Kontent qismiga oʻtish

Dominikana Respublikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dominika Respublikasi
República Dominicana
ShiorDios, Patria, Libertad
(Ispancha: Hudo, Mamlakat, Ozodlik)
Madhiya: Quisqueyanos valientes
(Valiant Sons of Quisqueya)
Location of Dominikana Respublikasi
Poytaxt Santo Domingo
Rasmiy til(lar) Ispancha
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Leonel Fernandez
Mustaqillik (Gaitidan)
• Sana
27-fevral 1844
Maydon
• Butun
48,730 km2 (131-oʻrin)
• Suv (%)
0.7
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
8,950,034 (84-oʻrin)
• Zichlik 183/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$60,000 mil. (71-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$6,704
Pul birligi Dominican Peso (DOP)
Vaqt mintaqasi UTC−4
• Yoz (DST)
UTC−4
Qisqartma DR
Telefon prefiksi 1
Internet domeni .do

Dominikana Respublikasi (isp: República Dominicana) poytaxti - Santo Domingo shahri. BMT aʼzosi. Katta Antil orollari guruhidagi Gaiti orolning sharqiy qismida joylashgan davlat. Maydon 48,4 ming km2. Aholisi 8,5 mln. kishi (1999). Pul birligi — Dominikana pesosi. Maʼmuriy jihatdan 29 viloyat va 1 milliy okrugga boʻlinadi.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dominikana Respublikasi — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1966-yil 28 noyabrda qabul qilingan; 1994-yil oʻzgartishlar kiritilgan. Davlat va hukumat boshligʻi — prezident, u umumiy ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy kongress (parlament) amalga oshiradi. Parlamentning ikkala palatasi — senat va deputatlar palatasi umumiy ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni prezident tomonidan tayinlanadigan hukumat amalga oshiradi.

Dominikana Respublikasining sohillari koʻpgi-na qoʻltiklar bilan parchalangan. Hududining yarmidan kupi togʻ bilan qoplangan. Markaziy qismida Kordilyera-Sentral (Duarte togʻi, bal. 3175 m gacha), shimolida Kordilyera-Septentri-onal (bal. 1249 m gacha), sharqda Kordilyera-Oryental (bal. 701 m gacha) tizmalari bor. Janubiy sohili yaqinidagi Saona, Katalina, Beata orollari ham Dominikana Respublikasiga qaraydi. Togʻlar oraligʻidagi Sibaova Vega-Real vodiysining tuprogʻi gʻoyat serunum boʻlib, u yerda qishloq xoʻjaligi mahsulotining koʻp qismi yetishtiriladi, qishloq aholisining aksariyati yashaydi. Dominikana Respublikasidagi vulkanlar soʻngan boʻlsa ham, ammo tez-tez zilzila boʻlib turadi. Iqlimi — tropik, passat iqlim. Pasttekisliklarda oʻrtacha oylik temperatura 25—27°, togʻlarda bundan 10— 12° salqinroq. Yiliga 1000–2000 mm yogʻin yogʻadi, tropik dovullar boʻlib turadi. Togʻlardan boshlanadigan daryolar mamlakatni boshdan oyoq kesib oʻtadi. Yirik daryolarda kema qatnaydi. Togʻlar tropik oʻrmon, savanna va butazorlar bilan qoplangan. Qimmatbaxr yogʻoch olinadigan daraxt turi koʻp. Mineral buloklar bor. Milliy bogʻlari: Arman-do-Bermudes, Del-Este, Los-Aytises.

Aholisining asosiy qismi domini-kanlar, ularning 73% ispan-nef duragaylari, 11% negrlar, 15% oq tanlilardir. Rasmiy til — ispan tili. Aholisining koʻpchiligi katoliklar. 60% dan ortiq aholi shaharlarda yashaydi.

Bu yerda 15-asr oxirigacha urugʻchilik bosqichidagi indeys qabilalari: siboney, aravak, tayno, karib kabilar yashagan. Koʻpchilik qabilalar oʻtroq xayot kechirar, siboneylar ovchilik bilan shugʻullanar edi. 1492-yilda X. Kolumb orolga kelganida uni Ispaniyaga oʻxshatib, Espanola deb atadi. Aravak qabilasiga mansub tain indeyslari esa uni Gaiti deyishardi. Mahalliy aholi ogʻir mehnat va vahshiyona muomala oqibatida qirilib ketdi. Shunda ispanlar qoʻshni orollardan va Afrikadan qullarni olib kelib, shakarqamishzorlarda, chorvachilik va oltin konlarida ishlatishga kirishdilar. 16-asr oxiri va 17-asr boshlarida Fransiya bilan Buyuk Britaniya orolni egallashga harakat qila boshladi. 1697-yil Risvik sulh shartnomasiga binoan Espanola orolning gʻarbiy qismi (hozirgi Gaiti hududi) Fransiyaga topshirildi va Santo-Domingo deb atala boshladi, sharqiy qismi (hozirgi Dominikana Respublikasi hududi) Ispaniya qul ostida qoldi. 1795-yil is-panlar orolning sharqiy qismini ham Fransiyaga topshirdi. 1804-yilda mustaqillik uchun kurash natijasida fransuzlar oroldan quvib chiqarildi va Gaiti davlati tuzildi. 1844-yil Santo-Domingo ozodlikka erishib, Dominikana Respublikasi deb ataldi. 19-asr oʻrtalaridan mamlakat iqtisodiyotiga chet el sarmoyasi kira boshladi. 1905-yil AQSH Dominikana Respublikasini asoratga solib, mamlakat bojxonalarini oʻz na-zoratiga oldi. 1916-yil AQSH qoʻshinlari oʻz siyosatiga qarshi koʻtarilgan isyonni bostirish niyatida mamlakatga bos-tirib kirdi va harbiy-okkupatsiya re-jimini oʻrnatdi. Bu rejim 1924-yilgacha joriy qilindi. 1930-yil AQShdagi yirik monopoliyalar koʻmagida R. L. Truxilo hokimiyatni egalladi. U musta-bid rejimni oʻrnatdi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng Lotin Amerikasida milliy ozodlik harakati kuchayib, Truxilo rejimiga qarshi xalq harakati avj olgach, u sobiq tarafdorlari tomonidan oʻldirildi (1961). 1962-yil dekabrdagi saylovda gʻolib chiqqan X. Bosh hokimiyat tepasiga keldi. U milliy iqti-sodiyotni mustahkamlash, AQShga qaramlikni susaytirish tadbirlarini amalga oshirdi: agrar islohot oʻtkazish, siyosiy va demokratik ozodlik haqida yangi konstitutsiya qabul qildi. 1963-yil sentabrda reaksion harbiylar X. Bosh hokimiyatini agʻdardi. Mamlakatni harbiy xunta idora qila boshladi. U konstitutsiyani bekor qildi, barcha demokratik partiyalarni taqiqladi. 1965-yil aprel xalq qoʻzgʻoloni harbiy xuntani agʻdarib tashladi. Mamlakatda F. Kaamanoning konstitutsiyey hukumati tuzildi. AQSH esa oʻz fuqarolarini muhofaza qilish bahonasi bilan Dominikana Respublikasiga bostirib kirdi. Ana shunday bir vaziyatda (1966-yilda) saylov oʻtkazildi. Refor-mistlar partiyasining rahbari X. Balager 1966—78 yillarda prezident boʻlib, milliy monopoliya, yer egalari va ruhoniylarning manfaatini himoya qildi. 1978-yil 16 mayda oʻng kuchlarning qarshiligiga qaramay, inqilobiy partiya nomzodi A. Gusman prezident etib saylandi. 1996-yil 30 iyundagi saylovda esa Ozodlik partiyasining rahbari Fernandes Reyna gʻalaba qozonib, prezident lavozimini egalladi. 2000-yildan Dominikana Respublikasi prezidenti I. R. Mexia Dominges. Dominikana Respublikasi — 1945-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 27 fevral — Mustaqillik kuni (1844).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushma birlashmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Demokratik integratsiya harakati, 1970-yilda reformistlar partiyasidan ajralib chiqqan fraksiya negizida tuzilgan; Kiskeyyano (Dominikana) demokratik partiyasi, 1968-yilda tuzilgan; Dominikana kommunistok partiyasi, 1944-yilda asos solingan; Dominikana ozodlik partiyasi, 1973-yilda tuzilgan; Dominikana inqilobiy partiyasi, 1939-yilda tuzilgan; Reformist sotsial-xristian partiya, 1986-yilda tuzilgan. Muxtor kasaba uyush-malari konfederatsiyasi, 1962-yilda tuzilgan; Mehnatkashlar umumiy kasaba markazi, 1972-yilda tuzilgan; Dominikana mehnatkashlari milliy konfederatsiyasi, 1988-yilda tuzilgan.

Dominikana Respublikasi — iqtisodiy jihatdan zaif agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilikning ulushi 15%, sanoatning ulushi 19,2%. Qishloq xoʻjaligida mamlakat hududining 35% ga yaqini foydalaniladi; mamlakat ishchi kuchining 50% shu sohada band. Ekinzorlar mamlakat shimoliydagi Sibao va Vega-Real vodiylarida, janubiy sohillarda va markaziy tekisliklarda joylashgan. Mehnat unumdorligi va texnika bilan kurollanish past darajada. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlari: shakarqamish, kakao, banan, tamaki. Ichki ehtiyoj uchun sholi, makkajoʻxori, maniok, batat, yams, loviya, sabzavot va b. ekiladi. Yaylov chorvachiligi birmuncha rivojlangan: krramol, choʻchqa, yilqi, parranda boqiladi.

Sanoati zaif, asosan qishloq xoʻjaligi va chorvachilik xom ashyosini qayta ishlaydigan, oziq-ovqat va toʻqimachilik mah-sulotlari ishlab chiqaradigan mayda korxonalardan iborat. Qand-shakar sanoati durustroq rivojlangan. Ikkinchi jahon urushidan keyin konchilik tez yuksala boshladi. Boksit, ferronikel qazib olish koʻpaydi, mis va temir rudasi, marmar, oltin, kobalt, titan qazib olinadi. Sement, yogʻochsozlik, kimyo, neftni kayta ishlash korxonalari mav-jud. 1975-yilda Sanches-Ramires viloyatida Lotin Amerikasidagi eng katta oltin va kumush karyeri ishga tushirilgan. 20 ta erkin iqtisodiy zonada kiyimkechak ishlab chiqariladi. Yiliga oʻrtacha 4,6 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Keyingi yillarda chet el sayyoxligi rivojlandi.

Mamlakatda temir yoʻl uz. — 1,6 ming km, avtomobil yoʻli uz. — 17 ming kmdan koʻproq. Asosiy dengiz portlari: Santo-Domingo, Puerto-Plata. 6 ta aeroport, shu jumladan Punta-Kausedoda xalqaro aeroport bor. Dominikana Respublikasi chetga qand-shakar, ferronikel, oltin, kumush, kofe, kakao, banan, boksit, tamaki, meva va b. chikaradi. Chetdan oziqovqat, mashina va avto-mobillar, elektr asbob-uskunalari, maʼdanli oʻgʻit, doridarmon, yoqilgʻi, paxta keltiradi. Savdosotikdagi mijozlari: AQSH va Yevropa iqtisodiy hamjamiyati davlatlari.

Sogʻliqni saqlash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻpchilik aholi turmushining tibbiysanitariya sharoiti qoniqarli emas. Davlat byudjetining 7% sogʻliqni saqlashga ajratiladi. Aholining juda oz qismi ijtimoiy sugʻurta qisobiga tibbiy yordamdan foydalanadi. Yuqumli kasalliklardan tanosil, isitma-bezgak, sil tarqalgan. Shifokorlarni 2 tibbiy oliy oʻquv yurti tayyorlaydi.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dominikana Respublikasida 7—11 yoshdagi bolalar uchun bepul va majburiy taʼlim joriy etilgan, biroq aholining yarmidan koʻprogʻi savodsiz. Katta yoshdagilar va qishloq aholisi orasida savodsizlar ayniqsa koʻp. Davlat maktablaridan tashqari xususiy va cherkov maktablari bor. Ularning hammasida taʼlim davlat dasturi asosida olib boriladi. Oʻrta maʼlumot olish uchun boshlangʻich maktabdan keyin 3 yillik 2-pogʻona maktabni ham bitirish kerak.

Kechki davlat maktablari savdo, sanoat va qishloq xoʻjaligi xodimlarini tayyorlaydi. Dominikana Respublikasida 3 ta universitet, jumladan, Amerikadagi eng qad. universitetlardan biri — Santo-Domingo universiteti (1538-yilda asos solingan) bor.

Ilmiy muassasalarida asosan tarix, tilshunoslik, tibbiyot sohalarida tadqiqot olib boriladi. Bir necha xususiy ilmiy muassasalar: Dominikana akademiyasi, tarix akademiyasi, bir qator ilmiy muassasa, jamiyat va uyushmalar bor. Universitet kutubxonasi, Milliy va munitsipalitet kutubxonalari, milliy muzey (1927), milliy badiiy galereya (1943) mavjud.

Matbuoti, radioeshittirish va telekoʻrsatuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dominikana Respublikasida nashr etiladigan asosiy gazetlar: "Informason" ("Axborot", kundalik gazet, 1915-yildan). "Karibe" ("Karib gaz.", kundalik gazet, 1948-yildan), "Listin diario" ("Kundalik varaqa", kundalik gaz., 1889-yildan), "Nasional" ("Milliy gazeta", kundalik gaz., 1966-yildan), "Notisia" ("Xabarnoma", kundalik kechki gaz., 1973-yildan), "Ultima ora" ("Soʻnggi soat", kundalik kechki gazeta, 1970-yildan). Aloqa bosh boshqarmasi mamlakatdagi radioeshittirish va telekoʻrsatuvlarni nazorat qiladi. "Radio Televison Dominikana" hukumat radio va telekoʻrsatuv xiz-matidir. Bir necha tijorat radio va telekoʻrsatuv styalari bor.

Adabiyoti ispan tilida. 19-asrda birinchi milliy madhiya muallifi F. M. del Monte yangi adabiyotga asos soldi. Dominikana Respublikasida birinchi milliy roman — M. de X. Galvanning "Enrikilo" tarixiy asaridir. Asr oxirigacha indeyslar turmushi adabiyotning asosiy mavzui boʻldi. Bu davrdagi adabiyot shiddatli siyosiy kurash sharoitida rivojlandi.

1930-yilda Truxilo reaksion diktaturasining karor topishi bir guruh taraqqiyparvar adiblarni muhojirlikda yashashga majbur etdi. Ulardan A. F. Rekena "Zamin dushmanlari", "Olovli yoʻl" romanlarida mustabid tuzumni fosh etdi. R. Marrero Aristi, X. Bosh asarlari Dominikana Respublikasi dehqonlari hayotiga bagʻishlandi. E. Inchaustegi Kabral, Pedro Mir, M. del Kabral va b. sho-irlarning asarlarida ijtimoiy norozilik goyalari aks etdi.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ispanlar bosqinidan avval (16-asrgacha) indeyslar sanʼati (naqshinkor va jimjimador kulollik, zarang idishlar, tosh va yogʻoch sanamlar) rivojlangan. Dastlabki shaharlar, jumladan Santo-Domingoga asos solingach, keyingi gotika va ilk Uygʻonish uslubida har xil ibodatxonalar, kasalxona, savdo korxonalari, jamoat va turar joy binolari barpo etildi. Santo-Domingodagi Torre del Omenaxe soqchi minorasi (1503—07), sobor (1512—41, meʼmori R. de Lyendo, L. de Moya), Kasa del Amirante saroyi (1510—14) va b. inshootlar hozirgacha saqlangan. Shu davrda maqbaralar qurilishi, rassomlik, haykaltaroshlik ham vujudga keldi. Keyinchalik meʼmorlik suyet rivojlandi. Hozir ham viloyat shaharlarida pastqam yogʻoch uylar, qishloq joylarda yogʻoch sinchli va tomiga shox-shabba yopilgan uychalar koʻp. 1930-yilgi dovulda vayron boʻlgan Santo-Domingo AQSH meʼmorligiga taqlidan temir-beton va oynadan kurila boshladi.

Mustamlakachilik davrida arzigulik tasviriy asarlar yaratilmadi. Yangi davr sanʼati 20-asrdan rivojlandi. Rassom va haykaltaroshlardan L. de Sangles, A. Grulon va A. R. Urdanetalar tarixiy mavzuda kartina, peyzaj, por-tretlar yaratdilar. Santo-Domingoda birinchi badiiy maktabga asos solingach (1908), yosh rassomlar yetishib chika boshladi. Zamonaviy rassomchilik Amerika va Yevropa modernistik oqimlari — kubizm (X. M. Kolson), abstraksionizm (P. Xyudiseli), syurrealizm (D. Suro) taʼsirida rivojlandi. S. Vos-i-Xil, A. Bonilya, X. O. Morellarning realistik asarlari yaratildi. Santo-Domingo milliy sanʼat makta-bi, San-Fransisko-de Makoris va San-Xuan nafis sanʼat maktabi, Santyago va La-Vega plastik sanʼat maktabi mavjud.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil