rahmat lekin men kirityotgan shaxs bloger ya'ni youtube o'yinchisi edi lekin menga shikoyat xati keladi deb siram o'ylamagan edim. Menga yo'l ko'rsatishingizni so'rab qolardim bu shikoyatni qanday qilib to'g'rlasa bo'ladi ya'ni menga „M6: Keng ommaga mashhur boʻlmagan kishilar, tashkilotlar, veb-saytlar, hodisalar haqidagi maqola“) binoan oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi, ushbu shikoyatda keldi Asadbek abdubannopov (munozara) 13:28, 2024-yil 10-oktyabr (UTC)[javob berish]

Bu sahifa muallifi men emas, siz. ANJANIY#gurung 13:30, 2024-yil 10-oktyabr (UTC)[javob berish]
Maqolani qayta yozishdan oldin VP:EA sahifasini sinchiklab oʻqib chiqing. Bu shaxs ensiklopedik ahamiyatga ega emas yaʼni ayni paytda bu odam haqida maqola yozish Vikipediya qoidalariga zid. ANJANIY#gurung 13:33, 2024-yil 10-oktyabr (UTC)[javob berish]
Bo'lmasa bu odamni ma'lumotlarini vikipedia omboriga qo'shib bo'lmaydimi Asadbek abdubannopov (munozara) 13:58, 2024-yil 10-oktyabr (UTC)[javob berish]
Vikipediya - ombor emas.
Hozircha, shunday. Qoʻshib boʻlmaydi. Kun kelib EAga ega boʻlsa, sizning tilingiz bilan aytganda yetarlicha mashhurlashsa, qoʻshib boʻlar, balki. ANJANIY#gurung 02:03, 2024-yil 11-oktyabr (UTC)[javob berish]

Muchukchani qarang!

[manbasini tahrirlash]

Xatolarimni ko'rsatib berganingizdan minatdorma.

Sadoqat Xusanova (munozara) 18:41, 2024-yil 14-oktyabr (UTC)[javob berish]

Ularni tuzatish orqali meni ham minnatdor qilasiz degan umiddaman. ANJANIY#gurung 07:15, 2024-yil 15-oktyabr (UTC)[javob berish]

Turkum:Vikipediya:Anjaniy ARMY aʼzolari maqolasi oʻchirishga nomzod sifatida koʻrsatildi

[manbasini tahrirlash]

Siz tomoningizdan yaratilgan Turkum:Vikipediya:Anjaniy ARMY aʼzolari maqolasi oʻchirishga nomzod sifatida koʻrsatildi, chunki maqola hozirgi koʻrinishida Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga mos kelmaydi.

Maqolani oʻchirish masalasi konsensusga erishilgunga qadar Vikipediya:Oʻchirishga/Turkum:Vikipediya:Anjaniy ARMY aʼzolari sahifasida muhokama qilinadi. Muhokamada hamma, jumladan, siz ham qatnasha olasiz.

Muhokama davomida ham maqolani tahrir qilishingiz mumkin, biroq uning tepasidagi {{oʻchirishga}} andozasini olib tashlamasligingiz kerak. Nataev munozara 17:19, 2024-yil 26-noyabr (UTC)[javob berish]