Gʻulom Jabborov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gʻulom Jabborov
Tavalludi 1917-yil 19-oktyabr
Vafoti 1998-yil
Dushanbe
Fuqaroligi Tojikiston
Taʼlimi T.G.Shevchenko nomidagi Stalinobod davlat pedagogika instituti (hozirgi Dushanbe davlat pedagogika instituti)
Kasbi O'qituvchi
Faoliyat yillari 19351998
Unvoni Dotsent

Gʻulom Jabborov (1917.10.19, Buxoro — 1998, Dushanbe)[1] — fizik olim, fizika fanlari nomzodi (1973), dotsent (1975), ikkinchi jahon urushi qatnashchisi.

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻulom Jabborov 1917-yil 19-oktyabrda Buxoro amirligi poytaxti Buxoro shahrida tugʻilgan. 1935-yilda Buxoro muallimlar bilim yurtini tamomlagan. 1935—1941-yillarda Stalinoboddagi maktablardan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. 1941—1944-yillarda Sovet Armiyasi saflarida xizmat qilib, ikkinchi jahon urushida qatnashgan. 1944—1950-yillarda Shahrinav bolalar uyi mudiri, 1950—1951-yillari Dushanbedagi bolalar uyida mudir boʻlib ishlagan. 1951—1957-yillarda Tojikiston SSR Xalq taʼlimi vazirligi inspektori va kadrlar boʻlimi mudiri boʻlgan.

1957-yilda T.G.Shevchenko nomidagi Stalinobod davlat pedagogika institutining fizika-matematika fakultetining sirtqi bo‘limini tamomlagan. 1957—1975-yillarda mazkur pedagogika institutida katta o‘qituvchi, 1975-yildan umrining oxirigacha institutning umumiy fizika kafedrasi dotsenti lavozimlarida ishlagan. 1974-yilda Jabborov tashabbusi bilan Pedagogika institutining fizika fakultetida „Fizika o‘qitish metodikasi“ kafedrasi tashkil etilgan[2]. Fizika o‘qitish metodikasi kafedrasining birinchi mudiri lavozimida ishlagan. Shuningdek, uning tashabbusi bilan kafedrada tajribalar oʻtkazish laboratoriyalari, amaliy fizika darslari va texnik o‘quv qurollari, fizika o‘qitish metodikasi kabinetlari tashkil etildi. Teskari korrelyatsiya kengayish usullari va fizika taʼlimining boshqa masalalari boʻyicha ilmiy ishlar olib borgan.

1998-yilda Dushanbe shahrida 81 yoshida vafot etgan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xizmatlari „Ulug‘ Vatan urushi (1941—1945) davridagi jasoratli mehnati uchun“, „Xizmat mehnati uchun“, „Fashizm ustidan qozonilgan g‘alaba uchun“ medallari, „Tojikiston SSRda xizmat ko‘rsatgan maktab o‘qituvchisi“ (1976) faxriy unvoni bilan taqdirlangan va Tojikiston SSR Prezidiumining bir qator ordenlari sohibi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Тақвими рӯз: Аз зодрӯзи физикдони тоҷик то эмбаргои тиҷоратии зидди Куба“. Qaraldi: 2023-yil 12-iyul.
  2. „КАФЕДРАИ МЕТОДИКАИ ТАЪЛИМИ ФИЗИКА“. Таджикский государственный педагогический Университет имени Садриддин Айнӣ. Qaraldi: 2023-yil 12-iyul.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]