Gavriil Abdulov
Gavriil Danilovich Abdulov | |
---|---|
Tavalludi |
25-mart 1908-yil Rossiya imperiyasi Smolensk guberniyasi |
Vafoti |
24-fevral 1980-yil (71 yoshda) Fargʻona viloyatiOʻzSSR |
Kasbi | teatr arbobi, rejissor, aktyor |
Mukofotlari | RSFSRda xizmat koʻrsatgan artist (1955); Oʻzbekiston SSR xizmat koʻrsatgan artist (1958); Qoraqalpogʻiston ASSRda xizmat koʻrsatgan san’at arbobi. |
Gavriil Danilovich Abdulov (1908-yil 25-mart (7-aprel)da Rossiya imperiyasi Smolensk guberniyasi, Alvon (Krasnoye) qishlogʻida tugʻilgan — 1980-yil 24-fevralda Oʻzbekistonning Fargʻona viloyatida vafot etgan) — sovet teatr arbobi, rejissor va aktyor. SSSRning bir qator shaharlarida badiiy rahbar va bosh rejissor boʻlgan. Fargʻona rus drama teatri asoschisi va rejissori. RSFSR(Rossiya Sovet Federativ Sosialistik Respublikasi)da xizmat koʻrsatgan artist (1955); Oʻzbekiston SSR xizmat koʻrsatgan artist (1958); Qoraqalpogʻiston ASSRda xizmat koʻrsatgan san’at arbobi.[1] RSFSR xalq artisti Aleksandr Abdulovning otasi.
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]1908-yil 25-martda (7-aprel) Smolensk guberniyasi, Alvon qishlogʻida tugʻilgan. Familiyasi turkcha (Abdul ismini arab tilidan tarjima qilinganda "Allohning bandasi (quli)" degan ma’noni anglatadi).
U Moskvadagi Kinematografiya institutida tahsil olib, ushbu dargohni 1931-yilda tamomlagan. Qisqa vaqt mobaynida Mosfilm kinofabrikasida ishladi. 1932-yildan Gavriil mamlakatning bir qancha teatrlarida aktyor, badiiy rahbar, rejissor boʻlib faoliyat yuritadi:
- 1932-1933-yillarda Olmaota
- 1933-1935-yillarda Uralda (A.N.Ostrovskiy nomidagi Ural rus drama teatri)
- 1935-1937-yillarda Abxaziyada (Suxumi).
1937-yildan 1980-yilgacha umrining oxirigacha (43 yil), uzoq uzilishlar bilan (1951-1956 va 1962-1963-yillarda) Fargʻonada yashab ijod qildi. Abdulov ushbu shaharning rus drama teatrining asoschisi[2], bosh rejissori va badiiy rahbari edi hamda mahalliy oʻzbek teatri rivojiga ham sezilardi darajada hissa qoʻshgan.[1]
Ulugʻ Vatan urushida Gavriil koʻngilli safida qatnashgan: 2-Boltiq boʻyi fronti 6-gvardiya armiyasining 67-gvardiya oʻqchi diviziyasining 68-alohida gvardiya razvedka boʻlinmasi qoʻmondoni, kapitani, 5 marta yarador boʻlgan[3]. Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan. 1943-yilda Butunittifoq Komunistik partiyasi (BKP) a’zo boʻldii[1].
Aktyor 1951-yili Fargʻonani bosh olib, RSFSR Tyumen viloyati Tobolsk drama teatrining bosh rejissori boʻldi. Shundan keyin u teatrning 250-yilligini nishonladi va 1956-yil 12-yanvarda RSFSRda xizmat koʻrsatgan artist unvoni bilan taqdirlandi. Teatr binosiga minora barpo etildi, u teatrga oʻziga xos jilov berib turdi. Gʻarbiy Sibirning neft va gaz qazib olinmagan Xanti-Mansiysk, oktyabr, Berezovo, Narikar, Salexard chekka shaharlariga Ob daryosi boʻylab suv transportida teatrning yozgi gastrol safar amaliyoti boshlangandi.[3].
1956-yildan keyin Fargʻonaga qaytib, 1958-yilda “Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist” unvonini oldi. 1962-1963-yillarda RSFSR Tambov viloyati Michurin teatrining badiiy rahbari boʻlib ishladi. Mazkur sahnada u ham rol ijro etdi, spektakllarni sahnalashtirdi, pesalar yozdi. K.S. Stanislavskiy tavalludining 100-yilligini nishonladi. Abdulov teatr qoshida ijodiy studiya tashkil etib, oʻz tajriba mahorati yuzasidan yoshlar bilan fikr almashdi.[4].
1960-yillarning oxiri — 1970-yillarning boshlarida Fargʻonaga qaytgach, Qoraqalpogʻiston poytaxti Nukus shahrida teatrning badiiy rahbari sifatida Faoliyat yuritdi va Qoraqalpogʻiston ASSRda xizmat koʻrsatgan artist unvoni olish musharraf boʻlgan. Soʻng yana Fargʻonaga kelib, aktyor nafaqagacha ishlab, 1980-yil 24-fevralda yurak xurujidan vafot etdi. 1947-yil tugʻilgan oʻgʻli Vladimir tavallud sanasida (33 yoshda), oʻsha yili 2-mayda oʻldiriladi.[2].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ikki marta oila qurgan. Birinchi xotini Olgadan oʻgʻli Yuriy dunyoga kelgan. Otasi Gavriil Abdulov frontga ketgan va koʻp yillar davomida rafiqasi va oʻgʻli bilan aloqani uzgan. Xlistovo qishlogʻi bombardimon qilingach, Abdulov urushdan qaytgach, yaqinlarini topa olmadi. Biroz vaqt oʻtgach, u boʻlajak ikkinchi xotini bilan tanishadi va u bilan birga Tobolskga ketadi. Birinchi ayoli va oʻgʻli Yuriy Xlistovoga qaytishganda, Gavriil bu haqda eshitib, sobiq xotini koʻrishadi, ammo ikkinchi oilasidan voz kechmaydi.
Ikkinchi ayoli Lyudmila Aleksandrovna urush paytida turmush oʻrtogʻidan judo boʻlgan, teatrda pardozchi edi. U Gavriilga ikkita oʻgʻil farzand tugʻib beradi: birinchi farzandi Vladimir 1947-yil Far gʻonada tugʻilgan boʻlsa, ikkinchi oʻgʻli Aleksandr 1953-yil Tobolskda dunyoga keladi. Lyudmila Aleksandrovnaning birinchi turmushidan qolgan oʻgʻli Robert Kraynov[5][6] ham shu oilada voyaga yetadi.
Fargʻona koʻchalaridan biriga G.Abdulov nomi berildi.[7]
Ijodiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fargʻona teatri repertuarlaridan joy olgan sovet dramaturgiyasining dolzarb spektakllarini sahnalashtirishni ma’qul koʻrgan. Jumladan: Boris Volginning “Toʻpolonchi” spektaklida Afinogenovni (1932), Chapayevning xuddi shu nomdagi spektaklida Furmanovni (1936), Pogodinning "Aristokratlar" pesasida kapitan Kostyani (1936), Simonovning "Rus savoli" (1947), Korneychukning “Qanotlar”(1958)da bosh rollarni oʻzi oʻynagan. G.D. Abdulov sovet teatrlariga xos boʻlgan “Lenincha” repertuaridagi qator spektakllarda: Pogodinning “Mitiqli odam” (1939) va “Kreml kurantlari” (1940-1948); Kapler va Zlatogorovlar pesasida "Lenin 1918-yilda" (1940), Shatrovning "Inqilob nomi bilan" (1958) V.I.Lenin rolini ijro etdi.
Aktyor oʻzbek Fargʻona teatrining rivojlanishiga munosib hissa qoʻshgan: Otabekovning “Poʻlat izlari” (1939), Bill-Beloserkovskiyning “Chegarachilar” (1938), Poʻlatning “Vatan uchun” (1939), Vigunning "Hayot qoʻshigʻi" (1948) spektakllarini sahnalashtirgan.
Tobolskda G.D.Abdulov B.Lavrenyovning “Tanaffus” Gouni va D’Yussoning “Chuqur ildizlar” pesalarini sahnalashtirdi. Teatrning yubileyi uchun u uchta spektaklni sahnalashtirdi: A.Korneychukning "Qanotlar", A.Afinogenovning "Farzandlarining onasi" hamda I.L.Robinning "Rossiya iftixori".[3].
1960-yillarning oxiri — 1970-yillarning boshlarida Abdulov Fargʻonadan Qoraqalpogʻistonning Nurus shahriga yangilangan ijodiy tarkibga badiiy rahbar lavozimiga taklif qilinadi. Teatr zimmasiga qoraqalpoq milliy repertuarini yaratish vazifasi yuklatiladi, bu esa milliy sahna asarlarining kamligi tufayli oʻziga yarasha qiyinchiliklar tugʻdiradi.[8]
Havolar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Дьяченко В. П. Абдулов, Гавриил Данилович // Театральная энциклопедия / под ред. С. С. Мокульского. — M.: Советская энциклопедия, 1961. — Т. 1.
- ↑ 2,0 2,1 Абдулов Г. Д./Ферганский государственный областной русский драматический театр
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Тобольский драматический театр // Г. Д. Абдулов
- ↑ Мичуринский драматический театр История театра
- ↑ „Абдулов Александр Гаврилович“. 2015-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-may.
- ↑ „Абдулов Александр Гаврилович“. 2015-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-may.
- ↑ Елена Осипова. Мужской род, единственное число // Интервью. — 2010. — № 01—02. — С. 24—37.
- ↑ Баяндиев Т. Современный Каракалпакский театр. Проблемы режиссуры и актёрского искусства (1970-80-е годы) : Автореф. дис. … д-ра искусствоведения.
- 25-martda tugʻilganlar
- 1908-yilda tugʻilganlar
- 24-fevralda vafot etganlar
- 1980-yilda vafot etganlar
- „1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali sohiblari
- Qizil Yulduz ordeni sohiblari
- Kishilar
- Oʻzbekistonlik erkak aktyorlar
- Fargʻonada vafot etganlar
- 7-aprelda tugʻilganlar
- Qoraqalpogʻiston ASSRda xizmat ko‘rsatgan sanʼat arboblari
- Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʻzolari
- Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artistlar
- Oʻzbekiston teatr rejissyorlari
- Oʻzbekistonlik aktyorlar
- Fargʻona rus drama teatri aktyor va aktrisalari