Gabdulhaq Samatov
Gabdulhaq Samatov | |
---|---|
Tatariston bosh qozisi | |
Mansab davri 1998 – 2006 | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1930-yil 12-oktyabr Staroye Ibraykino, Oqsuboyev tumani, Tatar ASSR, RSFSR, SSSR |
Vafoti |
2009-yil 6-mart Tatariston, Rossiya |
Fuqaroligi |
Sovet Ittifoqi Rossiya |
Millati | tatar |
Taʼlim | Mir Arab madrasasi |
Dini | islom |
Dafn etilgan joyi | Tatar qabristoni, Qozon |
Gabdulhaq Gabdulgatovich Samatov (1930-yil 12-oktyabr — 2009-yil 6-mart) — tatar dinshunosi.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1930-yil 12-oktyabrda TASSRning Oqsubayev tumani tarkibiga kiruvchi Staroye Ibraikino qishlogʻida tugʻilgan. Uning ota-onasi taqvodor boʻlgan, eʼtiqodlari uchun ular hokimiyat tomonidan taʼqibga uchraganlar. Gabdulhaqning otasi kolxozda ishlashni rad etgani uchun repressiyaga uchrab, qamoqda vafot etgan[1].
Bolaligidan shariat qonunlariga rioya qilishga harakat qilgan Gabdulhaq oʻz eʼtiqodini doimiy ravishda himoya qilgan, oktyabr bolasi yoki kashshof boʻlmagan, komsomolga qoʻshilmagan[1] .
1951-yilda armiyaga chaqirilgan, keyin haydovchi boʻlib ishlagan. Armiyada boʻlganida ham diniy koʻrsatmalarga rioya qilgan va muntazam namoz oʻqigan. Ish bilan bir vaqtda Islomni oʻrganishni davom ettirgan. Ustozlaridan biri Gabdulhaq Sodiqov (Sadiqov familiyasi bilan ham mashhur)[1].
Bir necha bor Talg‘at Tojuddin bilan birga o‘qishga kirib Miri Arab madrasasini bitirmoqchi bo‘lgan, ammo barcha urinishlar hokimiyatning qarshiliklari tufayli muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Oxirgi marta 1968-yilda KGB bilan hamkorlik qilishdan bosh tortganidan keyin haydalgan. Hatto muftiylar Shokir Xiyaletdinov va Shamsiddinxon Boboxonovlarning[1] shafoatlari ham yordam bermagan.
1972-yilda Perm viloyatida joylashgan Kayan qishlogʻiga imomlikka tayinlangan, ammo mahalliy hokimiyat bilan kelishmovchiliklar tufayli 3 oydan keyin oilasi yashagan Qozonga qaytishga majbur boʻlgan. Shundan soʻng Qozon shahrida oʻsha paytda faoliyat koʻrsatgan yagona masjid boʻlgan Marjoniy masjidida chilangar boʻlib ishlagan. Bu yerda imomlar Gabdelxabir Yarullin va Ahmadzaki Safiullin bilan uchrashgan. 1981-yilda Almetyevsk, Orenburgdagi masjidlarga imom, shuningdek, Chistopol masjidiga rahbarlik qilgan. 1990-yilda Qozon oliy musulmon madrasasida Isxoq Lutfullin bilan birga ishlagan[2]. U yerda dars bergan, ayni paytda Marjoniy masjidida imomlik qilgan. 1998-yilda Tatariston DUM bosh qozisi etib saylangan[1].
2009-yil 6-martda yurak xastaligidan vafot etgan. Marhum janozasini shaxsan Talg'at Tojuddin[1] oʻqigan.
Qozondagi tatar qabristoniga dafn etilgan[3].
Tataristonda Gabdulxaq Samatov xotirasiga bag‘ishlangan „Samatovskiy chteniye“ o‘tkazilmoqda[4].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oilali, to‘rt farzandi bor[1]. Gabdulxaqning oʻgʻli Tagir Samatov Xanti-Mansi avtonom okrugi Yugra muftiysi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 „Габдулхак Саматов — бывший враг советской власти, ставший шариатским судьей“. 2021-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-aprel.
- ↑ „Габдулхак Саматов и Исхак Лотфуллин стояли у истоков создания этого медресе“. 2019-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-aprel.
- ↑ „«Мы должны помнить могилы наставников»: разработан путеводитель по кладбищу Ново-Татарской слободы“. 2019-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-aprel.
- ↑ „В Казани почтили память Габдулхака Хазрата Саматова“. 2019-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-aprel.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rossiyaning taniqli musulmon yetakchisi Gabdulhak Hazrat Samatov uzoq davom etgan og‘ir xastalikdan so‘ng 79 yoshida vafot etdi.
- Gabdulhaq Samatov tavalludining 80 yilligiga
- Tatariston Respublikasi muftiysi: Gabdulxak Samatov anʼanaviy islomning tiklanishida inkor etib boʻlmas rol oʻynadi
- Gabdulhaq-Hazrat Samatov xotirasiga (Wayback Machine saytida 2021-04-10 sanasida arxivlangan)