Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi munozarasi:Xasanboy off

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xush kelibsiz!

Salom, Xasanboy off! Vikipediyaga xush kelibsiz! Qoʻshajak hissangiz uchun oldindan rahmat. Umid qilamizki, sizga Vikipediyachi boʻlish manzur boʻlgay! Sizga yordam tariqasida mana bu maqolalar bilan tanishib chiqishni taklif qilamiz:

Iltimos, munozara sahifalarida oʻz fikringizni bildirganingizdan soʻng imzo chekishni unutmang (bu toʻrtta tilda belgisini yozish bilan amalga oshiriladi: ~~~~; bu belgilar avtomatik ravishda sizning ismingiz va sanaga aylantiriladi). Agarda yordamga muhtoj boʻlsangiz, Vikipediya:Forum sahifasiga tashrif buyuring yoki mendan munozara sahifamda sizni qiziqtirgan savolni soʻrang. Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin. Yana bir bor xush kelibsiz! Optima D

Do not speak Uzbek? Click here.

MaxiMillian munozara 05:10, 16-Avgust 2022 (UTC)

Salom. Vikipediyaga xush kelibsiz! Avvalambor, koʻngilli boʻlib hissa qoʻshayotganingiz uchun tashakkur. Oʻzbekcha Vikipediyada kishi haqida maqola yaratar ekansiz, uni Ism Familiya formatida nomlang. Shunday ekan, maqolangizni Ivan Glazunovga koʻchirishingiz lozim. Koʻchirish uchun tegishli maqolaga oʻtib, yuqori paneldagi Yana tugmasini bosing. Soʻngra, Koʻchirish degan tugma chiqadi. Shu tugmani bossangiz, maxsus oyna ochiladi. Ochilgan oynada maqolaning yangi nomi va oʻzgartirish sababini koʻrsatgan holda maqolani koʻchirishingiz mumkin. Иван Пырьев maqolasini ham Ivan Piryevga koʻchirishing. Qiziqtirgan savollaringiz boʻlsa, munozara sahifamga yozishingiz mumkin. Yoqimli tahrirlar tilayman. Malikxan munozara 09:13, 19-Avgust 2022 (UTC)

Assalomu alekum,o'zgartirmoqchi edim manbasini tahrirlashga kirdim faqat u yerda tarix tugmasi chiqyabdi kochirish tugmasi chiqmadi.Yordam bera olasmi Xasanboy off (munozara) 09:40, 19-Avgust 2022 (UTC)
Assalomu Alekum koʻchirib qoʻydim Xasanboy off (munozara) 11:01, 20-Avgust 2022 (UTC)
Ajoyib! Asli lotin yozuvida yoziladigan kishilar ismlarini ham translit qilmang. Art "Keskin" Filipni Art "Drastic" Philipga koʻchiring. Maqola boshida ismdan keyin qavs ichida talaffuzini keltirsangiz, uni qanday oʻqilishini bilish muammo boʻlmaydi (masalan: Art "Drastic" Philip (talaffuzi: Art Drastik Filip) antigualik musiqachidir). Qoʻshiq nomlarini ham tarjima qilmang. Malikxan munozara 15:31, 20-Avgust 2022 (UTC)
Assalomu Alekum alishtirdim yana koʻplab imlo xatolardi toʻgʻirlab chiqdim Xasanboy off (munozara) 05:08, 23-Avgust 2022 (UTC)
Yaxshi. Mashina yordamida tarjima qilganda, maqola mazmuniga eʼtiborli boʻling. LaQuinton Ross maqolasini olsak, erda emas, yerda, Tashqi havolalar emas, Havolalar boʻlishi kerak. Bundan tashqari, 18 — noyabr emas, 18-noyabr. Malikxan munozara 15:29, 23-Avgust 2022 (UTC)
Assalomu Alekum tanlangan maqolalarga qanday ovoz beriladi. Xasanboy off (munozara) 16:22, 24-Avgust 2022 (UTC)
Salom. Iltimos, mendan nimanidir soʻramoqchi boʻlsangiz, ping qiling (mana bunday qilib: @Malikxan) yoki munozara sahifamga yozing. Aks holda, men xabaringizni koʻrmayman. Hozir esa yangi oʻzgarishlarni tekshirayotib, bu xabarni oʻqib qoldim. Ovoz berishga kelsak, avvalboshda Vikipediya:Tanlangan maqola nomzodlari sahifasiga qarang. Ushbu sahifani ochib, Nomzodlar boʻlimiga qarasangiz, TMga nomzod maqolalarni koʻrishingiz mumkin. Masalan, mana bu nomzodni olaylik. Rozi boʻlsangiz, Rozilar, qarshi boʻlsangiz, Qarshilar, betaraf boʻlsangiz, Betaraflar boʻlimini tahrirlashni bosingda, eng pastda tegishli andozani ({{Roziman}}, {{Qarshiman}} yoki {{Betarafman}}) qoʻyib, fikringizni bildiring (imzo chekish yoddan chiqmasin). Masalan: # {{Roziman}}. Fikringiz. ~~~~ .
Malikxan munozara 16:35, 24-Avgust 2022 (UTC)
@Malikxan Raxmat szga katta qanday maqolalar nomzodlikni oladi. Men yangiman lekn harakat qilib koʻp narsani oʻrgandim. Xasanboy off (munozara) 16:45, 24-Avgust 2022 (UTC)
@[[Foydalanuvchi:Malikxan|Malikxan]] Assalomu alaykum Marafon davom etyabdimi maqola joylasak boladimi. Xasanboy off (munozara) 04:28, 26-Avgust 2022 (UTC)

Assalomu aleykum, Xasanboy off Per Mignard sahifasidagi bazi gaplar tushunarsiz tarjima qilingan.Shuningdek vikipediyada hamyurtimiz va shunga oʻxshash soʻzlar(yurtboshimiz, vatanimiz…) ishlatilmaydi.Tarjima mazmuniga eʼtiborliroq boʻling.Savollaringiz boʻlsa https://t.me/uzwikichat guruhida berishingiz mumkin! Yoqimli tahrirlar tilayman Guzaloybekovna (munozara) 07:54, 31-Avgust 2022 (UTC)

Assalomu aleykum albatta toʻgʻirlayman @GuzaloybekovnaXasanboy off (munozara) 01:24, 1-Sentabr 2022 (UTC)

Salom.

Asli lotin yozuvida yoziladigan kishilar ismlarini buzib emas, aslidek yozing. Yuqoridagi maqolangizni Marinus Heijnesga koʻchirdim. Maqola boshida, ismdan keyin talaffuzini keltirishingiz mumkin (masalan: Marinus Heijnes (talaffuzi: Marinus Heynes) — gollandiyalik impressionist rassomi). Shuningdek, maqola ichidagi Xeyneslarni Heijnes bilan almashtirib chiqing. Avval yaratgan maqolalaringizda ham shu kabi kamchiliklar mavjud boʻlsa, ularni ham tuzating.

Yoqimli tahrirlar tilayman.

Malikxan munozara 19:41, 31-Avgust 2022 (UTC)

Assalomu Alekum raxmat katta toʻgʻirlab chiqdim @Malikxan Xasanboy off (munozara) 01:17, 1-Sentabr 2022 (UTC)
Faqatgina maqolaning boshidagi gapni emas, butun maqola matnida tuzatib chiqishingiz lozim. Mary Moser maqolasida nega Hayot va martabasi, Meros va h.k. boʻlimlarida Mozer, deb yozgansiz? Mozer emas, Moser, deb yozilishi lozim. Iltimos, eʼtiborli boʻling. Shu kungacha yaratgan barcha maqolalaringizda shu kabi kamchiliklarni bartaraf etib chiqishingiz lozim.
Malikxan munozara 23:49, 20-Noyabr 2022 (UTC)
@Malikxan Assalomu alaykum hatolar toʻgʻirlab chiqaman. Hatolar boshqa qaytarilmasligiga harakat qilaman.Xasanboy off (munozara) 00:13, 21-Noyabr 2022 (UTC)
Hamon qilyapsiz. Masalan, Cecile Walton maqolasida. Erik emas, Eric, Sesil emas, Cecile, Doroti Jonston emas, Dorothy Johnstone. Bundan tashqari, manbalar orasida nega probellar qoldiryapsiz? „tomosha qilinadi[4] [5] [6].“ emas, „tomosha qilinadi[4][5][6].“ boʻlishi kerak. Ularni kim tuzatadi? Sal eʼtiborli boʻling, iltimos. Savollaringiz boʻlsa, bemalol soʻrang.
Malikxan munozara 06:53, 23-Noyabr 2022 (UTC)
Portalchilar“ yulduzi
Hurmatli, Xasanboy off sizni "Portalchilar" jamoasiga a'zo bo'lganingiz uchun tabriklagan holda, ushbu yulduzni sizga sovg'a qilmoqchiman. Biz bilan birga bo'lishni tanlaganingiz uchun tashakkurlar! Hurmat bilan, MaxiMillian (talk) 06:20, 5-Dekabr 2022 (UTC)

Salom! Avvalambor Vikipediyaga qoʻshayotgan hissangiz uchun tashakkur. Siz yaratgan maqola EAga ega boʻlmaganligi va ensiklopedik boʻlmagan qisqa maqola boʻlmaganligi sababli tezda oʻchirildi. Iltimos, Vikipediya mezonlariga amal qiling. — Kagansky munozara 15:20, 4-Iyun 2023 (UTC)

Assalomu alaykum hop qayta hato qilmaslikga harakat qilaman #tilimizuchun Xasanboy off (munozara) 13:14, 9-Iyun 2023 (UTC)

Qodirov Hamid

[manbasini tahrirlash]

Assalomu alaykum. Shaxsiyatlar haqida maqolalar ism-familiya tartibida nomlanishi kerak. “Qodirov Hamid” emas “Hamid Qodirov” Hasan Alimov (munozara) 03:17, 17-Iyun 2023 (UTC)

Sahifa koʻchirildi Hamid Qodirov Xasanboy off (munozara) 03:53, 17-Iyun 2023 (UTC)

Tuzatib boʻlmas mashina tarjimasi

[manbasini tahrirlash]

Salom, siz Zarafshon oyligi doirasida yaratgan bir nechta maqola tuzatib boʻlmas mashina tarjimasi boʻlgani uchun tezda oʻchirildi. Iltimos, Vikipediya mezonlariga amal qiling. Aks holda chora koʻrishga majbur boʻlamiz. — Kagansky munozara 20:21, 11-Iyul 2023 (UTC)

Assalomu alaykum maqolalarni tahrirlab chiqdim harakat qilib kirityabman qoʻlimdan kelganicha mayli unda kiritmay qoʻya qoya qolaman. Xasanboy off (munozara) 02:30, 12-Iyul 2023 (UTC)
Farhod Turayev Ulugʻbek Ibragimov Usmon Qoʻchqor maqolasini ham koʻrib bering. Xasanboy off (munozara) 02:33, 12-Iyul 2023 (UTC)
Hechqisi yoʻq. Harakat qilaversangiz koʻnikib ketasiz. Harakatlaringiz kishida boshqa tildan toʻgʻri tarjima qila olishingizga shubha uygʻotyapti. Tarjima qilgan gaplaringizning mazmuni boshqacha chiqib qolyapti. Masalan, Farhod Turayev emas, Toʻrayev boʻladi. Xato maqolaning nomidan boshlangan. Kirish qismi achinarli ahvolda. Holbuki EnWikidayam RuWikidayam uni faqatgina oʻzbekistonlik dzyudochi debgina qolmagan. Mavzuning ensiklopedik mohiyatini ochib bergan. Yillarni [[1974]]-yil koʻrinishida emas [[1974-yil]] koʻrinishida vikilashtiramiz. Bilgiqutisida u qatnashgan va gʻolib boʻlgan turnirlar jadvali qani? Ulugʻbek Ibragimovda bilgiqutining oʻzi yoʻq. Yarim yengil vazn toifasida ishtirok etuvchi bokschini yengil vaznda ishtirok etadiganday koʻrsatib yolgʻon maʼlumot kiritganday boʻlib chiqyapsiz. Maqolaga ichki havolalar koʻrsatmagansiz. „Po materialam bazi dannix amateur-boxing.strefa.pl“ degan izohniyam ruscha versiyasini lotin yozuvida yozgansiz. Usmon Qoʻchqordayam bilgiquti yoʻq. Ensiklopedik mohiyat ochiqlanmagan. Nima sababdan bu kishi ensiklopediyaga kirishi kerak oʻzi? Maqolaning kirish qismida qisqacha shu savolga javob boʻlishi kerak. Nimani tushunmasangiz, murojaat qilavering. Faqat menga murojaat qilganingizdan oldin @Kagansky: deb yozib ping qiling. Boʻlmasam xabaringizni koʻrmay qolishim mumkin. — Kagansky munozara 12:09, 12-Iyul 2023 (UTC)
@Kagansky hop hammasini tahrirlab chiqaman. Xasanboy off (munozara) 15:16, 12-Iyul 2023 (UTC)

Assalomu alaykum. Mana bu yerda tanlangan maqola uchun nomzod koʻrsatilgan. Ovoz berishda faollikka chaqiraman. Hurmat bilan, Mrjavokh1r (munozara) Mrjavokh1r (munozara) 08:12, 30-Iyul 2023 (UTC)

Baxrom Rahmonaliev sahifasi tezda oʻchirishga nomzod sifatida koʻrsatildi

[manbasini tahrirlash]

Salom hamda Vikipediyaga xush kelibsiz. Siz yaratgan Baxrom Rahmonaliev nomli sahifa bizning siyosatimizga mos kelmaydi, shu sababli tezda oʻchirish mezonlarining „M8: Avvaldan mavjud maqolaning nusxasi boʻlgan maqola“ bandiga binoan oʻchirishga nomzod sifatida koʻrsatildi. Tajriba oʻtkazayotgan boʻlsangiz, itlimos, qumloq sahifasidan foydalaning.

Agar sahifani oʻchirmaslik lozim, deb hisoblasangiz, bu haqda uning munozara sahifasida tayinli sabab(lar) keltirgan holda bayon eting.

Savollaringiz boʻlsa, tortinmasdan munozara sahifamga yozing. Rahmat! MrShaxas #Munozaracha 09:08, 15-Avgust 2023 (UTC)

„Abraham Bloemaert“ sahifasi tezda oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi

[manbasini tahrirlash]

Siz tomoningizdan yaratilgan „Abraham Bloemaert“ sahifasi tezda oʻchirish mezonlariga („M2: Tuzatib boʻlmas mashina tarjimasi“) binoan oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi, chunki sahifa hozirgi holatida oʻzbekcha Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga mos kelmaydi. Tajriba oʻtkazayotgan boʻlsangiz, itlimos, qumloq sahifasidan foydalaning.

Agar sahifani oʻchirish kerak emas, deb oʻylasangiz, oʻz fikringizni sahifa munozara sahifasida qoldiring.

Savollaringiz boʻlsa, tortinmasdan munozara sahifamga yozing. Rahmat! Hasan Xamidovich (munozara) 02:42, 18-Iyul 2024 (UTC)