Kontent qismiga oʻtish

Francesco Hayez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Francesco Hayez
Tavalludi 1791-yil 10-fevral
Venetsiya Respublikasi
Vafoti 1882-yil 21-dekabr
Milan, Italiya qirolligi
Fuqaroligi Italiya qirolligi va Avstriya imperiyasi
Kasbi Rassom

 

Francesco Hayez (shuningdek Ayes, sobiq Gayez , italyancha: Francesco Hayez, 1791 — yil 10-fevral, Venetsiya — 1882 — yil 21-dekabr, Milan) — italyan rassomi, XIX asr oʻrtalarida romantizmning yetakchi rassomlaridan biri, tarixiy rasmlari, siyosiy allegoriyalari va portretlari bilan mashhur.

Otasining millati fransuz boʻlgan. U onasining opasi yaʼni xolasining uyida tarbiyalangan. Bolaligidan Hayez yaxshi rasm chizgan, shuning uchun amakisi uni binokor rassomga shogird qilib yuborgan. Keyinchalik u rassom Franchesko Maggiottoning shogirdi boʻldi va u bilan uch yil qoldi.

Milanda Francesco Hayez haykali

1809-yilda Hayez Venetsiya akademiyasi tomonidan oʻtkazilgan tanlovda gʻolib chiqdi, shundan soʻng u Rimdagi Avliyo Luka akademiyasida bir yil tahsil oldi. U 1814-yilgacha Rimda qoldi, keyin Neapolga koʻchib oʻtdi va u yerda Joachim Muratning koʻrsatmasi bilan oʻzining asosiy asari — „Odissey Alkinus saroyida“ rasmini yaratdi .

Hayez keyinroq Milanga yoʻl oldi. U yerda u uzoq vaqt davomida Brera akademiyasida rassomlikdan dars berdi va 1860-yilda uning direktori boʻldi. U Milanda Monumental qabristonga dafn qilindi.

Hozirda Brera Pinacoteca uning asarlarining eng toʻliq toʻplamiga ega.

Oʻpich (1859)

Francesco Hayez asosan diniy, tarixiy, adabiy va mifologik mavzular bilan ishlagan. Bundan tashqari, u ajoyib portret rassomi edi — Italiyadagi koʻplab mashhur odamlar portret chizish paytida Hayezda navbatda turishni sharaf deb bilishgan. Shuningdek, uning sevimli mavzularidan biri yarim yalangʻoch ayollarning tasviri edi[1]. Klassik rassom sifatida ish boshlagan Hayez asta-sekin romantizm tomon yoʻl oldi[2].

Hayezning eng mashhur rasmlari orasida 1859-yilda chizilgan „Kiss“ (Oʻpich) asari boʻlib, unda rassom syujetni vatanga muhabbatning ramziy timsolini romantik did bilan birlashtirgan. „Kiss“ tezda mashhurlikka erishdi va XIX asrning eng tez-tez takrorlanadigan italyan rasmlaridan biriga aylandi. Asl nusxasi Brera Pinacotecaʼda; bir necha muallifning nusxalari turli Yevropa toʻplamlarida[3] saqlanadi.

Francesco Hayez bosib oʻtgan butun ijodiy yoʻlni baholash qiyin, chunki u koʻpincha oʻz asarlariga imzo chekmagan va sanasini koʻrsatmagan (koʻpincha uning rasmlarida koʻrsatilgan sana faqat rasm qachon sotilganidan dalolat bergan).

  • Ayets // A — Anketirovanie. — M. : Bolshaya rossiyskaya ensiklopediya, 2005. — S. 310. — (Bolshaya rossiyskaya ensiklopediya : [v 35 t.] / gl. red. Yu. S. Osipov ; 2004—2017, t. 1). — ISBN 5-85270-329-X.
  • Gayez, Franchesko // Ensiklopedicheskiy slovar Brokgauza i Yefrona : v 86 t. (82 t. i 4 dop.). — SPb., 1890—1907.
  1. {{{заглавие}}}.
  2. „Айец“. Большая российская энциклопедия. 2020-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-yanvar.
  3. „The Kiss“ (en). Brera. 2021-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-yanvar.