Kontent qismiga oʻtish

O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i

Vikipediya, erkin ensiklopediya
O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i
Asl nomi oʻzbekcha: Oʻzbekiston Respublikasining Faxriy Yorligi
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi faxriy yorliq
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmagan shaxslar va korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, ijodiy jamoalar va harbiy bo‘linmalar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy birliklari ham mukofotlanishi mumkin.
Taqdirlash asosi iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, taʼlim, sog‘liqni saqlash, yurisprudensiya va boshqa sohalarida ko‘p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagilarga
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2009-yil 17-dekabr.

O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mehnat va jangovar xizmatlari, samarali davlat, ijtimoiy va ijodiy faoliyatlari uchun mukofotlanadi[1][2]. O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmagan shaxslar mukofotlanishi mumkin.

Kimlarga beriladi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan fuqarolar bilan bir qatorda ayrim hollarda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, ijodiy jamoalar va harbiy bo‘linmalar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy birliklari ham mukofotlanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlashga taqdim etish, mukofotlash, shuningdek uni topshirish „Davlat mukofotlari to‘g‘risida“gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlangan shaxsga belgilangan namunadagi tegishli hujjat topshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida bir marta beriladigan pul mukofoti yoki shu qiymatdagi esdalik sovg‘asi oladilar. (4-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlangan shaxslar qonunchilikda belgilab qo‘yiladigan imtiyozlardan foydalanadilar.

  1. [O‘zbekiston Respublikasining faxriy yorlig‘i to‘g‘risidagi nizomni va O‘zbekiston Respublikasining faxriy yorlig‘i tavsifini tasdiqlash haqida oʻzbekiston respublikasining qonuni, 17.12.2009 yildagi O‘RQ-235-son]
  2. „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FAXRIY YORLIG‘I TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FAXRIY YORLIG‘I TAVSIFINI TASDIQLASH HAQIDA“GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarori , 04.12.2009 yildagi 704-I-son