Garvard astronomiya rasadxonasi
Qiyofa
Garvard astronomiya rasadxonasi — Garvard universitetinint i. t. muassasasi. 1839 yilda qurilgan, 1955 yilda Kembrijdagi Smitson astrofizika rasadxonasiga birlashtirilgan. G. a. r. meteorlarni fotografik usulda kuzatish, oʻzgaruvchan yulduzlar va metagalaktikani oʻrganish, kosmologiya va b. ishlar bilan shugʻullanadi. Asosiy asboblari: 1,5 m li reflektor, 60 va 80 mm li Shmitd teleskopi, 18 mm li radioteleskop va b. Rasadxonada koʻp yillar davomida olingan yarim milliondan ortiq fotosuratlar saqlanadi. G. a. r. tarkibiga: universitetning oʻzida joylashgan astronomiya rasadxonasi (1844 yildan). Boston, Klaymaks (AQSH, Kolorado shtati) va Blumfonteyn (JAR) da joylashgan astronomiya va meteorlarni kuzatish st-yalari kiradi.
Yana qara
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |