Fulad ibn Manazar
Fulad ibn Manazar (forscha: فولاد بن ماناذیر) buvayhiylar sulolasiga xizmat qilgan oliy darajali harbiy zobit boʻlgan justaniy shahzodasi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fulad justaniy qirol Manazarning oʻgʻli. Fuladning Xusravshoh ismli akasi otasi Manazar vafotida keyin Rudbarni boshqargan. Shuningdek, ismi nomaʼlum singlisi ham boʻlib, u buvayhiylar hukmdori Adud ud-Davlaga turmushga chiqqan va undan Abul Husayn Ahmad va Abu Tohir Firuzshoh ismli ikki oʻgʻilni dunyoga keltirgan[1]. Bu davrda Fulad Ziyor ibn Shahravayh ismli gilyaniy zobit bilan birga Bagʻdoddagi buvayhiylar saroyida hukmron mavqega ega boʻlgan. Adud ud-Davla vafotidan keyin buvayhiylar imperiyasida uning ikki oʻgʻli Samsam ud-Davla va Sharaf ud-Davla oʻrtasida vorislik uchun fuqarolar urushi boshlangan. Bu vaqtda Samsam ud-Davla Iroqni, Sharaf ud-Davla esa Fors va Kermonni boshqarayotgan edi.
986-yilda Asfar ibn Kurdavayh ismli daylamiy zobit Samsam ad-Davlaga qarshi isyon koʻtarib, Sharaf ad-Davlaga bay’at keltirgan. Biroq, Asfar tezda fikridan qaytib, uning boshqa ukasi, qisqa vaqt ichida „Baho ud-Davla“ unvonini olgan Abu Nasr Firuz Xarshadga bay’at e’lon qilgan. Samsam ud-Davla Fuladning yordami bilan isyonni bostirib[2], Baho ud-Davlani qamoqqa tashlagan. Samsam ud-Davla qisqa vaqt ichida Sharaf ud-Davla bilan shartnoma imzolagach, Baho ud-Davlani ozod qilishga rozilik bildirgan. 987-yilda Samsam ud-Davlaga xiyonat qilgan Sharaf ud-Davla Iroqni bosib olgan va Samsamni qalʼaga qamab qoʻygan. Shundan soʻng Fuladni ham qamoqqa tashlagan. Ziyorni esa qatl qilgan[3].
988/989-yilda Fulad ozod qilingan[4]. Ozod qilingan Fulad yana Sherozda Samsam ud-Davlaga xizmat qila boshlagan. U yana saroyda taniqli shaxsga aylangan. Biroq, Fuladning keyinchalik Sheroz noibini agʻdarishga harakat qilishi Samsam gʻazabidan qochishga majbur qilgan. Fulad Raydagi Faxr ud-Davla saroyiga borib[4], u yerda taxminan 994-yilda oʻlimigacha yashagan[5]. Uning Ibn Fulad ismli oʻgʻli boʻlib, u keyinchalik buvayhiylar hokimiyatiga qarshi chiqqan va Qazvinni oʻz mulkining bir qismi deb daʼvo qilgan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Donohue 2003, ss. 86–88.
- ↑ Kraemer 1992, s. 195.
- ↑ Donohue 2003, s. 93.
- ↑ 4,0 4,1 Madelung 1992, s. 58.
- ↑ 5,0 5,1 Madelung 1975, s. 224.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Donohue, John J. (2003). "The Buwayhid Dynasty in Iraq 334h., 945 to 403h., 1012: Shaping Institutions for the Future". ISBN 9789004128606. https://books.google.com/books?id=arELc_R1orcC&q=The+Buwayhid+Dynasty+in+Iraq+334H/945+to+403H/1012:+Shaping+Institutions+for+the+future.<!--->
- Madelung, W. (1992). "Religious and ethnic movements in medieval Islam". ISBN 0860783103. https://books.google.com/books?id=eksMAQAAMAAJ&q=Religious+and+ethnic+movements+in+medieval+Islam.<!--->
- Madelung, W. „The Minor Dynasties of Northern Iran“, . The Cambridge History of Iran, Volume 4: From the Arab Invasion to the Saljuqs. Cambridge: Cambridge University Press, 1975 — 198–249-bet. ISBN 978-0-521-20093-6.
- Kraemer, Joel L. (1992). "Humanism in the Renaissance of Islam: The Cultural Revival During the Buyid Age". Humanism in the Renaissance of Islam: The Cultural Revival During the Buyid Age. BRILL. 1–329 b. ISBN 9789004097360. https://books.google.com/books?id=RKU58ZcXAM8C&q=Asfar+b.+Kurdawayh.