Kontent qismiga oʻtish

Gepatit E

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gepatit E virusi
Mutaxassislik Yuqumli kasalliklar
Asoratlari Jigar yetishmovchiligi
Davomiyligi 2-8 hafta
Turlari Genom 1-2-3
Sabablari To'liq oʻrganilmagan
Tashxis usullari Gepatit E
Differensial tashxis Gepatit A
Oldini olish Gepatit Ega qarshi vaksina olish
Davolash Tizimli davo choralari

Gepatit E — gepatit E virusi (GEV) infeksiya natijasida paydo boʻladigan jigarning yalligʻlanish kasalligi[1]Manba xatosi: The opening <ref> tag is malformed or has a bad name. Bu virusli gepatitning bir turi hisoblanadi[2]. Gepatit E asosan gepatit A ga oʻxshash fekal-oral yoʻl orqali yuqadi, ammo ikkala virus bir-biriga bogʻliq emas[3]Manba xatosi: The opening <ref> tag is malformed or has a bad name[4]. Virus tarixiga nazar tashlaydigan boʻlsak, gepatit E ning eng qadimgi epidemiyasi 1955-yilda Nyu-Dehlida sodir boʻlgan[5]Manba xatosi: The opening <ref> tag is malformed or has a bad name. Gepatit E oʻtkir yuqumli kasallik hisoblanib, asosan suv orqali yuqadi. Gepatit E asosan katta yoshli odamlarda koʻp uchraydi. Homiladorlik holatida ogʻir kechishi kuzatilgan.

Gepatitning jigarga zarar yetkazishi
Geptitdan zararlangan jigar
2022-yilda dunyo boʻyicha gepatitning bolalar orasida tarqalishi

Gepatit E ning ham manifest ham subklinik turlari bilan kasallangan insonlar kasallik manbayi hisoblanishadi. Homilador ayollar va immuniteti zaif odamlarda oʻlim darajasi ancha yuqoriligi kuzatilgan. Homilador ayollarda, ayniqsa uchinchi trimestrda, kasallik koʻproq ogʻir kechadi. Klinik sindromlardan asosan jigar yetishmovchiligi koʻp kuzatiladi. Bu sindrom ortidan oʻlim darajasi 20% atrofida. Homilador ayollarda tez immunitet tizimini zaiflashishi va organlar yetishmovchiligini keltirib chiqaradi[6][7]. Gepatit E genetik jihatdan 8 ta genotipga boʻlinadi. Bularda 3 va 4-genotiplari immuniteti zaif odamlarda surunkali gepatitni keltirib chiqarishi mumkin[8][9]Manba xatosi: The opening <ref> tag is malformed or has a bad name. Gepatit E ning virusi Gepatit A virusidan biroz kattaroq.

2017-yilda gepatit E 19 milliondan ortiq odamda mavjud ekanligi taxmin qilingan[10]. Gepatit E bilan asosan kasallanadigan toifa bu 15—35 yosh orasidagi erkakalr hisoblanadiManba xatosi: The opening <ref> tag is malformed or has a bad name. Profilaktik vaksina (HEV 239) Xitoy hukumati ruhsati bilan Xitoy Xalq Respubliksi hududida qoʻllanilib kelinmoqda[11].

Klinik belgilari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻtkir infeksiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gepatit E ning oʻrtacha inkubatsiya davri 40 kun. Infeksiya odatda 2 haftadan 8 haftagacha davom etadi. Qisqa prodromal davrdan keyin bemorda kasallikning ilk alomatlar sifatida sariqlik, charchoq va koʻngil aynish paydo boʻlishi mumkin, ammo gepatit E infeksiyalarining aksariyati asimptomatik yani simptomlarsiz kechadi. Simptomatik bosqich jigar aminotransferaza darajasining oshishi kuzatilsa paydo boʻlishi mumkin[12][13][14]. Virusli RNK inkubatsiya davrida axlat va qon zardobida aniqlanadi. Qon zardobida gepatit E ga qarshi IgM va IgG antitanalari kasallikning ilk klinik belgilar boshlanishidan oldin paydo boʻladi. Bemorning tiklanishi virusning qondan tozalanishiga olib keladi, virus bemor axlatda ancha uzoq vaqt turishi mumkin. Qayta tiklash IgM antitelalarining yoʻqolishi va IgG antitelalari darajasining oshishi bilan ham belgilanadi[15][13].

Gepatit bilan kasallangan bemor

Surunkali infeksiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Odatda bir necha hafta davom etadi va keyin oʻtib ketadi. Ammo immuniteti zaif odamlarda, organ koʻchirib oʻtkazilgan odamlarda — gepatit E surunkali infeksiyasi ogʻir kechib tuzalish davri uzoq vaqtga choʻzilishi mumkin[16]. Baʼzida bu hayot uchun xavfli kasallikka olib keladi, masalan, jigar yetishmovchiligi yoki jigar sirrozi shular jumlasidandur[17][18].

Boshqa organlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gepatit E virusi insonning boshqa aʼzolariga ham kuchli taʼsir koʻrsatadi. Tayanch-harakat apparati yoki immun taʼsirchanlik bilan bogʻliq baʼzi holatlar hali toʻliq oʻrganib chiqilmagan, biroq bir nechta nevrologik va qon kasalliklari gepatit E virusining asorati sifatida oʻrganilgan[19][20][21][22].

  • Oʻtkir pankreatit (Gepatit E ning 1 genotipi taʼsiridaManba xatosi: The opening <ref> tag is malformed or has a bad name)
  • Nevrologik asoratlar (hozirgi vaqtda nevrologik shikastlanish mexanizmi nomaʼlumManba xatosi: The opening <ref> tag is malformed or has a bad name) quyidagilardan iborat: Guillain-Barre sindromi (asab taʼsirilanishidan kelib chiqqan oʻtkir oyoq-qoʻllarning zaifligi), nevrologik amiotrofiya (qoʻl va yelkaning zaifligi, Parsonaj-Tyorner sindromi deb ham ataladi), oʻtkir transvers mielit va oʻtkir meningoensefalit.
  • Nefrotik sindrom yoki krioglobulinemiya bilan kechadigan glomerulonefrit
  • Qon oqimidagi antitanalar past haroratlarda notoʻgʻri reaksiyaga kirishadigan aralash krioglobulinemiya
  • Ogʻir trombotsitopeniya (qondagi trombotsitlar sonining pastligi), bu xavfli qon ketishga olib kelishi mumkin.

Homiladorlikda infeksiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Homilador ayollarda boshqa virusga chalingan insonlarga nisbatan kasallikni ogʻirroq oʻtkazishadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda 1 va 2-genotip gepatit E epidemiyasi natijasida oʻlim darajasi 20% dan 25% gacha ekanligi aniqlangan. Bu oʻlimlarning asosiy sababi gepatit E tufayli paydo boʻladigan jigar yetishmovchiligi sindromi ekanligi aniqlangan. jigar yetishmovchilik belgilaridan tashqari, ona va homilada gepatit E tufayli muddatidan erta tugʻilish, abort, oʻlik tugʻilish va neonatal oʻlim kabi holatlar koʻp uchraydi[23][24][25].

Homiladorlikda infeksiyalarining salbiy oqibatlarini keltirib chiqargan faktorlar ortidagi patologik va biologik mexanizmlar noaniqligicha qolmoqda. Viruslarning koʻpayishi va gormonal oʻzgarishlarning immunitet tizimiga taʼsiri hozirgi vaqtda infeksiyaning populatsiyasiga va bemorlarda ogʻir sindiromlar bilan kechishiga sabab boʻlishi tahmin qilinmoqdaManba xatosi: The opening <ref> tag is malformed or has a bad name. Bundan tashqari, platsentada virus replikatsiyasining mavjud yoki yoʻqligini koʻrsatadigan yoki in vitro platsentadan olingan hujayralardagi virusning mavjud yoki yoʻqligi haqida xabar beradigan tadqiqotlar, inson yoʻldoshida jigardan tashqari ham virusli replikatsiya joyi boʻlishi mumkinligini koʻrsatgan[26]. Homiladorlik davrida gepatit E ogʻir va asoratli oʻtishining sabablari noʻmalumligicha qolmoqda[27].

Klassifikatsiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gepatit E Hepeviridae oilasiga mansub, ular ikki turga boʻlinadi: Ortohepevirus (barcha sutemizuvchilar va parrandalarning qon oqsillarida uchrashi mumkin) va Piscihepevirus (oʻtkir gepatit E)[28]. Inson virusining faqat bitta serotipi maʼlum va tasnifi genomning nukleotidlar ketma-ketligiga asoslanadi[29]. 1- genotip beshta kichik tipga[30], 2-genotip ikkita kichik tipga[31], 3-genotip 10 ta kichik tipga va 4-genotip yettita kichik tipga boʻlinadi[32]. Bundan tashqari 5, 6, 7 va 8 genotiplari ham mavjud[33]. Kalamush orasida Gepatit birinchi marta Germaniyada Norveg olimlari tomonidan kalamushlardan ajratilgan[34] va 2018-yilgi CDC maqolasi transplantatsiya qilingan organni qabul qiluvchi insonda kalamush gepatit E RNKsi aniqlanganligini koʻrsatgan[35].

1 va 2-genotiplari odamlarda kamdan kam uchraydi va koʻpincha sanitariya sharoitlari yomon rivojlanayotgan mamlakatlarda katta epidemiyalar koʻrinishida paydo boʻladi[38]. 3 va 4-genotiplari odamlar, choʻchqalar va boshqa hayvonlar turlarini yuqishi, rivojlanayotgan va sanoati rivojlangan mamlakatlarda gepatit E ning sporadik holatlariga sabab boʻlgani kuzatilgan[40][41].

Cho‘chqa jigari kesmasida gepatit E virusi (A rasmdagi koʻrsatkichlar virionga ishora qiladi, B, C va D dagilar virusni aniqlashda ishlatiladigan bog‘langan oltin nanozarrachalarga ishora qiladi)[42].

Gepatit E (genotip 1 va nisbatan genotip 2) endemik boʻlib, Janubi-Sharqiy Osiyo, Shimoliy va Markaziy Afrika, Hindiston va Markaziy Amerikada epidemiyalarni keltirib chiqarishi mumkin[43][44]. Virus asosan fekal-oral yoʻl orqali suv yoki oziq-ovqat mahsulotlarining ifloslanishi tufayli tarqaladi. Bevosita odamdan odamga yuqishi kam uchraydi[45]. 1 va 2-genotiplardan farqli oʻlaroq, 3 va 4-genotiplar hayvonlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa qilish yoki bilvosita ifloslangan suv yoki pishmagan goʻsht tufayli zoonotik tarzda yuqadigan sporadik holatlarga olib kelishi mumkin[46].

Epidemik gepatit E ning tarqalishi koʻpincha kuchli yogʻingarchiliklardan keyin, ayniqsa musson yomgʻiridan keyin sodir boʻladi, chunki ular suv taʼminotini buzadi; kuchli suv toshqini kanalizatsiya suv manbalarini ifloslanishiga olib kelishi mumkin[47][48]. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining gepatit E inaktivatsiyasida xlor boʻyicha quydagicha tavsiya bergan: erkin xlor qoldigʻi 0.5 mg/L (6.7×10−5 oz/US gal) 30 daqiqa davomida (pH, <8,0) ishlov beriladi[49]. Asosiy epidemiyalar Hindistonning Nyu-Dehlisida (1955-1956-yillarda 30 000 ta holat)[50], Birmada (1976—1977-yillarda 20 000 ta holat)[51], Kashmirda, Hindiston (1978-yilda 52 000 ta holat)[52], Kanpur, Hindiston (1991-yilda 79 000 ta holat)[50] va Xitoy (1986-yildan 1988-yilgacha 100 000 ta holat) boʻlib oʻtgan[53]. Maʼlumotlariga koʻra, gepatit E genotiplari 1 va 2 umumiy hisobda 20,1 million gepatit E infeksiyasini paydo qilgan boʻlsa 3 va 4- genotiplar bir necha million simptomatik kasallik hamda 2005-yilda 70 000 oʻlimni keltirib chiqargan[54].

Atrof-muhit, oziq-ovqat va qishloq ishlari departamentining maʼlumotlariga koʻra, Buyuk Britaniyada choʻchqa goʻshtidan tayyorlangan kolbasalarning 10 foizida gepatit E virusi borligi aniqlangan. Tadqiqotga asoslanib Buyuk Britaniyada gepatit E ning koʻpayishi oziq-ovqat orqali yuqadigan zoonozlar tufayli boʻlgani isbotlangan. Baʼzi tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, oziq-ovqat pishirilayotganda harorat 70 °C (158 °F) darajaga yetishi kerak. Kerakli darajaga yetganda infeksiya xavfini bartaraf etish uchun 20 daqiqa davomida ovqatni shu darajada pishirish kerak. Hayvonlar salomatligi va veterinariya laboratoriyalari agentligi Shotlandiyadagi barcha choʻchqalarning deyarli yarmida gepatit E ni aniqlagan[55].

Gepatit E infeksiyasi gemodializda boʻlgan odamlarda koʻproq uchraydi, ammo yuqishning oʻziga xos xavf omillari aniqlanmagan[56].

Hayvonlardan yuqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gepatit E 1 va 2 dan boshqa genotiplar tufayli zoonoz deb hisoblanadi, bunda hayvonlar asosiy rezervuar hisoblanadi. Bunda kiyik va choʻchqalarda juda koʻp gepatit E virusi aniqlangan[57]. Uy hayvonlari gepatit E virusi uchun rezervuar sifatida qayd etilgan, baʼzi soʻrovlar choʻchqalar orasida infeksiya darajasi 95% dan oshganini koʻrsatgan[58]. Eksperimental infeksiyalangan choʻchqalarning ingichka ichaklari, limfa tugunlari, yoʻgʻon ichak va jigarida replikativ virus topilgan. Yovvoyi choʻchqa goʻshti va pishirilmagan kiyik goʻshtini isteʼmol qilgandan keyin bu virusni odamlarga yuqish ehtimoli kattaligi haqida xabar qilingan[59]. Chala pishirilgan hayvon goʻshtini isteʼmol qilgandan keyin virusning odamlarga yuqish tezligi va buning aholi salomatligi uchun qay darajada xavfli ekanligi toʻliq oʻrganilmagan[60]. Boshqa hayvonlarning suv omborlarida yashashi va odamlarning bu suvni qayta ishlovsiz isteʼmol qilishi oqibatida kasallik yuqish ehtimoli ham yuqoriligi taʼkidlangan[27].

Bir qator boshqa kichik sutemizuvchilar potentsial rezervuar sifatida aniqlangan: kichik kalamush (Bandicota bengalensis), qora kalamush (Rattus rattus brunneusculus) va Osiyo uy sichqonchasi (Suncus murinus). Sichqoncha gepatiti E virusi deb atalgan yangi virus alohida ajratib olingan[61].

Gepatit E ikkita poliproteinni (O1 va O2 oqsilini) kodlaydigan uchta ochiq oʻqish ramkasiga (ORF) ega. ORF2 uchta kapsid oqsilini kodlaydi, O1 esa virus replikatsiyasida ishtirok etadigan yetti fragmentni va boshqa fragmentlarni kodlashda ishtirok etadi[62][63][64].

Gepatit E genomidagi eng kichik ORF3 ORF3 subgenomik RNKdan 113-115 aminokislotalardan iborat O3 oqsiliga uzatiladi. ORF3 gepatit E virusida immunitetni zaiflashtirishda muhim ahamiyatga ega. Oldingi tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, ORF3 bemor labarator surtmalarida topilgan va hujayra rivojlanishida ishlab chiqarilgan virusli zarralar bilan bogʻlangan. Oʻstirilgan hujayralarda ORF3 gepatit E RNK replikatsiyasi, virus birikmasi yoki infeksiya uchun zarur boʻlmagan boʻlsa-da, zarrachalarni chiqarish uchun zarur hisoblanadi[65].

Geldanamitsin

Virusning hayot sikli

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gepatit E virusining aylanish sikli nomaʼlum; kapsid oqsili hujayra retseptorlari bilan bogʻlanib, virusga qoʻshila oladi. ORF2 (c-terminal) HSC70 bilan bogʻlanish orqali virusgs qoʻshilishni moʻtadil holga olib keladiManba xatosi: The opening <ref> tag is malformed or has a bad name[66].

Geldanamitsin HEV239 kapsid oqsilining tashilishini bloklaydi, lekin boʻlingan kapsid oqsilining kirishini bloklay olmaydi, bu Hsp90 gepatit E tashilishida muhim rol oʻynashini koʻrsatadi[67].

Gepatit E tashxisi nuqtai nazaridan faqat gepatit E RNK yoki gepatit E ga IgM antitanalari mavjudligini tasdiqlovchi laboratoriya qon tekshiruviga ishonish mumkin[68]. Amerika Qoʻshma Shtatlarida gepatit E infeksiyasini tashxislash uchun hech qanday serologik testlarga oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi tomonidan ruxsat berilmagan. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti gepatit E RNKni aniqlash va miqdorini bilish uchun xalqaro standart shtammni ishlab chiqgan[69][70].

Virusologik belgilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Emlash amalga oshmagan deb faraz qilsak, testlar quyidagilarni koʻrsatishi mumkin:Manba xatosi: The opening <ref> tag is malformed or has a bad name

  • agar insonning immuniteti normal boʻlsa, u holda
    • agar IgM anti-GEV salbiy boʻlsa, GEV infeksiyasi inkor qilinadi
    • agar IgM anti-GEV ijobiy boʻlsa, u holda tekshirilayotgan odam GEV infeksiyasini yuqtirib olgan boʻlishi mumkin
  • agar odamning immuniteti kasallik yoki tibbiy davolanish tufayli zaiflashgan boʻlsa, organ transplantatsiyasini boshidan oʻtkazgan boʻlsa, u holda
    • agar IgM anti-GEV salbiy boʻlsa, qoʻshimcha qon tekshiruvi oʻtkaziladi
      • ijobiy GEV RNK, odam GEV infeksiyasi mavjud
      • salbiy GEV RNK infeksiya belgilari yoʻq
    • agar IgM anti-GEV ijobiy boʻlsa, u holda tekshirilayotgan odam GEv infeksiyasini yuqtirib olgan boʻlishi mumkin.
Twinrix inaktivatsion zardob

Sanitariya ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sanitariya gepatit E ning oldini olishda eng muhim chora hisoblanadi. Bu ishlar qatoriga: chiqindilarini toʻgʻri tozalash va yoʻq qilish, umumiy suv taʼminoti uchun yuqori standartlar, shaxsiy gigiyena tartib-qoidalarini yaxshilash va oziq-ovqat mahsulotlarini sanitariya qoidalariga muvofiq tayyorlash kabilar kiradi. Gepatit E kasalligini oldini olish strategiyasi rivojlanayotgan mamlakatlarda uchraydigan koʻplab boshqa kasalliklarga oʻxshaydi[71]. Goʻshtni 71 °C (159.8 °F) da toʻliq pishirish gepatit E virusi xavfini kamaytiradi, turli haroratlarda virusni inaktivatsiya qilish uchun har xil vaqt davomida ishlov berishni talab qiladi[72].

Transfuzyon yoʻl orqali yuqadigan infeksiyani (TTI) keltirib chiqarish uchun zarur boʻlgan qon mahsulotlarida mavjud boʻlgan virus miqdori oʻzgaruvchan boʻladi. Gepatit E virusini transfiuzyon orqali yuqtirish minipool GEV NAT (nuklein kislotasi testi) skriningi orqali tekshirilishi mumkin[73][74]. NAT — qon topshirilganda qonni molekulyar tekshirish uchun ishlatiladigan usul[75].

Havrix inaktivatsiya zardobi

Rekombinant virusli oqsillarga asoslangan vaksina 1990-yillarda ishlab chiqilgan va 2001-yilda yuqori xavfli populyatsiyada (Nepalda) sinovdan oʻtkazilgan[76]. Vaksina samarali va xavfsiz boʻlib chiqgan, ammo ishlab chiqarish homiylik yoʻqligi sababli toʻxtatilgan, chunki rivojlangan mamlakatlarda gepatit E kam uchraydi[77]. Qoʻshma Shtatlarda gepatit E ga qarshi vaksinadan foydalanish uchun litsenziya mavjud emas[78].

Istisno tariqasida- Xitoy Davlat oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (SFDA) tomonidan bir yildan ortiq tekshiruvdan soʻng, xitoylik olimlar tomonidan ishlab chiqilgan gepatit E vaksinasi 2012-yil oxirida foydalanishga ruhsat berilgan. Uning ishlab chiqaruvchisi Xiamen Innovax Biotech tomonidan GEV 239 deb nomlangan. Vaksina 2012-yilda Xitoy Fan va Texnologiya Vazirligi tomonidan Szyansu provinsiyasidan 100 000 dan ortiq odam ustidan nazorat ostida oʻtkazilgan sinovdan soʻng gepatit E ning oldini olish uchun maʼqullangan, bunda emlanganlarning birortasi ham infeksiyani yuqtirmagan[79]. Birinchi vaksina partiyalari Innovax zavodidan 2012-yil oktyabr oyi oxirida Xitoy distribyutorlari tomonidan savdoga chiqarilganManba xatosi: The opening <ref> tag is malformed or has a bad name.

Dalillar yoʻqligi sababli Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 2015-yildan boshlab GEV 239 vaksinasini muntazam ravishda qoʻllash boʻyicha tavsiyalar bermagan[80]. Uning 2015-yildagi pozitsiyasi shundan iborat ediki, milliy hukumatlar mahalliy epidemiologik ahvolga asoslangan holda vaksinadan mustaqil foydalanishga qaror qilishlari mumkin edi[80].

Gepatit E uchun xavfsizlik va samaradorlikni aniqlagan hech qanday dori yoʻq va virusga qarshi dorilarning katta qismiga klinik sinovlar oʻtkazilmagan[15]. Mavjud kichik tadqiqotlarning natijalari shuni koʻrsatganki, ribavirin surunkali infeksiyani rivojlantirgan immuniteti zaif odamlarda samarali deb hisoblangan[81][82].

Surunkali GEV infeksiyasi immunosupressiv terapiya bilan bogʻliq va bu aʼzolar transplantatsiyasini boshidan oʻtkazgan odamlarda sodir boʻlganda, immunosupressiv dorilarni kamaytirish bemorlarning uchdan birida GEV stabillashuviga olib kelishi mumkinligi isbotlanganManba xatosi: The opening <ref> tag is malformed or has a bad name.

Epidemiologiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gepatit E virusi yiliga 20 millionga yaqin infeksiyani keltirib chiqaradi. Bu uch millionga yaqin oʻtkir kasalliklarga olib keladi va 2015-yilda 44 000 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan[15]. Homilador ayollar, ayniqsa, 30% yoki undan koʻproq hollarda oʻlimga olib keladigan kasallikning oʻtkir shaklini boshlaridan oʻtkzishadi. GEV rivojlanayotgan mamlakatlarda kasallik va oʻlimning asosiy sababidir. Gepatit E Markaziy Osiyoda endemik hisoblanadi, Markaziy Amerika va Yaqin Sharqda esa yuqumli kasalliklar qayd etilganligi maʼlum[83][84]. Rivojlangan mamlakatlarda gepatit E tobora koʻpayib bormoqda, 2015-yilda Angliya va Uelsda gepatit E virusi bilan kasallangan 848 ta holat qayd etilgan[85].

Soʻnggi epidemiyalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yil oktyabr oyida Uganda shimolidagi Kitgum tumanida gepatit E epidemiyasi paydo boʻlgan. Ushbu epidemiya dunyoda maʼlum boʻlgan gepatit E ning eng yirik epidemiyalaridan biriga aylangan. 2009-yil iyun oyiga kelib, 10 196 kishi kasal boʻlib, 160 kishi vafot etgan[86]. GEV epidemiyasi mamlakatda ilgari hech qanday epidemiya qayd etilmaganiga qaramay sodir boʻldi, ayollar GEVdan eng koʻp zarar koʻrganlar[86].

Namibiya, Afrika

2012-yil iyul oyida Sudan chegarasi yaqinidagi Maban okrugidagi Janubiy Sudanlik qochqinlar lagerlarida kasallik avj olgani haqida xabar berilgan. Janubiy Sudan Sogʻliqni saqlash vazirligi 2012-yil 13-sentyabr holatiga koʻra 400 dan ortiq kasallik va 16 kishi oʻlganini maʼlum qilgan[87]. 2013-yil 2-fevral holatiga koʻra, 88 kishi epidemiya tufayli vafot etgan. Chegara bilmas shifokorlar xayriya tashkiloti 4000 ga yaqin odamni davolaganini eʼlon qilishgan[88]. 2014-yil aprel oyida Nepalning Biratnagar munitsipalitetidagi epidemiya 6000 dan ortiq mahalliy aholining infeksiyasiga va kamida 9 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan[89].

Namibiyadagi epidemiya paytida, zararlanganlar soni 2018-yil yanvar oyida 490 dan 2019-yil aprelida 5014 taga (42 oʻlim bilan), 2019-yil avgustiga kelib 6151 holatga (56 oʻlim bilan) koʻtarilgan. JSSTning hisob-kitoblariga koʻra, oʻlim darajasi 0,9% ni tashkil qilgan[90][91][92].

2020-yil may oyida Gonkongda kalamushlar tomonidan yuqtirgan gepatit E ning kamida 10 ta holati va yuqish mexanizmi toʻliq aniqlanmagan yuzlab holatlar qayd etilgan[93].

Bugungi kunda mavjud boʻlgan GEV shtammlari 1344 yil oldin umumiy virusdan kelib chiqqan boʻlishi mumkin[94]. Boshqa bir tahlil gepatit E ning kelib chiqishini ~ 6000 yil oldinga toʻgʻri kelishini koʻrsatgan, bu choʻchqalarni xonakilashtirish bilan bogʻliq degan taxmin mavjud[95]. Bir vaqtning oʻzida ikkita tur ajralib chiqishi mumkin — antropotrop shakl va enzootik shakl — keyinchalik ular mos ravishda 1 — 2 va 3 — 4 genotiplarga aylangan boʻlishi mumkin[96].

2-genotip boshqa genotiplarga qaraganda kamroq aniqlangan boʻlsada, genetik evolyutsion tahlillar shuni koʻrsatadiki, 1, 3 va 4 genotiplari tarqalishi soʻnggi 100 yil ichida sezilarli darajada oshgan[27].

  1. Hepatitis E: Background, Etiopathophysiology, Epidemiology. Medscape. 2019. https://emedicine.medscape.com/article/178140-overview. 
  2. „Hepatitis (Viral) NIDDK“. The National Institute of Diabetes and Digestive and Kidney Diseases. Qaraldi: 2020-yil 19-iyun.
  3. „What is hepatitis?“. www.who.int. WHO. Qaraldi: 2019-yil 17-aprel.
  4. Weston, Debbie. Infection Prevention and Control at a Glance (en). John Wiley & Sons, 2016 — 12-bet. ISBN 9781118973554. 
  5. Kumar, Subrat; Subhadra, Subhra; Singh, Bhupinder; Panda, B.K. (April 2013). "Hepatitis E virus: the current scenario" (en). International Journal of Infectious Diseases 17 (4): e228–e233. doi:10.1016/j.ijid.2012.11.026. ISSN 1201-9712. PMID 23313154. https://www.ijidonline.com/article/S1201-9712(12)01319-7/fulltext. 
  6. Zhou X, de Man RA, de Knegt RJ, Metselaar HJ, Peppelenbosch MP, Pan Q.; De Man; De Knegt; Metselaar; Peppelenbosch; Pan (2013). "Epidemiology and management of chronic hepatitis E infection in solid organ transplantation: a comprehensive literature review". Rev. Med. Virol. 23 (5): 295–304. doi:10.1002/rmv.1751. PMID 23813631. 
  7. Kamar, Nassim; Izopet, Jacques; Dalton, Harry R. (2013). "Chronic hepatitis e virus infection and treatment". Journal of Clinical and Experimental Hepatology 3 (2): 134–140. doi:10.1016/j.jceh.2013.05.003. ISSN 0973-6883. PMID 25755487. PMC 3940092. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3940092. 
  8. Kamar, N.; Abravanel, F.; Selves, J.; Garrouste, C.; Esposito, L.; Lavayssière, L.; Cointault, O.; Ribes, D. et al. (2010). "Influence of Immunosuppressive Therapy on the Natural History of Genotype 3 Hepatitis-E Virus Infection After Organ Transplantation". Transplantation 89 (3): 353–360. doi:10.1097/tp.0b013e3181c4096c. PMID 20145528. https://doi.org/10.1097/tp.0b013e3181c4096c. 
  9. Dalton, Harry R.; Kamar, Nassim; Baylis, Sally A.; Moradpour, Darius; Wedemeyer, Heiner; Negro, Francesco (June 2018). "EASL Clinical Practice Guidelines on hepatitis E virus infection". Journal of Hepatology 68 (6): 1256–1271. doi:10.1016/j.jhep.2018.03.005. PMID 29609832. https://www.journal-of-hepatology.eu/article/S0168-8278(18)30155-7/fulltext. 
  10. James, Spencer L. et al. (10 November 2018). "Global, regional, and national incidence, prevalence, and years lived with disability for 354 diseases and injuries for 195 countries and territories, 1990–2017: a systematic analysis for the Global Burden of Disease Study 2017". Lancet 392 (10159): 1789–1858. doi:10.1016/S0140-6736(18)32279-7. ISSN 0140-6736. PMID 30496104. PMC 6227754. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6227754. 
  11. Li, Shao-Wei; Zhao, Qinjian; Wu, Ting; Chen, Shu; Zhang, Jun; Xia, Ning-Shao (2015-02-25). "The development of a recombinant hepatitis E vaccine HEV 239". Human Vaccines & Immunotherapeutics 11 (4): 908–914. doi:10.1080/21645515.2015.1008870. ISSN 2164-5515. PMID 25714510. PMC 4514148. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4514148. 
  12. Sanford, Christopher A.. The Travel and Tropical Medicine Manual E-Book (en). Elsevier Health Sciences, 2016 — 324-bet. ISBN 9780323417426. 
  13. 13,0 13,1 Hoofnagle, J. H.; Nelson, K. E.; Purcell, R. H. (2012). "Hepatitis E". New England Journal of Medicine 367 (13): 1237–1244. doi:10.1056/NEJMra1204512. PMID 23013075. https://archive.org/details/sim_new-england-journal-of-medicine_2012-09-27_367_13/page/n69. 
  14. „Facts about hepatitis E“ (en). ecdc.europa.eu. European Centre for Disease Prevention and Control. Qaraldi: 2019-yil 17-aprel.
  15. 15,0 15,1 15,2 „Hepatitis E“ (en). www.who.int. WHO. Qaraldi: 2019-yil 17-aprel.
  16. Bonnet, D.; Kamar, N.; Izopet, J.; Alric, L. (2012). "L'hépatite virale E : Une maladie émergente". La Revue de Médecine Interne 33 (6): 328–334. doi:10.1016/j.revmed.2012.01.017. PMID 22405325. 
  17. Behrendt, Patrick; Steinmann, Eike; Manns, Michael P.; Wedemeyer, Heiner (2014-12-01). "The impact of hepatitis E in the liver transplant setting". Journal of Hepatology 61 (6): 1418–1429. doi:10.1016/j.jhep.2014.08.047. PMID 25195557. 
  18. Kamar, Nassim; Pischke, Sven (7 May 2018). "Acute and Persistent Hepatitis E Virus Genotype 3 and 4 Infection: Clinical Features, Pathogenesis, and Treatment". Cold Spring Harbor Perspectives in Medicine 9 (7): a031872. doi:10.1101/cshperspect.a031872. ISSN 2157-1422. PMID 29735575. PMC 6601456. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6601456. 
  19. Bazerbachi, F; Haffar, S; Garg, SK; Lake, JR (February 2016). "Extra-hepatic manifestations associated with hepatitis E virus infection: a comprehensive review of the literature.". Gastroenterology Report 4 (1): gov042. doi:10.1093/gastro/gov042. PMID 26358655. PMC 4760069. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4760069. 
  20. Rivero-Juárez, Antonio; Aguilera, Antonio; Avellón, Ana; García-Deltoro, Miguel; García, Federico; Gortazar, Christian; Granados, Rafael; Macías, Juan et al. (30 July 2018). "Executive summary: Consensus document of the diagnosis, management and prevention of infection with the hepatitis E virus: Study Group for Viral Hepatitis (GEHEP) of the Spanish Society of Infectious Diseases and Clinical Microbiology (SEIMC)". Enfermedades Infecciosas y Microbiologia Clinica 38 (1): 28–32. doi:10.1016/j.eimc.2018.06.014. ISSN 1578-1852. PMID 30072282. 
  21. Kamar, Nassim; Bendall, Richard P.; Peron, Jean Marie; Cintas, Pascal; Prudhomme, Laurent; Mansuy, Jean Michel; Rostaing, Lionel; Keane, Frances et al. (2011). "Hepatitis E virus and neurologic disorders". Emerging Infectious Diseases 17 (2): 173–179. doi:10.3201/eid1702.100856. ISSN 1080-6059. PMID 21291585. PMC 3298379. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3298379. 
  22. Dalton, Harry R.; Kamar, Nassim; van Eijk, Jeroen J. J.; Mclean, Brendan N.; Cintas, Pascal; Bendall, Richard P.; Jacobs, Bart C. (29 December 2015). "Hepatitis E virus and neurological injury". Nature Reviews Neurology 12 (2): 77–85. doi:10.1038/nrneurol.2015.234. ISSN 1759-4766. PMID 26711839. https://www.semanticscholar.org/paper/17d6f8ff1b8bdf5a0f181a2cf1eeea36f60633c8. 
  23. Patra, Sharda; Kumar, Ashish; Trivedi, Shubha Sagar; Puri, Manju; Sarin, Shiv Kumar (2007-07-03). "Maternal and Fetal Outcomes in Pregnant Women with Acute Hepatitis E Virus Infection" (en). Annals of Internal Medicine 147 (1): 28–33. doi:10.7326/0003-4819-147-1-200707030-00005. ISSN 0003-4819. PMID 17606958. https://www.semanticscholar.org/paper/dedb6d08e9678a676c029307197bd44c18cd5567. 
  24. Kumar A., Beniwal M., Kar P., Sharma J.B., Murthy N.S. (2004). "Wiley Online Library". International Journal of Gynecology & Obstetrics 85 (3): 240–244. doi:10.1016/j.ijgo.2003.11.018. PMID 15145258. https://archive.org/details/sim_international-journal-of-gynecology-obstetrics_2004-06_85_3/page/240. 
  25. Khuroo, Mohammad S.; Khuroo, Mehnaaz S.; Khuroo, Naira S. (20 September 2016). "Transmission of Hepatitis E Virus in Developing Countries". Viruses 8 (9): 253. doi:10.3390/v8090253. ISSN 1999-4915. PMID 27657112. PMC 5035967. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5035967. 
  26. Bose, Purabi Deka; Das, Bhudev Chandra; Hazam, Rajib Kishore; Kumar, Ashok; Medhi, Subhash; Kar, Premashis (2014). "Evidence of extrahepatic replication of hepatitis E virus in human placenta". Journal of General Virology 95 (6): 1266–1271. doi:10.1099/vir.0.063602-0. PMID 24622580. 
  27. 27,0 27,1 27,2 Izopet, Jacques; Abravanel, Florence; Dalton, Harry R.; Kamar, Nassim (1 January 2014). "Hepatitis E Virus Infection" (en). Clinical Microbiology Reviews 27 (1): 116–138. doi:10.1128/CMR.00057-13. ISSN 0893-8512. PMID 24396139. PMC 3910910. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3910910. 
  28. Pérez-Gracia, María Teresa; Suay-García, Beatriz; Mateos-Lindemann, María Luisa (20 March 2017). "Hepatitis E and pregnancy: current state". Reviews in Medical Virology 27 (3): e1929. doi:10.1002/rmv.1929. ISSN 1099-1654. PMID 28318080. 
  29. Feldman, Mark. Sleisenger and Fordtran's Gastrointestinal and Liver Disease E-Book: Pathophysiology, Diagnosis, Management, Expert Consult Premium Edition - Enhanced Online Features (en). Elsevier Health Sciences, 2010 — 1337-bet. ISBN 978-1-4377-2767-8. Qaraldi: 2020-yil 27-iyun. 
  30. Wang, Youchun. Hepatitis E Virus (en). Springer, 2016 — 75-bet. ISBN 9789402409420. 
  31. Wang, Youchun. Hepatitis E Virus (en). Springer, 2016 — 10-bet. ISBN 9789402409420. 
  32. Boyer, Thomas D.. Zakim and Boyer's Hepatology: A Textbook of Liver Disease (en). Elsevier Health Sciences, 2012 — 609-bet. ISBN 978-1437708813. 
  33. Sridhar, Siddharth; Teng, Jade L. L.; Chiu, Tsz-Ho; Lau, Susanna K. P.; Woo, Patrick C. Y. (20 April 2017). "Hepatitis E Virus Genotypes and Evolution: Emergence of Camel Hepatitis E Variants". International Journal of Molecular Sciences 18 (4): 869. doi:10.3390/ijms18040869. ISSN 1422-0067. PMID 28425927. PMC 5412450. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5412450. 
  34. Johne, Reimar; Heckel, Gerald; Plenge-Bönig, Anita; Kindler, Eveline; Maresch, Christina; Reetz, Jochen; Schielke, Anika; Ulrich, Rainer G. (2010). "Novel hepatitis E virus genotype in Norway rats, Germany". Emerging Infectious Diseases 16 (9): 1452–1455. doi:10.3201/eid1609.100444. ISSN 1080-6059. PMID 20735931. PMC 3294985. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3294985. 
  35. Sridhar, Siddharth; Yip, Cyril C.Y.; Wu, Shusheng; Cai, Jianpiao; Zhang, Anna Jin-Xia; Leung, Kit-Hang; Chung, Tom W.H.; Chan, Jasper F.W. et al. (December 2018). "Rat Hepatitis E Virus as Cause of Persistent Hepatitis after Liver Transplant" (en-us). Emerging Infectious Diseases 24 (12): 2241–2250. doi:10.3201/eid2412.180937. PMID 30457530. PMC 6256372. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6256372. 
  36. Pelosi, E; Clarke, I (2008-11-07). "Hepatitis E: a complex and global disease". Emerging Health Threats Journal 1: e8. doi:10.3134/ehtj.08.008. ISSN 1752-8550. PMID 22460217. PMC 3167588. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3167588. 
  37. Hepatitis E Vaccine Working Group (1 October 2014). Recommendations of HEV Working Group on the use of hepatitis E vaccine (Report). WHO. https://www.who.int/immunization/sage/meetings/2014/october/3_Hep_E_vacc_WG_SAGE_Recs_final_1Oct2014.pdf. 
  38. 38,0 38,1 Song, Yoon-Jae (2010-11-01). "Studies of hepatitis E virus genotypes". The Indian Journal of Medical Research 132 (5): 487–488. ISSN 0971-5916. PMID 21149996. PMC 3028963. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3028963. 
  39. Guerrant, Richard L.. Tropical Infectious Diseases: Principles, Pathogens and Practice (Expert Consult – Online and Print) (en). Elsevier Health Sciences, 2011 — 424-bet. ISBN 9781437737776. 
  40. Meng, X. J. (2010-01-27). "Hepatitis E virus: Animal Reservoirs and Zoonotic Risk". Veterinary Microbiology 140 (3–4): 256–65. doi:10.1016/j.vetmic.2009.03.017. ISSN 0378-1135. PMID 19361937. PMC 2814965. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=2814965. 
  41. Woolson, K. L.; Forbes, A.; Vine, L.; Beynon, L.; McElhinney, L.; Panayi, V.; Hunter, J. G.; Madden, R. G. et al. (2014). "Extra-hepatic manifestations of autochthonous hepatitis E infection" (en). Alimentary Pharmacology & Therapeutics 40 (11–12): 1282–1291. doi:10.1111/apt.12986. ISSN 1365-2036. PMID 25303615. 
  42. "Hepatitis E virus in pork liver sausage, France". Emerging Infectious Diseases 19 (2): 264–6. February 2013. doi:10.3201/eid1902.121255. PMID 23347828. PMC 3563277. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3563277. 
  43. Kamar, Nassim; Dalton, Harry R.; Abravanel, Florence; Izopet, Jacques (2014). "Hepatitis E Virus Infection". Clinical Microbiology Reviews 27 (1): 116–138. doi:10.1128/CMR.00057-13. ISSN 0893-8512. PMID 24396139. PMC 3910910. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3910910. 
  44. Liu, Dongyou. Molecular Detection of Human Viral Pathogens (en). CRC Press, 2010-11-23 — 102-bet. ISBN 9781439812372. 
  45. „Hepatitis E Fact sheet“ (en). WHO. Qaraldi: 2019-yil 17-aprel.
  46. Dai, Xing; Dong, Chen; Zhou, Zhenxian; Liang, Jiuhong; Dong, Min; Yang, Yan; Fu, Jianguang; Tian, Hua et al. (2013). "Hepatitis E Virus Genotype 4, Nanjing, China, 2001–2011". Emerging Infectious Diseases 19 (9): 1528–1530. doi:10.3201/eid1909.130013. ISSN 1080-6040. PMID 23965731. PMC 3810912. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3810912. 
  47. Kanki, Phyllis. Infectious Diseases: Selected Entries from the Encyclopedia of Sustainability Science and Technology (en). Springer Science & Business Media, 2012 — 391-bet. ISBN 9781461457190. 
  48. Griffiths, Jeffrey. Public Health and Infectious Diseases (en). Elsevier, 2010-03-09. ISBN 9780123815071. 
  49. Guerin, Philippe Jean; Nicand, Elisabeth; Ciglenecki, Iza; Grais, Rebecca Freeman; Moren, Alain; Diaz, Francisco; Tatay, Mercedes; Nizou, Jacques-Yves et al. (15 June 2006). "A Large Outbreak of Hepatitis E among a Displaced Population in Darfur, Sudan, 2004: The Role of Water Treatment Methods" (en). Clinical Infectious Diseases 42 (12): 1685–1691. doi:10.1086/504321. ISSN 1058-4838. PMID 16705572. https://archive.org/details/sim_clinical-infectious-diseases_2006-06-15_42_12/page/1685. 
  50. 50,0 50,1 Bitton, Gabriel. Wastewater Microbiology (en). John Wiley & Sons, 2005-05-27 — 132-bet. ISBN 9780471717911. 
  51. Hubálek, Zdenek. Microbial Zoonoses and Sapronoses (en). Springer Science & Business Media, 2010-11-25 — 189-bet. ISBN 9789048196579. 
  52. Khuroo, Mohammad Sultan (2011-10-01). "Discovery of hepatitis E: The epidemic non-A, non-B hepatitis 30 years down the memory lane". Virus Research. Hepatitis E Viruses 161 (1): 3–14. doi:10.1016/j.virusres.2011.02.007. PMID 21320558. 
  53. Cowie, Benjamin C.; Adamopoulos, Jim; Carter, Karen; Kelly, Heath (2005-03-01). "Hepatitis E Infections, Victoria, Australia". Emerging Infectious Diseases 11 (3): 482–484. doi:10.3201/eid1103.040706. ISSN 1080-6040. PMID 15757573. PMC 3298235. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3298235. 
  54. Rein, David B.; Stevens, Gretchen A.; Theaker, Jordan; Wittenborn, John S.; Wiersma, Steven T. (2012). "The global burden of hepatitis E virus genotypes 1 and 2 in 2005" (en). Hepatology 55 (4): 988–997. doi:10.1002/hep.25505. ISSN 1527-3350. PMID 22121109. 
  55. Doward, Jamie. „Chefs fight for the right to serve their pork pink“. The Observer newspaper (2013-yil 21-sentyabr).
  56. Haffar, Samir; Bazerbachi, Fateh (2017-09-04). "Systematic review with meta-analysis: the association between hepatitis E seroprevalence and haemodialysis". Aliment Pharmacol Ther 46 (9): 790–799. doi:10.1111/apt.14285. PMID 28869287. 
  57. Pavio, Nicole; Meng, Xiang-Jin; Renou, Christophe (2010-01-01). "Zoonotic hepatitis E: animal reservoirs and emerging risks". Veterinary Research 41 (6): 46. doi:10.1051/vetres/2010018. ISSN 0928-4249. PMID 20359452. PMC 2865210. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=2865210. 
  58. Satou K, Nishiura H; Nishiura (2007). "Transmission Dynamics of Hepatitis E Among Swine: Potential Impact upon Human Infection". BMC Vet. Res. 3: 9. doi:10.1186/1746-6148-3-9. PMID 17493260. PMC 1885244. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=1885244. 
  59. "Hepatitis E Virus Transmission from Wild Boar Meat". Emerging Infect. Dis. 11 (12): 1958–60. 2005. doi:10.3201/eid1112.051041. PMID 16485490. PMC 3367655. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3367655. 
  60. Kuniholm MH & Nelson KE (2008). "Of Organ Meats and Hepatitis E Virus: One Part of a Larger Puzzle Is Solved". J Infect Dis 198 (12): 1727–1728. doi:10.1086/593212. PMID 18983247. 
  61. Johne R, Plenge-Bönig A, Hess M, Ulrich RG, Reetz J, Schielke A; Plenge-Bönig; Hess; Ulrich; Reetz; Schielke (2010). "Detection of a novel hepatitis E-like virus in faeces of wild rats using a nested broad-spectrum RT-PCR". J. Gen. Virol. 91 (Pt 3): 750–758. doi:10.1099/vir.0.016584-0. PMID 19889929. 
  62. Balakrishnan, V.. Practical Gastroenterology (en). JP Medical Ltd, 2016 — 195-bet. ISBN 9789352501908. Qaraldi: 2019-yil 22-iyul. 
  63. Cocquerel, Laurence; Dubuisson, Jean; Meuleman, Philip; d'Autume, Valentin de Masson; Farhat, Rayan; Aliouat-Denis, Cécile-Marie; Duvet, Sandrine; Saas, Laure et al. (18 April 2019). "New insights into the ORF2 capsid protein, a key player of the hepatitis E virus lifecycle" (en). Scientific Reports 9 (1): 6243. doi:10.1038/s41598-019-42737-2. ISSN 2045-2322. PMID 31000788. PMC 6472401. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6472401. 
  64. Ahmad, Imran; Holla, R. Prasida; Jameel, Shahid (October 2011). "Molecular Virology of Hepatitis E Virus". Virus Research 161 (1): 47–58. doi:10.1016/j.virusres.2011.02.011. ISSN 0168-1702. PMID 21345356. PMC 3130092. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3130092. 
  65. Ding, Qiang; Heller, Brigitte; Capuccino, Juan M. V.; Song, Bokai; Nimgaonkar, Ila; Hrebikova, Gabriela; Contreras, Jorge E.; Ploss, Alexander (2017). "Hepatitis E virus ORF3 is a functional ion channel required for release of infectious particles". Proceedings of the National Academy of Sciences of the United States of America 114 (5): 1147–1152. doi:10.1073/pnas.1614955114. ISSN 1091-6490. PMID 28096411. PMC 5293053. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5293053. 
  66. Tao, TS; Liu, Z; Ye, Q; Mata, DA; Li, K; Yin, C; Zhang, J; Tao, YJ (Aug 4, 2009). "Structure of the hepatitis E virus-like particle suggests mechanisms for virus assembly and receptor binding". Proceedings of the National Academy of Sciences of the United States of America 106 (31): 12992–7. doi:10.1073/pnas.0904848106. PMID 19622744. PMC 2722310. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=2722310. 
  67. Cao, Dianjun; Meng, Xiang-Jin (2012-08-22). "Molecular biology and replication of hepatitis E virus" (en). Emerging Microbes & Infections 1 (8): e17. doi:10.1038/emi.2012.7. PMID 26038426. PMC 3630916. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3630916. 
  68. Aggarwal, Rakesh (2 October 2012). "Diagnosis of hepatitis E" (En). Nature Reviews Gastroenterology & Hepatology 10 (1): 24–33. doi:10.1038/nrgastro.2012.187. ISSN 1759-5045. PMID 23026902. https://www.semanticscholar.org/paper/10d4929c9acf2f9be896465e1039ff47aabf9313. 
  69. Baylis, Sally A.; Blümel, Johannes; Mizusawa, Saeko; Matsubayashi, Keiji; Sakata, Hidekatsu; Okada, Yoshiaki; Nübling, C. Micha; Hanschmann, Kay-Martin O. (May 2013). "World Health Organization International Standard to Harmonize Assays for Detection of Hepatitis E Virus RNA". Emerging Infectious Diseases 19 (5): 729–735. doi:10.3201/eid1905.121845. ISSN 1080-6040. PMID 23647659. PMC 3647515. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3647515. 
  70. Webb, Glynn W.; Dalton, Harry R. (3 April 2019). "Hepatitis E: an underestimated emerging threat". Therapeutic Advances in Infectious Disease 6: 204993611983716. doi:10.1177/2049936119837162. ISSN 2049-9361. PMID 30984394. PMC 6448100. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6448100. 
  71. „Hepatitis E Fact sheet“ (en). WHO. Qaraldi: 2019-yil 17-aprel.
  72. „Hepatitis E Virus and Food“. www.fsai.ie. Food Safety Authority of Ireland (2017-yil 11-iyul). 2019-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-iyul.
  73. Hillyer, Christopher D.. Transfusion Medicine and Hemostasis: Clinical and Laboratory Aspects (en). Elsevier, 2009 — 364-bet. ISBN 9780080922300. 
  74. Dreier, Jens; Knabbe, Cornelius; Vollmer, Tanja (1 February 2018). "Transfusion-Transmitted Hepatitis E: NAT Screening of Blood Donations and Infectious Dose". Frontiers in Medicine 5: 5. doi:10.3389/fmed.2018.00005. ISSN 2296-858X. PMID 29450199. PMC 5799287. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5799287. 
  75. Hans, Rekha; Marwaha, Neelam (2014). "Nucleic acid testing-benefits and constraints". Asian Journal of Transfusion Science 8 (1): 2–3. doi:10.4103/0973-6247.126679. ISSN 0973-6247. PMID 24678164. PMC 3943139. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3943139. 
  76. "Safety and efficacy of a recombinant hepatitis E vaccine". New England Journal of Medicine 356 (9): 895–903. 2007. doi:10.1056/NEJMoa061847. PMID 17329696. 
  77. Park, S. B. (November 2012). "Hepatitis E vaccine debuts". Nature 491 (7422): 21–22. doi:10.1038/491021a. PMID 23128204. https://archive.org/details/sim_nature-uk_2012-11-01_491_7422/page/n29. 
  78. „Hepatitis E Questions and Answers for Health Professionals“ (en-us). www.cdc.gov. CDC (2018-yil 13-iyun).
  79. Labrique, Alain B.; Sikder, Shegufta S.; Krain, Lisa J.; West, Keith P.; Christian, Parul; Rashid, Mahbubur; Nelson, Kenrad E. (2012-09-01). "Hepatitis E, a Vaccine-Preventable Cause of Maternal Deaths". Emerging Infectious Diseases 18 (9): 1401–1404. doi:10.3201/eid1809.120241. ISSN 1080-6040. PMID 22931753. PMC 3437697. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3437697. 
  80. 80,0 80,1 "Hepatitis E vaccine: WHO position paper, May 2015.". Relevé Épidémiologique Hebdomadaire 90 (18): 185–200. 1 May 2015. PMID 25935931. https://www.who.int/wer/2015/wer9018.pdf?ua=1. 
  81. Dalton, Harry R.; Kamar, Nassim (2016). "Treatment of hepatitis E virus". Current Opinion in Infectious Diseases 29 (6): 639–644. doi:10.1097/QCO.0000000000000316. ISSN 1473-6527. PMID 27607911. 
  82. Peters van Ton, A. M.; Gevers, T. J. G.; Drenth, J. P. H. (Dec 2015). "Antiviral therapy in chronic hepatitis E: a systematic review". Journal of Viral Hepatitis 22 (12): 965–973. doi:10.1111/jvh.12403. ISSN 1365-2893. PMID 25760481. 
  83. Teshale. „Hepatitis E – Infectious Diseases Related to Travel Chapter 3 – 2018 Yellow Book“. www.cdc.gov. CDC (2017-yil 31-may).
  84. Navaneethan, Udayakumar; Mohajer, Mayar Al; Shata, Mohamed T (2008). "Hepatitis E and Pregnancy- Understanding the pathogenesis". Liver International 28 (9): 1190–1199. doi:10.1111/j.1478-3231.2008.01840.x. ISSN 1478-3223. PMID 18662274. PMC 2575020. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=2575020. 
  85. Public Health England. „Common animal associated infections quarterly report (England and Wales) – fourth quarter 2015“. gov.uk. Qaraldi: 2019-yil 27-iyul.
  86. 86,0 86,1 "Hepatitis E epidemic, Uganda". Emerging Infect. Dis. 16 (1): 126–129. 2010. doi:10.3201/eid1601.090764. PMID 20031058. PMC 2874362. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=2874362. 
  87. Investigation of Hepatitis E Outbreak Among Refugees — Upper Nile, South Sudan, 2012–2013 (Report). 62. CDC Morbidity and Mortality Weekly Report. 26 July 2013. pp. 581–586. https://www.cdc.gov/mmwr/preview/mmwrhtml/mm6229a2.htm. 
  88. Hereward Holland. „Hepatitis outbreak kills 88 in South Sudan—aid agency“. Reuters (2013-yil 2-fevral). 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-iyul.
  89. Sharma. „Nepal, hepatitis E epidemic: 9 dead and over 6 thousand infected“. www.asianews.it (2014-yil 5-sentyabr).
  90. „Hepatitis E cases in Namibia rise to 490“ (en). www.xinhuanet.com. Xinhua News (2018-yil 28-yanvar). 2018-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  91. „Weekly bulletins on outbreaks and other emergencies“. World Health Organization. WHO.int. Qaraldi: 2019-yil 20-may.
  92. „Outbreaks and Emergencies Bulletin, Week 33: 12 – 18 August 2019“ (en). WHO | Regional Office for Africa. Qaraldi: 2019-yil 20-avgust.
  93. Jessie Yeung. „Rats are infecting humans with hepatitis, and nobody knows how“. CNN (2020-yil 8-may). Qaraldi: 2020-yil 11-may.
  94. Khudyakov, Yury E.; Purdy, Michael A. (2010). "Evolutionary History and Population Dynamics of Hepatitis E Virus" (en). PLOS ONE 5 (12): e14376. doi:10.1371/journal.pone.0014376. ISSN 1932-6203. PMID 21203540. PMC 3006657. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3006657. 
  95. Baha, Sarra; Behloul, Nouredine; Liu, Zhenzhen; Wei, Wenjuan; Shi, Ruihua; Meng, Jihong (2019-10-29). "Comprehensive analysis of genetic and evolutionary features of the hepatitis E virus". BMC Genomics 20 (1): 790. doi:10.1186/s12864-019-6100-8. ISSN 1471-2164. PMID 31664890. PMC 6820953. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6820953. 
  96. Mirazo S, Mir D, Bello G, Ramos N, Musto H, Arbiza J (2016). "New insights into the hepatitis E virus genotype 3 phylodynamics and evolutionary history". Infect Genet Evol 43: 267–273. doi:10.1016/j.meegid.2016.06.003. PMID 27264728.