Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi munozarasi:Sadoqat Xusanova

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Sadoqat Xusanova!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy

Yoqimli tahrirlar tilayman.Komilhuja 17:52, 24-Aprel 2024 (UTC)

Ogohlantirish

[manbasini tahrirlash]

Salom, Sadoqat Xusanova Vikipediyaga qoʻshayotgan hissangiz uchun rahmat. Ammo hissangizning asosiy qismi avtomat tarjima boʻlib, oʻqilishi mazmunsiz matn holatida qolmoqda. Mazkur ogohlantirishdan soʻng yaratgan maqolalaringizni qayta koʻrib chiqib, kamchiliklarni bartaraf etishingizni soʻraymiz. Agarda ushbu ogohlantirishni eʼtiborsiz qoldirib, avtomat tarjima hamda mazmunsiz matn kabi hissalarda davom etsangiz, oʻzbekcha VIkipediyani tahrir qilishdan chetlatilishingiz mumkin. Laziz Baxtiyorov (munozara) 04:35, 27-Iyun 2024 (UTC)

WeekieHogwarts II oromgohidagi ishtirok uchun

[manbasini tahrirlash]
WeekieHogwarts oromgohi ishtirokchilariga

Salom hurmatli Sadoqat Xusanova! Sizga WeekieHogwarts II oromgohida oʻzbekcha Vikipediyani boyitishga hissa qoʻshganingiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Oʻzbekcha Vikipediyada koʻplab aholi punktlariga oid maqolalaringiz uchun ushbu oltin kompas yulduzini qabul qilsangiz. Vikipediya uchun foydali tahrirlarni davom ettirishingizdan umidvorman va iltimos qilamanki, oromgoh davomida yaratgan barcha stub maqolalaringizni tahrirlab Vikipediya teranligini oshirish va uni foydali kontent bilan boyishiga koʻmaklashing. Keyingi oromgohlarda ham ishtirok etishingizga tilakdoshman!
Samimiy tilaklar ila oʻzbekcha Vikipediya administratorlari nomidan:Laziz Baxtiyorov (munozara) 11:14, 8-Iyul 2024 (UTC)

Ogohlantirish

[manbasini tahrirlash]

Salom, Foydalanuvchi:Sadoqat Xusanova. Vikipediyaga hissa qoʻshayotganingiz uchun tashakkur. Ammo hissangizdagi baʼzi kamchiliklardan ogohlantirib qoʻyishni maqul koʻrdim. Siz WikiStipendiya loyihasining 3-mavsumi doirasida yaratgan maqolalaringizning bir qanchasi tilga ulanmay qolib ketgan. Ulab chiqing. Shuningdek, baʼzi maqolalaringizda imloviy xatoliklar bisyor.

  1. Masalan Oʻzbek ismlari maqolasida ism soʻzi asosan isim deb ishlatilgan. Va bu xato, toʻgʻirlash kerak.
  2. Rus xalq ertaklari (Afanasyev toʻplami) maqolasida ham bir qancha imloviy xatoliklar mavjud.
  3. Kayrat Primberdiyev maqolasida AT alomatlari bor. Masalan Qirg'izistonlik iste'dodli mustaqil rivojlangan qo'shiqchi gapida: mustaqil rivojlangan deyish orqali qanday maʼno bermoqchi boʻlgansiz? Hullas, tushunarsiz.
  4. Imperiyalar davri II: Shohlar davri maqolangizda ham AT alomatlari bor: Microsoft tomonidan nashr etilgan real vaqtda strategiya video o'yini. - oʻyin nashr etilmaydi, real vaqtda strategiya soʻzingiz esa tarjimondan shundayligicha copy/paste qilganingizni sotib qoʻyyabdi. O'yinchilar raqib shaharlar va imperiyalarni zabt etib bu gapizdan shahar - raqib degan maʼnoni beryabsiz.

Har biriga xabar andozalarini qoʻyib chiqyabman. Bu andozalarga befarq boʻlmay bir-ma bir tuzatib chiqing. Aks holda, Vikipediya:WikiStipendiya/Forumga sizni ham sifatsiz vikipediyachi oʻlaroq kirgizishga va hattoki bloklashga ham majbur boʻlishimiz mumkin. Sifatli va yoqimli tahrirlar. ANJANIY#gurung 17:03, 2024-yil 14-oktyabr (UTC)[javob berish]

Bloklandingiz

[manbasini tahrirlash]

Mana bu yerdagi muhokamada hamda yuqorida yozilganidek, Content Translation uskunasini suiisteʼmol qilib, avtomat tarjimadan iborat maqolalarni yaratyapsiz. Shuningdek, kamida bir maqoladan AT andozasini asossiz olib tashlagansiz. Ogohlantirishlarga qaramay, ATdan iborat kontent yaratishda davom etganingiz uchun bir kunga bloklandingiz. Agar blok muddati tugaganidan keyin bu ishni yana davom ettirsangiz, uzoq muddatga bloklanasiz. Nataev munozara 13:50, 2024-yil 16-oktyabr (UTC)[javob berish]