Kontent qismiga oʻtish

Gaistontepa

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Gaistontepa
Joylashuv Gaiston qishlogʻi, Yangiqoʻrgʻon, Namangan
Turi Arxeologik yodgorlik
Material Tuproq
Xarita

Gaistontepa Oʻzbekistondagi madaniy meros obyekti. Arxeologiya yodgorligi. Obyekt davri: Aniqlanmagan. Namangan viloyatining Yangiqoʻrgʻon tumanida joylashgan. Obyekt manzili: Gaiston qishloq. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq: Davlat mulki. Namangan viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan[1][2].

Bosh prokuratura[3] oʻtkazgan tadbirda aniqlashicha, „Gaistontepa“ arxeologiya yodgorligiga taalluqli hujjatlar tuman kadastr va qurilish boʻlimi boshliqlari tomonidan qonunchilik talablariga zid ravishda yer uchastkalarini ajratib berish masalasini koʻrib chiquvchi komissiyaga taqdim etilib, obyekt noqonuniy ravishda fuqarolarga dala-hovli qurish uchun ajratilgan[4].

Natijada, „Gaistontepa“ yodgorligi 2020—2021-yillar davomida fuqaro Z. M. tomonidan buzib tashlangan. Uning oʻrniga uy-joy qurilgan. Buning natijasida tarixiy obyektga 80 mlrd soʻm miqdorida zarar yetkazilgan[4].