Kontent qismiga oʻtish

Gʻoyib Nepesov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Gʻoyib Nepesovich Nepesovdan yoʻnaltirildi)
Gʻoyib Nepesov
Tavalludi 1907-yil
Rajab baxshi qishlogʻi, Xiva xonligi 
Vafoti 1976-yil
Nukus, Qoraqalpoq Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, Oʻzbekiston SSR
Istiqomat joylari Turkmaniston, Qoraqalpogʻiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi tarixchi
Sohasi tarix
Taʼlimi Ashxobod pedagogika instituti
Ilmiy darajasi tarxi fanlari doktori
Ilmiy unvoni akademik
Mukofotlari

Gʻoyib Nepesovich Nepesov (1907-yil, Rajab baxshi qishlogʻi, Xiva xonligi – 1976-yil, Nukus, Qoraqalpoq Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, Oʻzbekiston SSR) – tarixchi olim, Turkmaniston Fanlar akademiyasi akademigi (1951), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968), Qoraqalpogʻiston ASSRda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1966), tarix fanlari doktori, professor (1950)[1].

Gʻoyib Nepesov 1907-yilda Xiva xonligi Rajab baxshi qishlogʻida (hozirgi Koʻhna Urganch tumani, Toshhovuz viloyati, Turkmaniston) choʻpon oliasida tugʻilgan[2]. Mllati turkman[3].

10-yoshidan, 1917—1923-yillarda mardikor boʻlib ishlagan. 1923-yilda Junaydxon askarlari tomonidan asirga olingan, 6 oydan keyin Gʻoyib Nepesov Qizil Armiya tomonidan ozod qilingan. 1925-yilda Gʻoyib Nepesov komsomolga aʼzo boʻladi. 1927-yilda Koʻktepadagi (Turkmaniston) maktab-internatda, 1927—1930-yillarda Ashxobod ishchilar fakultetida tahsil olgan. Shundan keyin keyin kasaba uyushmalari va davlat idoralarida ishlagan[3]. 1929-yilda Butunittifoq kommunistik partiyasi aʼzoligiga qabul qilingan. 1934-yilda „sud siyosatini buzgani uchun“ partiyadan chiqarib yuboriladi. 1934—1936-yillarda Moskva falsafa, adabiyot va tarix institutida oʻqigan, taxminan 2-kurs boʻlganida „kasallik tufayli“ Turkmanistonga qaytib kelgan[3]. 1938-yil may oyida hibsga olingan, sud tomonidan 9 ​​oylik qamoqqa hukm qilingan. 1939-yilda ozodlikka chiqqanidan keyin Ashxobod pedagogika universitetining tarix fakultetini tamomlagan. SSSR xalqlari tarixidan dars began. 1941-yilda KPSS (b) aʼzoligiga qayta qabul qilngan. 1942-yildan Toshhovuz qʻqituvchilar institutni marksizm-leninizm kafedrasi mudiri boʻlib ishay boshlagan[2]. Toshhovuz Oʻqituvchilar instituti direktori (19421947).

1942-yilda „1917—1920-yillardagi Xiva xalq inqilobi“ mavzusida nomzdlik dissertatsiyasini himoya qilgan, 1947-yilda „Xiva turkmanlari tumanlarida sovet tuzumining gʻalabasi (1917—1936)“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, oʻz mutaxassisligi boʻyicha fan doktori ilmiy darajasiga sazovor boʻlgan birinchi turkman hisoblanadi[2].

1947—1948-yillarda SSSR Fanlar akademiyasi Turkmaniston boʻlimi Prezidiumi raisining oʻrinbosari, 1951-yildan Turkmaniston SSR Fanlar akademiyasi akademigi.

1951-yilda Butunittifoq kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasiining „Bolshevik“ jurnalida O. Shixmurodov va A. Chugayevning „Tarix masalalarini yoritishda millatchilik koʻrinishlariga qarshi“ maqolasi eʼlon qilingan, unda Gʻoyib Nepesovning „Shimoliy Turkmanistonda sovet tuzumining gʻalabasi“ monografiyasi „burjua millatchiligi“da ayblangan. Keyinchalik bu masala Turkmaniston Kompartiyasi (b) MQ plenumida koʻrib chiqilgan. 1952-yil mart oyida Gʻoyib Nepesov Butunittifoq kommunistik partiyasidan chiqarib yuboriladi, Turkmaniston SSR Fanlar akademiyasining toʻliq aʼzoligidan chiqarilgan, tarix fanlari doktori va professor unvonidan mahrum qilinadi. Shundan keyin Gʻoyib Nepesov bir muddat ishsiz qolgan, keyinroq esa radioqoʻmitada tarjimon boʻlib ishlagan[2].

1955-yil noyabr oyida Gʻoyib Nepesov partiya safiga qayta tiklanadi, 1959-yilda Gʻoyib Nepesovga ilmiy darajasi va unvoni, 1960-yillarning oʻrtalarida esa Turkmaniston SSR Fanlar akademiyasi akademigi unvoni qaytarib berilgan. Turkmaniston Fanlar akademiyasi tarix, arxeologiya va etnografiya instituti ilmiy xodimi (19531959), Ashxobod pedagogika instituti kafedra mudiri (19621965), 1966—1970-yillarda Qoraqalpoq pedagogika institutida SSSR tarixi kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan[2][3]. 1970-yilda Nukusda vafot etgan[1].

Ilmiy ishlari Xorazm vohasi va Qoraqalpogʻistonning XX asr 1-yarmidagi tarixiga bagʻishlangan[1].

Ilmiy asarlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Xivinskaya narodnaya revolyutsiya v 1917—1920 gg.
  • Pobeda sovetskogo stroya v rayonax xivinskix turkmen (1917—1936 gg.)
  • Pobeda sovetskogo stroya v Severnom Turkmenistane (1917—1936). Ashxabad, 1950;
  • Velikiy oktyabr i narodnie revolyutsii 1920 goda v Severnom i Vostochnom Turkmenistane. Ashxabad, 1958;
  • Iz istorii xorezmskoy revolyutsii 1920—1924 gg. Tashkent, 1962;
  • Rol trudyashchixsya Karakalpakii v Xorezmskoy narodnoy sovetskoy revolyutsii 1920—1924 gg. Nukus, 1964;
  • Pomosh starshego brata. Na materialax Karakalpakskoy ASSR, Xorezma i Turkmenskoy SSR. Nukus, 1968;
  • Velikiy oktyabr i pobeda narodnoy revolyutsii v Xorezme. Tashkent, 1971 (obsh. red.)[3].