Kontent qismiga oʻtish

Geologiya fanlari universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI

Universitet logotipi
Xalqaro nomi
University of Geological Sciences
Turi Universitet
Asos solingan sanasi 2020-yil
Rektori Isoqov Maqsud Uzoqovich
Talabalari 1 900 dan ortiq[1]
Bakalavriat 4 yil
Magistratura 2 yil
Manzili
Toshkent sh., Mirzo Ulugʻbek tumani, Olimlar koʻchasi, 64-uy
Veb-sayti https://uzgeouniver.uz/

Geologiya fanlari universiteti — bu geologiya sohasida malakali kadrlar tayyorlash uchun respublikaning togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, togʻ-kon sanoati korxonalari va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradigan ixtisoslashtirilgan oliy oʻquv yurti va ilmiy-tadqiqot muassasasi[1].

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi №PQ-4740-sonli[2] qaroriga muvofiq quyidagi maqsadlarda tashkil etilgan:

  • Geologiya sohasi mutaxassislarini tayyorlash qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining zamonaviy talablariga moslashtirish geologiya sohasida taʼlim, fan va amaliyotning organik aloqasini kerakli darajada taʼminlash.
  • Yer haqidagi fanlarni, xususan ularning fundamental yoʻnalishlarini amaliyot bilan haqiqiy integratsiyasi uchun sharoit yaratish.
  • Tabiiy fanlar bilim sohasidagi ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishning aniq mezonlari va samarali mexanizmlarini joriy etish kadrlar tayyorlash tizimida moddiy ragʻbatlantirish mexanizmlarini yaratish bilan vijdonan va yuqori malakali ishchilarni oliy oʻquv yurtlariga jalb qilish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat gealogiya va mineral resurslar qoʻmitasi tizimidagi GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida 02.03.2022 yildagi PQ-154-sonli qarori.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi №PQ-4740-sonli qaroriga binoan tashkil topgan[2][1]. 2021-yil yanvar oyida Toshkent shahridagi Olimlar shaharchasida joylashgan universitet kampusi qurilishi yakunlangan.

Universitet tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Universitetda tarkibida 2 ta fakultet, 1 ta qoʻshma taʼlim dasturi va 10 ta kafedra mavjud, bakalavr yoʻnalishining kunduzgi va sirtqi boʻlimlarining 7 ta taʼlim yoʻnalishi va 4 ta magistratura mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlaydi.

Raxbariyat tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Isoqov Maqsud Uzoqovich  — Rektor

Urunov Baxrom Nasrullaevich — Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor[3]

Sharafutdinova Leyla Polatovna — Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor

Xalilov Akmal Abdujalilovich — Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Batafsil

Aytmetov Ulugbek Rustemovich — Moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor


Professor-oʻqituvchilar tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Professor-oʻqituvchilar tarkibida 65 nafar professor, 11 nafar fan doktori, 33 nafar fan nomzodi faoliyat yuritadi.

Oʻz mehnati va faoliyati bilan namuna boʻluvchi xodimlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Poʻlatjon Sultonov
Mamatxan Karabaev
Pirnazarov Majid Maxkamovich

Geologiya muzeyi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muzeylar insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy madaniyat namunalarini oʻzida jamlab keladi va kelajak avlodlar uchun oʻtmish va madaniyat haqida yetarlicha tasavvur beradi. Lekin shunday soha muzeylari ham borki, ular tabiat inʼom etgan goʻzalliklarni oʻzida jamlaydi. Shunday madaniy muassasalardan biri Toshkent shahrida joylashgan Geologiya muzeyidir.[4]

O‘zbekiston davlat Geologiya muzeyi 1926-yilda tashkil topgan boʻlib, bugungi kunda 12 ta koʻrgazma zallariga ega. Ko‘rgazma zallarida Yerning geologik oʻzgarish bosqichlari, geologik davrlar izi qoldiqlari, qadimgi togʻ-kon sanoat qazilmalari, qadimgi jonzotlar, dinozavrlar qoldiqlari, ularning tosh qotgan qadam izlari, toshlarda abadiylikka muhrlanib qolgan boshqa jonzotlar va asosiysi, Oʻzbekistonning geologik boyligi va turfa xilligiga guvoh boʻlish mumkin.[4] Batafsil

Ilmiy tadqiqot institutlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Universitet tarkibida 4 ta ilmiy-tadqiqot institutlari, Mineral resurslar instituti, H. M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti, Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti, Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi institutlari faoliyat yuritadi.

Mineral resurslar instituti davlat muassasasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mineral resurslar instituti 1957-yilda tashkil top asosan qattiq foydali qazilma konlarini ilmiy prognozlash,  yangi istiqbolli hududlarni aniqlash va xaritalarni raqamlashtirish boʻyicha keng qamrovli tadqiqotlar olib boradi. Institutda 118 nafar ilmiy xodim, jumladan 7 nafar fan doktori va 17 fan nomzodi faoliyat yuritadi.

Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi institut davlat muassasasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti 1959-yilda tashkil topgan boʻlib asosan neft va gaz konlarini prognozlash va zaxiralarni hisoblash boʻyicha fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Institutda 191 nafar ilmiy xodim, jumladan 6 nafar fan doktori va 12 fan nomzodi faoliyat yuritadi.

Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti davlat muassasasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti 1969-yilda tashkil topgan boʻlib asosan gidrogeologiya,  muhandislik geologiyasi va geoekologiya sohasida keng qamrovli  tadqiqotlar olib boradi. Institutda 107 nafar ilmiy xodim,  jumladan 8 nafar fan doktori va 20 fan nomzodi faoliyat yuritadi.

X. M. Abdullayev Geologiya va geofizika instituti davlat muassasasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

X. M. Abdullayev Geologiya va geofizika instituti 1937 yilda tashkil topgan boʻlib asosan yer qobigʻining geologik  tuzilishi va tarkibini oʻrganish boyicha chuqur fundamental  tadqiqotlar olib boradi. Institutda 53 nafar ilmiy xodim  jumladan 8 nafar fan doktori va 14 fan nomzodi faoliyat yuritadi.

# Kafedralar
1 Aniq va tabiiy fanlar
2 Geologiya-qidiruv ishlari texnikasi va texnologiyasi
3 Foydali qazilma konlari geologiyasi va geofizikasi kafedrasi
4 Iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar kafedrasi
5 Umumiy geologiya kafedrasi
6 Neft va gaz geologiyasi,gidrogeologiya va geoekologiyasi

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari (Kunduzgi)

[tahrir | manbasini tahrirlash]
# Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 60410100 Iqtisodiyot
2 60520200 Ekologiya va atrof muxit muxofazasi
3 60530300 Geologiya
4 60721000 Gidrogeologiya va muxandislik geologiyasi
5 60721300 Geologiya qidiruv ishlari texnikasi va texnologiyasi
6 60721500 Geodeziya va geoinformatika
7 60720800 Konchilik ishi
8 60720900 Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari (Sirtqi)

[tahrir | manbasini tahrirlash]
# Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 60410100 Iqtisodiyot
2 60520200 Ekologiya va atrof muxit muxofazasi
3 60530300 Geologiya
4 60721000 Gidrogeologiya va muxandislik geologiyasi
5 60721300 Geologiya qidiruv ishlari texnikasi va texnologiyasi
6 60721500 Geodeziya va geoinformatika
7 60720900 Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi
Magistratura
# Shifr Mutaxassisliklar
1 70310102 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
2 70530512 Geologik syomka va foydali qazilmlar konlarni qidirish
3 70721612 Geofizika foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usulari
4 70721701 Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruv va razvetkasi

Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Geologiya fanlari universiteti
# Shifr Vazirlik, idoralar, oliy taʼlim muassasalari va taʼlim yoʻnalishlari nomi
1 70530301 Geologiya
2 70720901 Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi
3 70720902 Neft va gaz konlari geologiyasi qidiruv va razvedkasi
4 70721001 Gidrogeologiya va muxandislik geologiyasi

Talabalar xayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqtidorli talabalar akademik I. X. Xamrabayev nomidagi stipendiya sovrindorlari batafsil
Masofaviy taʼlim

Geologiya fanlari universitetiga qarashli 400 nafar talabaga moʻljallangan Talabalar turar joyi mavjud boʻlib hozirgi kunda 376 nafar talaba istiqomat qilmoqda batafsil

Ijtimoiy va Xalxaro faoliyat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

XALQARO ALOQALAR

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Geologiya fanlari universiteti hamda Oʻzbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi hamkorligi doirasida boʻlib oʻtgan seminarBatafsil
  • Geologiya fanlari universiteti va Rossiya Federatsiyasining 8 ta yetakchi universitetlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik boʻyicha memorandum imzolandi.Batafsil
  • Geologiya fanlari universiteti va Ural davlat konchilik universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik boʻyicha 2020 yil 22 dekabr kuni onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.Batafsil
  • 2021-yil 15-mart kuni Ural davlat konchilik universiteti va Geologiya fanlari universitetining kelgusidagi hamkorligiga bagʻishlangan videokonferensiya boʻlib oʻtdi. Batafsil
  • 2021 yil 12 fevral kuni Geologiya fanlari universiteti va M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida online uchrashuv boʻlib oʻtdi. Batafsil
  • 2021 yil 10 fevralda Oʻzbekiston Respublikasining Geologiya fanlari universiteti va Kyusyu universiteti (Yaponiya) oʻrtasidagi hamkorlik istiqbollariga bagʻishlangan videokonferensiya Yaponiya elchixona kumanida oʻtkazildi.Batafsil
  • Geologiya fanlari universiteti talabalarining Ural davlat konchilik universitetidagi akademik mobilligi. Batafsil
  • Belarus milliy texnika universiteti bilan ham 1+1 ikki diplomlik qoʻshma taʼlim dasturi yoʻlga qoʻyiladi. Batafsil


  1. 1,0 1,1 1,2 „Geologiya fanlari universiteti“. uzgeouniver.uz. Toshkent sh., Mirzo Ulug'bek tumani, Olimlar ko'chasi, 64-uy: Geologiya fanlari universiteti. Qaraldi: 13-mart 2024-yil.
  2. 2,0 2,1 „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 08.06.2020-yildagi PQ-4740-son“. lex.uz. Тошкент шаҳар, Миробод тумани, Амир Темур шоҳкўчаси, 19-уй.: Lex uz (2020-yil 9-iyun). Qaraldi: 13-mart 2024-yil.
  3. „Geologiya fanlari universitetining web sayti“.
  4. 4,0 4,1 „Geologiya Muzeyi“. uzgeouniver.uz. Toshkent sh., Mirzo Ulug'bek tumani, Olimlar ko'chasi, 64-uy: Geologiya fanlari universiteti. Qaraldi: 16-mart 2024-yil.