Kontent qismiga oʻtish

Gaitidagi qamoqdan qochish voqealari (2024)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Port-au-Princedagi urush (2024)

Gaiti xaritasi
Sanalar 28-fevral 2024–hozirgacha[1]
Urush yeri Asosan Gaitining Port-au-Prince shahri
Natija Qurolli ziddiyatlar
Raqiblar
G9 Family and Allies jinoiy guruhi Gaiti xavfsizlik xizmati


Qurollangan tinch aholi

Qoʻmondonlar
Jimmy Chérizier
Guy Philippe
Gaiti Ariel Henry
Gaiti Michel Patrick Boisvert
Yoʻqotishlar
38 inson oʻldirilgan[2], 15000 inson uysiz qolgan, 362000 inson koʻchirilgan[3][4][5][6]

Gaitida 2018-yildan beri davom etayotgan tartibsizliklar fonida 2024-yil mart oyida qurollangan guruhlar mamlakatdagi ikkita eng yirik qamoqxonaga bostirib kirishi natijasida 4700 dan ortiq mahbus qochib ketdi. Guruhlar Bosh vazir Ariel Henryning isteʼfoga chiqishini talab qilib, uning mamlakatga kirishiga toʻsqinlik qilish maqsadida Tussen Luvertura xalqaro aeroportiga hujum qiladi va uni yopib qoʻyadi. Gaiti hukumati zoʻravonlik va tartibsizlikni jilovlash maqsadida Ouest departamentida 72 soatlik favqulodda holat va tungi komendantlik soatini eʼlon qildi. 2024-yil 12-martda Henry vaziyatning yomonlashuviga javoban bosh vazirlikdan isteʼfoga chiqish niyatidaligini bildirdi[7].

Gaiti 2018-yildan beri davom etayotgan inqiroz, shu jumladan, siyosiy qotilliklar va 2023-yildan beri jinoiy guruhlar urushini boshidan kechirmoqda.

2024-yil 1-martda Gaiti bosh vaziri Ariel Henry Keniyaning Nayrobi shahrida Gaitiga 1000 nafar Keniya politsiyasi xodimlarini joylashtirishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi kelishuvni imzoladi[8].

Port-au-Princedagi „G9 Family and Allies“ toʻdasining rahbari Jimmy Chérizier Ariel Henryning operatsiya bilan Gaitiga qaytishiga yoʻl qoʻymasligi haqidagi videoni namoyish qildi. 1-mart kuni „Gaitiga qaytish xavfsizmi?“ degan savolga Henry yelkasini qisish bilan javob berdi[9]. Mamlakatning Haiti Creole tilida soʻzlashuvchi aholisidan tashkil etilgan „Viv Ansanm“ nomli ittifoq tarkibining bir qismi boʻlganligi uchun hamda „birgalikda yashash“ maqsadida boshqa jinoiy guruhlar Chérizierning xatti-harakatlarini qoʻllab-quvvatlagan. Garchi bu ittifoq tezda tarqalib ketgan boʻlsa-da, boshqa jinoiy guruhlar Chérizierning G9 guruhi bilan birgalikda bosqinchilik qilishda davom etishadi[10].

2– va 3-mart kunlari qurolli guruhlar Gaitidagi Croix des Bouquets va Port-au-Princeda joylashgan ikkita eng yirik qamoqxonalarga hujum qilishdi[11]. Buning oqibatida 4700 dan ortiq mahbus qochishga muvaffaq boʻldi[12]. Xabarlarga koʻra, janglar paytida Gaitida toʻliq boʻlmagan 9000 nafar askar ishlagan va jinoiy guruhlar tomonidan qurolsizlantirilgan[13]. Insight Crime maʼlumotlariga koʻra, 400 Mawozo toʻdasi Croix-des-Bouquets hududini nazorat qiladi va qamoqxonaga ham oʻz taʼsirini oʻtkaza oladi[14]. Zoʻravonliklarning kuchayishi uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olgan Chérizierning aytishicha, uning maqsadi Gaiti hukumati amaldorlarini, shu jumladan politsiya boshligʻini qoʻlga olish boʻlgan[15]. Mojaro natijasida 12 nafardan ortiq odam halok boʻlgan[11]. BMT hisob-kitoblariga koʻra, Port-au-Princedagi ziddiyat oqibatida 15 ming kishi qochishga muvaffaq boʻlgan[15].

Moliya vaziri Michel Patrick Boisvert boshchiligidagi Gaiti hukumati zoʻravonlik va tartibsizlikni toʻxtatish maqsadida 72 soatlik favqulodda holat va tungi komendantlik soatini eʼlon qildi[16]. Chérizier hujumlarning kuchayishini oʻz zimmasiga olib, Henryning isteʼfosini talab qildi hamda bosqinlarning koʻpayishidan maqsad asosiy hukumat amaldorlarini, jumladan politsiya boshligʻini qoʻlga olish ekanligini qoʻshimcha qildi[17]. Ziddiyatga qamoqdan qochgan koʻplab guruh rahbarlari qoʻshildi va Gaitidagi jinoiy guruhlar urushida raqib guruhlar oʻrtasidagi ittifoq Gaiti elitasini agʻdarish uchun shakllantirilayotgani haqidagi taxminlarni toʻgʻriligini kuchaytirdi[18][19].

4-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:00 atrofida qurolli guruhlar Henryning Gaitiga qaytishi haqidagi mish-mishlardan soʻng hududni nazorat qilish maqsadida politsiya va Gaiti qurolli kuchlari bilan kuchli qoʻriqlanadigan Toussaint Louverture xalqaro aeroportiga qurolli hujum uyushtirdi[20]. 5 Seconds jinoiy guruhi rahbari Johnson Andréning hujumlarga aloqador ekanligi ayon boʻldi[21]. Hujumlar aeroport hududining yopilishiga olib keldi va Henryning mamlakatga kirishiga toʻsqinlik qildi[22]. Qoʻzgʻolonchilarning boshqa rahbarlari, jumladan, Guy Philippe Gaiti prezidentligini egallashga harakat qilishlarini bildirdi[23]. Stade Sylvio Cator maydoni va milliy bank hujumga uchradi[24][25][25]. Boshqa davlat muassasalari, jumladan maktablar va banklar yopildi[26].

5-mart kuni qamoqdan qochish yana uch mahbusning oʻlimiga olib kelgani haqida xabar berildi. Gaiti politsiyasi qochishga urinishlarni toʻxtata oldi[27][28]. 6-mart kuni Bas-Peu-de-Chose shahridagi politsiya boʻlimiga jinoiy guruhlar hujum uyushtiradi va u yerni yoqib yuboradi[29].

7-mart kuni Ouest departmentdagi favqulodda holat, jumladan tungi komendantlik soati va norozilik namoyishlarini oldini olish uch kundan bir oyga (3-aprelgacha) uzaytirildi[30].

8-mart kuni jinoiy guruhlar Milliy saroy yaqinidagi ikkita politsiya boʻlimiga hamda saroyning oʻziga hujum qildi va ichki ishlar vazirligini yoqib yubordi[31][32][33]. Toussaint Louverture xalqaro aeroporti atrofidagi xavfsizlik perimetri jinoiy guruhlar tomonidan buzilgan, Port-au-Prince boʻylab otishma ovozlari eshitilgan[34].

9-mart kuni jinoiy guruhlar Port-au-Princedagi Ijtimoiy taʼminot instituti shtab-kvartirasiga hujum qilib, uni egallab oldi. Dominikan Respublikasi hukumati esa oʻz amaldorlari va fuqarolarini Port-au-Princedan evakuatsiya qilish rejasini eʼlon qildi[35].

21-mart kuni Petion-Villeda Makandal nomi bilan tanilgan jinoiy guruh rahbarlaridan biri bwa kale tomonidan oʻldirilgan[36]. Voqeadan bir kun oʻtib, oy boshida qamoqdan qochgan Delmas 95 rahbari Ernst Julme xuddi shu hududda politsiya tomonidan oʻldirilgan. Julmening oʻlimi Chérizier uchun Port-au-Princeni egallashga urinishlarida katta muvaffaqiyatsizlik sifatida tasvirlangan[37][38].

  • Kolumbiya bayrogʻi Kolumbiya: Kolumbiya Tashqi ishlar vazirligi Gaitidan Jovenel Moïsening oʻldirilishida aybdor deb topilgan 18 nafar sobiq kolumbiyalik askarga „maxsus himoya“ berilishini soʻradi — ular qamoqxonadan qochish paytida oʻz kameralarida qolgan[39].
  • AQSH bayrogʻi AQSh: Prezident Joe Biden Gaitidagi vaziyatning yomonlashuvidan xavotirdaligini bildirdi hamda Gaitidagi holatni barqarorlashtirish uchun muvofiqlashtirilgan xalqaro choralar koʻrish zarurligini taʼkidladi. Davlat departamenti Gaiti milliy politsiyasi va boshqa mahalliy muassasalarining jamoat xavfsizligini taʼminlash hamda jinoiy guruhlar zoʻravonligiga qarshi kurashish yoʻlidagi salohiyatini oshirishga yordam berish boʻyicha davom etayotgan saʼy-harakatlarni taʼkidladi[40][41].
  •  Yamayka: Bosh vazir Andrew Holness chigallashib borayotgan vaziyatni hal qilish uchun muvofiqlashtirilgan xalqaro choralarni koʻrishga chaqirdi. Yamayka Tashqi ishlar va Tashqi savdo vazirligi Gaitidagi yaqinda koʻplab mahbuslarning qochishiga sabab boʻlgan qamoqdan qochish voqeasidan xavotirdaligini bildirdi[42].
  •  Kanada: Tashqi ishlar vaziri Melanie Joly 18 nafar kanadalikni Gaitidan olib chiqqanini eʼlon qildi. Operatsiya Kanadaning Port-au-Princedagi elchixonasida xavfsizlik va favqulodda vaziyatlarni rejalashtirishda yordam berish uchun Joint Task Force 2 (JTF2)ni joylashtirishni oʻz ichiga oldi.
  •  Fransiya: Port-o-Prensga tijorat havo qatnovidagi uzilishlar tufayli Yevropa va Tashqi ishlar vazirligi Qurolli Kuchlar vazirligi bilan hamkorlikda eng zaif fuqarolarga mamlakatdan qochishga yordam berish uchun maxsus samolyotlar tashkil qilmoqda[43].
  1. „Haitian police spokesman says new gang attacks overwhelmed officers: 'The city center was at war'“. AP News (2024-yil 1-mart). Qaraldi: 2024-yil 6-mart.
  2. @MARADIOFM. „Le @synapoha annonce le décès de deux policiers .:la policière Edwige Antoine qui était souffrante et Estinor Angelot qui est décédé la nuit dernière dans le dortoir du Sous-Commissariat de Delmas 62“ [The @synapoha announces the death of two police officers: police officer Edwige Antoine who was unwell and Estinor Angelot who died last night in the cells of the Delmas Sub-Police Station 62] (fr).
  3. „Haiti: the government declares a state of emergency, at least 12 dead and 4 thousand prisoners escaped“. Agenzia Nova (2024-yil 4-mart). Qaraldi: 2024-yil 6-mart.
  4. „Haiti violence displaces 15,000 already displaced people: UN“. Macau Business (2024-yil 6-mart). Qaraldi: 2024-yil 6-mart.
  5. Mérancourt, Wildlore; Schmidt, Samantha. „Haitians shot dead in the street and there's no one to take the corpses away“. The Washington Post (2024-yil 9-mart). Qaraldi: 2024-yil 14-mart.
  6. „Several embassies evacuate staff as Haiti sinks deeper in violence“. Daily Sabah (2024-yil 11-mart).
  7. Hu. „Haiti’s leader to resign as gangs run rampant through country engulfed in crisis“ (en). CNN (2024-yil 12-mart). Qaraldi: 2024-yil 12-mart.
  8. „Kenya signs deal in attempt to rescue plan for deployment of 1,000 police officers to Haiti“. The Guardian. Guardian News & Media (2024-yil 1-mart). Qaraldi: 2024-yil 4-mart.
  9. Coto, Dánica. „There's chaos in Haiti. Powerful gangs are attacking key targets like prisons as alliances shift“. Associated Press (2024-yil 4-mart). 2024-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-mart.
  10. „Haiti's capital paralysed by gunfire as gang boss threatens police chief and ministers“. The Guardian. Associated Press (2024-yil 29-fevral). 2024-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-mart.
  11. 11,0 11,1 Astier, Henri; Avagnina, Gianluca. „Haiti violence: Haiti gangs demand PM resign after mass jailbreak“. BBC News (2024-yil 3-mart). 2024-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-mart.
  12. Coto, Dánica. „There's chaos in Haiti. Powerful gangs are attacking key targets like prisons as alliances shift“. Associated Press (2024-yil 4-mart). 2024-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-mart.
  13. „Haitian police spokesman says new gang attacks overwhelmed officers: 'The city center was at war'“. Associated Press (2024-yil 1-mart). 2024-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-mart.
  14. „400 Mawozo“. Insight Crime (2022-yil 23-mart).
  15. 15,0 15,1 Jones, Sam. „Haiti declares state of emergency after thousands of dangerous inmates escape“. The Guardian (2024-yil 4-mart). 2024-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-mart.
  16. Sanon, Evans; Luxama, Pierre-Richard. „Haiti declares a curfew as it tries to restore order after weekend jailbreak, explosion of violence“. Associated Press (2024-yil 3-mart). Qaraldi: 2024-yil 4-mart.
  17. „Kenya signs deal in attempt to rescue plan for deployment of 1,000 police officers to Haiti“. The Guardian. Guardian News & Media (2024-yil 1-mart). Qaraldi: 2024-yil 4-mart.
  18. Charles, Jacqueline. „Haiti has deployed its army; troops joined police to push back gang takeover of airport“. Miami Herald (2024-yil 4-mart). Qaraldi: 2024-yil 5-mart.
  19. Taylor, Luke. „Haiti's weekend of violence puts government future in doubt“. The Guardian (2024-yil 4-mart). 2024-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-mart.
  20. Charles, Jacqueline. „Haiti has deployed its army; troops joined police to push back gang takeover of airport“. Miami Herald (2024-yil 4-mart). 2024-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-mart.
  21. Coto, Dánica. „There's chaos in Haiti. Powerful gangs are attacking key targets like prisons as alliances shift“. Associated Press (2024-yil 4-mart). 2024-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-mart.
  22. Buschschlüter, Vanessa. „Haiti gangs try to take over Port-au-Prince airport“. BBC News (2024-yil 5-mart). Qaraldi: 2024-yil 28-aprel.
  23. Berg, Matt; Toosi, Nahal; Ward, Alexander. „'Catastrophic' fears in Washington as Haiti crisis worsens“. Politico (2024-yil 5-mart). Qaraldi: 2024-yil 5-mart.
  24. Wyss, Jim. „Violent Prison Break Sparks Murder, Mayhem in Haiti“. Bloomberg.com (2024-yil 4-mart). 2024-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-mart.
  25. 25,0 25,1 Sanon, Evans; Luxama, Pierre-Richard. „Haiti declares a curfew as it tries to restore order after weekend jailbreak, explosion of violence“. Associated Press (2024-yil 3-mart). 2024-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-mart.
  26. Sanon, Evens; Goodman, Joshua; Coto, Dánica. „Haitian prime minister lands in Puerto Rico as he tries to return home to quell gang violence“. Associated Press (2024-yil 5-mart). 2024-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-mart.
  27. @NouvellesA1. „Deux morts et cinq blessés. Tel est le bilan des victimes lors de la tentative d'évasion à la prison civile de Jacmel dans la nuit du 5 mars 2024. L' information a été confirmée par le directeur départemental de la police du Sud-Est, Serge Allande Jolicoeur. #NouvellesDesAmériques“ [Two dead and five injured. These were the casualties of the attempted escape from Jacmel civil prison on the night of 5 March 2024. The information was confirmed by Serge Allande Jolicoeur, Departmental Director of the South-East Police. #NewsFromAmericas] (fr).
  28. @Radio_Metronome. „Update : Tentative d'évasion à la prison civile de Jacmel. 3 morts et 6 blessés, selon le Directeur départemental de la PNH dans le Sud-est. D'après Serge Allande Jolicoeur, la prison avait 700 détenus. À la question de savoir comment ces prionniers ont pu trouver la mort, le Directeur départemental n'était pas en mesure de donner des détails.#metronomehaiti“ [Update: Attempted escape from Jacmel civil prison. 3 dead and 6 injured, according to the Departmental Director of the PNH in the South-East. According to Serge Allande Jolicoeur, the prison had 700 inmates. When asked how the prisoners died, the Departmental Director was unable to give any details. #metronomehaiti] (fr).
  29. „Haiti extends state of emergency as violence and displacement soar“. Al Jazeera (2024-yil 7-mart). Qaraldi: 2024-yil 8-mart.
  30. „Haiti extends state of emergency as violence and displacement soar“. Al Jazeera (2024-yil 7-mart). Qaraldi: 2024-yil 8-mart.
  31. Rios, Michael; Roth, Richard; Akbarzai, Sahar; Lau, Chris. „Haiti crisis: Armed men attack police stations near National Palace as gang violence spirals“ (en). CNN (2024-yil 9-mart). Qaraldi: 2024-yil 9-mart.
  32. Rivers, Matt. „Gangs attack Haiti's national palace in Port-au-Prince: Source“. ABC News (2024-yil 8-mart). Qaraldi: 2024-yil 9-mart.
  33. Wyss, Jim. „Haitian Gangs Torch Ministry as Nation Descends Into Lawlessness“ (en). Bloomberg News (2024-yil 9-mart). Qaraldi: 2024-yil 9-mart.
  34. „Intensos tiroteos se registran en el entorno del Palacio Presidencial de Haití“ (Spanish). Cooperativa.cl. EFE. Qaraldi: 2024-yil 9-mart.
  35. „República Dominicana planea evacuar a sus funcionarios y de otros países de Haití“ (es) (2024-yil 9-mart).
  36. „Suspected Haiti gang members set on fire as conflict spreads to capital suburb“. NBC News (2024-yil 21-mart).
  37. „Prominent Haitian gang leader shot dead by police as political groups near finalisation of transition council“. Sky News (2024-yil 22-mart).
  38. „Violence Rises In Haiti, Gang Leader Killed As Transition Council Close To Being Established“. Arise News (2024-yil 22-mart).
  39. Jones, Sam. „Haiti declares state of emergency after thousands of dangerous inmates escape“ (en-GB). The Guardian (2024-yil 4-mart). Qaraldi: 2024-yil 14-iyun.
  40. „Haiti“ (en-US). United States Department of State. Qaraldi: 2024-yil 14-iyun.
  41. „Haiti“ (en-US). United States Department of State. Qaraldi: 2024-yil 14-iyun.
  42. „High-Level CARICOM Meeting on Haiti – Office of the Prime Minister“ (en-US) (2024-yil 15-mart). Qaraldi: 2024-yil 14-iyun.
  43. étrangères. „Haiti – Special flights for vulnerable French nationals wishing to leave Port-au-Prince (24 Mar. 2024)“ (en). France Diplomacy - Ministry for Europe and Foreign Affairs. Qaraldi: 2024-yil 14-iyun.