Fransuzcha go‘sht
Fransuzcha goʻsht ("Kapitancha goʻsht", „Diplomat“, „Qoʻlbola“ yoki "Syurpriz") — goʻsht qatlamlaridan (dastlab buzoq goʻshti, keyinchalik choʻchqa yoki mol goʻshti), kartoshka va pishloqdan tayyorlangan taom.
Butun dunyoda, postsovet hududidan tashqari, u "Orlovcha goʻsht" deb ataladi (soʻzma-soʻz „Orlovcha buzoq goʻshti“, fransuzcha: Veau Orloff), chunki taomni yaratgan fransuz Urben Dyubua (1818-1901) imperator Nikolay I ning eng yaqin sherigi graf Aleksey Orlovning (1787-1862) oshpazi boʻlgan[1][2][3][4].
„Orlovcha buzoq goʻshti“ — pishloqli beshamel sousi bilan pishirilgan buzoq goʻshti, kartoshka va qoʻziqorinlardan tayyorlangan zapekanka. „Fransuzcha goʻsht“ deb nomlangan soddalashtirilgan versiyada qoʻziqorinlar yoʻqoldi va goʻshtli qismi koʻproq qiyma koʻrinishidagi choʻchqa goʻshti yoki mol goʻshtini oʻz ichiga ola boshladi; beshamel sousi qaymoq, smetana yoki juda boʻlmasa, doʻkonda sotib olingan mayonez bilan almashtiriladi.
Taomni tayyorlashning turli xil variantlari mavjud, ularda qatlamlarning joylashishi, mahsulotlarning holati (oldindan qovurish) va kesish shakli (goʻsht boʻlaklari) oʻzgarishi mumkin.
Qatlamlarning yaxlitligini buzmaslik uchun fransuzcha goʻshtni, porsiyalarga kesib, pastdan bir goʻsht boʻlagini ushlab ehtiyotkorlik bilan tarelkaga oʻtkaziladi.
Vladivostokda kartoshka shubasi ostida pishirilgan goʻsht „Kapitancha goʻsht“ (ammo, koʻpincha bu taom kartoshkasiz pishiriladi), Rossiyaning markaziy qismida esa — „Diplomat“, „Syurpriz“ yoki „Qoʻlbola“ deb nomlanadi.
Fransiyaning sharqida Elzas oshxonasida „bekeoffe“ deb nomlanadigan taom bor. Uning tarkibiga, goʻsht, kartoshka va sabzi boʻlaklari qatlamlari ham kiradi, lekin pishloq yoʻq.
Gratin (yoki graten) — bu pechda yoki grilda pishirilganda taom yuzasida hosil boʻladigan oltin qobiq. Bu koʻp ziravor sepilgan qirgʻichdan chiqarilgan pishloq yoki talqon non boʻlaklaridan iborat yuqori qatlam. Gratin dastlab taomdan ajratilgan va tansiq taom sifatida isteʼmol qilingan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Emilia Valli, 1000 ricette di carne rossa, Nyuton Compton, 2013, „Sella alla Orloff“.
- Marko Guarnaschelli Gotti, Le ricette dei ristoranti d’Italia, Franco Muzzio, 1989, p. 215.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Почему прижилось мясо по-французски в русской кухне?“. Аргументы и Факты (2012-yil 12-mart). 2017-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-aprel.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Emilia Valli, 1000 ricette di carne rossa, Newton Compton, 2013, „Sella alla Orloff“.
- ↑ Marco Guarnaschelli Gotti, Le ricette dei ristoranti d’Italia, Franco Muzzio, 1989, p. 215.
- ↑ Jennifer Eremeeva. Veal Orlov: A dish fit for a prince. Russia Beyond, February 26, 2014
- ↑ Duc Mityagov. 'French meatʼ brings a taste of 18th century Russia to your table. Russia Beyond, January 27, 2017