Gaetano Mosca
Gaetano Mosca | |
---|---|
italyancha: Gaetano Mosca | |
Tavalludi |
1858-yil 1-aprel |
Vafoti |
1941-yil 8-noyabr Rim, Italiya |
Fuqaroligi | Italiya |
Kasbi | Italiyalik siyosatshunos, sotsiolog |
Mukofotlari | Avliyolar Mavrikiy va Lazar ordeni |
Gaetano Mosca (talaffuzi: Gaetano Moska) (1858-yil 1-aprel, Palermo, Italiya — 1941-yil 8-noyabr, Rim, Italiya) — italiyalik siyosatshunos, sotsiolog, elitalar nazariyasining asoschilaridan biri. Mosca „Siyosatshunoslik asoslari“ (1896) nomli asarida odamlar ikki guruhga: boshqaruvchilar bilan boshqariladiganlarga boʻlinadi degan fikrni ilgari surgan.
Birinchisi — barqaror, obroʻli, boylikning ham, hokimiyatning ham, shon-sharafning qizigʻin koʻrib yurgan guruh. Ikkinchisi — ommaviy. Yuqori elita quyi boʻlganlarni oʻz guruhiga kirgazmaslikka harakat qiladi. Bu elitaning pasayishiga olib keladi. Buning oldini olish uchun jamiyatning demokratlashtirish, yaʼni erkin fikr almashishni oʻrnatish kerak. Shu orqali jamiyatdagi siyosiy guruh yangilanib turadi yoki vaqt talabiga javob bera olmasa, o‘z o‘rnini boshqalarga bo‘shatib beradi. Gerbert Spenser taʼlimotida Moska jamiyatni ikki turga: harbiy (mustahkamlash asosida) va sanoat (erkin rozilik asosida)ga bo‘linishiga eʼtibor qaratgan. Moska bunday tasnifni qabul qilib boʻlmaydigan deb hisobladi, chunki u „oldindan oʻylangan“ deb qabul qilindi.
Mosca hukmron guruhga kirishning uchta yo‘lini ko‘rsatadi. Ular:
- harbiy unvon
- boylik ,
- individuallik.
Mosca elitaning yangilanmay turib jamiyatda barqarorlik bo‘lmasligin isbotlagan. Bundan tashqari, sanoat jamiyatining koʻplab ijtimoiy kuchlardan iborat boʻlib, ularning baʼzilari hukmron guruhga singib ketishga intilishi kerak degan xulosaga keladi.[1][2]
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sulla teorica dei governi e sul governo parlamentare (1884)
- Appunti sulla libertà di stampa (1885)
- Questioni costituzionali (1885)
- Le Costituzioni moderne (1887)
- Elementi di scienza politica (1ª parte: 1896 — 2ª parte: 1923)
- Che cosa è la mafia, (1900)
- Appunti di diritto Costituzionale (1908)
- Italia e Libia (1912)
- Stato liberale e stato sindacale (1925)
- Il problema sindacale (1925)
- Saggi di storia delle dottrine politiche (1927)
- Crisi e rimedi del regime parlamentare (1928)
- Storia delle dottrine politiche (1937)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Biekenov K., Sadirova M. Әleumettanudiң tүsіndіrme sөzdіgі. — Almati: Sөzdіk-Slovar, 2007. — 344 bet. ISBN 9965-822-10-7
- ↑ Sayasi tүsіndіrme sөzdіk. — Almati, 2007. ISBN 9965-32-491-3