Kontent qismiga oʻtish

Majid Pirnazarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Pirnazarov Majid Maxkamovichdan yoʻnaltirildi)

Pirnazarov Majid Maxkamovich

Pirnazarov Majid Maxkamovich

Toshkent shahri, oʻzbek 1959 yil Geologiya fanlari universiteti Foydali qazilma konlari geologiyasi fakulteti, Foydali qazilma konlarini izlash va qidirish kafedrasi professori, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professori – 1996-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Faxriy yorligʻini olgan. 2020-2021-yillarda oʻquv ishlari va maʼnaviyat boʻyicha prorektor lavozimida Geologiya fanlari universitetini, shu jumlada Foydali qazilma konlari va Neft-gaz konlari geologiyasi fakultetlari, 2022-2023-yillari esa, ular qoshidagi Foydali qazilma konlarini izlash va qidirish kafedrasini tashkil etishda bevosita ishtirok etgan. Shu davrda oʻquv-metodik va moddiy-taʼminot bazasi yangidan yaratilgan Geologiya fanlari universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlimi tizimidagi munosib oʻrni taʼminlangan. Shu bilan birga 30 dan uning ortiq maqola va maʼruza tezislari nashrdan chiqqan, 2 shogirdi fan doktori ilmiy darajalarini olish maqsadida dissertatsiyalarini yoqlaganlar. Hozirda u yetakchi olim va 175 dan koʻp ilmiy ishlar muallifi sifatida talabalarga professor sifatida taʼlim berish bilan bir qatorda, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi qoshidagi „Yer toʻgʻrisidagi fanlar“ ilmiy-texnik kengashi raisi, Mineral resurslar instituti qoshidagi doktorlik dissertatsiyalarini yoqlash boʻyicha Ilmiy Kengash Ilmiy seminari raisi hamda „Geologiya va mineral resurslar“ va „Geologiya fanlari universiteti xabarnomasi“ ilmiy jurnallarining tahrir hay’ati aʼzosi boʻlib faoliyat yuritmoqda. 2020 va 2021-yillarda yangi Geologiya fanlari universiteti hududida boʻlib oʻtgan Geologiya tarmogʻi faollari bilan uchrashuvlarda Prezidentimiz bilan muloqotda boʻlgan.