Saidjamshid Jafarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Saidjamshid Jafarov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 16-yanvar 1999-yil (1999-01-16) (25 yosh)
Buxoro,Buxoro viloyati
Boʻyi 179 sm
Vazni 71, oʻrtacha (75 kg)
Sport
Qaysi sport Boks
Murabbiy(lar)i Hamza Avezov,Ravshan Xodjayev
Medallar
Saidjamshid Jafarov
Medal soni
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston vakili
Boks
Boks boʻyicha jahon chempionati
Jahon chempionati
Kumush Boks bo'yicha jahon chempionati 2023 Toshkent 2023
Boks bo'yicha Osiyo chempionati
Osiyo chempionati
Oltin Boks bo'yicha Osiyo chempionati 2021 Dubay 2021
Oltin Boks bo'yicha Osiyo chempionati 2022 Amman 2022

Saidjamshid Jafarov (oʻzbekcha: Saidjamshid Jafarov 1999-yil 16-yanvar,Buxoro, Buxoro viloyati) — oʻzbekistonlik bokschi. Boks boʻyicha oʻrta vazn toifasida xalqaro turnirlarda qatnashmoqda. Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi, jahon chempionati kumush medali sovrindori (Boks bo‘yicha jahon chempionati 2023-yil), ikki karra Osiyo chempioni (20212022-yillar[1]), ikki karra O‘zbekiston chempioni (20202021-yillar), xalqaro va milliy havaskorlar turnirlarining koʻp karra gʻolibi va sovrindori.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saidjamshid Jafarov 1999-yil 16-yanvarda Buxoroda tavallud topgan[2].Saidjamshid Jafarovning murabbiylari Hamza Avezov va Ravshan Xodjayev[3][4].Buxoro boks maktabida tahsil olgan va Buxoro Olimpiya zaxiralari kollejini tamomlagan[5]. Buxoro davlat universitetining jismoniy madaniyat fakulteti talabasi va boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi[6].Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan 2021-yil 30-iyun yoshlar kunida „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan[7][8].

Havaskor natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020—2021-yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil noyabr oyida boks boʻyicha 75 kg vazn toifasida finalda tajribali Aslonov, Odiljon Obidovichni magʻlub etib, Oʻzbekiston chempioni boʻldi[9][10].

Boks bo‘yicha 2021-yil may oyida Dubayda (BAA) 75 kg vazn toifasida Boks bo‘yicha 2021-yilgi Osiyo chempionati gʻolib bo‘ldi.Qozog'istonda boʻlib oʻtgan bahsda Amanqul Abilxon Bekmuratovichni bahsli tarzda magʻlub etdi[11][12].

2021-yil noyabr oyi boshida Belgradda (Serbiya) Boks boʻyicha jahon chempionatida 75 kg gacha vazn toifasida ishtirok etdi. Saidjamshid Jafarov Boks bo‘yicha 2021-yilgi jahon chempionatida 75 kg gacha vazn toifasida musobaqaning 1/32 finalida slovakiyalik Lukas Fernecni ochkolar bo‘yicha (5:0) mag‘lub etdi va 1-musobaqaning 16 finalida ochkolar boʻyicha (5:0) Yaponiyalik Yuito Morivakiga magʻlub boʻldi[13]. 1/8 finalda ochkolar bo‘yicha (5:0) Ozarbayjonlik Mirsharif Kazimzadeni mag‘lub etdi[14][15]. Saidjamshid Jafarov ammo chorak finalda ochkolar boʻyicha bahisda (2:3) bilan Tailanda Weerapon Jongjoho bokschisiga yutqazdi[16][17].

2021-yilning dekabr oyida Saidjamshid Jafarov 75 kg vazn toifasida finalda Abdulaziz Abdupattayevni mag‘lub etib, yana O‘zbekiston chempioni bo‘ldi[18].

2021-yil Belgradda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 75 kg vazn toifasida Saidjamshid Jafarov Slovakiyalik Fernezaga qarshi ringga chiqdi va raqibi ustidan gʻalaba qozondi[19].

2022—2023-yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saidjamshid Jafarov

2022-yil noyabr oyida boks boʻyicha Osiyo chempioni Amman (Iordaniya)da 75 kg vazn toifasida tajribali Qozogʻistonlik Rayssni magʻlub etidi[20][21].

2022-yil 12-noyabr kuni Boks bo‘yicha Osiyo chempionati boʻyicha final janglarda 75 kg vazn toifasida bokschimiz Saidjamshid Jafarov oltin medalni qoʻlga kiritdi[22].

2022-yil dekabr oyida 75 kilogram vazn bilan Saijmshid Jafarov Osiyo chempionati finalida Qozog‘istonlik Nurkanat Rayisga qarshi jangda raqibini magʻlub etib g‘alabaga qozondi va ikki karra Osiyo chempioniga aylandi[23].

2022-yil 11-dekabr Abu-Dabi (BAA)da, III Global Boks Forumi yakunida Xalqaro Boks Assotsiatsiyasi IBA Chempionlar kechasi turnirida[24], 2021-yilgi jahon chempioni kubalik bokschi Hernandez Yoenlisga 5 raundlik jangda bo‘linish qarori bilan mag‘lub bo‘ldi[25][26].

2022-yil Iordaniyada oʻtkazilgan boks boʻyicha Osiyo chempionatida Saidjamshid Jafarov 75 kg vazn bilan Tojikistonlik Abdumalik Boltaev bilan ringga chiqdi va 5:0 hisobida raqibi ustidan gʻalaba qozondi[27].

2023-yil fevral oyida boks boʻyicha Sofiyada boʻlib oʻtgan vakillik xalqaro Stranja Cupda 71 kg gacha vazn toifasida gʻolib boʻldi va yarim finalda armaniyalik Daniya Nikolay Terteryanni magʻlub etdi[28].Finalda esa tajribali turk Tugrulxon Erdemir ustidan gʻalaba qozondi[29][30].

2023-yil 5-fevralda Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 75 kg vazn bilan Saidjamshid Jafarov Mozambilik raqibini magʻlub etdi[31].

2023-yil O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatidagi final bahsda Saidjamshid Jafarov Qozogʻistonlik Aslanbek Shimbergenovga magʻlub boʻlib kumush medalni qoʻlga kiritdi[32][33].

2023-yil 12-may kuni Toshkent mezbonligidagi jahon chempionatida Saidjamshid Jafarov −71 kg bilan Braziliyalik Vanderson De-Oliveyraga qarshi bahsning yarim finalida jang qildi va 4:1 hisobida raqibini magʻlub etdi[34].

2023-yil Toshkentda erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatida Saidjamshid Jafarov −71 kg vazn bilan Meksikalik Alonso Verdega bahsga tushdi va 4:1 hisobida raqibini magʻlub etib g‘alabaga qozondi[35].

2023-yil boks boʻyicha Rossiyaning Kaspiysk shahrida Magomed-Salam Umaxanov xotirasiga boks boʻyicha boʻlib oʻtgan jangda Buxorolik bokschimiz Saidjamshid Jafarov −75 kg vazn bilan Rossiyalik Ramazan Saaduevga qarshi jangda raqibini magʻlub etib g‘alabaga qozondi va kumush medal bilan taqdirlandi[36].

2023-yil Toshkentda bosk boʻyicha boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Saidjamshid Jafarov Rossiyalik Igor Sviridchenkovni −71 kg vazn toifasida magʻlub etib gʻalaba qozondi[37][38].

2023-yil may oyida Toshkentda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida yana bir bor Buxorolik bokischimiz Saidjamshid Jafarov −71 kg vaznda Mozambiklik Osorio Muhanga ustidan g‘alaba qozonib chempionatning keyingi bosqichiga yoʻl oladi[39].

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „All the champions of the ASBC Asian Elite Boxing Championships are crowned in Jordan“ (en). IBA. Qaraldi: 2023-yil 3-iyul.
  2. „Saidjamshid Jafarov“ (En). Boxrec.com. Qaraldi: 2-iyul 2023-yil.
  3. „Ravshan Xodjayev va Saidjamshid Jafarovni tabriklaymiz!“ (Uz). OlympicUz. Qaraldi: 3-iyul 2023-yil.
  4. „Havaskorlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatida bitta jang o'tkazgan Bahodir Jalolov BAA poytaxti Abu-Dabi shahriga jo'nab ketdi.“. Olamsport.com. Qaraldi: 2-iyul 2023-yil.
  5. YouTube logotipi Obidjon Aslonov vs Saidjamshid Jafarov YouTubeda Qaraldi: 2-iyul 2023-yil
  6. „Jismoniy madaniyat fakultetining talabasi Saidjamshid Jafarov Osiyo chempionati yarim finalida gʻalaba qozondi“. BUXDU.uz. Qaraldi: 3-iyul 2023-yil.
  7. „БухДУ Жисмоний маданият факультети талабаси Саиджамшид Жафаров "Шуҳрат" медали билан мукофотланди!“. Buxdu_uz. Qaraldi: 3-iyul 2023-yil.
  8. „Prezident Alisher Sa’dullayevni “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotladi“ (Uz). Qalampir.uz. Qaraldi: 3-iyul 2023-yil.
  9. „В столичном спортивном комплексе «Универсал» завершился Чемпионат Узбекистана по боксу“ (rus). Darakchi.uz (2020-yil 7-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 11-iyun.
  10. YouTube logotipi BOKS. FINAL. Obidjon Aslonov vs Saidjamshid Jafarov YouTubeda Qaraldi: 2-iyul 2023-yil
  11. „Вице-чемпион мира из Казахстана отправил в нокдаун узбека, но проиграл ему бой за «золото» ЧА-2021“ (rus). Sports.kz (2021-yil 31-may). Qaraldi: 2023-yil 11-iyun.
  12. YouTube logotipi 2021 ASBC Finals (75kg) JAFAROV SAIDJAMSHID (UZB) vs ABILKHAN AMANKUL (KAZ) YouTubeda Qaraldi: 2-iyul 2023-yil
  13. YouTube logotipi Day 6 (75kg) JAFAROV Saidjamshid (UZB) vs MORIWAKI Yuito (JPN) YouTubeda Qaraldi: 2-iyul 2023-yil
  14. „Чемпионат мира по боксу 2021. Результаты 1 ноября, дневная сессия, видео“ (rus). vRINGe.com (2021-yil 1-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 11-iyun.
  15. „Саиджамшиду Джафарову удалось пробиться в очередную стадию ЧМ“ (rus). Olympic.uz (2021-yil 1-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 11-iyun.
  16. „Чемпионат мира по боксу 2021. Результаты 2 ноября, четвертьфиналы, дневная сессия“ (rus). vRINGe.com (2021-yil 2-noyabr). 2023-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-may.
  17. „Почему Саиджамшид Жафаров уступил таиландцу в четвертьфинале?“ (rus). Yuz.uz (2021-yil 2-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 11-iyun.
  18. „Открытие новых звёзд бокса Узбекистана“ (rus). Sports.uz (2021-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 11-iyun.
  19. „Belgrade-2021: Saidjamshid Jafarov's stunning victory at the World Championship“ (En). Sports.uz. Qaraldi: 2-iyul 2023-yil.
  20. „Мужская сборная Узбекистана по боксу завершила чемпионат Азии на первом месте“ (rus). Kun.uz (2022-yil 12-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 11-iyun.
  21. „Казахстан vs Узбекистан. Неожиданным исходом завершилось принципиальное соперничество на ЧА-2022 по боксу“ (rus). Sports.kz (2022-yil 12-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 11-iyun.
  22. „Boks. O‘zbekiston 5ta oltin medal bilan Osiyo chempionatida 1-o‘rinni egalladi“. Kun.uz. Qaraldi: 30-iyun 2023-yil.
  23. „https://www.uzdaily.uz/ru/post/73300“ (Ru). www.uzdaily.uz. Qaraldi: 2-iyul 2023-yil.
  24. „Гаджимагомедов и Файфер проведут бои на турнире IBA Champions Night“ (rus). «РИА Новости». (2022-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 11-iyun.
  25. „Гаджимагомедов и Файфер одержали победы в Абу-Даби“ (rus). AllBoxing.Ru (2022-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 11-iyun.
  26. YouTube logotipi Yoenli Hernandez Martinez (Cuba) vs Saidjamshid Jafarov (Uzbekistan) YouTubeda Qaraldi: 2-iyul 2023-yil
  27. „Saidjamshid Ja'farov g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l oldi“ (Uz). Uzfifa.net. Qaraldi: 1-iyul 2023-yil.
  28. „Давит Чалоян и Амбарцум Акопян вышли в финал Кубка Странджа (видео)“ (rus). VaheSport.ru (2023-yil 25-fevral). Qaraldi: 2023-yil 11-iyun.
  29. „74th International Boxing Tournament «STRANDJA» 2023. Light Middleweight (M71 kg)“ (en). Strandja2023.bgboxing.org. Qaraldi: 2023-yil 11-iyun.
  30. „Армения завоевала 4 медали на Кубке Странджа 2023“ (rus). VaheSport.ru (2023-yil 27-fevral). Qaraldi: 2023-yil 11-iyun.
  31. „Saidjamshid Jafarov claims win against an opponent from Mozambique“ (En). Uzdaily.uz. Qaraldi: 30-iyun 2023-yil.
  32. „Saidjamshid Jafarov wins silver medal at World Boxing Championship“ (En). Uzreport.news. Qaraldi: 30-iyun 2023-yil.
  33. YouTube logotipi Saidjamshid Jafarov (UZB) vs. Aslanbek Shymbergenov (KAZ) IBA World Cham... YouTubeda Qaraldi: 2-iyul 2023-yil
  34. „Boks bo‘yicha JCh: Ruslan Abdullayev va Saidjamshid Jafarov ham finalda“ (Uz). Sputniknews.uz. Qaraldi: 30-iyun 2023-yil.
  35. „Saidjamshid Jafarov: Jahon chempionatiga hamma davlatdan eng yaxshilari keladi“ (Uz). Zamin.uz. Qaraldi: 30-iyun 2023-yil.
  36. „Saidjamshid Jafarov O'zbekiston terma jamoasiga uchinchi kumush medalni taqdim etdi“ (Uz). Olamsport.com. Qaraldi: 1-iyul 2023-yil.
  37. „РОССИЯНИН СВИРИДЧЕНКОВ ПРОИГРАЛ ДЖАФАРОВУ ИЗ УЗБЕКИСТАНА В ЧЕТВЕРТЬФИНАЛЕ ЧМ ПО БОКСУ“ (Ru). Matchtv.ru. Qaraldi: 1-iyul 2023-yil.
  38. YouTube logotipi Saidjamshid Jafarov (UZB) vs. Igor Sviridchenkov (RUS) IBA World Champio... YouTubeda Qaraldi: 2-iyul 2023-yil
  39. „Узбекские боксёры одержали победу над соперниками на ЧМ в Ташкенте“ (Ru). Upl.uz. Qaraldi: 1-iyul 2023-yil.