Kontent qismiga oʻtish

Gʻani Valiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(G’ani Valiyevdan yoʻnaltirildi)
Gʻani Valiyev
Tavalludi 17-iyul 1924-yil
Namangan viloyatining Qurmoq qishlogʻida
Vafoti 26-mart 1998-yil(1998-03-26)
(73 yoshda)
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR,
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Xizmatdagi yillari 19421946
Harbiy  qism 66-oʻqchi polki (61-oʻqchilar diviziyasi), 28-armiya (SSSR) 1-Ukraina fronti
Qoʻmondonlik qilgan 66-polkining miltiqchilar rotasi piyoda razvedkasi vzvod komandirining yordamchisi
Jang/urush

Nikopol-Krivoy Rog jangi (1944-yil yanvar-fevral), Bereznegovato-Snigirevskaya jangi (1944 -yil mart), Odessa jangi(1944-yil mart-aprel), Gumbinnen-Goldap operatsiyasi (1944-yil oktyabr), Sharqiy Prussiya (1945-yil yanvar-mart)

Berlin hujum operatsiyasi (1945-yil aprel-may).
Mukofotlari

„Shon-sharaf belgisi“ ordeni Kavkaz mudofasi uchun «Mehnatda jasorat ko’rsatgani uchun (Harbiy jasorati uchun) yubiley medali. Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan»
Isteʼfoda Namangan viloyat ijroiya qoʻmitasi xoʻjalik boʻlimi boshligʻi

Gʻani Valiyev (1924-yil 17-iyul — 1998-yil 26-mart) — 66-polkining miltiqchilar rotasi piyoda razvedkasi vzvod komandirining yordamchisi, brigadir, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Shuhrat ordeni (SSSR), Vatan urushi ordeni, Mehnat Qizil Bayroq ordeni, Jasurlik uchun medali, Stalingrad mudofaasi uchun medali, Kavkaz mudofaasi uchun medali va Berlinni ozod qilganlik uchun medallari sohibi. SSSR Ichki ishlar vazirligining Toshkent maktabida tahsil olgan. 1942-yildan komsomol aʼzosi. 1945-yildan KPSS aʼzosi. Namangan viloyati urush va mehnat faxriylari kengashi sobiq raisi. Namangan viloyat ijroiya qoʻmitasi xoʻjalik boʻlimi sobiq boshligʻi[1][2].

Gʻani Valiyev Ikkinchi jahon urushi vaqtida bir qancha hujum operatsiyalarida qatnashgan, jumladan: Nikopol-Krivoy Rog jangi (1944-yil yanvar-fevral), Bereznegovato-Snigirevskaya jangi (1944 -yil mart), Odessa jangi (1944-yil mart-aprel), Gumbinnen-Goldap operatsiyasi (1944-yil oktyabr), Sharqiy Prussiya (1945-yil yanvar-mart) Berlin hujum operatsiyasi (1945-yil aprel-may)[3].

Hayoti va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1924-yil 15-iyulda Turkiston ASSRda (hozirgi O‘zbekiston Namangan viloyati Qurmoq qishlogʻi) dehqon oilasida tugʻilgan. Millati oʻzbek[4]. 1940-yilda Namangan shahridagi 19-son oʻrta maktabni tamomlagan. Keyinchalik kolxozga ishga kirgan. 1942-yil iyun oyida Oʻzbekiston SSR Namangan viloyati Namangan harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1942-yil dekabrdan Ulugʻ Vatan urushi frontlarida xizmat qilgan. Stalingrad va Janubiy frontlarda jang qilgan, Stalingrad jangi qatnashchisi. 1943-yil 12-avgustda Donbassni ozod qilish paytida va 1944-yil 11-avgust Polshadagi janglarda ikki marta yaralangan[3].

1943-yilda tuzalib, urush tugaguniga qadar 28-armiyaning 66-piyoda polkida Ukraina frontida, 1944-yil iyundan Belarussiya frontida, 1944-yil oktyabrdan 1-Belarussiya frontida, 1945-yil apreldan boshlab yana 1-Ukraina frontida jang qila boshlagan. Nikopol-Krivoy Rog (1944-yil yanvar-fevral), Bereznegovato-Snigirevskaya (1944-yil mart), Odessa (1944-yil mart-aprel), Belarus (1944-yil iyun-avgust), Gumbinnen-Goldapskaya (1944—1945-yil mart)[5] va Berlin (1945-yil aprel-may) hujum operatsiyalarida qatnashgan[3].

66-piyoda polkining (61-piyoda diviziyasi, 128-piyoda korpusi, 28-armiya, 1-Belarussiya fronti) otuvchisi, Qizil Armiya askari Gʻani Valiyev Narew daryosi boʻyidagi Serotskiy koʻprigini muhofaza qilish janglarda jasorat koʻrsatgan. 1944-yil 8-sentyabrda u kuchli dushman hujumi ostida oʻz otryadi jangchilari bilan Serok shahri (Polsha) yaqinidagi Narew daryosini kesib oʻtadi va otryadi bilan suv qirgʻogʻidan hujumga oʻtadi. Ushbu harakatlari orqali u sektorda koʻprik boshini qoʻlga kiritishiga yordam beradi. 8 va 9-sentyabr kunlari Narew daryosining oʻng qirgʻogʻidagi koʻprik uchun boʻlgan janglarda u otryadi bilan dushmanning 4 ta qarshi hujumini qaytaradi. Oʻsha jangda Gʻani Valiyev 17 nemis askari va 1 zobitini yoʻq qiladi[3].

Frontda nemis bosqinchilariga qarshi jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi va bir vaqtning oʻzida koʻrsatgan jasorati uchun 1944-yil 27-sentyabrda 61-piyoda diviziyasi boʻlinmasi 034/n-son buyrugʻi bilan[6] Qizil Armiya askari Gʻani Valiyev 3-darajali Shuhrat ordeni (SSSR) bilan taqdirlangan[4].

1944-yil 9-noyabrda Gumbinnen shahri yaqinida (Sharqiy Prussiya, hozirgi Kaliningrad viloyati Gusev shahri) jangda u oʻz otryadi bilan nemis bunkeriga bostirib kirdi va 2 askarni yoʻq qildi. 9-noyabr kuni Shmulken qishlogʻi yaqinida uning otryadi dushman tomonidan toʻsatdan hujumga uchradi. Nemislar voqea joyida 8 nafar askarlarni yoʻq qildi. Gʻani Valiyevga qarshi hujumga oʻtgan 2 nafar dushman askarini voqea joyida oʻldirib, yana bir askarni qoʻlga oldi[4].

Frontda nemis bosqinchilariga qarshi jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi va bir vaqtning oʻzida koʻrsatgan jasorat uchun 1944-yil 18-dekabrdagi 64/n-son buyrugʻi bilan kichik serjant Gʻani Valiyev 2-darajali Shuhrat ordeni (SSSR) bilan taqdirlangan. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1946-yil 15-maydagi Farmoni bilan nemis bosqinchilariga qarshi kurash frontida qoʻmondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda bir vaqtning oʻzida koʻrsatgan jasorati uchun katta serjant Gʻani Valiyev 1-darajali Shuhrat ordeni (SSSR) bilan taqdirlangan[3].

1946-yil aprel oyida serjant Gʻani Valiyev demobilizatsiya qilindi. 1950-yilda SSSR Ichki ishlar vazirligining Toshkent maktabini tamomlagan. Namangan viloyat ijroiya qoʻmitasi ichki ishlar boʻlimida xizmat qilgan, oxirgi lavozim shu boshqarmaning xoʻjalik boʻlimi boshligʻi boʻlgan. 1998-yil 26-martda vafot etgan[4].

Ivanovo shahridagi qahramonlar yodgorligi.

Qahramonning qabriga qabr toshi oʻrnatildi. Gʻani Valiyev va bir qancha ikkinchi jahon urishida qatnashganlar nomi Ivanovo shahridagi Qahramonlar yodgorligida abadiylashtirilgan[19].

  • Кавалеры ордена Славы трёх степеней: Краткий биографический словарь, 2000. ISBN 5-203-01883-9. 
  • Кургузов И. П. Солдатская доблесть, Ташкент, 1970. 
  • Воениздат. Полные кавалеры ордена Славы, Москва, 2010. 
  • Hamid Nuriy. Askarlik shuhrati, Sovet O‘zbekistoni, 1965. 
  1. „Валиев Гани биография“.
  2. „G’ani Valiyev biografiyasi“.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 „Валиев Гани“ (ru). Герои страны.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 „Министерство обороны Российской Федерации. Валиев Гани“. Qaraldi: 2020-yil 11-yanvar.
  5. „Валиев Гани Валиевич — малоизвестный герой боев за Гумбиннен“.
  6. „Министерство обороны Российской Федерации. Валиев Гани“. Qaraldi: 2020-yil 11-yanvar.
  7. Строка в наградном списке к ордену Славы 1-й степени Наградной лист в электронном банке документов «Подвиг народа».
  8. Наградной лист к ордену Славы 2-й степени Наградной лист в электронном банке документов «Подвиг народа».
  9. Наградной лист к ордену Славы 3-й степени Наградной лист в электронном банке документов «Подвиг народа».
  10. Медаль «За отвагу» Наградной лист в электронном банке документов «Подвиг народа».
  11. Медаль «За оборону Сталинграда»
  12. Указ ПВС СССР от 09.05.1945
  13. Указ ПВС СССР от 07.05.1965
  14. Указ ПВС СССР от 25.04.1975
  15. Указ ПВС СССР от 22.02.1948
  16. Указ ПВС СССР от 18.12.1957
  17. Указ ПВС СССР от 26.12.1967
  18. Указ ПВС СССР от 28.01.1978
  19. „22 июня ивановцы почтили память погибших воинов минутой молчания у мемориала "Героям фронта и тыла"“.