Kontent qismiga oʻtish

Gerb

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Gerbidan yoʻnaltirildi)
Toshkent shahrining gerbi

Gerb (polyakcha: herb, nemischa: Erbe — "meros" soʻzidan olingan) — bironbir mamlakat yoki hududiing siyosiy va tarixiy harakterdagi gʻoyalari majmuasini, oʻziga xos tabiiy va xoʻjalik xususiyatlari, tabaqaviy tafovutlarini, shaxs, urugʻ va b.ning shajaralarini ifodalovchi alohida ramziy belgi. Gerblar quyidagi tur va toifalarga boʻlinadi: davlat gerblari; shahar, viloyat, tumani va b.ning gerblari; korporatsiya (oʻrta ayerlardagi sex, gildiya va birodarlik)larning gerblari; urugʻlarning ferblari. Gerblar rangi, shakllari, rasmlari bilan oʻzaro farqlanib, maxsus qoidalarga binoan ishlanadi va maxsus terminlar bilan tavsiflanadi. Gerb antik davrlarda paydo boʻlgan. Shumer davlatining gerbida sher boshli burgut, Qadimgi Rim davlati gerbida burgut tasvirlangan. Amir Temir davlatining ham gerbi boʻlgan. Bu gerbda 3 halqa tasvir etilgan boʻlib, bu Amir Temurning 3 iqlimda, yaʼni Shim., Jan. va Gʻarbda hukmron ekaniga ishoradir. Oʻrta asrlarda koʻpgina shaharlar oʻz gerbiga ega boʻlgan. Venetsiya gerbida qanotli sher tasvir etilgan. Gʻarbiy Yevropada gerblar urugʻ, merosxoʻrlik belgilari sifatida salb yurishlari davri (11-12-asrlar)da yuzaga kelgan. Keyinchalik bayroqlar, qogʻoz pullar, muhrlar, qogʻozlarda gerblarning tasviri tushirila boshlandi. Gerb va ularning tarixi bilan geraldika fani shugʻullanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil