Kontent qismiga oʻtish

Gʻallaorol

Koordinatalari: 40°01′17″N 67°35′51″E / 40.02139°N 67.59750°E / 40.02139; 67.59750
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(G'allaoroldan yoʻnaltirildi)
Gʻallaorol
shahar
40°01′17″N 67°35′51″E / 40.02139°N 67.59750°E / 40.02139; 67.59750
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Jizzax viloyati
tuman Gʻallaorol tumani
Aholisi
23 110
Vaqt mintaqasi UTC+5
Gʻallaorol xaritada

Gʻallaorol — Jizzax viloyati[1] Gʻal-laorol tumanidat shahar (1973-yildan), tuman markazi. transport yoʻli stansiyasi. Viloyat markazi (Jizzax shahri[2]) dan 30 km gʻarbda. Toshkent — Samarqand temir yoʻl, Katta Oʻzbekiston trakti yoqasida. Aholisi 23 ming kishi (2005). Paxta tozalash, gʻisht, qishloq xoʻjaligi texnikasini taʼmirlash, sutni qayta ishlash zavodlari, parran-dachilik fabikasi, MTP, qurilish tashkilotlari, avtokorxona, dehqon bozori, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. kichik, oʻrta biznes korxonalari, mikrofirmalar, qoʻshma korxonalar faoliyat koʻrsatadi.

Umumiy taʼlim, bolalar musiqa maktablari, kasb-hunar kollejlari, tuman markaziy kutubxonasi, madaniyat uyi, klub muassasalari, Xotira bogʻi bor. Stadion, sport zallari, sport maydonchalari va boshqa sport insho-otlari mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, tugʻruqxona, dorixona va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Gʻ.dan Toshkent, Samarqand, Jizzax va boshqa shaharlarga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi. Toshkent — Samarqand elektr poyezdi shahar hududidan oʻtadi.