Gavril Yushvaev
Gavril Yushvaev | |
---|---|
Tavalludi |
1957-yil 23-iyul Maxachqal'a, Dog'iston |
Fuqaroligi | Rossiya va Isroil |
Kasbi | Tadbirkor, investor |
Gavril A. Yushvaev (ruscha: Gavril Yushvaev) — rossiyalik hamda isroillik tadbirkor va investorlardan biri hisoblanadi. Gavril Yushvaev Wimm Bill Dann kompaniyasiga asos solgan hamda Polyus Gold kompaniyasiga sarmoya kiritgan millionerlardan biridir.
Forbes ma'lumotlariga ko'ra, Gavril Yushvaevning 2023-yildagi sof boyligi 1,9 milliard dollarni tashkil qilgan[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gavril Yushvaev Dog'istonning Maxachqal'a shahrida tug'ilgan[2] Gavril Yushvaev Portodagi Isroil hamjamiyati tomonidan Sefard yahudiylarining avlodi sifatida tasdiqlangan[1].
1980-yilda Gavril Yushvaev o'g'irlikda ayblanib, 2002-yilgi IPO prospektiga ko'ra, sovet qamoqxonalarida 9 yilga ozodlikdan mahrum etilgan[1]. 1989-yilda ozodlikka chiqqandan keyin Yushavev David Yakobashvili bilan birgalikda hamkorlik qilishgan. 1993-yilda ular Lianozovo sut zavodiga sarmoya kiritadilar, keyinchalik Gavril Yushvaev Wimm Bill Dannga aylangan[2]. 2020-yilda Gavril Yushvaev Portugaliya fuqaroligini olish uchun ariza bergan ammo 2023-yilga kelib, jarayon hali ham davom ettirilmoqda[3].
Biznes tashabbuslari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gavril Yushvaev 1990-yillarda Moskvada turli korxonalarga egalik qiluvchi Trinity asoschilaridan biri sifatida boyib ketgan. Keyin Yushvaev sut va sharbat ishlab chiqaruvchi Wimm-Bill-Dann kompaniyasiga sarmoya kiritgan. Ushbu Kompaniya 1995-yilda tashkil etilgan[4]. Gavril Yushvaev 2010-yilgacha kompaniyaning eng yirik aksiyadori bo‘lib, kompaniyadagi 19,6 foiz ulushini PepsiCo’ga 1,1 milliard dollarga sotgan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gavril Yushvaev oilali, sakkiz farzandi bor[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 McEvoy. „Why Israel Became A Safe Haven For Russian Billionaires“ (en). Forbes. Qaraldi: 2023-yil 3-mart.
- ↑ 2,0 2,1 „Against interests of powerful owners: why attempted takeover of Inskoy Pit failed?“ (2016-yil 22-noyabr). 2019-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-fevral.
- ↑ „Gavril Yushvaev? "É sefardita de origem portuguesa"“ (pt). Notícias ao Minuto (2023-yil 14-mart). Qaraldi: 2023-yil 22-iyul.
- ↑ Marshall I. Goldman, The Piratization of Russia: Russian Reform Goes Awry (Routledge, 2003), p. 217.