Kontent qismiga oʻtish

G. Lelevich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
G. Lelevich
Tavalludi
Лабори Гилелевич Калмансон

1901-yil 17-sentyabr
Vafoti 1937-yil 10-dekabr
RSFSR, SSSR
Fuqaroligi Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi Shoir, muharrir, adabiyotshunos

Labori Gilelevich Kalmanson (adabiy taxalluslari G. Lelevich va L. Mogilevskiy; 1901-yil 17-sentyabr, Mogilev – 1937-yil 10-dekabr[1], Chelyabinsk) – rus sovet shoiri, adabiyotshunos tanqidchi va muharrir.

Shoir Gillel Moiseyevich Kalmansonning oʻgʻli (1868-1937, taxallusi Perekati-Pole)[2]. Labori nomini Dreyfus sudida advokat boʻlgan Fernan Labori (1860-1917) sharafiga olgan. Mogilyovdagi maktabda oʻqigan (u yerda Lorik Kalmanson nomi bilan tanilgan), oʻquvchilar adabiy jurnalida nashr etilgan. U yozishni bolaligidan boshlagan, 1917-yilda L. Mogilevskiy taxallusi ostida Mogilyovning „Molot“ gazetasida saralangan sheʼrlar bilan debyut qilganida, adabiy faoliyat bilan jiddiy shugʻullana boshlagan[3]. 1917-yilda otasi bilan Gomelga koʻchib oʻtgan, u yerdan Samaraga yuborilgan [4].

Labori „Oktyabr“ Proletar yozuvchilari guruhi (1922-yil dekabr) va Moskva Proletar yozuvchilar uyushmasi (MAPP) (1923-yil mart), shuningdek „Na postu“ jurnalining asoschilaridan biri. Butunrossiya Proletar yozuvchilar uyushmasi aʼzosi boʻlgan.

Kalmanson Saratovga surgun qilinganida viloyat sudining aʼzosi boʻlgan, 1927-yildan 1929-yilgacha Saratov universiteti pedagogika fakultetining rus adabiyoti tarixi kafedrasi dotsenti boʻlgan. „Saratovskie Izvestiya“ gazetasida bir qator adabiy-tanqidiy maqolalari chop etilgan[5].

Shoir „Nabat“ (1921), „V Smolnom“ (1925), „Golod“ (1921) sheʼriy toʻplamlari muallifi. U proletar sanʼatida novatorlik, adabiyotga „partiyaviy rahbarlik“ tarafdori boʻlgan[6].

Oxirgi yillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Labori Kalmanson 1929-yilda Trotskiy muxolifatida qatnashgani uchun partiyadan chiqarib yuborilgan va 3 yilga Solikamskga surgun qilingan. 1930-yilda muxolifatni tark etgan va surgundan muddatidan avval qaytarilgan[7].

Shoir Kirov oʻldirilganidan keyin, Stalin qatagʻonlari paytida, hibsga olinib 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. 1937-yilda qayta sudlangan va 1937-yil 10-dekabrda Chelyabinskda qatl etilgan[8]. Laborining oʻgʻli Varlen Laborevich Lelevich (1923-1941) 1939-yilda koʻchada hibsga olingan va Irkutsk viloyati NKVDning 1-sonli qamoqxonasida jazoni oʻtagan. Qayta sudlangan va 1941-yil 11-dekabrda qatl etilgan. Kalmansonning otasi oʻgʻlining taqdiriga sherik boʻlgan va 1937-yilda otib ketilgan.

Xotini – Sofya Veniaminovna Lelevich-Lukovskaya.

  1. „Лабори Калмансон (1901—1937)“. 2013-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-yanvar.
  2. „Лабори Калмансон (1901—1937)“. 2013-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-yanvar.
  3. „М. Б. Рабинович «Воспоминания о долгой жизни»“. 2019-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-oktyabr.
  4. „Воспоминания Моисея Герчикова“. 2008-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-oktyabr.
  5. „Забытый пролетарский писатель“. 2016-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-iyun.
  6. „Стрекопытовский мятеж в Гомеле в марте 1918 года“. 2016-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-oktyabr.
  7. Shabalin V. V. Peyzaj posle bitvi. Iz istorii levoy oppozitsii na Urale. – Perm, 2003. – S. 15. Shabalin V. V. Levaya oppozitsiya v Uralskoy oblasti, 1927—1930 gg. (Wayback Machine saytida 2024-08-16 sanasida arxivlangan)
  8. „Лабори Калмансон (1901—1937)“. 2013-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-yanvar.