Gʻanisher Xolmurodov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gʻanisher Xolmurodov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Gʻanisher Xolmurodov
Tavallud sanasi 29-noyabr 1994-yil (1994-11-29) (29 yosh)
Tavallud joyi Koson, Oʻzbekiston
Boʻyi 183 cm (6 ft 0 in)
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010-2013 Mash’al
2013 Metallurg
2013-2014 Alanga
Milliy terma jamoa
2008—2011 Oʻzbekiston U-17 8 (0)
2011—2013 Oʻzbekiston U-20 20 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Gʻanisher Xolmurodov (1994-yil 29-noyabr, Qashqadaryo) Sobiq oʻzbek futbolchisi, darvozabon. Oʻzbekiston sohil futboli terma jamoasi aʼzosi.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻanisher Xolmurodov oʻzbekistonlik futbolchi boʻlib, darvozabon va 12-raqamda oʻynagan. U Oʻzbekiston Pro ligasi vakili Muborakning „Mash’al“ klubi tarbiyalanuvchisi. Muborakliklar safida asosiy jamoasida birorta uchrashuv oʻtkazmagan. 2013-yil mavsum boshida Bekobodning „Metallurg“ klubiga ijaraga berildi va birorta uchrashuv oʻtkazmay ikkinchi davrada Kosonning „Alanga“ klubiga oʻtdi. 2013-yil mavsum soʻngida muddatli harbiy hizmatga ketdi.[1] 2014-yilgi mavsumda yana professional futbolga, „Alanga“ safiga qaytdi.[2]

Keyinchalik katta futboldan ketdi va Oʻzbekiston terma jamoasida Plyaj futbolida[3] va havaskorlar futbolida[4] faoliyatini davom ettirmoqda.[5]

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻanisher 16 yoshda, 2011-yilda Meksikada boʻlib oʻtgan 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida u Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi safida 5 ta uchrashuvda ishtirok etgan. Bir oʻyinda ular 4:1 hisobida magʻlub boʻlishdi, ikkinchisida esa 1:2 hisobida gʻalaba qozonishdi.[6]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „G'anisher Xolmurodov futbolni tugatishi mumkin“. 2022-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.
  2. „G'anisher Xolmurodov maydonda (FOTO)“. 2022-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.
  3. „Jahon chempionati chorak final ishtirokchisi G‘anisher Xolmurodov qayerda?“. 2022-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.
  4. „"Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi": "SHo'rtan" musobaqani g'alaba bilan boshladi“. 2022-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.
  5. „Plyaj futboli bo'yicha O'zbekiston milliy jamoasi“. 2015da asl nusxadan arxivlangan.
  6. „2011 FIFA U-17 Jahon chempionati“. 2022-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]