Kontent qismiga oʻtish

Gʻoziyon raboti madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Gʻoziyon raboti madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Samarqand viloyati
Shahar Samarqand
Maktab yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Holati Saqlanib qolmagan
Qurilish materiali Pishiq gʻisht


Gʻoziyon raboti madrasasi — Samarqand madrasasi. Gʻoziyon raboti madrasasi Gʻoziylar darvozasi yonida, ariq yoqasida joylashgan. Dastlab jome masjidi boʻlgan. Odatda harbiylar (gʻoziylar) urushga boorish va kelish paytida shu masjidga namozlarini ado etishgan. Mazkur joyda gʻoziylar qabristoni ham boʻlgan. Komiljon Kattayev tadqiqotlariga koʻra ushbu madrasa Shayxzoda (Poyqabod) darvozasi oldida, hozirgi Dahbed shoh koʻchasida joylashgan va Samarqadning qadimgi namozgohi (al-Musallo) ham uning yaqinida boʻlgan[1]. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazar ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlari va manbalarni oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Uning fikriga koʻra uzoq boʻlmagan yillarda qariyalar „Gʻoziyon masjidi“ nomini eslashlarini yozgan. Tadqiqotchi Abdusattor Jumanazarov fikriga koʻra XIX asr oxiri chogʻida Samarqand masjidlari roʻyxatida bu nom uchramaydi. Gʻoziyon raboti madrasasi Samarqaddagi ilk oliy oʻquv yurtlaridan biridir. Kalom ilmi peshvosi imom Abul Mansur Moturudiy (870—945) va hikmat (falsafa) ilmi bilimdoni Xoja Abul Qosim al-Hakim Samarqandiy (?-953) Gʻoziylar raboti jome masjidi madrasasining mashhur mudarrisi Muhammad ibn Fazl al-Balxiydan taʼlim olgan. Madrasa hujralarida ikki nafar talaba istiqomat qilgan. Uzurli sabasiz 2 oyi 10 kun darsga qatnashmagan talabalar oʻqishdan chetlashtirilgan. Madrasa mutavvali tomonidan nazorat qilib borilgan. Madrasa Samarqanddagi dastlabki oliy dargohlaridan biridir[2].

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻoziyon raboti madrasasi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.

  1. Tursunova M. Samarqand madrasalari (monografiya). Toshkent: Fan nashriyoti, 2019 — 208-bet. 
  2. Abdusattor Jumanazar. Samarqand taʼlim tizimi va madrasalari tarixi. Toshkent: Fan, 2021 — 520-bet.