Foydalanuvchi munozarasi:MoxichehraOchilova
Abdulla Oripov
[manbasini tahrirlash]Hayoti
Abdulla Oripov 1941-yilning 21-martida Qashqadaryo] viloyati, Koson tumanidagi Nekoʻz qishlogʻida tugʻildi. Qishloq Qoʻngʻirtov etagiga oʻrnashgan boʻlib, oqar suv taqchil boʻlsa-da, seryomgʻir kelgan yillarda koʻkat-u maysalarga koʻmilib qoladigan kengish joy edi. Bu haqida shoirning oʻzi shunday yozadi:
Asarlari
Birinchi marta respublika matbuotida „Qushcha“ deb atalgan sheʼri chiqqan paytda Abdulla Oripov talaba edi. Shoirning birinchi [sheʼrlar toʻplami] „Mitti yulduz“ esa 1965-yilda chop etilgan. Undan keyin „Koʻzlarim yoʻlingda“ (1967), „Onajon“ (1969), „Ruhim“ (1971), „[Oʻzbekiston]“, "Qasida“ (1972), „Xotirot“ (1974), „Yurtim shamoli“ (1974), „Jannatga yoʻl“ (1978), „Hayrat“ (1979), „Hakim va ajal“ (1980), „Najot qalʼasi“ (1981), „Yillar armoni“ (1983), „Haj daftari“ (1992), „Saylanma“ (1996), "Sohibqiron (sheriy drama) " (1996), toʻrt tomlik „Tanlangan asarlar“ (2000-2001) singari qator kitoblari bosilib chiqdi. Abdulla Oripov xalqimizni dunyo adabiyotining sara namunalari bilan tanishtirish borasida ham talay ishlarni amalga oshirgan. U Dantening (rus.)"Ilohiy komediya" asarini, L.Ukrainka, T.Shevchenko, N.Nekrasov, Q.Quliev, R.Hamzatov singari shoirlarning sheʼrlarini mahorat bilan oʻzbekchaga oʻgirgan. Abdulla Oripov sheʼrlarida falsafiy teranlik joʻshqin lirizm va insoniy samimiyat bilan uygʻunlashib ketgan. Uning „Bahor“, „Birinchi muhabbatim“, „Kuz“, „Saraton“, „Oʻzbekiston“, „Munojotni tinglab“, „Otello“, „Sarob“, „Dengizga“, „Malomat toshlari“, „Olomonga“, „Yuzma-yuz“, „Genetika“, „Chuvaladi oʻylarim sensiz“ va boshqa qator sheʼrlarida mana shu xususiyat yaqqol seziladi. Oʻzbekiston Respublikasining madhiyasi Abdulla Oripov soʻzi bilan aytiladi. Abdulla Oripov ijodkorlar orasida birinchi boʻlib, yilda „Oʻzbekiston Qahramoni“ degan yuksak unvonga sazovor boʻldi. U I va II chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.
Adabiyotlar
[manbasini tahrirlash]MoxichehraOchilova (munozara) 11:26, 13-Oktabr 2022 (UTC)