Georgiy Vladimirov
Georgiy Vladimirov | |
---|---|
Tavalludi |
7-aprel 1914-yil Kanadey, Ulyanovsk viloyati, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
27-iyul 1996-yil Toshkent, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | Rossiya imperiyasi SSSR Oʻzbekiston |
Ilmiy darajasi | fan doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Vladimirov Georgiy Petrovich Georgiy Petrovich Vladimirov (7-aprel 1914-yil, Kanadey qishlogʻi, Simbirsk viloyati – 27-iyul 1996-yil, Toshkent shahri, Oʻzbekiston) – sovet adabiyotshunosi, filologiya fanlari doktori (1964), professor (1955), „Zvezda Vostoka“ jurnali bosh muharriri. 1960-yilda Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi hamda 1973-yilda Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti laureati boʻlgan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Georgiy Petrovich 1914-yil 7-aprelda Kanadey qishlogʻida (hozirgi Ulyanovsk viloyati Novospasskiy tumani) tavallud topgan.
Petrov 1934-yilda Oʻrta Osiyo davlat universitetining ishchilar fakultetini tamomlagan. Keyin, 1939-yilda esa Toshkent pedagogika institutining filologiya fakultetini bitirgan.
1939–1945-yillarda maxsus maktablarda o‘qituvchi boʻlib ishlagan.
Petrov 1943-yilda nomzodlik dissertatsiyasini, 1953-yilda esa Jahon adabiyoti institutida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Georgiy 1945-yildan Lenin nomidagi Oʻrta Osiyo davlat universitetida (SADU) oʻqituvchi, dotsent lavozimlarida faoliyat olib borgan. 1953-yildan rus adabiyoti kafedrasi mudiri hamda 1953–1958-yillarda SADU filologiya fakulteti dekani boʻlib ishlagan[1].
U 1952-yildan hay’at va prezidium aʻzosi, 1963–1965-yillarda esa Oʻzbekiston SSR Yozuvchilar uyushmasining ikkinchi kotibi boʻlgan.
1968-yildan „Zvezda Vostoka“ jurnalida bosh muharriri lavozimida faoliyat olib borgan.
Georgiy 1963–1965-yillar va 1967–1969-yillar oraligʻida ikki marta Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasining deputati etib saylangan[2].
Deputat Petrov 1996-yil 27-iyulda Toshkent shahrida vafot etgan va Doʻmbirobod qabristoniga dafn etilgan.
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Petrov 1940-yillarning oʻrtalaridan boshlab ijodini boshlagan. Georgiy XIX-XX asrlarda koʻpmillatli adabiyot taraqqiyoti muammolari, shuningdek, oʻzbek adiblari ijodiga bagʻishlangan 100 dan ortiq nashr va maqolalar muallifi.
Georgiy yozuvchi D. A. Furmanov va shoir Sergey Borodin ijodi boʻyicha mutaxassis, 1958–1960-yillarda uning muharrirligida shoirning besh jildlik asarlari toʻplami nashr etilgan[3].
1975-yilda G. P. Vladimirovning ikki jildlik tanlangan asarlari toʻplami nashr etilgan[4].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Petrov „Velikoye yedinstvo“ tanqidiy maqolalar toʻplami uchun 1973-yilda Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti sohibi boʻlgan. Bundan tashqari, „Mehnat Qizil Bayroq“ ordeni, „Hurmat Belgisi“ ordeni, medallar va toʻrt marta OʻzSSR Oliy Kengashi Prezidiumining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Владимиров Георгий Петрович“. Qaraldi: 2023-yil 28-noyabr.
- ↑ „Владимиров, Георгий Петрович - Поэзия правды [Текст : Статьи о творчестве С. Бородина“]. Qaraldi: 2023-yil 28-noyabr.
- ↑ Sobranie sochineniy v 5 t. – Tashkent: Goslitizdat UzSSR, 1958—1960
- ↑ „Георгий Владимиров“. Qaraldi: 2023-yil 28-noyabr.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
- Adabiyotshunoslar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari
- Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureatlari
- Toshkent davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari
- Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari
- Oʻzbekiston adabiyotshunoslari
- 1914-yilda tugʻilganlar
- 7-aprelda tugʻilganlar
- 27-iyulda vafot etganlar
- 1996-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar